O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet9/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Adabiyotlar: 1. 49-53; 53-59; 3. 177-191; 192-202; 4. 103-112; 111-112. 1.72-74;3.212-216;4.144-147;
Tayanch so’zlar: Vodorod bog’, erituvchi, osmotik bog’langan suv, kolloid bog’laigan suv, osmos xodisasi, osmotik bosim, turgor, plazmoliz, ildiz bosimi, apoplast, simplast, so’v potensiali, ildiz qini, ildiz tukchalari, o’simlik "yig’lashi", guttatsiya.transpiratsiya, transpiratsiya koeffitsiyenti, transpiratsiya jadalligi, transpiratsiya mahsuldorligi, gidroaktiv va gidropassiv reaksiya, yuqoriga yo’nalgan oqim, Pastga yo’nalgan oqim, yasmiqchalar, kutikula, suv tanqisligi, antitranspirantlar, suv rejimi vegetatsiya davri.
Xayot dastlab suvda paydo bo’lganligi uchun barcha tirik organizmlarning, jumladan o’simliklarning hayoti hamsuv bilan bog’liqdir. Suv nafakat hujayraning muhim tarkibiy qismi, balki ko’pchilik hujayralar uchun yashash muhiti hamdir. O’simlik massasining ko’p kismini suv tashkil qiladi. Protoplazmaning 85-90% suvdan iborat. Lipidlarga boy xloroplast va mitoxondriy kabi organoidlar ham50% suv tutadi. O’simlik mevasida 85-90% bargda 80-90% , ildizda 70-90%, yog’ochlikda 50% gacha suv bo’ladi. Suv molekulalari bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bu xususiyatlar avvalo suv molekulasining kichikligi, uning polyar holati va vodorod bog’lari hosil qilishi bilan bog’liq. Suv strukturasida bog’lar ko’p uchraydi. Bu moddalarning molekulalari vodorod bog’lar mustahkam birikmalar-assotsatsiyalar hosil qiladi. Suv molekularining o’zaro yaqinlashuvi natijasida hosil bo’ladigan vodorod bog’larni quyidagicha ifodalash mumkin:
Polyar guruhda joylashgan atomining yadrosi (proton) yonma-yon turuvchi birorta elektr manfiy atomga vaqtincha birikadi va uning elektron konfiguratsiyasi qo’shni atomning bir juft elektron bilan to’ldiriladi. Agar elektron o’z harakati davomida vaqti-vaqti bilan: goh bir atomga, goh boshqa atomga birikib tursa, har ikkala manfiy atom o’rtasida kuchsiz bog’ hosil bo’ladi. Bunday bog’ vodorod bog’i deb ataladi. Suvga xos bo’lgan ko’pchilik xususiyatlar ana shu vodorod bog’lar tufayli namoyon bo’ladi. Suv molekulasiga xos bo’lgan xususiyatlardan biri uning polyarligidir. Bu xususiyat ionlarning va oqsil molekulalarning gidratatsiyalanishi bilan bog’liq. Bu o’z navbatida kolloid moddalarning turg’unligini aniqlaydi. Bu xususiyat suvning strukturaviy holatlarini ham ta'minlaydi.
Suvning biologik ahamiyati. Tirik organizmlarda suv bir qator muhim vazifalarni bajaradi. Suvga xos bo’lgan muhim xususiyatlaridan biri uning erituvchi sifatida namoyon bo’lishidir. Suvda juda ko’p polyar moddalar, jumladan tuzlar, shakarlar, spirtlar va boshqa bir qator birikmalar yaxshi eriydi, hamda o’simlik bo’ylab tarkaladi. Suv hujayrada ketadigan barcha biokimyoviy jarayonlar uchun asosiy muhit bo’lib hizmat qiladi . Undan tashqari suv kimyoviy birikma sifatida ko’pgina reaksiyalarning to'g'ridan-to'g'ri ishtirokchisi va mahsuloti sifatida ham muhim ahamiyatga ega. Suv o’simlikning barcha qismlarning birlashtirib turadi.
Hujayraning suv bilan to’yingan holati (turgor holat) o’simlik va uning ayrim organlarida barcha fiziologik jarayonlarining normal kechishi uchun zarur bo’lgan muhim shartlaridan biridir. Suv molekulasiga xos bo’lgan gidrostatik kuchlar hujayraning strukturaviy elementlari bilan birga o’simlik to’qimalari va organlariga xos bo’lgan shaklini saqlab turishga imkon yaratadi va o’simlik poyasini mustahkamligini ta'minlaydi. O’simlik turkimlaridagi suv qancha ko’p bo’lsa, ularning mustahkamlik darajasi shuncha yuqori bo’ladi. Suv juda katta issiqlik sig’imiga ega. Uning haroratini ko’tarish uchun boshqa suyuq yoki qattiq moddalarga nisbatan birmuncha ko’p miqdorda energiya sarflanadi. Suvning bu xususiyati haroratni tez ko’tarilishi to’fayli vujudga keladigan jazirama issiqliklardan o’simlik to’qimalarni himoya qiladi . Shu bilan birga bu xususiyat o’simlik tanasining haroratini keskin o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Demak, suv o’simliklar tanasidagi haroratni uyg’unlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Suvning butlanishi (transpratsiya) tashqienergiya hisobiga amalga oshiriladi, chunki bug’lanish jarayonida suv yuzasidagi vodorod bog’larni uzish uchun qo’shimcha miqdorda energiya sarflash zarur. Shuning uchun bug’lanish bir vaqtning o’zida sovush bilan birgalikda amalga oshiriladi, Transpiratsiya jarayonida barg haroratini pasayishi muhim fiziologik ahamiyatga ega. Suv hujayrada maxsus strukturalarni hosil qilishda ishtirok etadi. U ayrim biologik makromolekulalar (oqsillar, lipidlar) bilan o’zaro birikishi tufayli ularning fazoviy, joylanishlari o’zgaradi (gidrofil guruhlar molekulalar tashqarisiga, gidrofob guruhlar esa ichki tomonga joylashishga harakat qiladi) va o’ziga xos biologik faollik vujudga keladi. Makromolekulalarning bu xususiyati hujayra va organellalar ichiga suvni kirishini va ulardan suvni chiqarishni cheklab qo’yadi. Suv juda yuqori yuza tortish kuchiga ega bo’lib, bu xususiyat bo’yicha u faqat simobdan keyingi o’rinda turadi. Suvning bunday xususiyati adsorbsion jarayonlar, eritmalarni to’qimalar bo’ylab harakati va turli-tuman biokimyoviy jarayonlar uchun favqulotda muhim ahamiyat kasb etadi. Suv o’simlik urug’ining unib chiqishda ya'na ularning bo’rtishida, urug’ po’stlarining yorilishida urug’ning keyingi rivojlanish fazalarida ham alohida o’rin egallaydi. Nixoyat, suv o’simliklarning eng muhim jarayoni hisoblangan fotosintezda substrat vazifasini bajaradi. Hujayradagi suvning holati. Yuqorida qayd qilinganidek o’simlik hujayralaridagi suvninng miqdori ancha ko’p bo’ladi. Shu bilan birga o’simlik turiga qarab, uning har xil organlaridagi hujayralarda suv bir xilda bo’lmaydi. Suvning hujayradagi miqdori tashqi sharoitga qarab ham o’zgarib turadi. Organizmning individual rivojlanishida to’qima va hujayradagi suvning miqdorini kamayib borishini kuzatish mumkin. Odatda suvning eng ko’p mikdori yosh barglarda bo’ladi, bargni yoshi kattalashib borgan sari suvning mikdori kamayib boradi. Undan tashqari hujayradagi suvning miqdori tuproq namiga va so’rilayotgan suv bilan bug’lanayotgan suvning nisbatiga ham bog’liqdir.
O’simliklarda suv ikki xil holatda, ya'ni erkin va bog’langan suv shaklda uchraydi. Bunday bo’linish shartli, chunki hujayrada erkin suvning uchrashi juda qiyin. Toza (disstilangan) suvga hos bo’lgan xususiyatlarni o’zida saqlovchi suv erkin suv deb ataladi. Erkin suv osonlik bilan harakat qiladi , har xil biokimyoviy reaksiyalarda ishtirok etadi, transparatsiya jarayonida bug’lanadi va past haroratlarda muzlaydi. Ko’pincha suv turli xil komponentlar bilan bog’langan holda uchraydi. Bunda suv bog’langan suv deb ataladi. Bog’langan suv bir necha xil bo’ladi.
A) Osmotik bog’langan suv. Bunday suvlar erigan moddalar (tuzlar, shakarlar, organik kislotalar, ionlar) bilan osmotik bog’ga ega,
B) Kolloid – bog’langan suv. Kolloid zarralar, oqsil va boshqa biomolekulalar bilan bog’langan suv kolloid-bog’langan suv deb ataladi.
V) Kapilyar o’tkazuvchi sistemalar naychalari va hujayra devorlaridagi suvlar. Hujayra tarkibidagi suvning asosiy qismini bog’langan suv tashkil qiladi . Suv hujayra pardalarining tsellyuloza va pektin moddalari bilan bog’anadi. Tsitoplazmadagi suvning miqdori 95% ga borishi mumkin. Tsitoplazmada suv asosan oqsillar bilan birikkan bo’ladi.
Xloroplast, mitoxondrriy, yadro hamasosan bog’langan suvga boy bo’ladi. Suv hujayra komponetlardan vakuolada eng ko’p to’planadi. Ularda bog’langan suvning barcha turlarini uchratish mumkin. Kapilyar bog’langan suvlarni erkin suvlarga misol qilib ko’rsatish mumkin. Ular asosai hujayra pardalaridagi bo’shliqlar orqali to’qimalar bo’ylab harakat qiladi . O’simliklarga xos bo’lgan muhim hususiyatlardan biri tashqi muhitdagi suvni shimib olishdir. Suv o’simliklardagi biokolloidlarni bo’rtishi yoki gidratatsiya xodisasi hisobiga o’simlikka o’tishi mumkin. Lekin o’simliklar suvni asosan osmotik bosim yordamida oladi.
Osmos xodisasi. Suv molekulalarini yarim o’tkazgich membranalari orqali yuqori konsentratsiyaga ega bo’lgan tomondan past konsentratsiyaga qarab harakat qilishi osmos xodisasi deyiladi. Osmos xodisani faqat eritma, erituvchi va yarim o’tkazgich to’siqdan iborat sistemalarda kuzatish mumkin. Hujayra osmotik sistema vazifasini bajaradi. Bunda yarim o’tkazgich parda vazifasini tonoplast, tsitoplazma va plazmatik membrana bajaradi. hujayra devori esa eritmadagi barcha moddalarni o’tkazish xususiyatiga ega v a u osmotik to’siq bo’laolmaydi.
Osmotik bosim vakuoladagi hujayra shirasi bilan bog’liq. Yarim o’tkazgich parda tanlab o’tkazish xususiyatga ega bo’lganligi uchun u orqali suv boshqa erigan moddalarga nisbatan osonlik bilan o’tadi. Agar bunday hujayra suvga botirilsa osmos qonuniga ko’ra suv hujayra ichiga o’ta boshlaydi. Agar hujayra konsentratsiyasi hujayra shirasidan ancha yuqori bo’lgan eritmaga botirilsa hujayradagi suv tashqariga chiqa boshlaydi. Erigan moddalar esa hujayrada qoladi. Bu protoplast hujayra pardasidan ajralgungacha davom etadi. Protoplastni hujayra pardasidan ajralish hodisasi plazmoliz deb ataladi. Hujayra toza suvga botirilganda suv hujayra ichiga kiradi. hujayra ichidagi suv miqdori ortadi. Vokuola hajmi kattalashadi. Tsitoplazma hujayra pardasiga yopishadi. Natijada hujayra tarang holga keladi. Bunday holat turgor deb ataladi.
Suvning o’simlik bo’ylab harakat qilishini o’rganish uchun ayrim umumiy qonuniyatlarni yana bir marta qarab chiqish zarur.
Diffuziya. Eritma va erigan moddalarning bir tekisda taqsimlanishiga olib boruvchi jarayon. Diffuziya jarayonida harxil moddalar yuqori konsentratsiyadan past konsentratsiya tomonga qarab yo’nalgan bo’ladi. Sistemaning ichki energiyasini ish bajarish qobiliyatiga ega bo’lgan qismi erkin energiya deb ataladi. 1 mol moddaning erkin energiyasi shu moddaning kimyoviy potensiali deyiladi.
Suv potensiali. Moddalarning reaksiyaga kirishi yoki harakati uchun sarflanadigan energiya o’lchami kimyoviy potensial bilan aniqlanadi.Suvning kimyoviy potensiali esa suv potensiali deb ataladi. Suvning sistemada tarqalishi, bug’lanishi yoki shimilishi, suv potensiali yordamida aniqlanadi. Suv potensiali toza (disstillangan) suvga nisbatan olinadi. Toza suvning potensiali odatdagi atmosfera bosimida nolga teng bo’ladi. Shu sharoitda barcha eritmalarning suv potensiali ham noldan past ko’rsatgichga ega bo’ladi yoki ular manfiy belgiga egadir. Chunki eritmadagi erigan moddalar suvning kimyoviy potensialini kamaytiradi va eritmada osmotik bosimni vujudga keltiradi. Shuning uchun ham suv potensiali ko’pincha eritmaning osmotik bosimi bilan ham aniqlanadi.
Ψ- H2O-suv potensiali
q -R (osmotik bosim)
Suvning shimish kuchi. Suvni hujayraga o’tishga ta'sir qiluvchi kuch - shimish kuchi deb ataladi. Suvning shimish kuch hujayraning suv potensialiga teng.
S=RTCi
Shimish kuchining kattaligi xujayra shirasining osmotik bosimi bilan aniqlanadi. Agar ikkita yonma-yon turgan sistema bir-biri bilan aloqada bo’lsa, suv yuqori potensialli sistemadan potensiali past bo’lgan sistemaga o’ta boshlaydi. Demak "Suv potensiali" yordamida harqanday ikki sistema o’rtasidagi (hujayra -hujayra, tuproq-ildiz, barg-havo) harakatni ifodalash mumkin.
O’simliklar suvni bug’latib turishi sababli ular hardoim suvning ildiz orqali shimilishini ta'minlaydi. Bu jarayonni o’zaro bogliqligi "suv muvozanati" bilan belgilanadi.
Suv muvozanati. O’simlik tomonidan ma'lum vaqt ichida o’zlashtirgan suvning miqdorini, buglangan suv miqdoriga nisbati suv muvozanati deb ataladi.
Suv muvozanati kecha va kunduzning turli soatlari va vegitatsion davrning xar xil bosqichlari uchun xar xil bo’ladi. Ko’pchilik xollarda kunduzgi soatlarda suvning buglanishi uning shimilishiga nisbatan ancha yuqori bo’ladi. Natijada suv defitsiti vujudga keladi.
O’simliklar tomonidan suvning shimilishini juda ko’p tashqiva ichki omillar bog’lik. Yuksak o’simliklarda suv asosan iddiz orqalishimiladi.
O’simliklar suvni ko’p miqdorda sarflashi natijasida ular doimo suvga muxtoj bo’lib turadilar. O’simlikni suvga bo’lgan talabi asosan ildiz sistemasi yordamida qondiriladi, tog’li o’simliklarnint ildiz sistemasi 1-2 m chukurlikkacha yetib boradi va atrofga hamkeng tarqaladi. Masalan, bir dona suli o’simligining ildiz sistemasi 14 mln. ilzizdan iborat bo’lib, ularni uzunliga 600 km ga yetadi. Egallangan yuza maydon esa 225 m2 dan iborat. Bu ildizlardagi ildiz tukchalarining soni 15 mld, bo’lib, maydoni 400 m2 ga tengdir. Demak, yuksak o’simliklarning ildiz sistemasi juda kattadir.
Ildizning o’suvchi qismi uchta qismdan, ya'ni ildiz qini, o’suvchi qismining asosiy vazifalarini quyidagilardan iborat: o’suvchi qismni birinchi novbatda mirestemani zararlanishdan saqlash, ildizni uchki qismini tuproq bo’ylab xarakatini osonlashtirish, ildizni tuproqdagi yo’nalishini to’g’riligini ta'minlash , ya'ni geotropik ta'sirni sezish.
Ildiz sistemasi. Suvning asosiy qismi ildiz tukchalari orqali shimilishida. Ildiz tukchalaridan yuqori joylashgan epidermiyasida ildiz tukchalari bo’lmasa hamsuvni shimish xususiyatiga ega. Suv ildizga 2 xil yo’l bilan o’tadi.
1. Plazmodesmalar bilan tsitoplazma orqali (simpleks yo’li).
2. Hujayra devori orqali (anoplast yo’li).
Anoplast ildizning erkin bo’shliqlari bo’lib, u hujayralararo bo’shliqlar, xujayra devori, ksilema naychalaridan tashkil topgan. Simpleks barcha xo’jayralarning protoplastlarini yig’indisi. Protoplastlar bir-birlari bilan plazmodesmalar orqalibirikkan bo’ladi. Ildiz orqalisuv asosan anoplast yo’li bilan o’tadi. Suvning bunday yo’l bilan xarakat qilishi o’simlikka turli tuman moddalarni o’tishini nazorat qilish bilan bogliq deb qaraladi.
Ksilema orqali suv o’simliklarning yer ustki qismlariga ko’tariladi. Suv ksilema orqali yuqoriga ko’tarilishga qo’shni xo’jayralar bir-biridan suvni olish xususiyatga egaligi. Bu qo’shni xujayralarning potensialini kamayishi bilan bog’liq bo’lib, odatda suv yuqori potensialli xujayradan past potensialli xujayraga o’tadi. Tuproq eritmasi birmuncha suvga to’yingan bo’lganligi uchun suv ildiz tukchalari orqali osonlik bilan shimiladi.
Ildiz bosimi. Suvni o’simlik bo’ylab yuqoriga ko’tarilishi ildiz bosimi bilan bog’liq. Ksilema naychalariga suv osmotik bosim ta'sirida o’tadi. Bunda xujayra shirasida erigan mineral moddalar va xar xil metabolitlar hosil qiladi. Demak, ksilema naychalarida hosil bo’ladigan bosim, ildizdagi ion damlagichlar va osmatik bosim yordamida o’tadigan suv ta'sirida vujudga keladi. Bu bosim ildiz bosimi deb ataladi.
O’simlik "yoshi" (yig’isi). Bu xodisani o’simlikni uchki qismi kesib tashlash yo’li bilan kuzatish mumkin. Uzum novdalari kesilganda ulardan suvni oqishi bunga misol bo’ladi. Bu ildiz bosimi mavjudligini ko’rsatadi.
Guttatsiya (Tomchilar). Ildiz bosimi mavjudligini ko’rsatuvchi xodisalardan yana biri guttatsiyadir. Bunda o’simlik barglarida suv tomchilarini hosil bo’ladi. Bu xodisani havo namligi yuqori bo’lgan holda kuzatish mumkin.
O’simliklarda suv yer ostki kuch - ildiz bosim orqali yuqoriga ko’tariladi. Shu bilan birga yer ustki kuch - bo’glanish jarayoni hamsuvni yuqorisiga ko’tarilishiga imkon beradi. Suvni o’simlik barglari orqali bo’g’lanishi transpiratsiya deb ataladi.
Transpiratsiya ahamiyati:
1. O’simlik organizmida haroratni birmuncha kamaytiradi.
2. Mineral moddalarni o’simlik bo’ylab tarqalishiga imkon yaratadi.
3. O’simliklarni suv bilan to’liq ta'minlanishida ham transpiratsiya muhim ahamiyatiga ega. Chunki ildiz bosimi faqat ma'lum dajarada suv yetkazib beradi.
4. Transpiratsiya jarayoni orqali o’simliklarning organlari bir-birlari bilan chambarchas bog’langandir. Transpiratsiya asosan barg orqali amalga oshiriladi.
Transpiratsiyaning hillari:
- Barg og’izchalarida boradigan transpiratsiya. Barg, og’izchalar, barg yuzasini umumiy qismini 15-20% ni tashkil qiladi . Barg og’izchalari barg epidermislari va bir yillik poyaning yashil qismlarida uchraydi.
- Kutikula orqali bug’lanish. Bular barg epidermisini o’rab olgan bo’lib, taxminan 10% gacha suv bug’lanadi.
- Yasmiqchalar. O’simlik poya va tanalaridagi kurtakka o’xshash bo’rtmalar. Suvni bug’lanishi uncha ahamiyati katta emas. Biroq barg to’kilgandan keyin daraxtlarda suvning asosiy qismi yasmiqchalar orqali bug’lanadi. Biror-bir sababga ko’ra (qurgokchilik) barg og’izchalari yopilib qolgan vaqtda ham yasmiqchalarni ahamiyati kuchayadi.
Transpiratsiyani xarakterlovchi bir qator ko’rsatkichlar mavjud bo’lib, ulardan eng muhimlari transpiratsiya jadalligi, transpiratsiya koeffitsiyent va transpiratsiya mahsuldorligidir.
Ma'lum vaqt birligida, barg yuzasi birligidan bug’latilgan suv miqdori transpiratsiya jadalligi deb ataladi. O’simlikni o’sish vaqtida bir gramm quruq modda hosil qilish uchun sarflangan suvning miqdori transpiratsiya koeffitsiyenti deb ataladi. Transpiratsiya koeffitsiyenti tuprok, havo namligi, va boshqa sharoitlarga qarab, har xil ekinlarda turlicha bo’ladi. Bu ko’rsatgich 125-1000 yoki o’rtacha 300 ga tengdir. Masalan, g’o’zada -500-1300, makkajo’xorida -250, kartoshkada - 635 ga teng. Demak bir tonna paxta xomashyosini yetishtirish uchun 500 dan 1300 kubometr suv sarflanar ekan. Transpiratsiya koeffitsiyentini bilish ekinlarni sug’orish normalarini aniqlashga imkon yaratadi.
Transpiratsiya uchun sarflangan har 1000 gramm suv hsobidan hosil bo’ladigan quruq modda miqdori transpiratsiya mahsuldorligi deb ataladi. Bu ko’rsatgich transpiratsiya koeffitsiyentiga teskaridir. Turli xil o’simliklarda 1000 gramm suv bug’langanda 1-8 gramm (o’rtacha 3 g.) quruq modda hosil bo’lishi bilan xarakterilanadi. Demak, o’simlik tomonidan shimilayotgan suvning faqat 0,2 foizi suvni bug’latish uchun sarflanar ekan. Transpiratsiya jarayonini bosh?arish. Barg og’izchalarini ochilib-yopilishi ya'ni ularni boshqarishi bir qator gipotezalar yordamida tushintiriladi. Barg og’izchalarini ochilib-yopilishi avvalo suv bilan bog’liq. Bu jixatdan ular gidroaktiv va gidropassiv bo’ladi. Gidroaktiv reaksiyalar yordamida barg og’izchalarini yopilishi transpiratsiya kuchayib, ildizlardan suvni shimilishi kam bo’lgan hollarda ro’y beradi. Bunda barg og’izchalarini o’rab olgan hujayralarda turgor holat pasayadi va og’izchalar yopiladi. Gidropassiv reaksiyada esa suv ko’pligidan (yomg’ir ko’p yoqqan vaqtlarda) barg ogizchasini qamrab turuvchi hujayralar siqiladi , og’izcha esa passiv holda yopiladi. Vaqt o’gishi bilan ortiqcha suv bug’lanib, barg og’izchalari (passiv) ochiladi. Barg og’izchalarni ochilib-yopilishi kaliy elementi tomonidan ham boshqarilishi aniqlangan. Kaliyni hujayra ichida kamayishi barg og’izchalarini yopilishiga sabab bo’ladi, Barg og’izchalarini ochilishi yoruglikda, yopilishi esa qorong’ulikda kuzatiladi. Demak, yerug’lik ham barg og’izlarini boshqarishida ishtirok etar ekan.
Suvni o’simlik bo’ylab harakati. O’simliklar tomonidan shimilgan suv asosan ikki yo’nalishda harakat qiladi . O’simlikni yer ustki qismidagi hujayralarga yuqoriga yo’nalgan oqim ksilema orqali suv va unda erigan mineral moddalarni yetkazadi, Yuqorida aytilganidek uning asosiy qismi bug’lanib ketadi, faqat 0,2 foizi metobolik reaksiyalarga, organik moddalarni floema bo’ylab harakatiga, hujayrani turgor holatini saqlashga sarflanadi. Pastga yo’nalgan oqim floema orqali ildiz hujayralairiga bargda hosil bo’lgan organik moddalarni olib keladi. Biroq braglarda hosil bo’lgan organik moddalar faqat yer ostki qismini emas, balki yer ustki qismidagi barg, poya va meva elementlarini ham ta'minlashi aniqlangan. Suvning o’simlik bo’ylab doimiy oqimi:
a) o’simliklarda organik va mineral moddalarni ko’chirish va ularni to’plash vositasi hisoblanadi.
b) yuqoriga yo’nalgan oqim o’simliklarning barcha xujayralarini suv bilan ta'minlash va turgor holatini ushlab turish uchun zarur. Suv bilan ta'minlash buzilsa, turli hil zararli holatlarni vujudga kelishiga sabab bo’ladi (so’lish, suvsizlanish). Shuning uchun qurg’oqchil zonalarda doimo yuqori hosil olishda sug’orish ishlaridan samarali foydalanish kerak. Suvni o’simlik bo’ylab harakat qilishida bir qator kuchlar ishtirok etadi. Ularga ildiz bosimi kuchi, shimish kuchi, suv molekulalari o’rtasidagi tortish kuchi (vodorod boglar), o’tkazuvchi kapilyar naylarning yuza tortish kuchi ishtirok etadi.
Barg orqali suvning bug’lanishiga bir qator tashqi omillar ta'sir ko’rsatadi. Bularga harorat, tuproq namligi, yoruglik va boshqa bir qator omillar o’z ta'sirini ko’rsatadi.
Ekinlarni sug’oriladigan sharoitda o’stirish dehqonchilikning jadal turlaridan bo’lib, namlik yetarli bo’lmagan mintaqalar, cho’l, dasht va qurg’oqchil zonalarda keng tarqalgan. Sug’oriladigan maydonlarda takroriy ekinlar ekish imkoniyati yaratiladi va lameshkor (bajarikor) maydonlarga nisbatan hosil 4-5 marta yuqori bo’ladi. O’zbekiston Respublikasida hozirgi davrda sug’oriladigan maydonlar 4 mln. gadan ortiqdir. Yangi yerlarni o’zlashtirish sekinlik bilan bo’lsada davom etmoqda. Bu o’z navbatida suvni ko’p talab qilishga olib keladi. Biroq keyingi 10 yillar davomida mintaqamizda suv tanqisligi ortib bormoqda. Shuning uchun ekin maydonlarini suv bilan ta'minlashda undan oqilona foydalanishga juda katta ahamiyat berilishi kerak. Bunda ananaviy sug’orish usullari (yoppasiga va bostirib sug’orish, juyan va egat olib sug’orish)dan voz kechib, yangi zamonaviy, suvni o’ta tejashga mo’ljallangan usullar (yomgirlab, tuman hosil qilib, tomchilab sug’orish) usullarini keng targ’ibot qilish orqali, suvdan foydalanish maqsadga muvoffiqdir.
O’simliklarning o’sishi va rivojlanishi har qanday sharoitda barcha tashqi omillarga nisbatan, birinchi navbatda suvga bog’liq ekanligi ilmda juda uzok davrlardan ma'lum bo’lgan. Suv tanqisligi unga sezilarli bo’lmagan taqdirda ham hosilga birmuncha ta'sir qilishi aniqlangan. Odatda dehqonlar o’simliklarni suvga bo’lgan ehtiyojini tashqi ko’rinishlar (so’lish, barg rangini o’zgarishi yoki gulni to’kilishi)ga qarab belgilaydi. Ammo bunday usullar ekinni hosildorligiga keskin ta'sir qilishi mumkin. Sug’orishni kechiktirib yubormaslik maqsadida o’simlikning fiziologik holatini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Bir martalik qisqa ammo kuchli qurg’oqchilikni ko’rgan o’simlik o’zining dastlabki holatiga qaytib kelmasligi aniqlangan. O’simlikning ichki suv muvozanati bir qator omillarga bog’liq, bo’lib:
1) O’simlikning holati (qurg’oqchilikka chidamliligi, ildiz tizimi, rivojlanish bosqichlari);
2) Mazkur maydondagi o’simlik soni;
3) Iqlim omillari;
4) Tuproq omillari va boshqalarni o’z ichiga oladi.
Suv tanqisligi. Qurgoqchilik sharoitida o’simlikni suv rejimi buziladi. Bunda fotosintez, nafas olish, fermentativ reaksiyalarning faolligi, o’sish va rivojlanish mineral oziqlanish, ildiz bosimi, suvning shimilishi va boshqalarga o’z ta'sirini ko’rsatadi. Modda almashinuv jarayonini o’zgarish bilan suv tanqisligi hosildorlikka, mevalarning ta'miga, yog’ochning zichligiga, paxta tolasining uzunligi va mustahkamligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi.
Suv tanqisligining metabolik jarayonlarga ta'siri ko’p jihatdan uning ta'sir qilish vaqtiga bog’liq. Uzliksiz davom etgan so’lish RNK, oqsil moddalarning parchalanishini tezlashtirib, turuvchi birikmalarni poya va meva elementlariga utishini kuchaytiradi. Uzoq davom etgan suv tanqisligi karbon suvlar, lipidlar va boshqa birikmalarni kamayib ketishiga olib keladi.
Bunda fotosintez jadalligi pasayadi, oqibatda ATF hosil bo’lishi sekinlashadi.
Sug’oriladigan ekinlarni suv tanqisligiga uchratmaslik uchun suv rejimini harakterlovchi fiziologik ko’rsatgichlarda alohida e'tibor berish lozim.
Suv tanqisligini belgilovchi fiziologik ko’rsatgichlar. Sug’oriladigan maydonlarda suvdan samarali foydalanish uchun ekinlarni vegetatsiya davrida sug’orish meyorini aniqlash va oqilona taqsimlash o’ta muhumdir. Shu bilan birga o’simlikni suv rejimini holatini oddiy va ishonchi diagnostik usullarini o’rgatishdir. O’simliklar suv rejimini fiziologiyasini o’rganish borasidagi ko’p yillik tadqiqotlar o’simliklar tomonidan suvni is'temol qilish uning navi, turi, rivojlanish bosqichlariga bog’liq ekanligi va bunda eng ishonchli ko’rsatgichlar o’simlikning fiziologik holati xizmat qilishi aniqlandi. Masalan, go’za gullashga qadar suvning umumiy miqdorini 10-15% ni, gullash davrida 60-70% ni, ko’saklar pishish davrida esa 15-20% ni foydalanishi aniqlangan.
O’simliklar tomonidan suvni istemol qilishda quyidagi fiziologik kursatgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
1. Hujayra shirasi konsenrtatsiyasi.
2. Barg ogizchalarining ochilish darajasi.
3. Hujayra devorlarining suvni o’tkazuvchanligi.
4. Barg va poyalarning turgorlik holati.
5. Ildiz tizimining o’zlashtirish faoliyati.
Bulardan tashqari hozirgi vaqtda yangi zamonaviy avtomatik asboblar yordamida aniqlanadigan bir qator usullar ham mavjud.
Antitranspirantlar. hozirgi vaqtda o’simliklarda suvni
butlanishi birmuncha sekinlashtiruvchi kimyoviy moddalar
aniqlangan. Bu moddalar antitranspirantlar deb ataladi. hozirgacha ma'lum bo’lgan va antitranspirant sifatida qo’llanilayotgan birikmalarni ta'sir qilish mexanizmga ko’ra ikki guruhga bo’linadi.
1. Barg og’izchalarini yopilishini tezlashtiruvchi birikmalar;
2. Barg yuzasida yupqa parda hosil qilib, suv bug’larini chiqishini
mexanik ravishda to’suvchi birikmalar.
Birinchi guruh birikmalarning vakili fenilmerkuratsetat hisoblanadi. Bularning kuchsiz eritmalari (10~3-10~5 m) bogizchalaridan chetki hujayralarning turgor ?olatini pasaytiradi va natijada ular yopiladi. Didesenilsuksinat, abssizat kislotalari hamshu guruhga mansubdir bu birikmalar ta'sirida suvni bu?lanish darajasi 50-% gacha kamayishi kuzatilgan.
Ikkinchi guruh birikmalarini polimetr materiallar tashkil
qiladi . Bularga polietilen, polipropilen, polistirol, polivenilxlorid va bosh?alar kiradi. Plenkali antitranspirantlar bu?lanishni 50-% ga kamaytirib, barglarning radiatsion balansiga salbiy ta'sir etmaslyagi ani?langan. O’zbekiston xududida hambir qator plyonkali materiallar antitranspirant modda sifati, tekshiruvdan o’tkaziladi. Bu so?ada ayni?sa polimerlar ximiyasi, fizikasi tad?ikot intstituti xodimlari katta ishlar olib bormoqda.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling