О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 0.82 Mb.
bet54/150
Sana03.12.2023
Hajmi0.82 Mb.
#1799230
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150
Bog'liq
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org

Musobaqa metodi – maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berishda u faqat pedagogik rahbarlik sharoitida qo‘llanilishi mumkin. Bu metoddan katta guruhlarda foydalanish mumkin. Musobaqalar bolalar kuchiga mos bo‘lishi, axloqiy-irodaviy fazilatlarni tarbiyalash, shuningdek, o‘z yutuqlarini va boshqa bolalarning muvaffaqiyatlarini tinglovchilarga ongli munosabatda bo‘lish asosida to‘g‘ri baholash musobaqaning majburiy shartidir. Tashabbuskorlik, qat’iylik, sabotlilik, dadillik, jasurlik, oliyjanoblik, o‘rtoqlik kabi irodaviy hamda axloqiy hislatlarni tarbiyalashda musobaqa metodining ahamiyati g‘oyat kattadir. Lekin shuni unutmaslik kerakki, birinchilik uchun raqobat qilish, kurashish salbiy xususiyatlarni (xudbinlik, hasad qilish, dag‘allik va h.k.) tarkib topishga imkon berishi mumkin. Shu sababli, musobaqa metodiga mohirona pedagogik rahbarlik qilingan taqdirdagina u ma’naviy tarbiya sohasidagi o‘z rolini oqlay oladi. Pedagogik jarayonda ta’lim metodlaridan mujassam holda foydalaniladi.
Ko‘rgazmali yoki og‘zaki metodlardan so‘ng darhol bolalar amaliy harakatlarga, harakatlarni mustaqil bajarishga o‘tishlari lozim. Har bir metod vazifalarni hal etishga yordam beradigan bir qancha usullar majmuasidan iboratdir.
Usul – metodning bir qismi, uni to‘ldiruvchi va aniqlashtiruvchi qismi.
Ko‘rgazmali metodga oid usullar
Bolalarni harakatlarga o‘rgatishda ko‘rgazmalilikning turli usullaridan foydalaniladi. Yaqqol ko‘rish usullari harakat yoki ayrim harakat elementlarining tarbiyachi tomonidan to‘g‘ri va aniq namoyish etilishidan; tevarak-atrofdagi hayot ko‘rinishlariga taqlid qilishdan; masofani to‘g‘ri bosib o‘tishda mo‘ljal olishdan foydalanish; ko‘rgazmali qo‘llanmalar, teleeshittirishlar, fotografiyalar, suratlar va h.k. foydalanishdan iboratdir.
Taktil – mushak ko‘rgazmaliligi bolalarning harakat faoliyatiga jismoniy tarbiya yordamchi vositalarini kiritish bilan ta’minlanadi. Masalan, tizzani baland ko‘tarib yugurish ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida ketma-ket qo‘yilgan yoy shaklidagi darvozachalar qo‘llaniladi.
Yugurish paytida oyoqni bu to‘siqlar osha ko‘tarib o‘tish, bolaning tizzani baland ko‘tarish ko‘nikmasini egallashiga yordam beradi.

Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling