O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik-texnоlоgiya instituti kimyo-texnоlоgiya fakulteti


Tadqiqot otkazilgan yil iqlim sharoitlari


Download 1 Mb.
bet11/25
Sana04.04.2023
Hajmi1 Mb.
#1325139
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
Bog'liq
angizga ekilgan oshqovoq hosildo

Tadqiqot otkazilgan yil iqlim sharoitlari
(Namangan meteostansiya ma’limoti)



Oylar

O’rtacha havo harorati, 0C

Havoning o’rtacha harorati, 0C

Tuproq o’rtacha harorati, 0C

Havoning nisbiy namligi, %

Shamol, m/s

Yog’in miqdori, mm

max

min

max

min

Yanvar

-1,1

5,4

-7,4

7,8

-7,1

82

5

10,6

Fevral

-1,2

8,3

-7,6

12,5

-7,3

77

12

18,7

Mart

6,5

18,6

-2,4

32,3

-2,1

69

13

38,7

Aprel

19,7

30,5

11,5

49,5

10,3

53,3

15

14,2

May

22,8

31,6

14,8

53,8

12,2

50,1

15

26,7

Iyun

27,7

37,4

17,9

63

16,3

44

13,7

6,7

Iyul

29,8

38,1

20,3

69,9

18

39

14,3

0

Avgust

28,5

38,4

19,8

70,5

18,5

42

10

0

Sentyabr

22,3

31,9

13

58,4

12,3

47

9

0,5

Oktyabr

14,6

26,8

4,6

43,6

2,4

51,3

8

1,8

Noyabr

7,2

17,6

-1,1

29

-3,4

69

13

10,4

Dekabr

-0,6

9,5

10,4

14,5

-11,9

80

8

22,9

Yillik, o’rtacha

14,7

23,8

7,0

40,9

5,8

52,5

10,7

149,5

Jadval ma`lumotlaridan ko’rinib turibdiki, topinamburning amal davrida havo harorati minimaldan yuqori bo’ldi va umuman olganda tajriba o’tkazish davrida kuzatilgan ob-havo qovoqdan yuqori hosil yetishtirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.




3.2. Tajriba o’tkazish uslubi va agrotexnikasi.

Tadqiqot ob’ekti sifatida qovoqning Ispan 73 navi olindi.


Qovoqning bu navi uzun palakli, barglari yirik, mevasi anjirsimon, yirikligi o’rtach 4-6 kg (3,3 dan 8 kg gacha). Po’sti yupqa, tig’iz kesganda bo’linib ketadigan, shiradorligi 8 dan 14 % gacha. Bu nav kechpishar hisoblanib, yerdan unib chiqqach,pishguncha 130-140 kun talab qiladi. Hosildorligi gktaridan 30-50 tonna. Tashish va saqlashga chidamli.
Ang’izga ekilgan оshqovoqning hosildorligini o’rganishda qovoq urug’lari tanlangan saqlashga chidamli navning usuv davri uzunligidan kelib chiqib, to’g’ridan to’g’ri kuzgi bug’doydan bo’shagan maydonlarga emas, balki avval ko’chatxonada tayyorlab olingan ko’chatlarni turli ekish sxemalarida ekish nazarda tutildi va quyidagi tajriba tizimi qo’yildi.
Tajribada variantlar quyidagi 3.2.1-jadvalda kelitilgan.
3.2.1-jadval
Tajriba tizimi

Variantlar

Sug’orish tizimi

I



II



III



Dala tajribasi 2015 yilda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumanining “G’ofirjon Botirjon” fermer xo’jaligi xududida o’tkazildi.


Tajriba 3 variantdan iborat bo’lib, 4 qaytariqda, joylashishi bir yarusda, har bir variantni umumiy maydoni 160 m2. O’g’itlash me`yori barcha variantlarda bir hil 30 t/ga chirigan go’ng, asosiy oziq elementlaridan azot – 150 kg/ga; fosfor – 120 kg/ga va kaliy – 50 kg/ga qo’llanildi.
Dala tajribalarini o’tkazish, ekish, ekinni parvarish qilish hosilni yig’ish va hisoblash, kuzatish, o’lchash va analizlar O’zbekiston Respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi (O’zRQSXV, 1998), Butunrossiya o’simlikshunoslik instituti (VIR, 1984), O’zbekiston O’simlikshunoslik ilmiy-tadqiqot institutining (1999) kabilar uslubi hamda tavsiyalari asosida olib borildi.
Tadqiqotlar jarayonida quyidagi hisoblash, kuzatish va analizlar o’tkazildi:
- Tajriba dalasining agrokimyoviy ta`rifi, haydalma (0-30 sm) qatlamdagi gumus I.V.Tyurin bo’yicha (1983), yalpi azot, fosfor, kaliy I.M.Mal tseva va L.P.Gritsenko bo’yicha (1983) hamda nitrat azoti Grandval -Lyaju bo’yicha, harakatchan fosfor V.P.Machigin (1983) bo’yicha, almashinadigan kaliy P.V.Protasov (1983) bo’yicha aniqlandi;
- Haqiqiy tup qalinligi (ko’chat ekilgach va hosilni yig’ish oldidan);
- Fenologik kuzatish Davlat nav sinash komissiyasi (1984) uslubi bo’yicha;
- Tupning maxsuldorlik ko’rsatgichlari har bir variantdagi 10 ta qovoq mevasining o’rtacha vazni bo’yicha o’rganildi;
- Hosildorlik ko’rsatkichlari dispertsion analiz usuli bilan B.A.Dospexov (1985), B.J.Azimov, B.B.Azimov (2002) bo’yicha statistik tahlil qilindi;
- Qovoqni yetishtirish iqtisodiy samaradorligi Butunrossiya o’simlikshunoslik instituti (VIR, 1984) uslubi bo’yicha hisoblandi.


Ang’izga ekilgan oshqovoqni yetishtirish texnologiyasi.
Tajribada qovoq yetishtirish agrotexnikasi xudud uchun eng maqbul va muddatlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, oshqovoq ekini tuproqning mexanik va ximik xossalariga, uning unumdorligiga juda talabchan o’simliklardir. Havo va namlikni yaxshi o’tkazadigan g’ovak tuproqlarda oshqovoq ekini juda yaxshi natija beradi. Organik va mineral o’g’itlarga boy bo’lgan hamda bog’ va tokzorlardan yangi bo’shagan yerlarga ekilgan oshqovoq ekini kasallikka chalinmay, yuqori hosil beradi. Poliz ekinlaridan yuqori hosil olish uchun almashlab ekishni to’g’ri joriy qilish zarur. Poliz ekinlarini yaxshi unib rivojlanishida o’tmishdosh ekinning ahamiyati katta.
Oshqovoq ekini uchun o’tmishdosh ekin sifatida donli, dukkakli ekinlar, karam, kartoshka va ildiz mevali o’simliklar eng yaxshi hisoblanadi. Poliz ekinlarini makkajo’xori, sholi o’simliklaridan so’ng ekilsa, fuzarioz so’lish va nematoda kasalliklari bilan kasallanish darajasi birmuncha kamayadi.
Poliz ekinlarining qishki navlarini ikkinchi ekin sifatida kuzgi bug’doy, kartoshka, sabzi, karam, rediska va ikki yillik sabzavot o’simliklarining urug’idan bo’shagan yerlarga ekilsa, juda yaxshi natija beradi.
Poliz ekinlarini yetishtirishda yerni tayyorlash keyingi barcha agrotexnika chora-tadbirlarining yaxshi naf berishida muhim shartdir. Yerga belgilangan muddatlarda va poliz ekinlarining xususiyatlarini hisobga olgan holda ishlov berish kerak. Poliz ekinlarini ang’izga ekish uchun yerni tayyorlash yuzasidan bajariladigan asosiy ish kuzgi bug’doy o’rib olingandan keyin shudgor qilishdan boshlanadi.
Kuzgi bug’doydan barvaqt bo’shaydigan yerga avval suv qo’yildi, so’ngra T-4A chopiq traktoriga tirkalgan ChKU-4 markali chizel-kultivator bilan yer yumshatib chiqildi. Yerni haydashdan oldin RTT-4,2 o’g’it solg’ich seyalka bilan mineral o’g’itlar va RTO-4 mashinasi yordamida organik o’g’itlar solindi.
Erni shudgorlash uchun qo’sh yarusli qilib haydash uchun qo’shyarusli 4 korpusli PD-4-35 pluglar qo’llaniladi. Ko’chatlarni yekish oldidan yer maydoni ChKU-4 kultivatori bilan 18-20 sm chuqurlikda chizellandi va egat olindi.
Oshqovoq ekini ekiladigan maydonga shudgorlash oldidan fosforli o’g’itlarning yillik normasidan 75 % va kaliyli o’g’itlarning to’liq normasini solish tavsiya etiladi. Fosforli o’g’itlarning qolgan qismi (25 %) ekish oldidan solinadi. Azotli o’g’itlarning 20 % ekish oldidan yoki ekish bilan birga, qolgan qismini esa ikki bo’lib dastlab o’simliklar 3-4 ta chinbarg yozganda keyin meva tugkandan keyin oziqlantirish uchun solish kerak. O’g’itlarni solish me’yori va muddatlariga amal qilinishi, poliz ekinlaridan yuqori sifatli va shirin mevalar olinishini ta’minlaydi. O’g’itlash jarayoni ushbu tavsiyalarga amal qilgan holda olib borildi.
Urug’ni tayyorlash. Tuvakchalarga yekish uchun to’liq urug’lar olindi. Urug’lar 3-5 % li osh tuzi eritmasiga solinib, eritmada cho’kkan urug’lar tanlab olinadi. Saralangan urug’lar toza suvda yuvib tashlandi. Urug’ni ekish oldidan ivitish tavsiya etiladi. Buning uchun urug’lar 0,5 % li mis eritmasida 10-12 soat davomida ivitildi va plyonkali tuvakchalarga ekildi.
Adabiy manbalarga ko’ra, Poliz ekinlarini ekish normalari (me’yorlari) ekish usuli, bir uyaga ekiladigan urug’ miqdori va urug’lar katta-kichikligiga bog’liq. Qovoqni bir tuvakchaga 2-3 ta urug’ ekiladi. 1 ga maydon uchun 3-5 kg qovoq urug’i ekiladi. Tajribada bir tuvakchaga 4 donadan urug’ ekildi.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlarida qovoqni oziqlanish maydoni 3-4 m2. Joylashtirish usullari (sxemalari) o’simliklarning gektardagi kerakli sonini ta’minlabgina qolmay, balki poliz ekinlarini yetishtirish va hosilini yig’ish bilan bog’liq bo’lgan ishlarni maksimal mexanizatsiyalashtirishga qaratilgan bo’lishi zarur. Buning uchun o’simlikning qator oralari kengligi traktor va mashinalarning yurishi uchun qulay bo’lishi kerak. Mamlakatimizda ishlatiladigan traktorlarning oldingi va orqa g’ildiraklarining oralig’i, ya’ni kolleyasi 120; 140 va 180 sm, shuni hisobga olgan holda o’simliklarni joylashtirish usullarini tanlash zarur.
O’zbekistonnning sug’oriladigan yerlarida ariqlar orqali sug’orishda poliz ekinlarini lentasimon qo’shqatorlab ekish usuli qo’llaniladi. Bunday usulda tor qator oralari (0,7-0,9 m) va keng pushtalar (2,1-3,6 m) navbatma-navbat joylashadi.
Qovoq o’simlikligi hozirgacha turli usullarda joylashtiriladi. Lekin quyidagi usullar eng ko’p tarqalgan:
qo’sh qatorli lentasimon (qovoq) va bir qatorli 180 x90 sm usuli.
Qovoq ekini kuzgi bug’doy o’rimidan 25 kun oldin tuvakchalarga ekiladi va ular ekin maydoni tayyor bo’lishi tajribada tanlangan ekish sxemaralida qolda dalalarga o’tkazildi.
Poliz ekinlarini parvarish qilish tuproqni yumshatish, o’simliklarni yaganalash, ekinni oziqlantirish, chopiq qilish, sug’orish, palaklarini to’g’rilash, begona o’tlar va zararkunandalarga qarshi kurashni o’z ichiga oladi.
Ekilgan ko’chatlar sug’orildi, ko’chatlar tutib olgandanda yaganalash o’tkazildi, bunda har bir uyada 1 tadan o’simlik qoldirildi. Uyada qoldiriladigan o’simliklarga shikast yetkazmaslik uchun yagana qilinadigan o’simlik qirqib olindi.
Yaganalashdan keyin ekinlar chopiq qilindi, bunda o’simlik atrofidagi tuproq yumshatilib, begona o’tlar yulib tashlandi. Ikkinchi chopiq 25-30 kundan keyin, o’simliklar gullashidan oldin o’tkazildi.
Kultivatsiyalar sug’orishlardan keyin, tuproq yetilishi bilan o’tkaziladi. O’suv davri davomida 2 marta kultivatsiyalandi va har safar o’simlik himoya zonasi oshirib borildi. Sug’orish egatlari KRX-4,2 kultivatorlari yordamida olindi.
Traktor va agregatlarning o’simliklarga shikast yetkazmasdan o’tishi uchun kultivatordagi pleteukladchiklar yoki NBCh-5,4 universal moslama kompleksiga kiradigan chilpigich yordamida o’simlik palaklari taraladi va rostlanadi.
Oshqovoq ekini namga o’rtacha talabchandir. Ular yer sathi quruq bo’lgan va o’simlik ildizlari joylashgan tuproqning namligi yetarli bo’lgan joylarda yaxshi o’sib, rivojlanadi. Tuproqning o’ta nam bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
O’zbekiston sharoitida oshqovoq ekini ko’pincha sug’orib yetishtiriladi. Buning uchun suv oqadigan ariqlar urug’ ekish bilan bir vaqtda 22-24 sm chuqurlikda qirqiladi. Ariqlarni bunday chuqurlikda olish o’simlik ildizi atrofida namni ko’proq to’planishiga imkoniyat yaratadi. Natijada o’simlik yaxshi rivojlanib, palagi kasalliklardan saqlanadi. Shuning uchun, poliz ekinlarini o’suv davrida o’simlik ildizi joylashgan tuproq qatlami doimo nam, o’simlik palagi yoyilib yotadigan qatlami quruq bo’lishi kerak. Tuproq namligining yuqori bo’lishi o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oshqovoq ekini uchun tuproq namligi quyidagicha bo’lishi kerak: yozgi eti qattiq qovunlar uchun tuproqning sug’orishdan oldingi namligi tuproq dala nam sig’imi bo’yicha 60-65-60 %, yoki 65-70-75 bo’lishi kerak. Tuproqning bunday namligiga gektariga 600-700 m3 miqdorida 3-4 marta sug’orish bilan erishiladi. Bu sug’orish sxemasi 0-2-1 yoki 1-2-1 hisobida belgilanib, gullash fazasidan oldin-0, qiyg’os gullash fazasida-2, meva tugish davrida 1 marotaba sug’orish demakdir. Tuproqni 60 sm chuqurligigacha nam borishi uchun yuqorida aytilgan normadagi suv bilan tekis joylarda 2 kun, nishab joylarda esa 3 kun sug’orish kerak.
Tajribada ushbu ko’rsatlardan kelib chiqib sug’orish ishlari amlaga oshirildi.
O’zbekiston sharoitida oshqovoq ekini ko’proq fuzarioz so’lish, un-shudring kasalliklariga uchraydilar va zararkunandalardan- poliz biti, o’rgimchakkana, kuzgi va boshqa tunlamlar bilan zararlanadilar.
O’simlikni kasalliklardan himoya qilish maqsadida. Ekish oldidan urug’larni 12 soat davomida 0,5 % li mis eritmasida ivitildi, o’simliklar qiyg’os gullaganda va meva tuggandan keyin bordoning 0,1 % li eritmasini purkaldi..
Hashoratlarga qarshi Nurel-D insektoakaritsidi 2 marta qo’llanildi. Bu preparatlarni qo’llashda ekin maydoni kichik yelkaga osiladigan ventilyatorli ORV-1 (Veterok) changlatgichi ishlatiladi.
Pishsish darajasiga qarab hosil qo’lda 1-2 marta yigishtirib olindi.


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling