O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti
O’simliklar fiziologiyasining tarixi
Download 1.85 Mb.
|
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- III- bosqich
O’simliklar fiziologiyasining tarixi. Fanning shakllanishi, tiklanishi va rivojlanishi shartli ravishda bir necha bosqichga bo’lib o’rganiladi.
I -- bosqich. XVII va XVIII asrning boshida botanik olimlar o’simliklar morfologiyasi va anatomiyasini o’rganish bilan birga ayrim fiziologik jarayonlarni ham o’rganishgan. Masalan o’simliklarda suv va mineral elementlarning harakati to’g’risida axborotlar berilgan. O’rta Osiyoda bundan 650 yil oldin chop etilgan "Ziroatnoma" kitobida o’simliklarning suvga talabchanligi, tuproqdagi namlik miqdorini aniqlash usullari berilgan. Bu bizning xududimizda o’simliklar fiziologiyasiga oid ma'lumotlar uzoq o’tmishda ham mavjudligidan darak beradi. II- bosqich XIX asr davomida o’simliklar fiziologiyasi fanining asosiy yo’nalishlari shaklandi. Bular quyidagilar: Fotosintez (Saks. J.Busengo, K.A. Timiryazev). Suv rejimi (V.Gel'mond, De Friz). Mineral oziqlanish (Yu.Libix, A.Teyer, D.N.Pryannishnikov). Nafas olish (L.Paster, A.N.Bax, V.I Palladin). III- bosqich XX asr va ayniqsa XX asrning ikkinchi yarmida o’simliklar fiziologiyasi sohasida juda katta kashfiyotlar qilindi. Nafas olish jarayonining mexanizmlarini aniqlash (D.Keylin, O.Varburg, O.Krebs, P.Mitelli, V.P.Skulachev). Fotosintezning yorug’lik va qorong’ulik reaksiyalarini aniqlanishi (D.Arnon, M.Kal'vin, Xetch-Slayk) shular jumlasidandir. O’zbekistonda o’simliklar fiziologiyasi fanining rivojlanishi 1900 yillarda Turkiston Paxtachilik stansiyasini tashkil qilinishi bilan bog’liq. Toshkentda 1918 yilda Davlat universiteti qoshida “O’simliklar fiziologiyasi” kafedrasi tashkil qilindi. Kafedrada o’tgan davr ichida o’simliklar fiziologiyasi bo’yicha .ko’plab mutaxassislar yetishtirildi. A.Imamoliyev, N.Nazirov, M. Valixanov, X.Samiyev, R.Azimov, A.Qosimov va boshqalarning o’simliklar fiziologiyasi sohasidagi ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Mamlakatimiz olimlari ayniqsa g’o’za fiziologiyasi sohasidagi ilmiy ishlari bilan dunyoga tanildilar. Chigitni saqlanayotgan va unib chiqish davridagi xamda chigitni pishish davridagi fiziologik jarayonlarini o’rganish (X.X.Enileev, M.Valixanov), fotosintez intensivligi bilan go’za xosili o’rtasidagi bog’lanishni (Yu.S.Nosirov), g’o’zaning turli oziqlarga bo’lgan ehtiyoji (T. Piraxunov), g’o’zada suv almashinuvi (X.Samiyev), g’o’zaning tuproq sho’rlanishi hamda infeksion kasalliklarga chidamliligi (R.Azimov, M.Avazxo’jayev), g’o’za bargini to’kilishi (A.Imomaliyev), g’o’zaning o’sishi va rivojlanishiga tashqi omillarning ta'sirini o’rganish (M.V. Muxamatjanov, N.Nazirov, A. Ibraximov, A.Qosimov) kabi masalalar o’zbek olimlari tomonidan batafsil taxlil qilingan. Download 1.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling