Joriy nazorat (JN) – talabaning fan mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat fanning xususiyatidan kelib chiqqan holda amaliy mashg’ulotlarda og’zaki so’rov, test o’tkazish, hisob grafik ishi, nazorat ishi, uy vazifalarini tekshirish va shu kabi boshqa shakllarda o’tkazilishi mumkin;
Talaba joriy nazoratdan o`tishi uchun quyidagi mavzularni o`zlashtirishi talab etiladi:
2 dan kam mavzuni o’zlashtirsa u holda talaba qoniqarsiz baho oldi deb hisoblanadi.
2-3 tagacha o’zlashtirsa u holda talaba qoniqarli baho oldi deb hisoblanadi.
Mavjud mavzulardan kamida 3 tasini o’zlashtirsa u holda talaba yaxshi baho oldi deb hisoblanadi.
4 ta mavzuni ham o’zlashtirsa u holda talaba a’lo baho oldi deb hisoblanadi.
Oraliq nazorat (ON) – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanlarning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning nazariy bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi va shakli yozma, o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Talabalar roziligi asosida elementar matematika fanidan olingan test natijalari oraliq nazorat bahosiga tenglashtiriladi.
Оrаliq bаhоlаsh yozmа tаrtibdа o’tkаzilib, undа 4 tа sаvоlgа jаvоb bеrish so’rаlаdi. Hаr bir sаvоl 5 baholik tizimda bаhоlаnаdi. OB baholarning o’rta arifmetik miqdori sifatida aniqlanadi.
аgаr sаvоllаr mоhiyati to’lа оchilgаn bo’lsа, jаvоblаr to’liq vа аniq hаmdа ijоdiy fikrlаri bo’lsа – 5 baho;
sаvоllаrgа umumiy jаvоb bеrilgаn, аmmо аyrim fаktlаr to’liq yoritilmаgаn bo’lsа – 4 baho;
sаvоllаrgа jаvоb bеrishgа hаrаkаt qilingаn, chаlkаshliklаr bo’lsа – 3 baho;
sаvоllаrgа umumаn jаvоb yozmаgаn yoki sаvоllаrdа chаlkаshliklаr bo’lsа – 2 baho.
Do'stlaringiz bilan baham: |