O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet54/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Nazorat savollari.

      1. Interfaol usullar necha turga bo`linadi?

      2. Kimyoni o`qitishda qanday interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi?

      3. Tanqidiy fikrlash texnologiyasining asosiy maqsadi nimada?

4. Kimyo fanlarni o'qitish jarayonida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yo'llari haqida gapiring?
5. Fikrlar hujumining (aqliy hujum) ta'rifini keltiring?
6. Klaster texnologiyasi asosida misol keltirib, doskada chizib ko'rsating?
7. Bumerang texnologiyasi – bu qanday texnologiya?
8. “Kimyogar” texnologiyasiga (avtorlik) misol keltiring
12-Mavzu: Tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasi. Kimyoni tabaqalashtirilgan o’qitishning xususiyatlari.
Reja:

  1. Kimyoni tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari.

  2. O’qitishni tabaqalashtirilgan texnologiyasida individual yondoshuvdan foydalanish yo’llari.

  3. O’quvchilarda ijodiy faoliyatni tarkib toptirish.



Tayanch iboralar: Kimyoni tabaqalashtirilgan o’qitish texnologiyasining o’ziga xos xususiyatlari, defferentsial ta`lim,

Tabaqalashtirib o’qitish o’quv jarayonini tashkil etishning shakli sifatida umumiy didaktika tamoyillariga asoslangan bo’lib, maxsus tashkil ettirilgan tahsil oluvchilarning gomogen guruhlarida, o’quv jarayonini ixtisoslashtirishni ta’minlaydi.


O’qitishni tabaqalashtirish – uslubiy, psixologik-pedagogik va tashkiliy boshqaruv tadbirlar majmuasi asosida tuzilgan turli xildagi gomogen guruhlarda o’qitish uchun turli xil shart-sharoitlarni yaratish demakdir.
O’qitishning eng yuqori oliy pog`onasi individual o’qitish hisoblanadi.
Tahsil oluvchining mavjud shaxsiy imkoniyatlarni ro’yobga chiqarishini ta’minlash, zamonaviy o’quv jarayoniga qo’yiladigan jadallashgan ilmiy -texnikaviy taraqqiyotining talabidir. Bunga individual va individuallashtirilgan o’qitish orqali erishish mumkin.
Individual o’qitish – bu o’quv jarayonining tashkil etishning shakli bo’lib, bunda pedagog o quvchilar bilan yakkama-yakka shug`ullanadi, o`quvchi o’quv vositalari (kitoblar, kompyuter va h.k.) yordamida uzluksiz mustaqil ta’lim oladi.
Individual o’qitishning afzalliklari: pedagogik jarayonning o`quvchi qobiliyatlariga moslashuvchanligi imkoniyatidir. Bunda o`quvchining bilim olish darajasi doimiy monitoringini amalga oshirish va zaruriy tuzatishlar kiritish natijasida maqbul pedagogik jarayon tashkil etiladi.
Yakka tartibda o’qitish texnologiyasi – bunda o’quv jarayonini tashkil etishda individual yondashish va o’qitishning individual shakli ustuvor hisoblanadi.
Pedagogik jarayonda o`quvchilarga individual va differentsial yondashuv shaxs rivojlanishida muhim omil hisoblanadi, chunki aynan shunday yondashuv yoshlardagi iqtidor va qobiliyatni ko’ra bilish, shaxs rivojlanishiga sharoitlar yaratishni nazarda tutadi.
Tabaqalashtirilgan texnologiyadan foydalanishning asosiy maqsadi har bir o`quvchini o’zining imkoniyatlari va qobiliyatlari darajasida o’qitish bo’lib, natijada har bir o`quvchi o’z iqtidoriga ko’ra bilim olish va shaxsiy salohiyatini amalga oshirish (qo’llay olish) imkoniyatiga ega bo’ladi. Mazkur texnologiya ta`lim jarayonini yanada samaraliroq bo’lishiga yordam beradi.
Individual va tabaqalashtirilgan o’qish bir xil emas. Tabaqalashtirilgan ta’lim –o’quv jarayonini o’quvchilar guruhining yetakchi xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etish bo’lsa, individual ta’lim har bir o’quvchining qobiliyati, iqtidoriga qarab beriladi. Ishni samarali tashkil qilish uchun dastur, darslik, didaktik materiallarning yangi variantlari yaratiladi.
Tabaqalashtirilgan (differensial) ta’lim so’zi lotin tilidan ―different, butunni qism, shakl, bosqichlarga bo’lish ma’nosini anglatadi.
Tabaqalashtirilgan ta’limning maqsadi: o’quvchilarning individual xususiyatlarini, ya’ni iqtidori va qobiliyatini hisobga olib o’quv jarayonini tashkil qilish.
Tabaqalashtirilgan ta’limning vazifalari: o’quvchining o’ziga xosligi (individualligini) ko’rish, o’z kuchiga ishonishga yordam berish.
Tabaqalashtirilgan ta’lim o’qituvchilardan o’quvchilarning individual qobiliyatlari va o’qish imkoniyatlarini (diqqat, fikrlash, xotira va boshqalarning rivojlanish darajasi), aniq fanlar bo’yicha bilim, ko’nikma, malakalar darajasini tashkillashtirishni o’rganishni talab qiladi, bu esa korrektsion samaraga erishish maqsadida kelgusi individuallashtirishni amalga oshirish imkonini beradi.
Tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshira turib, o’qituvchi quyidagi talablarga amal qilishi kerak:
- o’quvchilar uchun yaxshi muhitni yaratish;
- o’quvchilar o’zidagi imkoniyati va qobiliyatiga ko’ra o’qishi, undan nima
kutilayotgani haqida tasavvurga ega bo’lishi, o’quv jarayonida motivatsiya bo’lishi uchun o’quvchilar bilan yaqindan muloqotda bo’lishi kerak;
- turli darajadagi ta’lim oluvchilarga ularnnig imkoniyatlariga mos dasturlarni egallashlari taklif etiladi.
Turli bosqichli ta’lim uchun o’qituvchilar quyidagilardan foydalanadilar:
- topshiriq bilan birga ozgina yordam elementlari mavjud bo’lgan ma’lumot-kartochkalar;
- ko’ngilli bajarish uchun muqobil topshiriqlar;
- o’quvchilar tomonidan mazmuni yoritilgan topshiriqlar;
- faoliyatning ratsional usullarini egallashga yordam beruvchi topshiriqlar.
Ta’limning turli bosqichli differentsiyasi o’quv jarayonining turli bosqichlarida keng qo’llanadi: yangi materialni o’rganish, differentsiyalangan uy vazifasi, darsda bilimlar o’lchovi, o’tilgan mavzuni egallaganlikni joriy tekshirish, mustaqil va nazorat ishlar, xatolar ustida ishlash, mustahkamlash darslari.
Kimyo fanida differentsial yondashuvga asoslangan quyidagi usuldan foydalanish mumkin. Sinfda o’quvchilarning kimyoni bilish darajasi doim bir xil bo’lmaydi. Shu sababli topshiriqlar o’quvchilarning bilish darajasiga qarab tuzilsa, fanga oid bilim va kompetentsiyalari yanada mustahkamlanadi.
Differentsial ta’limda vazifalar 3 ta variantda – darajada tayyorlanadi. Ishni 1-darajali topshiriqlardan boshlash kerak. Bu darajadagi topshiriqlar o’quvchilar oldingi darsda o’rgangan va bilgan namunalar asosida tayyorlanadi.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling