О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
Download 0.82 Mb.
|
Bolalar jismoniy tarbiyasi nazariyasi va texnologiyasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar ro‘yxati
- 4-ma’ruza: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. REJA
- Bolalar jismoniy tarbiyasinig vazifalari.
Harakat ko‘nikmasi – bu harakat texnikasini egallash darajasi bo‘lib, unda harakatlarni boshqarish avtomatik tarzda kechadi va harakatlar o‘zining barqarorligi bilan ajralib turadi.
Harakat ko‘nikmasini shakllantirish birinchi va ikkinchi signal tizimlarining o‘zaro harakatidagi dinamik stereotipning yuzaga kelish jarayonidan iboratdir. Harakat ko‘nikmalarining, bola uchun amaliy ahamiyati juda katta. Hosil qilingan ko‘nikmalar jismoniy va psixik kuchlarni tejamkorlik bilan sarf etish, yaxlit harakat faoliyatiga kiruvchi harakatlarni tez va aniq bajarish imkonini yaratadi. Adabiyotlar ro‘yxati Salomova R.S. Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati. -T., 2014. 2.Maxkamdjonov K.M. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi. - T.: Iqtisod-moliya, 2008. 3.Nuriddinova M.M. Maktabgacha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya yo‘riqchilari uchun meyoriy hujjatlar majmui. -T., Muharrir, 2013. 4.Fayzullayeva M. va boshq. Sog‘ tanda-sog‘lom aql. -T., 2014. Usmonxo‘jayev T. va boshq. 500 harakatli o‘yinlar. -T., Yangi asr avlodi, 2014. 4-ma’ruza: Jismoniy tarbiya vazifalari va vositalari. REJA: 1.Bolalar jismoniy tarbiyasinig vazifalari. 2.Sog‘lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarning mazmun va mohiyati 3. Jismoniy tarbiya vositalarining umumiy tasnifi 1.Bolalar jismoniy tarbiyasinig vazifalari. Maktabgacha tarbiya muassasalarida jismoniy tarbiyaning quyidagi vazifalari mavjuddir: Sog‘lomlashtirish vazifalari. Ta’limiy vazifalar. Tarbiyaviy vazifalar. Bolalar jismoniy tarbiyasinig vazifalari. Ta’limiy Sog’lomlashtiruvchi Tarbiyaviy 2.Sog‘lomlashtirish, ta’limiy, tarbiyaviy vazifalarning mazmun va mohiyati Sog‘lomlashtirish vazifalarihayotni saqlash va sog‘liqni mustahkamlash, jismoniy rivojlanishni yaxshilash, organizm funksiyalarini takomillashtirish, chiniqish yo‘li bilan uning turli kasalliklarga nisbatan himoyalanish xususiyatlarini va chidamliligini, tashqi muhitning noqulay sharoitlariga (suv va havoning past va yuqori temperaturasi, quyosh nurining ta’siri) bo‘lgan qarshiligini oshirish. Bundan tashqari bolalarning umumiy ish qobiliyatini oshirish ham muhimdir. Bola organizmi rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olgan holda sog‘lomlashtirish vazifalari quyidagilardir: suyaklarning to‘g‘ri va o‘z vaqtida qotishiga, umurtqa egiklarining shakllanishi, tovon ravoqlarining rivojlanishi, bo‘g‘im-bog‘lam apparatining mustahkamlanishiga yordam berish; tana qismlarining (proporsiyalar) to‘g‘ri nisbatda rivojlanishiga, suyaklarning o‘sishi va massasini bir tartibga solishga yordam berish; barcha mushaklar guruhini rivojlantirish (tana, oyoq, qo‘l va yelka kamari, panja, barmoqlar, tovon, bo‘yin, ko‘z, ichki organlar, yurak-qon tomirlar, nafas olish va boshqa mushaklar); ko‘proq zaifrivojlangan bukuvchi mushaklar guruhining rivojlanishiga e’tibor qaratish lozim; yurak-qon tomirlari va nafas olish tizimlari faoliyatini takomillashtirishga yordam berish, yurakka qon oqishini kuchaytirish, uning qisqarish ritmini yaxshilash va to‘satdan o‘zgaradigan yuklamaga moslashish qobiliyatini rivojlantirish; ko‘krak qafasi harakatchanligini o‘stirish, chuqur nafas olish, uning ritm barqarorligiga, o‘pka sig‘imini oshirishga yordam berish, burundan nafas olishni yaxshilash; ichki organlarning (ovqat hazm qilish, modda ajralish va boshqalar) to‘g‘ri ishlashiga yordamlashish; termoregulyatsiya funksiyasining to‘g‘ri rivojlanishiga ko‘maklashish; markaziy nerv sistemasining faoliyatini takomillashtirish, qo‘zg‘alish va tormozlanish, ularning harakatchanligi jarayonlarining muqobilligiga, shuningdek, harakat analizatori, sezgi organlarining takomillashuviga yordam berish. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling