4. Qobiq ajratishda hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash sxemalari.
Qobiq ajratish jarayonining texnologik sxemasi deganda qobiq ajratish va
qobiq ajratishdan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash jarayonlari
tushiniladi. Qobiq ajratish jarayonining ikkita prinstipial texnologik sxemasi
mavjud:
1 usul - mag’izni oraliqda ajratib olmasdan qobiq ajratish;
2 usul - mag’izni oraliqda ajratib olib qobiq ajratish.
Birinchi sxema asosida donning qobig’i ajratilsa, birinchi mashina ishlov
berilgandan keyin un, maydalangan mag’iz va qobiq ajratib olinadi va qolgan
qobig’i ajratilgan mag’iz va don aralashmasi keyingi ikkinchi qobiq ajratish
mashinasiga uzatiladi. Bu jarayon shunday vaqtgacha davom etadiki, to
aralashmada qolgan qobig’i ajratilmagan donlarning miqdori tayyor yorma uchun
o’rnatilgan miqdordan kam bo’lgancha. Bunday texnologik sxema aralashmalarni
ajratishni iloji bo’lmaganda (arpa, bug’doy, nuxat, makkajuxori donlarini qobig’ini
ajratishda) qo’llaniladi 9-rasm.
Mag’izni oraliqda ajratib olib qobiq ajratish sxemasi o’ziga quyidagilarni
kiritadi: un, maydalangan mag’iz va qobiqni ajratib olish; qobig’i olingan mag’izni
qobig’i olinmagan dondan ajratish.
Qobig’i olinmagan don qayta alohida qobiq ajratish sistemasiga yuboriladi. Bu
uskunalarga tushadigan yuklamani kamaytiradi va mag’izni qo’shimcha
maydalanishdan saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |