O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi navoiy pedagogika kolleji


tevarak atrofda mo`ljal olish va vaqtni chamalashga o`rgatish


Download 0.64 Mb.
bet95/209
Sana24.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1717972
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209
Bog'liq
Navoiy pedagogika kolleji

tevarak atrofda mo`ljal olish va vaqtni chamalashga o`rgatish.

Reja
1. Guruhdan ayrim narsalami ajratib olish va narsalami guruhlarga birlashtirish.
2. Tevarak-atrofda turgan bitta va bir qancha narsalarni topa olish.
Ikkinchi guruh bolalari bilan ishlashni narsalarning sifat belgilarini ajratib ko‘rsatish mashqidan boshlash maqsadga muvofiqdir. Narsalami aytilgan belgilariga qarab tanlash va guruhlarga ajratish vazifalarini berish ayniqsa foydalidir.
Pedagog (tarbiyachi) kundalik hayotiy vaziyatni tashkil qiladi yoki undan foydalanadi, bunda bitta bola yoki bir necha bola narsalami tanlab oladi yoki guruhlarga ajratadi. Masalan, qurishda ishlatilishi mumkin bo‘lgan hamma materiallarni yashikka solish, qo‘g‘irchoqlarni esa tokchaga terib qo‘yish, rasm soladigan barcha ino‘yqalamlarni yig'ib, qutichaga solish, bitta savatga hamma kata koptoklarni, boshqasiga esa kichkina koptoklarni solib qo‘yish.
Oldin bolalar narsalami bitta belgisiga qarab, keyinroq esa ikkita belgisiga qarab tanlab oladilar.
Har gal kichkintoylardan biri narsalar qanday umumiy belgi asosida guruhga birlashtirilganini va o‘zi nima qilganligi hamda nima uchun shunday qilganligini aytib berishi muhimdir. Bunday qilish

bolalarni ongli harakat qilishga o‘rgatadi.
Bunday mashqlar natijasida bolalar hatto bitta umumiy belgisi bo‘lgan turli xil narsalami ham bir guruhga birlashtirish mumkinligini tushuna boshlaydilar. Endi ular mazkur guruhga mansub narsalarning 2 ta umumiy bclgisini ajratib ko‘rsata oladilar.
Bundan tashqari, bolalarda aytilgan belgilarga qarab narsalami taqqoslash va tanlash (ajratib olish) uchun bir-birining yoniga, ustiga qo‘yish usullaridan foydalanish ko‘nikmasi mustahkamlanadi.
Guruhdan ayrim narsalami ajratib olish va narsalami guruhlarga birlashtirish.
Bir xil narsalardan guruhlar tuzishda va guruhlarni ayrim narsalarga bo‘lib tashlashda jamoa bo‘lib bajariladigan o‘yin mashqlari miqdor haqidagi tasavvumi yanada rivojiantirishga xizmat qiladi.
Bu mashqlar davomida bolalar har bir guruh (to‘plam)ning ayrim narsalardan iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim narsalami ajratib olishni o‘rganishlari, yaxlit to‘plam bilan uning elementi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak. Bolalarni guruhlarga birlashtirilgan narsalaming umumiy belgilarini ko‘ra bilishga va nomlarini ayta olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok etishga o‘rgatish davom ettiriladi.
Yig'indidagi hamma narsalaming 2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan birga, bolalar shu guruhdagi narsalaming faqat biror qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni, ya’ni boshqa qismlarining belgisidan farq qiluvchi belgilarni ham ko‘rishga o‘rganadilar. Ular guruhni bir necha gumhga bo‘ladilar, ya’ni to‘plamni to‘plamchalarga ajratadilar. Masalan, guldastada ko‘p gullar borligini, ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini, qizil gullar kam, oq gullar ko‘pligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib to‘plamlardagi sonlar bilan to‘plamchalardagi sonlami taqqoslashga, ularo‘rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlashga tayyorlanadilar.
Birinchi mashg'ulotda bir-biriga aynan o‘xshash (rangi, hajmi bir xil) o‘yinchoqlar yig'indisi to‘planadi. Guruhda nechta bola bo‘lsa, o‘shancha o‘yinchoq olinadi. Birdaniga juda ko‘p bir xil o‘yinchoqlarning kutilmaganda paydo bo‘lib qolishi kichkintoylami quvontirib yuboradi. Pedagog (tarbiyachi) o‘yinchoqlar (quyonchalar va boshqalar)ning ko‘pligiga diqqatni jalb etib, avval bolalarga
bittadan o‘yinchoq beradi, so‘ngra esa barcha o‘yinchoqlarni ulardan olib, yana bir joyga to‘playdi. Bolalarning diqqati bir to‘da narsa qanday qilib ayrim narsalarga bo‘linishiga va ayrim narsalardan
qanday qilib to‘rda hosil qilinishiga jalb etiladi. Bolalar o‘yinchoqlami navbati bilan tarqatadilar va yig'ib oladilar. Pedagog (tarbiyachi) ularning harakatini kuzatib turadi va to‘dadan o‘yinchoqlar olinsa to‘da kichraya (kamayib) borishini, bolalarniig har biri unga o‘z o‘yinchog'ini qo‘shganda esa kattalashib (ko‘payib) borishini ta’kidlaydi.
To‘dadagi narsalar sonining asta-sekin kamaya va ko‘paya borishini kichkintoylar yaxshi ko‘ra bilishlari kerak. Pedagog (tarbiyachi) mashqlar davomida bolalarni ko‘p, bitta, bittadan, bitta kam, hech narsa yo‘q so‘zlarini qo‘llashga undaydi. Nechta? Nechtadan? deb savoliar beradi. Bolalarning narsalar nomini ham, ularning miqdorini ham (bitta, ko‘p) to‘g‘ri aytishlarini kuzatadi.
Ularning yig‘indidagi barcha narsalar uchun umumiy bo‘lgan belgilarni aytib berishlari muhim ahamiyatga ega.
Pedagog (tarbiyachi) bolalarni guruhdagi hamma narsalar uchun umumiy (mushtarak) bo‘lgan belgilarni, shuningdek, muayyan guruhgacha kiruvchi narsalar uchungina umumiy bo‘lgan hamda yig'indidagi barcha narsalar uchun umumiy bo‘lmagan belgilarni ajrata va ayta bilishga o‘rgatadi: «O‘yinchoq mashinalar, ammo mana bu tokchada katta o‘yinchoq mashinalar joylashgan, ana shu

tokchada esa kichik o‘yinchoq mashinalar joylashgan. Katta va kichik o‘yinchoq mashinalar ko‘p», «Tasmalar ko‘p. Tasmalar bilan mashinalarni bezatish mumkin. Ba’zi tasmalar yashil rangli,
ba’zilari esa havo rangli. Havo rang va yashil tasmalar ko‘p».


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling