O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi navoiy pedagogika kolleji


matematik tasavvurlarini shakllantirish


Download 0.64 Mb.
bet105/209
Sana24.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1717972
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209
Bog'liq
Navoiy pedagogika kolleji

matematik tasavvurlarini shakllantirish.

Reja
1. O`rta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq.
2. O`rta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi matematik
tasavvurlarini shakllantirish.

O`rta guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq.
O‘quv yilining boshida o‘rta guruh tarbiyachisi bolalarning kichik guruhda olgan bilimlarini yoz davomida ma’lum darajada unutib qo‘yganliklarini sezadi. O‘rta guruhga yangi bolalar ham keladilar. 5-6 mashg‘ulotni o‘tilganlarni takrorlashga bag‘ishlash va bolalami yangi materialni idrok etishga tayyorlash zarurligi ma’lum bo‘ladi. Asosan sanoqni o‘rgatish va sonlar bilan tanishtirish uchun zarur bo‘lgan tasavvur, ko‘nikma va malakalar mustahkamlanadi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash uchun kichik guruh dasturida tavsiya etilgan mashqlardan biroz murakkablashtirilgan holda foydalaniladi. Mashqlar dasturdagi (opshiriqlarning 2-3 tasini bir yo‘la bajarish imkonini beradi.
Bolalarga to‘plam ichidan ayrim narsalarni ajratish va narsalarni to‘plamga birlashtirish mashq qildiriladi, ular hamma narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni va narsalarning faqat bir qismi

uchungina xos bo‘lgan umumiy belgilarni ajrata olishga o‘rgatiladi.
Agar tarbiyachi bolalarning mazkur materialni yaxshi o‘zlashtirganliklarini sezsa, unda bir mashg'ulot bilan cheklanib qolishi mumkin. Aks holda, bunday mashqlar yana 2 mashg‘ulotning ikkinchi qismiga kiritiladi.
Bolalarda tevarak-atrofda turgan yakka (bitta) narsalarni va narsalar yig‘indisi (ko‘p)ni mustaqil topa olish ko‘nikmasi mustahkamlanadi. Shu maqsadda o‘rta guruhda kichik guruhdagiga qaraganda mashqlaming birmuncha murakkab variantlaridan foydalaniladi.
Bolalarga matematik tushunchalarni shakllantirishda ko‘proq mustaqillik bcriladi, nimani qayerdan izlash kerakligi, «Qarang, qaysi narsalar ko‘p, qaysilari bittadan uchraydi», umumiy ko‘rsatmalar bilan beriladi.
Bolalarni faqat bir turdagi narsalarni fikran bir guruhga birlashtirishga, ularning barchasi uchun umumiy bo‘lgan xususiyat (buyumlarning nimaga mo‘ljallanganligi va boshqalar) asosida «to‘plam hosil qilish»ga o‘rgatibgina qolmasdan, balki guruhni tashkil etuvchi narsalarning faqat bir qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni hisobga olishga, ya’ni qism to‘plamni ajratishga ham o‘rgatiladi. Masalan, pedagog bolalar diqqatini deraza tokchasida turgan ko‘p o‘simliklar orasida baland va pastlari, katta
va kichik barglilari borligiga jalb etadi va hokazo.
Bu davrda asosiy e’tibor ikki to‘plamning miqdorini qiyoslashni mashq qildirishga qaratiladi. Bolalar ikki guruhning qaysi birida narsalar ko‘p (kam)ligini yoki ularning baravarligini aytishga o‘rgatiladi.
Tarbiyachi ulaiga guruhlarni amaliy ravishda taqqoslash, ustmaust va yonma-yon qo‘yish usullarini cslatadi.
Bolaiarni narsalarning boshqa belgilari ichidan miqdori tomonini ajrata bilishga o‘rgatish muhim ahamiyatga ega. Bunga mazkur holda guruhning unchalik ahamiyatli bo‘lmagan belgilarini —guruhdagi narsalarning rangi, katta-kichikligi va joylashuvini o‘zgartirish orqali erishiladi.
Miqdoriy tuzilishi turlicha bo‘lgan to‘plamlar bilan ishlash bolalarda narsalar sonini aniq bclgilash zaruratini hosil qiladi.
Sanoqda o‘zlashtirish uchun sharoit paydo bo‘ladi.
Bu mashg'ulotlarda ba'zi fazoviy tasavvurlar aniqlanadi, o‘ng va chapni farqlash, narsalarni chapdan o‘ngga qarab o‘ng qo‘l bilan ko‘rsatish, yuqorigi va pastki (doskalar), chapdan o‘ngga iboralarini tushunish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.
Bolalar figuralar — doira, kvadrat, uchburchakni sezish, harakat va ko rish yo‘li bilan tekshirib ko‘rishni mashq qiladilar, ularni rang va hajmlaridagi farqlarga qaramasdan bilib olishni O‘rganadilar.
Bolalarning o‘lcham munosabatlari: uzunroq—qisqaroq, kengroq—torroq, ko‘proq—kamroq haqidagi tasawurlari va tegishli munosabatlami aniqlash uchun yonma-yon va ustma-ust qo‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Birinchi mashg‘ulotlardayoq bolalarda bu ko‘nikmalarga qiziqish uyg'otish va shug‘ullanish malakasini o‘stirishni davom ettirish muhim ahamiyatga ega.
O`rta guruh yoshidagi bolalarning kattalik haqidagi


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling