O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi muqimiy nomidagi qo'qon davlat pedagogika instituti kimyo o`qitish metodikasi kafedrasi kimyoni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalar fanidan
Download 4.85 Mb.
|
Majmua KO`ZT 3-kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аmaliy mashg`ulotlar Amaliy mashg‘ulot 1 Mavzu
Nazorat savollari.
Axborot texnologiyalariga misollar ayting. Axborot texnologiyalaridan kimyo darslarida foydalanish afzalliklarini ayting. Virtual kimyoviy laboratoriyalardan foydalanish afzalliklarini ayting
Amaliy mashg‘ulot 1 Mavzu: Kimyo fanini o’qitish jarayonini tashkil etishni rejalashtirish Ta’lim bosqichlarida o’qitishning asosiy tashkiliy shakli dars hisoblanadi. Dars orqali kimyodan o’quv dasturi amalga oshiriladi. Har bir darsda o’qitishning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi vazifalari bajarilishi kerak. Kimyo darslarini rejalashtirish. Mehnatni ilmiy tashkil qilish nuqtai nazaridan avval darsni rejalashtirish kerak. Bunda o’qituvchining asosiy vazifasi dars mavzusining mazmunini aniqlab chiqish, ular orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va mazmunini mantiqiy ketma-ketlikda rejasini tuzishdir. Dars mazmunining tarbiyaviy tomonini ishlab chiqishda uning Respublikadagi xom-ashyo bazalariga va maxsulotlar ishlab chiqarishga bog’liqligini aniqlash, respublika kimyogar olimlarining shu soxada qilayotgan ishlarini ko’rsatish va baynalminal tarbiyaga bog’likni aniqlab, ularni darsda bayon etish muxim axamiyatga egadir. Har bir darsning mavzusi, maqsadi va vazifalari, avvalgi darslarga bog’lanishi hamda o’qitish vositalarini belgilab olish zarurdir. Darsni rejalashtirish va o’tkazish ma’lum maqsadlarga bo’ysinadi. Darsga bo’lgan asosiy talablar quyidagilardan iborat: 1. Har bir darsda o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish, rivojlantirish maqsadiga erishish. 2. Mazmunning ilmiyligini amalga oshirish. Unda asosiy nazariya, qonun, tushunchalar va faktik materiallar, bilimlarni amalga oshirish. 3. Har bir darsda o’quvchilarni ilmiy dunyoqarashini shakllantirish. 4. O’quvchilarning kimyo bilimlarini o’rganishga bo’lgan oshirish rivojlantirish uchun turli o’qitish metodlari asosida mazmunni qiziqarli bayon etish. 5. Predmetlararo bog’lanishni amalga oshirish. 6. Darsda kimyoviy eksperimentning hamma turlari va o’qitish vositalaridan foydalanish. 7. O’quvchilarni mustaqil ishlashiga o’rgatish, dars vaqtini tejash. 8. O’qituvchi bilan o’quvchilar orasidagi o’zaro samimiylik va ishonch orqali darsda tinch ishlash xolatini vujudga keltirish. Darsning mazmuni davlat dasturi va darslik bilan aniqlanadi. Lekin darsda o’qituvchi qo’shimcha materiallardan foydalanishi mumkin. Qo’shimcha materiallardan yangi tushunchalar bo’lmasligi kerak. Darslarning turlari. Kimyo darslari turli xillarga bo’linadi. O’tiladigan darslar mavzularining xususiyatiga, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasiga, o’quvchilarda kimyoviy tajribalarni o’tkazish, ko’nikma va malakalarning rivojlanishiga qarab darslarning tuzilishi turlicha bo’ladi. 1) Yangi materialni o’rganish darsi. Yangi materialni o’rganishga bag’ishlangan maxsus darslarning o’ziga xos xususiyati shuki, bu darslarda vaqtning qariyb xammasi o`quvchilarni yangi material bilan tanishtirishga ketadi. Bunday darslarga zaruriyat tug’ilishining sababi, kimyo kursida navbatdagi barcha mavzularga asos bo’ladigan va o`quvchilarga xali xech narsa ma’lum bo’lmagan masalalar borligidir. Masalan, D.I.Mendeleevning davriy qonuni va elementlar davriy sistemasi, atom tuzilishi, kimyoviy bog’lanish, elektrolitik dissotsiyalanish nazariyasi va boshqalar Yangi materialni o’rganish darslari o’z tuzilishi jixatidan olganda aralash darsdan ancha farq qiladi. Bu darslarda so’rash, bayon etilgan materiallarni puxtalash qismlari bo’lmaydi. Bu darslar asosan yuqori sinflarda ma’ruza metodida o’tkaziladi. Bunda ko’rsatmalilikning mumkin bo’lgan xamma vositalaridan foydalaniladi. Masalan, mavzu bilimlarini tushuntirishda laboratoriya tajribalari olib borilishi mumkin. Yangi materialni bayon qilish vaqtida kimyoviy tajribalarning dinamik modellari kompyuter orqali ekarnga tushirilib ko’rsatiladi. Yangi materialni o’rganish darslariga datslabki darslar va kirish darslari kiradi. Dastlabki darslar xam yangi materialni bayon qilish darsining boshqa turlaridan shu bilan farq qiladiki, bu darslarda butun kimyo kursini muvofaqqiyat bilan o’rganishni ko’p darajada belgilab beruvchi poydevor qo’yiladi. Dastlabki darslarda o’quvchilarda kimyoga xavas qo’zg’atish va uni to’g’ri yo’lga solib yuborish, o’quvchilarning kimyoni tushunib o’zlashtirishi xamda ularda amaliy o’quv malakalar, masalan, xodisani kuzatish, tushuntirib bera olish, ularni yoza bilish kabi malakalarni xosil qilish uchun katta axamiyatga ega. Dastlabki darslarda kirish darslaridan farqli o’laroq o’quvchilarning e’tiborini asosan, tajriba natijalarini o’zlashtirishga va tushunchalarni moxiyatini tushuntirishga qaratiladi. Masalan, 7 – sinfda moddalar va ularni o’zgarishi daslabki tushuntirish darsiga misol bo’la oladi. Bu darsda asosiy e’tibor moddalarni fizik xossalariga qaratiladi. O’qituvchi bu darslarda o’quvchilarga ma’lum bo’lgan moddalarning xossalaridan foydalanadi. Modda degan tushuncha to’g’risida ma’lumot beradi.ularning turmushda ishlatiladiganlarini o’quvchilarga ko’rsatib ularning rangi, eruvchanligi, agregat xolati to’g’risida ma’lumot beradi. O’quvchilar xar qaysi moddalarning o’ziga xos o’zgarmas xossalari zichligi, suyuqlanish va qaynash temperaturalari bilan tanishadi. So’ngra kimyoviy xodisalar bilan tanishadi. Temirning zanglashi, ko’mirning yonishi, malaxitning parchalanishi xodisalarini kuzatib, kimyoviy o’zgarishlar to’g’risida dastlabki ma’lumotlar oladilar. Kirish darslari. Bu darslarning asosiy vazifasi ularni kimyo kursining navbatdagi masalasini yoki bir bo’limini muvofaqqiyat bilan o’rganishga tayyorlashdir. O’qituvchi bu darsda qiziqarli fakt va tajribalardan foydalanib o’quvchilarni ayni masalaga qiziqtiradi, maqsadini belgilab beradi. O’qituvchilar bunday darslarga juda ko’p tayyorlanadilar. Masalan eng qiziqarli material, ko’rsatma, qo’llanmalar, qiziqarli tajribalar, Respublika kimyogar olimlarining kashfiyotlari, yangi fan yutuqlaridan foydalaniladi. Download 4.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling