O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Ish xaqi saqlanmagan holda otpuska berish


Download 1 Mb.
bet23/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

Ish xaqi saqlanmagan holda otpuska berish. Oilaviy va boshqa uzrli sabablarga kura, xodimning arizasiga binoan, ma’muriyat unga ish xaki saklanmagan xolda kiska muddatli otpuska berishi mumkin. Zarur xollarda tomonlarning kelishuvi bilan bu otpuska ishlab chiqarish sharoitlariga va imkoniyatlariga karab xodim tomonidan keyinchalik ishlab berilishi mumkin.

XULOSA VA TAKLIFLAR
Anzg’izga ekilgan oshqovoqni hasildorligi va saqlash jarayonlarini o’rganish natijasida quyidagi xulosalarga keldik.:

  1. Qovoq mevasini yumshoq, etli qismini tarkibida qandlar (glyukoza, fruktoza va saxaroza), organik (olma, limon va boshqa) kislotalar, vitaminlar (C, B, B6, PP), karotin, pantaten va foliy kislotalar, fitin, fermentlar, mineral (kaliy, mis, temir, kaltsiy, rux, fosfor, ftor va boshqa elementlar tuzlari), oqsil va boshqa moddalar bor. Urug’i o’z tarkibida 55% gacha yog’, 28% gacha oqsil, qandlar, organik kislotalar, vitamin S va B1, karotinoidlar, elateritsin A, aminokislotalar, fitosterin va boshqa birikmalarni saqlaydi.

  2. Ko’chatlar uzunligi 30-35 sm dan oshmasdan dala maydonlariga ekish lozim. Buning uchun ko’chatlar dalaga ekilishidan 30 35 kun oldin urug’larni tuvakchalarga ekish talab etiladi.

  3. Ko’chatlarni hosilni yig’itirib olgungacha dalada saqlanuvchaligida farq deyarli kuzatilmadi. Bunda birinchi variantda 83,1 % ko’chat saqlanib qolgan bo’lsa, ikkinchi variantda 83,9 %, uchinchi variantda esa barcha variantlardagidan biroz ko’proq 84,3 % ko’chatlar saqlanib qoldi. Buni ko’chatlar orasidagi masofa kengligi sababli ishlov berish jarayonidagi qulaylik bilan izohlash mumkin.

  4. O’simlikni oziqlanish maydoni mevalarning yirikligiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Oziqlanish maydoni kichik bo’lganda mevaning yirikligi (bir dona mevaning bo’yi o’rtacha 11,3 sm, kengligi 21,5 sm, aylana uzunligi 69,2 sm) boshqa variantlarga nisbitan kichik bo’ldi. Oziqlanish maydoni biroz kengayishi hisobiga qovoq mevasining bo’yi o’rtacha 12,5 sm, kengiligi 23,4 sm, aylana uzunligi 74,7 sm, oziqlanish maydoniyanada kattalashishi natijasida ko’rsatkichlarga mos raishda o’rtacha 12,8 sm, 23,9 sm va 75,5 sm dan iborat ekanligi aniqlandi. Demak, oziqlanish maydonining kattaligi qovoq mevalarining yirik bo’lishiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.

  5. Ang’izga ekilgan qovoqni yetishtirish jarayonlari shuni ko’rsatadiki, qovoq kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarga garchi ko’chat holida ekilgan bo’lsada o’simlik vegitatsiya davrini to’liq o’tashiga imkon yo’q. Bu qo’chat qalin ekilgan variantda o’z isbotini topdi. Maydonda ko’chatning ko’pligi undagi yetilib pishgan mevalar sonini kamayishiga sabab bo’lib, birinchi variantda bir tupdan o’rchatacha 1,2 dona, ikkinchi variantda 1,5 dona, uchinchi variantda esa 1,6 dona meva olindi. Maydon birligida ko’chatlar soni ko’pligi o’simlikda pishib yetilishi mumkin bo’lgan mevalar soniga aks ta’sir etib, mevalarni pishishini kechiktiradi. Maydonda ko’chatlarni siyraklashishi mevalar yetilishini tezlashtirib uning miqdorini oshiradi

  6. Sug’oriladigan och tusli bo’z tuproqlarning kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarida qovoq yetishtirishda o’simlik ko’chatlarini ekish sxemasida joylashtirish qovoqdan yuqori hosil olishni ta’minlaydi.

  7. Saqlashga qo’yilgan qovoq mevalari vaznining umumiy kamayishi konteynerlarda saqlanganda 152 kunda, so’kichalarga 2 qator qilib terib saqlaganda 191 kunda, sukichaklarga 3 qator terilgan holda saqlanganda esa 170 kunda 15 % ga yetdi. Qovoq mevalarni salqlashda ularni saqlash muddatlari bo’yicha oldindan qo’yilgan maqsad bo’lishi kerak. SHu maqsadga ko’ra, mevalarni omborga turli usulllarda joylashtirish mumkin. Saqlash muddati qisqaroq bo’lishi maqsad qilinsa konteynerlardan, uzoq saqlanishini maqsad qilinsa so’kisaklarga 2 qator terib saqlash ko’zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydi.

  8. Qovoq mevasini yetishtirish va saqlashda birinchi variantda 6296000 so’m/ga, ikkinchi variantda 6442000 so’m/ga, uchinchi variantda 6307000 so’m/ga mablag’ sarflanib, 1 kg mahsulotni tannarxi variantlarga mos ravishda 159,5 so’m, 142,7 so’m, 140,4 so’mni tashkil qiladi. Maydon birligidan olingan hosildorlik va shu hosilni 170 kun saqlanishi hisobiga variantlar mutanosibligida 155,7 %, 185,8 %, 190,6 % rentabenllikka erishish mumkin.

  9. Kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarga qovoq yetirishtirishda ko’chat usulidan foydalanishni, ko’chatlarni dalaga ekish sxemasida joylashtirishni, qovoq mevalarini uzoq muddat saqlash uchun omborxonalarda 2 qatorli so’kichaklardan foydalanishni tavsiya etamiz.




Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling