I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Kimyoni o’qitishda zamonaviy texnologiyalar o’quv fani kimyo o’qitish metodikasi bakalavr yo’nalishidagi talabalarga mo’ljallangan bo’lib, ushbu dastur bo’lg’usi kimyo fani o’qituvchilarining kasbiy tayyorgarligiga zamin tayyorlaydigan kimyo fani o’qitishiningzamonaviy texnologiyalari va o’quv-tarbiya jarayonini loyihalashtirish mazmunini o’zida ifoda etadi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Kimyoni o’qitishda zamonaviy texnologiyalar o’quv fanining maqsadi.
Ushbu o’quv fanning asosiy maqsadi bo’lg’usi kimyo fani o’qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini orttirish, pedagogik tafakkurini kengaytirish, ularda kimyo fanini o’qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash uchun zarur bo’lgan metodik bilim, ko’nikmalarni shakllantirish; kimyoda ta’lim mazmuni, ta’lim-tarbiya jarayonlarini loyihalashtirish strukturasi, zamonaviy yondoshuvlar asosida kimyoda ta’lim mazmunini takomillashtirish imkoniyatlari bilan tanishtirish sanaladi.
Fan bo‘yicha bakalavrlаr bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturida aks etgan vazifalarni amalga oshirish;
- Talabalarni ta’lim - tarbiya jarayonida zamonaviy ta’lim texnologiyalarni qo’llashga o’rgatish orqali ularni yangi pedagogik texnologiyalarni yaratish va o’zlashtirish yuzasidan maqsadli innovatsiya loyihalarida ishtirok etishga tayyorlash;
- Talabalarda kimyo fanini o’qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish uchun zarur bo’lgan metodik bilimlarni shakllantirish, ko’nikmalarni tarkib toptirish;
- Talabalarni pedagogik faoliyatga o’z tayyorgarligini tahlil qilishga o’rgatish, tahliliy –tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish;
- Kimyo ta’lim mazmuni, shakl va vositalarini loyihalashtirishni samarali hal etish metodikalarini egallashga oid ilmiy-metodik tayyorgarligini orttirish;
- Innovatsion muhit sharoitida kimyo darslarini, darsdan va sinfdan tashqari mashg’ulotlarni, o’qituvchi hamda o’quvchi faoliyatini loyihalashtirish ko’nikmalarini tarkib toptirish.
- Kimyo fani o’qituvchisini innovatsion faoliyatini o’ziga xos xususiyatlari;
- Ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llaniladigan pedagogik texnologiyalarning o’ziga xos xususiyatlari, darajalari, guruhlari;
- O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish yo’llari, o’quvchilarga tavofutlab individual yondoshish;
- Kimyo fanini o’qitishda lokal va xususiy metodik darajadagi didaktik-o’yinli, modulli, muammoli ta’lim, hamkorlikda o’qitish, loyihalash, keys texnologiyalaridan foydalanish yo’llari;
- O’quvchilarni kichik guruhlarda o’qitish, ijodiy izlanishlarni tashkil etish, o’quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni tarkib toptirish usullarini;
- Ta’limning zamonaviy modelini loyihalsashtirishda o’quv-metodik ta’minotni o’rni;
- Kimyoviy ta’limni zamonaviy texnologiyalar asosida mazmuni, o’qitish vositalari, metodlari va shakllarining uzviyligini ta’minlash metodikalarini bilishga;
- Ilmiy, ilmiy-metodik jurnallarda chop etilgan va internet orqali berilgan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalaniladigan pedagogik texnologiyalar haqidagi maqolalar va axborotlarni tahlil qilish, o’z pedagogik faoliyatida foydalanish yo’llarini belgilash;
- Pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg’ulotlarning ishlanmalarini tuzish;
- Kimyo fani o’qituvchisini innovatsion faoliyatini loyihalash;
- O’quvchilarning bilimlarini nazorat qilish va baholashning samarali yo’llarini qo’llash, reyting tizimini amalga oshirish;
- Innovatsion muhit sharoitida kimyo darslari, laboratoriya va amaliy mashg’ulot, darsdan tashqari ishlar va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish;
- O’quvchilarning mustaqil bilim olish faoliyatini tashkil etish va boshqarish ko’nikma;
- Mustaqil va ijodiy, tanqidiy-tahliliy fikr yuritish, turli pedagogic vaziyatlarni tahlil qilish va ulardan chiqishning muqobil variantini tanlash;
- Ilg’or tajribalarni o’zlashtirish va amaliyotda q’llash, innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan malakalarga ega bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |