O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti
Qobiq ajratish jarayonining usullari
Download 1.48 Mb. Pdf ko'rish
|
un yorma va omuxta em texnologiyasi (2)
3. Qobiq ajratish jarayonining usullari.
Qobiq ajratishdan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash ularning fizik xususiyatlariga asoslangan. Boshqa mahsulotlardan kichik razmerlari bilan farq qiladigan un va maydalangan mag’iz belgilangan razmerli elaklarda ajratib olinadi. Un shtamplangan yoki metal matoli elaklarning elanmasi bilan ajratib olinadi. Unni ajratib olish uchun qo’llanadigan elaklarning nomeri qayta ishlanadigan ekin doni turidan bog’liqdir. SHolini qayta ishlashda hosil bo’lgan unni aylana teshikli diametri 1,5 mm elak elanmasi bilan olinadi, nuxatning uni - aylana teshikli diametri 1,0 mm, arpaning uni - N 056, bug’doyning uni - N 063, grechixaning uni - N 080 elak elanmasi bilan olinadi. Maydalangan mag’iz unni ajratib oladigan elaklarning qoldig’i bilan yoki standart tomonidan o’rnatilgan elaklar bilan ajratib olinadi. Qobiq don va mag’izdan aerodinamik xususiyatlari bilan farq qiladi va aspiratorlarda ajratib olish mumkin. SHunday qilib, ketma ket elovchi mashinalarni va aspiratorlarni qo’llagan holda un, maydalangan mag’iz va qobiqni ajratib olish mumkin. Buning uchun oddiy elovchi mashinalar - elakdon, markazdan qochma burat, yormaajratgich, aspiratorlar qo’llaniladi. Qobig’i ajratilgan mag’iz va don aralashmasini bir biridan ajratish murakkab operastiya hisoblanadi. CHunki bu komponentlarning fizik xususiyatlari bo’yicha farqlari juda kam. Qobig’i ajratilgan mag’iz va donni ajratish uchun xar xil usullar va mashinalar qo’llaniladi. Qobiq ajratishdan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni saralash uchun qo’llanadigan prinstipial sxema 7-rasmda keltirilgan. Qobig’i ajratilgan mag’iz va don aralashmasini bir biridan ajratish jarayoni faqat qobig’i (plyonkasi) mag’iz bilan birga o’smagan donlar uchun qo’llaniladi. Bu ekin donlarining qobig’ini ajratish natijasida, xossalari bilan farq qiluvchi ikkita mahsulot - qobig’i ajratilgan mag’iz va qobig’i ajratilmagan don olinadi. Yorma ajratishni quyidagi to’rtta ekin donlarini qayta ishlaganda qo’llash mumkin: sholi, tariq, suli va grechixa.7-rasm. Qobiq ajratishdan keyin hosil bo’lgan mahsulotlarni saralashni prinstipial sxemasi. 1- qobiq ajratgich mashinasi; 2-elovchi mashina; 3-aspirator; yorma ajratgich mashinasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling