O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kesh-xotira qurilmasi
qizil
(Red, R), yashil (Green, G) va ko’k (Blue, B) rangli lyuminofor qoplangan. Rangli kineskopda ko’lankali niqob (Shadow Mask) yoki apertur panjara (Trinitron texnologiyasi) mavjud. Ularning vazifasi elektron pushkalardan chiqayotgan nurlar lyuminoforning tegishli rangli nuqtasiga tushishini ta’minlashdan iborat. Agar ko’lankali niqob tuynuklar tizimidan tashkil topgan bo’lsa, apertur panjara vertikal tirqishlar tizimini hosil qiladi. Ekranning ichki yuzasidagi lyuminofor nuqtalarining o’lchamlari qanchalik kichik bo’lsa, monitordagi tasvir shu qadar ravshan bo’ladi. Odatda, ushbu nuqtalarning o’lchamlari haqida emas, balki ular orasidagi masofa (dot pitch) haqida mulohaza yuritiladi. Ushbu ko’rsatkich monitor modellarining turlari uchun har-xil bo’lib, 0,41 mm dan 0,21 mm gacha o’lchanadi. Bu masalada me’yoriy daraja ko’lankali niqobga ega ENN uchun 0,26-0,28 mm, apertur panjaraga ega ENN uchun esa 0,25 mm sanaladi. 188 Zamonaviy monitorlarning deyarli barchasi multichastotalidir, ya’ni belgilangan muayyan diapazondagi sinxrosignallar chastotasining ixtiyoriy qiymatiga sozlanish qobiliyatiga ega. Kengaytirish platalari (Daughterboard - tarmoqlangan plata) ko’rinishida bajarilgan va shinaga kengaytirish ajratkichlari vositasida ulangan qo’shimcha qurilmalarga mansub kontroller va adapterlar (moslashtiruvchi qurilmalar) yoki xususan qo’shimcha qurilmalarning o’zi. Ushbu ajratkichlarning boshqacha nomi kengaytirish slotalari (Slot - tirqish, oraliq) deb ataladi. Kursor (ingl. cursor -ko’rsatkich) EHM tomonidan displey ekranida ko’rsatilib, uning ish nuqtasini belgilaydigan (identifikatsiyalaydigan) harakatchan belgi. Kesh-xotira qurilmasi - foydalanuvchi daxl qila olmaydigan, nisbatan sekin ishlovchi xotira qurilmalari ichida saqlanayotgan axborot bilan bajarilayotgan operatsiyalarni jadallashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ravishda ishlatiladigan, tez ishlovchi, kichik hajmli (virtual) buferli xotira qurilmasidir. Agar mashinada hajmi 256 Kbaytga teng kesh- xotira qurilmasi qo’llanilayotgan bo’lsa, ushbu qurilma shaxsiy kompyuter ishining unumdorligini 20 foizga oshiradi Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling