O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri kirish (XTTK) mexanizmi
indeksli manzil belgilash
. Bunda operand manzili manzilning tegishli maydonida joylashadi. Ushbu registr manzili esa operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish holati X (Index) indeksli registr ichida ro’y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin; indeksli tayanch bo’yicha manzil belgilash . Bunda operandning tayanch manzili BP tayanch registri ichida joylashadi. Operand manzilining tayanch manziliga nisbatan siljish holati X indeksli registr ichida ro’y beradi. Registrlar manzillari operatsiya kodi tarkibiga kiritilgan. Komanda ichida manzil maydoni yo’q. X va BP sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registrlari chiqishi mumkin; segmantli manzil belgilash . Bunda jamiki xotira muayyan hajmga ega segmentlarga bo’lib chiqilgan. Segmant manzili SR (Segment Register) segment registri ichida saqlanadi, manzilning segment boshiga nisbatan siljish holati manzilning tegishli maydonida yoki X indeksli registr ichida ro’y beradi. X sifatida umummaqsadli registrlar yoki maxsus manzil registri chiqishi mumkin Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri kirish (XTTK) mexanizmi -ma’lumotlarni markaziy protsessor ishtirokisiz xotiradan tashqi qurilmalarga va aks yo’nalishda kiritish-chiqarish imkoniyati Central Processor Unit - markaziy protsessorli qurilma, MPQ) - mashinaning barcha bloklari bajaradigan ishlarni boshqarish hamda axborot bilan arifmetik va mantiqiy operatsiyalar bajarish uchun mo’ljallangan shaxsiy kompyuterdagi markaziy blok. Bitta yoki bir nechta katta integral sxemalar ko’rinishiga ega elektron sxema, axborotga ishlov berish qurilmasi. Mikrokompyuterdagi mikroprotsessor boshqarish vazifasini bajarib, axborotning katta qismiga ishlov beradi. Mikroprotsessor juda katta integral sxema bo’lib, uning imkoniyatlari kremniy kristallining o’lchamlari va ushbu kristall negizidagi tranzistorlar soni bilan belgilanadi. Mikroprotsessorning asosiy elementlari tranzistorli qayta ulagichlar sanaladi. Mazkur qayta ulagichlar asosida ikkita turg’un holatga ega bo’lib, axborot saqlash va ushbu axborotga tez kirib borish uchun mo’ljallangan qurilmalar majmuidan iborat registrlar yaratiladi. Registrlar soni va ularning razryadlilik darajasi ko’p jihatdan mikroprotsessor arxitekturasini belgilaydi. Mikroprotsessor tomonidan bajariladigan komandalar, odatda, arifmetik amallar, mantiqiy operatsiyalar bajarilishini, boshqaruvning (shartli ravishda va to’la-to’kis) topshirilishini va ma’lumotlarning joyi o’zgartirilishini (ya’ni, registrlar, tezkor xotira qurilmasi hamda axborot kiritish-chiqarish portlari orasida ko’chirib o’tkazilishini) ko’zda tutadi. Mikroprotsessor eng murakkab elektron qurilmalardan biri bo’lib, uni tayyorlash jarayoni yuzlab texnologik operatsiyalardan tashkil topadi. Mikroprotsessorlarning ishlab chiqarilishida fotolitografiya usuli qo’llaniladi. Qatlamlar shablonlari yordamida mikroprotsessorda muayyan xususiyatlarga ega qatlamlar ustma-ust bosib boriladi. Bunday tuzilishlar ultrabinafsha nurlar ta’siri ostida eriydigan modda -fotorezistdan yaratiladi. Fotorezist kremniyli asos yuzasiga 190 yuritilib, ultrabinafsha nur bilan qatlam orqali nurlanadi. Fotorezist eritmasiga, qotib qolganidan so’ng zaruriy elektr o’tkazuvchanlik xususiyatini ta’minlaydigan aralashmalar aralashtiriladi. Agar elektr o’tkazmaydigan maydon hosil qilish kerak bo’lsa, tegishli yuzada kremniy oksidi oshiriladi. Mikroprotsessorlarning ayni bir xil modeli megagertslarda o’lchanadigan har-xil takt chastotasiga ega bo’lishi mumkin. Takt chastotasi qanchalik yuqori bo’lsa, kompyuter ishining unumdorligi shu qadar yuqori bo’ladi. Takt chastotasi mikroprotsessor ichida elementar operatsiyalarning amalga oshirilish tezligiga ishora qiladi. Demak, mikroprotsessor integral sxema ko’rinishidan iborat, ya’ni u umumiy maydoni atigi bir necha kvadrat millimetr keladigan to’g’ri burchak shaklga ega kristall holatdagi kremniyning yupqa plastinkasi ko’rinishida tayyorlangan bo’lib, ustiga protsessorning barcha ishlarini bajaradigan sxemalar (qoliplar) joylashtirilgan. Ushbu kristall-plastinka, odatda, plastmassa yoki sopoldan tayyorlangan yassi korpusga joylanib, kompyuterning tizim platasiga ulash imkoni bo’lishi uchun metall tilchalariga ega tilla simlar bilan ulanadi. Hisoblash tizimida parallel ishlaydigan bir nechta protsessorlar bo’lishi mumkin. Bunday tizimlar - Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling