O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti


Download 5.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/152
Sana04.11.2023
Hajmi5.19 Mb.
#1746810
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152
Bog'liq
SATQ

Noutbuk 
(ingl. 
notebook 
- yozuv daftari) jamiki ichki va tashqi qurilmalari 
yagona 
korpusga birlashtirilgan 
bo’lib, odatda, vazni 2-5 kg keladigan kichik chemodan ko’rinishiga 
ega ixcham mikrokompyuter. Ko’chmas mikrokompyuterga ulangani kabi, noutbukka ham 
qo’shimcha tashqi qurilmalar ulanishi mumkin. Elektr ta’minoti bilan akkumulyator batareyalari 
vositasida ta’minlanadi.
Operandlar 
- komandaning dastlabki ma’lumotlari. 
Optik disk
, tovush (kompakt-disk), tasvir (video disk), harf-raqamli axborot va shu 
kabilarni lazer nuri vositasida yozish yoki (va) tasvirini (tovushini) chiqarish uchun 
mo’ljallangan, plastik modda yoki alyuminiydan tayyorlangan disk ko’rinishidagi ma’lumot 
tashigich. Axborot yozish zichligi bir santimetr kvadratga 108 bitdan yuqori. 
Asosiy xotira qurilmasi 
axborotni saqlash va kompyuterning boshqa bloklari bilan 
almashinish uchun mo’ljallangan. 
Mashinaning asosiy funktsional imkoniyatlari 
- axborotga ishlov berish, saqlash va 
tashqi ob’ektlar bilan axborot almashinish. 
Shaxsiy kompyuterning asosiy funktsional tavsiflari
 
ish unumdorligi. Zamonaviy EHMlarning ish unumdorligi, odatda, soniyada million 
operatsiya o’lchov birligi bilan o’lchanadi; 
ish tezligi; 
taktli chastota; 
mikroprotsessor tizimining 
hamda interfeysning kodli shinasiga daxldor razryadlik darajasi; 
tizim interfeysi va mahalliy interfeyslar turlari.  
Qo’llaniladigan interfeyslarning har xil turlari mashina uzellari o’rtasida axborot uzatish 
tezligining turlicha bo’lishini ta’minlab, tashqi qurilmalarning turli-tuman miqdori va 
rusumlarini ulash imkonini yaratadi; 


192 
tezkor xotira qurilmasining hajmi. Odatda, tezkor xotira qurilmasining hajmi Mbaytlarda 
o’lchanadi. Hajmi 16 Mbayt bo’lgan tezkor xotira qurilmalari bilan aksariyat zamonaviy amaliy 
dasturlar ishlamaydi, ishlagan taqdirda ham ularning ishi nihoyatda sust kechadi; 
ko’chmas magnit disk asosidagi to’plagich (vinchester) hajmi. Vinchester hajmi, odatda, 
Gbayt o’lchov birligida o’lchanadi; 
ko’chma magnit disk asosidagi to’plagich turlari va hajmi. Bugungi kunga qadar standart 
hajmi 1,44 Mbaytga teng, diametri 3,5 dyuym keladigan disketaga ega ko’chma magnit disk 
asosidagi to’plagichlar qo’llanilib kelinmoqda; 
kesh-xotira qurilmasi mavjudligi, uning qo’llanilgan turi va hajmi; 
videomonitor va videoadapter rusumi; 
printer mavjudligi va uning qo’llanilgan turi; 
CD-ROM kompakt disklar asosidagi to’plagich mavjudligi va uning qo’llanilgan turi; 
modem mavjudligi va uning qo’llanilgan turi; 
multimediali audio va video vositalar mavjudligi va ularning qo’llanilgan turi; 
mavjud dasturiy ta’minot va operatsion tizim turi; 
apparatlar va qo’llanilayotgan dasturning boshqa turga mansub EHMlar bilan mos 
kelishi. Mazkur tavsif mashinalarning boshqa rusumlarida mavjud texnik elementlar va 
dasturlarni muayyan kompyuterda ham qo’llash imkoni bor-yo’qligini anglatadi; 
hisoblash tarmog’iga ulanib ishlash imkoniyati; 
ko’p vazifali rejimda ishlash imkoniyati. Ko’p vazifali rejim bir vaqtning o’zida bir nechta 
dasturga oid ( ko’p dasturli rejim) yoki bir nechta foydalanuvchilar uchun (foydalanuvchilar soni 
ko’p rejim) hisoblash amallarini bajarish imkoniyatini beradi; 
ishonchlilik. Mazkur tavsif tizimning, unga kiritilgan barcha vazifalarni to’la-to’kis, to’g’ri 
bajara olish qobiliyatini anglatadi; 
kompyuterning bahosi, tashqi o’lchamlari va vazni.

Download 5.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling