O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti
Download 5.19 Mb. Pdf ko'rish
|
SATQ
Mashina tili
, dasturlarni muayyan EHMda bajarish imkonini beradigan shaklda havola etish uchun mo’ljallangan dasturlash tili . Mashina tilining taxminlari komandalar, misol uchun, protsessor komandalari sanaladi. Ba’zan EHM komandalarining tizimi ham mashina tili deb ataladi Meynfreym - umummaqsadli, jadal hisob amallari va axborotning ulkan hajmiga ishlov berish bilan bog’liq vazifalarni hal etish uchun mo’ljallangan yuqori darajali katta universal kompyuter. "Meynfreym" tushunchasi "katta elektron-hisoblash mashinasi" atamasi bilan ma’nodosh. Bunday kompyuterlar XX asrning 80- yillariga qadar kompyuterlar bozorida ustunlik qilib kelgan bo’lib, asosan Amerikaning Ay-Bi-Em (IBM) firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Zamonaviy meynfreymlar o’ta ishonchliligi, juda tez ishlashi, axborot kiritish va chiqarish qurilmalarining ish bajarish qobiliyati yuqoriligi bilan farq qilib turadi. Bunday kompyuterlarga foydalanuvchilarning minglab terminallari yoki mikrokompyuterlari ulanishi mumkin. Meynfreymlar yirik korporatsiyalar, hukumat muassasalari va banklar tomonidan qo’llaniladi. Minikompyuter tizimlari va mikrokompyuterlar ravnaq topa boshlagach, meynfreymlarga bo’lgan ehtiyoj qisqara boshladi. Ay-Bi-Em (IBM) kompaniyalaridan biri kontseptual jihatdan yangi ESAG’390 arxitekturasiga asoslangan kompyuterlar ishlab chiqarishga o’tdi. Ushbu arxitektura meynfreymlarni turli hisoblar kompleksining markazi sifatida qo’llash imkonini berdi. Meynfreymlarning narxi nisbatan qimmat. Amaliy dasturlar paketi bilan birgalikdagi bitta meynfreym kam deganda million dollar turadi. Shunga qaramay, bunday kompyuterlar moliya va mudofaa sohalarida faol ishlatilib, ularda mavjud kompyuterlar parkining 20-30 foizini tashkil etadi. Buning sababi ayon: etarlicha katta hajmga ega axborotni markazlashgan tarzda saqlash va ishlov berish uchun meynfreymlarning qo’llanilishi, yuzlab va minglab shaxsiy kompyuterlardan tashkil topgan ma’lumotlarga ishlov berishning taqsimlangan tizimiga xizmat ko’rsatishga nisbatan ancha arzonga tushadi Download 5.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling