O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Hujayra strukturalari va ularning funksiyasi


Download 1.85 Mb.
bet5/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Hujayra strukturalari va ularning funksiyasi.
Sitoplazmada joylashgan barcha organoidlar va organellalar 2 ta guruhga bo’linadi.
1.Yorug’lik mikroskopi yordamida ko’rinadigan strukturalar. Yadro, plastidalar, mitoxondriy, vakuollar, sferasomalar.
2. Elektron mikroskopida ko’rinadigan strukturalar.
3. Plazmalemma, Gol'ji apparati, endoplazmatik to’r, mikronaylar, asosiy plazma. Mitoxondriy, ular yumaloq yoki sfera shaklida bo’ladi, bunday ko’rinish hujayra turi, ajratishi usuli, funksional holatga bog’liq. Hujayralardagi mitoxondriylar soni 50-100 dan 1000 gacha boradi. Mitoxondriylarning ichki morfologik tuzilishi to’liq o’rganilgan. Ularning ichki membrana tizimi kristalar deb ataladi. Suyuqlik bilan to’lgan qismi esa matriks deyiladi. Mitoxondriyalar o’z DNK si, RNK siga ega. Mitoxondriyalar oksidlanish-qaytarilish hamda fosforlanish reaksiyalarini amalga oshiradi. Moddalarning oksidlanish natijasida ajralgan energiya ATF energiyasi sifatida to’planadi. Mitoxondriyalarda oz miqdorda nuklein kislotalar va oqsillar ham sintezlanadi.
Plastidalar. Usimlik ho’jayralarida plastidalar mavjud.
a) protoplastidlar
b) xloroplastlar.
v) xromoplastlar
g) etioplastlar (leykoplastlar)
Bulardan eng ahamiyatlisi xloroplastlardir, har bir hujayrada 50-100 tagacha xloroplastlar uchraydi. Xlorofilllar asosan xloroplastlarda to’planadi. Xloroplastlarning asosiy funksiyasi yorug’lik energiyasini o’zlashtirib, uni kimyoviy energiyaga aylantirishdir. Xloroplastlar to’la qiymatli biologik strukturalar bo’lib, boshqa organoidlarning ishtirokisiz, fotosintez jarayonining barcha reaksiyalarni amalga oshiradi.
1. Suvni fotolizi.
2. Molekulyar kislorodni havoga chiqishi.
3. Energiyaga boy birikmalarni hosil bo’lishi.
4. Anorganik moddalardan organik moddalarni hosil bo’lishi.
Vakuollar - O’simlik hujayralarining asosiy qismini tashkil qiladi. Ular tsitoplazmadan membrana bilan ajralgan bo’lib, bu membrana tonoplast deb ataladi. Vakuolada hujayra shirasi to’plangan bo’lib, ular asosan tuzlar, shakarlar, organik kislotalar va boshqa moddalardan iborat. Markaziy vakuola kichik-kichik vakuolalarning bir-biriga qo’shilishidan hosil bo’ladi va u hujayraning 90% gacha qismini tashkil etadi. Buning natijasida tsitoplazmadagi boshqa organizmlar hujayra qobig’i atrofiga siqib chiqariladi. Vakuolalar avvalo o’simlik hujayralarining tsitoplazmasiga va hujayra devoriga bosim bilan ta'sir qiladi hamda uni turgan holatini saqlaydi, ya'ni osmoregulyatorlik vazifasini bajaradi. Vakuolalarda ko’pincha pigmentlar to’planadi, o’simlik hujayralariga xos bo’lgan turli-tuman ranglar antatsianlar guruhga mansub bo’lib, ular suvda yaxshi eriydi va vakuola suyuqliklariga to’planadi. O’simlik barglari, mevalariga xos bo’lgan ranglar ana shu pigmentlar bilan bog’liq. Vakuolalar hujayradagi makromolekulalarni parchalashda va ularni komponentlarini hujayrada qayta foydalanishda ham ishtirok etadi. Golji apparati - bu ham hujayraning birmuncha katta organoidi hisoblanib, birinchi marta kashf etgan italiyalik olim Golji nomi bilan ataladi. Ko’pincha bu organoid diktiosoma deb ham yuritiladi. Ko’rinishi disksimon bo’lib, ichki tomoni g’ovak tsesternalar to’plamidan iborat. Tsesternalarning soni hujayra turiga qarab uchtadan 20 tagacha boradi. Golji apparatidan turli tomonlarga naysimon membranalar va pufakchalar ajralishini kuzatish mumkin. Golji apparatiga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri hujayradagi ma'lum moddalarni o’zicha joylashtirib, uni hujayradan tashqariga olib chiqishdir. Bu yo’l bilan ko’pincha oqsillar va polisaxaridlar ko’chiriladi. Golji apparatida boshqa moddalar ham sintezlanishi va ko’chirilinishini ta’min kilinadi. hujayra devorini hosil hilishda ham Golji apparatini faol ishtirok etishi aniqlangan. Xloroplastlarning membranalari lamellalar deb ataladi. Ichki bo’shliqdagi suyuqllk stroma (matriks) deb yuritiladi.
Ribosomalar. hujayralarning hayot faoliyati uchun mutlaqo zarur bo’lgan bu zarrachalar tsitoplazmada, yadroda, mitoxondriy va xloroplast tarkibida uchraydi. Ribosomalar tarkibi RNK va oqsillardan iborat bo’lgan bir qator kichik bo’lakchalardan tashkil topgan. Ribosomalar membrana sistemalari bilan bog’liq holda oqsil biosintezini amalga oshiradi. Oqsil biosintezi polisomalarda (ko’pgina ribosomalarning qo’shilishdan hosil bo’ladi) boradi.
Endoplazmatik to’r. Tsitoplazmada ichki qismi bo’sh, kanallar hosil qiluvchi juda ko’p membranalardan tashkil topgan to’rsimon sistema endoplazmatik tur deb ataladi.
1. Donador endoplazmatik to’r.
2. Silliq endoplazmatik to’r.
3. Donador endoplazmatik to’r ribosomalar bilan birga uchrab, oqsil biosintezi, oqsillarni saralash, ularni kerakli joylarga tashish vazifasini bajaradi.
4. Silliq endoplazmatik to’rlarda yog’lar va steridlar biosintezi amalga oshiriladi, Bular jamg’arma ozuqa moddalar hosil qiluvchi hujayralarda ko’p uchraydi.
5. Hujayrada yana juda ko’p boshqa organoid va kiritmalar uchraydi. Bularga turli xil sferasomalar, tsitosomalar, transsomalar va boshqalar kiradi.
6. Mikrotanachalar - ko’pchilik o’simliklarning hujayralarida elementar membrana bilan o’ralgan kichik, sferasimon tanachalar uchrab, ularning ichida u yoki bu ferment guruxlari bo’ladi. Bu mikrotanachalarga lizosomalar, peroksisomalar, glikosomalar kiradi. Bu tanachalarning soni, tarqalishi va tarkibidagi fermentlar o’ta-o’zgaruvchan bo’lib, hujayraning yashash sharoiti bilan bog’liq.
7. Lizosomalarda odatda gidrolitik fermentlar mujasamlangan bo’lib, asosan parchalanish jarayonlarini amalga oshiradi. Bularga asosan oqsillar, nuklein kislotalar, yog’larni parchalaydigan fermentlar kiradi.
8. Peroksisomalar barg hujayralarida ko’plab uchraydi va xloroplastlarning faoliyati bilan bog’liq ular fotosintez jarayoni tufayli hosil bo’ladigan glyukonat kislotani oksidlaydi- yuksak o’simliklarning barglarida peroksisomalar fotonafas olish jarayonida ishtirok etadi.
9. Glioksisomalar moyli uruglarini unish davrida paydo bo’ladi. Bular yog’ kislotalarini shakarga aylantirishda ishtirok etadi.eroksisomalar va glioksisomalarning ferment tizimla faoliyati natijasida vodorod peroksidi hosil bo’ladi, ular katalaz! fermenti yordamida parchalanadi.
Tirik organizmlar hujayralardan tashkil topganligi dastlab o’simliklarda aniqlangan. 1665 yilda ingliz olimi Robert Guk mikroskop yordamida po’kak daraxti po’stlog’idan tayyorlangan yupqa qismlarni kuzatganda, po’stloq bir xil massa emas, balki juda mayda bo’shliqlardan iborat ekanligini aniqladi. Bular hujayralar deb nomlandi. 1838-39 yilda nemis olimlari botanik M.Shlayden va zoolog Shvann o’sha vaqtda fanda to’plangan ma'lumotlar asosida hujayra nazariyasining prinsiplarini yaratadi. Bular quydagilardan iborat:
1. Barcha tirik organizmlar ya'ni mikroorganizmlar, o’simliklar, xayvonlarning tanasi hujayralardan tashkil topgan yoki hayot faqat hujayralar shaklida namoyon bo’ladi.
2. Organizmlarning hujayralardan tashkil topishi o’simlik va hujayralarning bo’linishi natijasida vujudga keladi.
3. Organizmning hujayralardan tashkil topishi o’simlik va hayvonlarning kelib chiqishi bir xil ekanligidan dalolat beradi.
4.Hujayra tirik organizmlarning strukturaviy va funksional birligi hisoblanadi.
5. Har bir hujayra mustaqil hayot kechirish xususiyatiga ega. Hujayra nazariyasi biologiya fanining rivojlanishiga juda katta hissa qo’shdi,
a) Bu nazariya tufayli tirik organizmlar bir xil morfologik asosga ega ekanligini isbotlandi.
b) Hayotiy xodisalarni umumbiologik nuqtai nazardan tushintirishga imkon yaratdi.
Hujayralarning asosiy guruhlari. Barcha tirik organizmlarning hujayralari 2 ta katta guruhga bo’linadi. Bular prokariotlar va eukariotlardir. Prokariotlar oddiy tuzilishiga ega. Bularda hujayra yadrosi, mitoxondriy va xloroplastlar bo’lmaydi, bunday ho’jayralar asosan bakteriyalarga mansub, eukariotlarda rivojlangan membrana sistemalari yadro, mitoxondriy va xloroplastlar mavjuddir. Bularga barcha suv o’tlari (ko’k-yashil suv o’tlaridan tashqari), zamburug’lar, o’simlik va hayvonlarning hujayralari kiradi. Ko’k-yashil suv o’tlari yoki tsianobakteriyalar alohida kichik guruhni tashkil qiladi va o’ziga xos xususiyatlar bilan boshqa hujayralardan farq qiladi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling