O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta‘lim vazirligi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fizikadan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma
Download 1.55 Mb.
|
механика тажриба охиргиси 8.09.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
- TAJRIBA ISHI №-10 O’tkazgichning qarshiligini o’zgarmas tok ko’prigi yordamida aniqlash. Ishning maqsadi
Ishni bajarish tartibi:Shisha idish devorlariga qo’yilgan belgilar orasidagi masofa chizg’ich yordamida o’lchanadi, suyuqlik zichligi aniqlanadi. (7) ifodadan muayyan tajribaga bog’liq doimiy “C” hisoblanadi. Suyuqlikka tushiraladigan sharcha radiusi (diametri) mikrometr yordamida 0,01mm aniqlikda o’lchanadi, bu sharcha pinsit yordamida mumkin qadar silindr o’qiga va suyuqlik sirtiga yaqin tashlanadi. Sarchaning suyuqlikdagi belgilar orasidagi masofani o’tish vaqti sekundomer yordamida aniqlanadi. Tajriba 5-7 ta sharcha uchun takrorlanadi. (8) ifodadan suyuqlikning ichki ishqalanish koeffisiyenti hisoblandi. O’lchash va hisoblash natijalari jadvalga yoziladi. 1-jadval
Nazorat savollari Arximed qonunini ta’riflab bering. Stoks formulasini yozing. Bu formulaga kirgan kattaliklarni tushuntiring. Suyuqlikning ichida harakatlanayotgan jismga qanday kuchlar ta’sir qiladi? Ishni bajarish tartibini gapirib bering. Ishqalanish koeffisiyenti qanday birlikda o’lchanadi? Ishqalanish koeffisiyenti qanday qiymatlarga bog’liq holda o’zgaradi? TAJRIBA ISHI №-10 O’tkazgichning qarshiligini o’zgarmas tok ko’prigi yordamida aniqlash. Ishning maqsadi: Tarmoqlangan elektr zanjirlari qonuniyatlarini o’rganish vaUitston ko’prigi yordamida noma’lum qarshilikni aniqlash Kerakli asbob va qurilmalar: Reoxord, galvanometr, qarshiliklar magazini, noma’lum qarshiliklar to’plami, tok manbai, kalit va ulovchi simlar. Nazariy qism Qarshilikni aniq o’lchash usullaridan biri tokning tarmoqlanish qonuniga asoslangan. Shu qonunga asoslanib ishlaydigan qurilma Uitston ko’prigi deb ataladi. Uitston ko’prigi sxemasi (3.1-rasm) noma’lum qarshilik -RXni ma’lum qarshilik (qarshiliklar magazini) yordamida aniqlashga imkon beradigan sxema hisoblanadi. Uitston ko’prigi Е-galvanik elementga ulangan zanjir A tugundan boshlab tarmoqlanadi (3.1-rasm). B u zanjirning bir qismini ketma-ket o’langan ikkita RX va RO qarshiliklar tashkil qiladi. Ikkinchi qismi esa santimetrlarga bo’lingan, uzunligi 1 metr bo’lgan chizg’ichga tortilgan nikelin yoki solishtirma qarshiligi katta bo’lgan boshqa qotishmadan tayyorlangan bir jinsli AВ –sim (reoxord) dan iborat. G –galvanometrning bir uchi RX va RO qarshiliklar o’zaro ulangan С nuqtaga ikkinchi uchi reoxord buylab sirpanuvchi D jilgichga ulangan bo’ladi, hamda bu jilgich AD va DB qismlarning R1 va R2 qarshiliklari nisbatini uzgartira oladi va shu tarzda ko’prikni muvozanat holatiga keltira oladi.C=Dbo’lgandagalvanometrstrelkasinolniko’rsatadi, ko’prikmuvozanatholatidabo’ladi. Bumuvozanatholatuchunqo’yidagimunosabato’rinlidir. (3.1) YuqoridagimunosabatniisbotlashuchunKirxgofqonunlaridanfoydalanamiz. 1. Tarmoqlangan zanjir tugunida uchrashuvchi toklarning algebraik yig’indisi nolga teng: Tugunga kiruvchi toklarni musbat undan chiquvchi toklarni manfiy deb hisoblab, qo’yidagilarni hosil qilamiz. C tugun uchun I1-I3-IG = 0 D tugun uchun IG-I2-I4 = 0 2. Har qanday berk tarmoqda zanjirning tegishli qismlaridagi tok kuchi bilan qarshiligi ko’paytmasining algebraik yigindisi shu konturda uchraydigin E.YU.K. yig’indisiga teng. Sxemadagi mustaqil ACDA tarmoq uchun I1RX + IG RG- I2R1 = 0 BDCB tarmoq uchun I3R0 + I4 R2- IGRG = 0 Muvozanat shartiga ko’ra ifodadan ni hosil qilamiz. Zanjirning AD va DB qism qarshiliklari uning uzunligi l1 va l2 ga proporional bo’lganligi uchun oxirgi ifodadan Rx ni qo’yidagicha topish mumkin. (3.2) Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling