O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi navoiy viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi navoiy pedagogika kolleji


M. Montessori metodi haqida tushuncha


Download 0.64 Mb.
bet97/209
Sana24.10.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1717972
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209
Bog'liq
Navoiy pedagogika kolleji

M. Montessori metodi haqida tushuncha.

Reja
1. Sensor tarbiya haqida ma’lumot.
2. M. Montessori metodi haqida tushuncha.
Sensor tarbiya haqida ma’lumot.
Sensor tarbiyani shakllantirishda avvalo ilk bolalikdan alohida e’tibor qaratish lozim. Negaki, ilk bolalik davridan idrok qilish , sezish natijasida aqliy harakatlar, narsa va hodisalarning xususiyatlarini analiz hamda sintez qilish, umumlashtirish va yaxlitlash protsessi yuzaga keladi. Bu esa o‘z navbatida maktabgacha yoshdagi bolalar sensor tarbiyasini kechiktirmasdan olib borishni taqazo qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok , sezish ” kabi qobilyatlarni shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiya bu - sezgi va idrokni biror maqsad asosida rivojlantirishdir.
Sensor so‘zi lotincha so‘zdan olingan bo‘lib, “sensus” – “tuyg’u”, “sezgi”, “idrok” ma’nolarini bildiradi. Demak borliqni his qilish sezish va idrokdan boshlanadi. Shuni ta’kidlash joizki maktabgacha yosh davri sensor jarayonlarni rivojlanish davri sanaladi. Shuning uchun bu davrda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiya bolalarda hissiy bilish qobilyatlarini shakllantirishga va sezgi –idrokni takomillashtirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Sensor tarbiya bilan ish olib borishda ko‘proq pedagoglar hamda ruxshunoslar tinimsiz murojaat qiladilar. Sensor tarbiyani o‘rganish hamda rivojlantirishga ko‘pgina pedagoglar Frebil, M.Montesseri, O.Dekroli va boshqalar tomonidan yaratilgan ishlari bolalarning qo‘ldagi mayda muskullarini rivojlantirishga, rang va uning turlari, turli shakl hamda hajmni yuqori darajada farq qilishga erishishlarini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi.
Ayniqsa Montessorining “sensor” tarbiya borasida olib borgan izlanishlari salmoqli darajadadir. Montessori o‘z tajribasida didaktik materiallarni ko‘paytirib, o‘z-o‘zini nazorat qilish prensipiga qaratilgan izlanishlar bo‘lib, bolalarga pedagogning ishtirokisiz , mustaqil shug’ullanish imkonini berar edi. Garchi Montessori bolalar topshiriqni bajarayotganda ularga erkinlik va mustaqillik berishni talab qilsada, u baribir bolalarga narsalarning xossalarini tekshirishning ayrim usullarini o‘gatdi. Masalan: tarbiyachi bolaning barmog’i bilan biron bir detalni sirtini aylantirib chiqadi yoki biron nima yasayotganda, chizayotganda qo‘lidan ushlab yordamlashvoradi bu esa avtomat tarzda tekshirib turishni ta’minlaydi.
Yana shuni ta’kidlaydiki, sezgi a’zolarining rivojlanishi, nutqning o‘sishi bu bolaning qay darajada rivojlanishiga ham bog’liqdir.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalashda hamda ularda “tuyg’u, sezgi, idrok, sezish” qobilyatlarini shakllantirishda sensor tarbiya muhim o‘rin tutadi. Sensor tarbiyani qo‘llashdan maqsad - maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning har jabhada qobilyatlarini shakllantirish, o‘stirish, yuksaltirishga qaratilgandir. Ma’lumki, bolalarda idrok qilish sezish natijasida aqliy harakatlar , narsa va hodisalarning analiz hamda sentez qilish , umumlashtirish , yaxlitlash hodisasi yuzaga keladi. Bu esa bilish qobilyatining zarur sharti hisoblanadi.
Sensor harakatlarning rivojlanishi darajasi bolaning qobilyatlari shakllanayotganida hamda muayyan bilimlarini va ayrim amaliy ko‘nikmalarni egallash jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Bolada ranglarni va shakllarni ajrata olish qobilyati shakllangan bo‘lsa, tevarak –atrofdagi narsalarning xossalarini ko‘ra oladi va his qiladi. Bu esa bola biror voqeani tasvirlab aytib berishi, rasm chizishi , loydan nimalarnidir o‘xshata olishi, qog’ozdan , matodan turli narsalar qirqishi – qurish – yasash ko‘nikmalarini rivojlanishiga imkon beradi.
M. Montessori metodi haqida tushuncha.
Та'limning insonparvarlashuvi va inson qobiliyatlarining ochilishi hamda uning ta’limga nisbatan bo‘lgan turli -tuman ehtiyojlari qondirilishi, milliy umumbashariy qadriyatlar ustuvorligining ta’minlanishi, inson jamiyat va atrof muhit o‘zaro munosabatlarining uyg’unlashuvidir.
Shu bois bugungi kunda maktabgacha ta’lim pedagogikasini rivojlantirish maqsadida bir qancha ilg’or usullar tatbiq etib kclinmoqda.
Shulardan biri Mariya Montessori texnologiyasidir. Bu mohiyatan hayotdan o‘zlashtirilgan “tabiiy” usul bo‘lib, bola tarbiyasida o‘zining har tomonlama mukammaligi bilan ommalashgan.
Prezident 1.A.Karimov ta’kidlagandek “Erkin fuqaro ongli yashaydigan, mustaqil fikrga ega bo‘lgan shaxs ma’naviyatini shakllantirish bizning bosh milliy g’oyamiz bo‘lishi zarur” M.Montessori texnologiyasi aynan shu fikrni olg’a suruvchi usullar majmui bo‘lib ma’nan yctuk mustaqil fikrlovchi va doimo muvaffaqiyatga erishishga
intiluvchi shaxsni tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalashda mazkur texnologiyani xalqimizning milliy madaniy va tarixiy merosi hamda umumbashariy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirgandagina ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. Bunday tarbiya asoslarini yaratish esa bugungi kunda asosiy maqsadidmiz hisoblanadi.
“Bizning bolalarga bo‘lgan munosabatimizni o‘ylar ekanman -deydi.
Montessori biz ularda tug’ilajak aqliy tuyg’ularini ehtiyojkorlik bilan rivojlantiruvchi hamda mashq qilidiruvchi omil hisoblanamiz”. Dcmak biz bolalarni rivojlantiriuvchi asosiy omil ekanmiz, inson uchun nima muhim biz ularga nisbatan qanday munosabatda bo‘lishimiz kerak? - degan savolga javob izlashimiz zarur.
Eng avvalo bola bizning shaxsiy mulkimiz dcgan fikrdan qutilishimiz kerak. U nafaqat o‘z oilasining a’zosi balki jamiyatning bir bo‘lagi ckaniga ko‘nikishimiz zarur. Bundan tashqari bola boshqalarga

tegishli bo‘lgan yagona insoniy hilqat hisoblanishini ochiq tan olishimiz juda muhim.
Kichik yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishi (Montessori metodikasi bo ’yicha)
Agar biz bugungi kunda «Zamonaviy maktablarda o‘quvchilarning intellcktual rivojlanish darajasi qay ahvolda?» dcgan savolni bersak, Montessori bizning savolimizga shunday javob bcrar edi: «Maktab o‘qituvchisi o‘quvchi intellektining quruvchisi hisolanadi. O‘quvchi o‘qituvchi imkon bcrgan darajada
shakllanadi. O‘qituvchi nimaniki bergan bo‘lsa, o‘shani biladi. O‘qituvchi nimani tushuntirgan bo‘lsa, o‘quvchi undan ko‘p ham, kam ham narsani tushunmaydi. O‘quvchilarning muvaffaqiyatlarini maqtashganda bu maqtovlar bcvosita o‘qituvchiga ham tegishlidir. Sinfning yutug’i — uning muvaffaqiyatidir. Uning mahorati shundaki, o‘quvchilarga yetkazishni zarur deb bilgan darsini bolalarning
diqqat bilan tinglashlaridir». Aytilgan bu so‘zlar ayni haqiqat. Xo‘sh, bular boshlang’ich maktabga tegishlimi yoki bolalar bog’chasiga aloqador? O‘qituvchi, tarbiyachi, xullas, bolalarni tarbiyalovchilarning barchasi ta’lim-tarbiya jarayonida faoliyat yurituvchi asosiy shaxs hisoblanadilar. Shuningdck, ularning ruhiy rivojlanishida ham chcksiz quvvat manbai hisoblanadi. Bolalarga faqatgina kattalar tomonidan yoki o‘z xohishi bilan yoxud bclgilangan dasturga ko‘ra taqdim etiladigan «taomni» qabul qilishgina qoladi, xolos. Va shu o‘rinda «erkinlik», «erkin tarbiya» deb ataluvchi tushunchani yuzaga keltiradi.
«Erkinlik» masalasi qancha ko‘p muhokama qilinmasin, bola baribir qaram bo‘lib qolmoqda. Hattoki unga yuqori darajada e’tibor ko‘rsatilganda ham u erkin emas, balki «qarovsiz»dir. Ya’ni, uning intellekti qarovsiz, «yoqimsiz taomni tanovvul» qilishga majbur. Natijada rivojlanish uchun keng erkinlik beruvchi
hissiyotlarga bo‘ysunadi. Faqatgina shunchaki harakatlanadigan bola erkin hisoblanmaydi. Balki o‘z harakatlarida aniq o‘ylangan maqsadga ega bo‘lgandagina muayyan tashkil etilgan sharoitda o‘z shaxsini rivojlantirishga va shakllantirishga qodir. Shaxsiy rivojlanishi uchun uning o‘zi mustaqil ish tanlay
oladi. Biror bir ishga uzoq vaqt davomida o‘z intilishi bilan katta intellektual, maqsad bilan sho‘ng’ib ketadi. Fikrni jamlab prcdmctlarni (sensor materiallarda) tanlash imkoniyatini, muhokamasi va tuzatish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. O‘z salohiyatini yuzaga chiqarib, uni yuksaltirish uchun turtki bera oladigan bolagina erkin hisoblanadi.
10.Mavzu: Kichik guruh yoshidagi bolalarning son-sanoq haqidagi


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling