51
4. Tarkibida ko’p miqdorda moy bo’lgan murtak va mag’izning tashqi qatlamlarini
olib tashlash natijasida yormaning saqlash muddati ko’payadi;
5. Maydalangan yormalarni (arpa, bug’doy, makkajuxori) silliqlashda nafaqat
qobiqlari olib tashlanadi, balki bo’lakchalarga aylana shakli ham beriladi.
Silliqlash jarayonida abraziv yuza, ishchi organlarni, g’alvir teshikchalarini
ta’sirida va mag’izlarni o’zaro ishqalanishi natijasida mag’izning tashqi qobiqlari
doimiy ravishda olib tashlanadi.
Silliqlash jarayoniga mashinalarning konstrukstiyalari, ishchi organlarning
holati, mashinaga tushadigan yuklama va boshqalar ta’sir qiladi.
Silliqlash jarayonida ko’p miqdorda un hosil bo’ladi. Meva qobig’i qizil rangli
sholi mag’izini va maydalangan bug’doy, arpa, makkajuxori yormasini silliqlashda
ko’p miqdorda un hosil bo’ladi. Bundan tashqari silliqlash natijasida ancha
miqdorda maydalangan mag’iz ham hosil bo’ladi.
Agar unning hosil bo’lishi qochib bo’lmaydigan operastiya bo’lsa,
maydalangan mag’izning kupayishi - maqsadga nomuvofiq ko’rinishdir. SHuning
uchun silliqlashda shunday mashinalarni qo’llash zarurki, bunda silliqlashning
kerakli darajasini mag’izni minimal maydalanishi bilan ta’minlasin.
Do'stlaringiz bilan baham: