5-mavzu. Donlarning qobig’ini ajratishning texnologik chizmalari. Qobiq
ajratishda hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash
Reja:
1. Qobiq ajratish mahsulotlarini saralash jarayoni.
2. Qobiq ajratishda hosil bo’lgan mahsulotlarning tavsifi.
3. Qobiq ajratish jarayonining usullari.
4. Qobiq ajratishda hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash sxemalari.
5. Yorma zavodlarida mahsulotlarni saralash uchun qo’llaniladigan elakdonlarning
sxemalari.
1. Qobiq ajratish mahsulotlarini saralash jarayoni.
Yorma zavodlaridagi asosiy texnologik jarayonlardan biri - bu yormabop ekin
donlarining qobig’ini ajratish jarayonidir.
Arpa, sholi, suli va tariq donlarining gul qobigini ajratilishi, grechixa va
bug’doy donlaridan meva qobig’ini ajratish, nuxatdan esa urug’ qobiqlarini ajratish
donlarning turi va tuzilishi, tarkibi va h.k.larning har xilligi tufayli yorma
zavodlarida har bir tur doni uchun alohida ishlov berish texnologik sxemasiga ega
bo’lishlikni taqozo etadi.
Qobiq ajratgich mashinalarida yorma ekin donlarining qobig’ini ajratgandan
keyin aralashma hosil bo’ladi. Bu aralashmani beshta mahsulotga ajratish mumkin:
1. Qobig’i ajratilgan mag’iz, gul qobig’idan tozalangan don;
2. Qobig’i ajratilmagan don - gul qobig’idan tozalanmagan don;
3. Maydalangan mag’iz - standart bilan ruxsat berilgan butun yormadan razmerlari
bo’yicha kichik bo’lgan mag’iz bo’lakchalari;
4. Qobiq - qobiq ajratishda olingan gul plyonkalar (meva, urug’ qobiqlari).
5. Un - mag’iz va qobiqni mayda yanchilgan bo’lakchalari, standart bo’yicha
belgilangan elakdan o’tgan mahsulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |