O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan


Download 4.85 Mb.
bet52/137
Sana06.11.2023
Hajmi4.85 Mb.
#1750910
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137
Bog'liq
Majmua KO`ZT 3-kurs

Tanqidiy fikrlash – berilgan fikrlar doirasidan chetga chiqadigan fikrlarning mavjudligi; mavzuda yangi o’lchovlarni ko’rish; muammolarni izlash va yechish; shuningdek, dalillangan yozuv yoki munozara shaklida ifodalanadigan fikrlar o’rtasidagi tafovut.
Vazifasi. Demokratik jamiyatda har bir fukaro o’z oldida turgan muammolarni oqilona yechish qobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Shu boisdan o’quvchilarni darslarda ko’proq bahsli tortishuvlarga sabab bo’ladigan muammolar yechimini topishga jalb etish lozim.
Bahsli savollarni yechish jarayonida o’quvchilarda tinglash, muloqot olib borish, turlicha fikrlarni taqqoslash, boshqa kishi taqdiriga befarq qaramaslik kabi xislatlar shakllana boradi, masalalarni yechish va tegishli hukm chiqarish, analitik fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, ma’lum ketma-ketlikda tafakkur yurgizish, to’g’ri yechimlarni topish malakalari o’zlashtiriladi.
O’tkazish usuli. Munozarali savollarni analitik-sintetik tahlil qilish va ob’ektiv fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish uchun talaygina metodika mavjud. Ro’y berayotgan voqelikni tanqidiy fikrlash asosida baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo’lishi mumkin:

  1. O’quvchining o’z fikrini erkin ifodalashi.

O’quvchiga yechimini topish uchun taklif etilgan muammo bo’yicha o’z o’rnini aniqlab olishi uchun imkon beriladi. Misol uchun, Toshkentda 16 fevral voqealari nima uchun sodir bo’lganligi to’g’risida. Muammoga o’quvchidan javob olish uchun qator savollar bilan murojaat qilish mumkin: Sizning fikringiz qanday? Bu haqda siz nimalarni o’ylaysiz? va boshqa.

  1. O’z fikrini oydinlashtirish. .

O’quvchilarning bildirgan fikrlarini yanada aniqlashtirish maqsadida ularga qo’shimcha tarzda quyidagi sa­vollar beriladi: Bu bilan nima demoqchisiz? O’z fikringizni tushuntira olasizmi? Bu nima degani?

  1. O’quvchilarning fikrlarini asoslanganligini tekshirish.

Bu yerda quyidagicha savollarning berilishi o’rinlidir:
Nima uchun siz aynan shunday deb o’ylaysiz? Sizning mavkeingizni tasdiklovchi qanday asoslar bor? Nima uchun sizda shunday taassurot tug’ildi? Qanday argumentlarni bil­dirgan fikringiz foydasiga keltirasiz? Sizning fikrin­gizni nima isbotlaydi? va hokazo.

  1. Boshqalar fikrini o’rganish.

  2. Inson o’z fikrining ojizligini har doim ham tan olavermaydi va suhbatdoshining fikriga hurmat va ehtirom bilan karayvermaydi. Ayn iksa bu holatni kuprok o’smirlarda kuzatish mumkin. SHubhasiz, ko’p hollarda buning aksini ham ko’rish mumkin. SHu bilan birgalikda kator murakkab muammolarning yechimini topishda o’zgalar fikrini eshitish va tinglash ko’nikmasi juda asqotadi. Bu ko’nikmani o’quvchilarda shakllantirishni xohlasangiz, marhamat, quyidagi savollar bilan murojaat qiling: O’z fikringizga muqobil bo’lgan holatni bayon qila olasizmi? Bu hakda boshkalar nima deyishi mumkin? Tanqidga uchrashingiz mumkinmi?

  3. O’z holatini va o’zgalar fikrini tashqil etish.

Bu haqda nafaqat o’smirlar, balki kattalar ham ko’pincha o’ylashmaydilar. O’quvchi xususiy fikri bilan to’g’ri kelmaydigan fikrlarni ham o’zaro taqqoslash, ilmiy asoslangan holatni aniqlash uchun fikrlar qarama-qarshiligini tahlil etishi kerak. SHu maksad uchun quyidagi savollar asqotishi mumkin: O’z fikringiz ojizligi nimada? Karshi tomonning dalil-isboti nima uchun kuchli yoki nima uchun kuchsiz? Qanday fikrlar sizning mavqeingizni mustahkamlaydi yoki uni kuchsizlantiradi?
O’rganilayotgan muammo bo`yicha x;ar ikkala fikrlarning mantiqiy oqibatlarini o’rganish uchun savollar: Agar sizning goyangiz qabul qilinsa, nimalar ruy berishi mumkin? Bu jamiyatga qanday ta’sir ko’rsatadi? Uning natijasi kelajakka foyda beradimi?

  1. Muammo bo`yicha yechim qabul qilish.

Bu «tanqidiy fikrlash» metodining so’ngi bosqichi hisoblanib, o’quvchilar tomonidan bildirilgan turlicha fikr­lar qaytadan baholanadi va mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun: Qaysi natija eng qulay va ishonchli? Kimning chiqishi maqsadga muvofiq bo’ldi? Siz bahsga qanday nuqta qo’ygan bo’lardingiz? kabi savollar beriladi.
Bu metod yordamida o’quvchilarga muayyan muammo bo’yicha to’liq axborotlar yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni o’quvchilar ayovsiz «shturm» qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o’rganadilar.
O`quvchilarda tanqidiy fiklashni rivojlantirishga yordam beradigan texnologiyalar bilan tanishib o`tamiz.

Download 4.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling