O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus Ta‘lim vazirligi Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti fizikadan tajriba ishlarini bajarish bo’yicha uslubiy ko‘rsatma


Bevosita o’lchash usulida natijani va xatoni hisoblash qoidalari


Download 1.55 Mb.
bet4/19
Sana29.01.2023
Hajmi1.55 Mb.
#1138306
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
механика тажриба охиргиси 8.09.2022

5. Bevosita o’lchash usulida natijani va xatoni hisoblash qoidalari.
1. Tajriba davomida o’lchangan hamma kattaliklarni natijasini asosiy jadvalga yozib boriladi.
2. Natijani aniq va ishonarli bo’lishi uchun aniqlanishi lozim bo’lgan x-kattalik hisoblanadi.
Bu vaqtda quyidagilarga amal qilish lozim:
a) Bevosita o’lchangan kattaliklarni o’rtacha qiymati topiladi.
b) Natijani hisoblash uchun tajribada o’lchangan kattaliklarni asosiy hisoblash formulasiga faqat SI yoki SGS birliklar sistemasidagi qiymatlarni qo’yib hisoblanadi.
6. O’lchash natijalarini grafik shaklda tasvirlash.
Tajribalarda o’lchangan fizik kattaliklar natijasini nazariy xulosalar bilan yoki orasidagi bog’lanishlarni solishtirish uchun grafikdan foydalanadilar. Grafik tuzishdan avval tajribada o’lchanadigan kattalikni har bir qiymati va unga mos keladigan kattalik (argument) qiymatlarini jadvali tuziladi. Absissa o’qiga argumentni, ordinata o’qiga funksiyani qiymatlarini qo’yib, uni qanday birliklarda o’lchashni yozib qo’yiladi. Grafikni to’g’ri bo’lishi uchun masshtabni to’g’ri tanlab olish muhim ahamiyatga ega. Masshtab har bir o’q bo’ylab alohida tanlab olinishi ham mumkin.
Uni shunday tanlab olish zarurki, har bir kattalik chegarasiz o’qlarida birday masshtabni (uzunlikni ) egallasin.
Odatda masshtab birligi sifatida har bir o’q yo’nalishi uzunligi 2 smli bo’lakchalar olib, to’g’risiga unga mos keladigan son yozib qo’yiladi. Masshtab tanlab olingandan so’ng har bir o’q masshtab bilan teng bo’laklarga ajratiladi, har bir bo’laklarga mos qiymatlar yozib qo’yiladi. Shundan so’ng jadval asosida nuqtalarning o’rni (koordinatalar) topiladi. Chiziq yordamida tutashtiriladi. Grafik chizish uchun odatda (mm lik) qog’ozdan foydalaniladi. Tajriba natijasi ma’lum xatoga ega bo’lgani uchun grafik chizig’ini shunday o’tkazish kerakki, eksperimental nuqtalarning ko’pchiligi shu chiziq ustiga tushsin, qolgan qismi uning har ikki tomonida teng bo’lingan bo’lsin. Shu qoida asosida chizilgan grafik o’rtacha qiymatni xarakterlaydi.

Download 1.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling