2.10. Baholash mezonlari
Talabaning “Logopedik ritmika” fani boyicha bilim, ko’nikma va malakalarini baholashda quyidagi mezonlarga asoslaniladi:
a) 86-100 ball uchun talaba Logopedik ritmika kursi boyicha turli xil nutq buzilishlariga ega bo’lgan shaxslarda umumiy va nozik motorikasidagi buzilishlarni xususiyatlarni reabilitatsiya qilish, ushbu motorika va nutqida kamchilikka ega bo’lgan bolalar, o’smirlar kattalardagi buzilishlarni korrektsiyalash maqsadida musiqa, ritm va xarakat uyg’unligini xususiyatlari va shaxsini rivojlantirish, tarbiyalashda musiqali ritmdan foydalanish malakalarini nazariy bilishlari va qo’llay olishlari kerak.
b) 71-85 ball uchun talaba logopedik ritmikani davolov gimnastikasini asosiy bo’g’ini korrektsiyalash tarbiyalashda ta'sir vositasi ekanligini, logoritmika vositalarni har bir buzilishlarda qo’llanilishni bilishlari kerak.
v) 55-70 ball uchun talaba “Logopedik ritmika” fanini mohiyatini tushunish, ular haqida ma'lum tasavvurga ega bo’lishi kerak.
g) Talabaning “Logopedik ritmika” bo’limlari haqida aniq tasavvurga ega bo’lmasligi, bilmasligi, fan yuzasidan bilim va ko’nikamaga ega bo’lmasa, jiddiy xatoliklarga yo’l qoysa talabalarga 54 va undan past ball qoyiladi.
Reyting jadvali.
Maksimal ball – 50 b. Saralash ball – 55 b.
JN (joriy nazorat) – maks. 25 b. 86-100 ball – “5” baho.
ON (oraliq nazorat) – maks. 10 b. 71-85 ball – “4” baho.
YN (yakuniy nazorat) – maks. 15 b. 55-70 ball – “3” baho.
0-54 ball – “2” baho
Do'stlaringiz bilan baham: |