O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O’simliklar fiziologiyasining usullari


Download 1.85 Mb.
bet4/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

O’simliklar fiziologiyasining usullari. Bu fanning oldida turgan masalalarni yechishda turli xil usullardan foydalaniladi.
1. Analitik usullar. Bularga fizik, ximik va fizik-ximik usullarni ko’rsatish mumkin.
2. Biotexnologiya usuli. Hujayra va to’qimalarni o’stirib, ulardan yangi o’simliklar olish.
3. Bioximik usullar (fermentlar faoliyatini aniqlash bilan o’simliklarning turli sharoitlardagi holatini aniqlash).
4. Vegitatsion usullar. Bunda o’simliklarning o’sishi va rivojlanishi, suv rejimi va boshqalar o’rganiladi.
5. Dala usuli. Umuman yuqorida keltirgan usullar yordamida o’simliklarda kechadigan murakkab fiziologik jarayonlarni aniqlash va shu asosda o’simliklarni holati mahsulotdorligi va boshqa ko’rsatkichlarni aniqlash mumkin.


Hujayraning kimyoviy tarkibi.
O’simliklar xujayralari turli-tuman kimyoviy birikmalarni sintez qilish xususiyatiga ega. O’simliklarga xos bo’lgan muhim xususiyatlardan biri hayvon va odam organizmida hosil bo’lmaydigan ko’pgina moddalarni hamsintezlashidir, o’simliklarda uchraydigan barcha kimyoviy birikmalar 2 ta katta guruhga bo’linadi.
1. Organik birikmalar.
2. Anorganik birikmalar. (suv va mineral moddalar).
Anorganik birikmalar o’simliklarning suv va mineral moddalar almashinuvchi bo’limlarida batasfsil muhokama qilinadi. O’simlikda uchraydigan muhim organik birikmalarga quyidagilar kiradi:
1. Oqsillar
2. Nuklein kislotalar, hujayraning moddiy asosi
3. Karbon suvlar.
4. Lipidlar hujayraning energetik asosi.
O’simlik oqsillari. Tarkibida aminokislotalarni tutuvchi organik birikmalar oqsillar deb ataladi. O’simliklar tarkibida xozirgi kunga qadar ZOO dan ortiq aminokislotalar mavjudligi aniqlangan. Biroq oqsil tarkibida faqat 20 ta aminokislota uchraydi xolos. Oqsillarning klassifikatsiyasi aniq asosga ega emas. Ular eruvchanlik va tarkibidagi bosh kimyoviy modda xarakteriga qarab bir necha guruhga bo’linadi.
Oddiy oqsillar. Albuminlar-disstillangan suvda eriydigan oqsillar. O’simliklar tarkibida ko’p uchraydi. Globulinlar-neytral tuzlarning 10% li eritmasida eriydigan oqsillar. Ayniqsa, dukkakli o’simliklar tarkibida ko’p uchraydi. Glyutelinlar-spirtli eritmalarda eriydigan oksillar. Etil spirtining 80% li eritmasida foydalaniladi. Donli o’simliklarning urug’larida jamg’arma modda sifatida to’planadi. Prolaminlar-ishqoriy eritmalarda eriydigan oqsillar. Bular hamdonli o’simliklar tarkibida uchraydi. Gistonli oqsillar - bular hujayra yardosida ko’p miqdorda uchraydi va kislotali xarakterga ega.
Murrakkab oqsillar. Bu oqsillar tarkibida aminokislotalardan tashkari yana boshqa birikmalar ham uchraydi. Boshqa birikmalar xarakteriga qarab ular quyidagi guruhlarga bo’linadi.
1. Nukleoproteinlar.
2. Glikoproteinlar.
Z. Lipoproteinlar.
4. Metalloproteinlar.
5. Fosfoproteinlar va boshqalar.
Oqsillar o’simlik hujayralarida xilma-xil vazifalarni bajaradi. O’simliklar tarkibida uchraydigan oqsillar 3 ta guruhga bo’linadi.
a) eruvchan oqsillar.
b) strukturalar hosil qiluvchi oqsillar.
v) jamg’arma oqsillar.
Nuklein kislotalar. O’simlik hujayrasining yadrosi, mitoxondriy va xloroplastlarda uchraydi. qisman tsitoplazmada ham bo’ladi. Asosan irsiy belgilarni saqlash va nasldan-naslga o’tkazish jarayonlari bilan bog’liq. O’simliklarning yosh hujayralarida, o’sish nuqtalarida ko’p bo’ladi.
Karbon suvlar. Karbon suvlar hujayraning energetik asosini, tashkil qiladi. Ularni parchalanishi natijasida ko’p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Karbon suvlar o’simliklarda bir qator vazifalarni bajaradi. Bularga energetik, strukturaviy, ximoya, boshqaruvchanlik vazifalarni ko’rsatish mumkin,
C3 -triozalar Disaxarid Kraxmal
C4- tetrozalar Trisaxaridlar Sellyuloza
C5- pentozalar Tetrasaxaridlar Gemmitsellyuloza
C6 - geksozalar va hokazo Inulin
Geptozalar va boshqalar. O’simliklarning asosiy qismini karbonsuvlar tashkil qiladi.
Lipidlar. Suvda erimaydigan va organik erituvchilarda eriydigan birikmalar lipidlar deb ataladi. Ular 2 ta guruhga bo’linadi.
1. Oddiy lipidlar.
a) yog’lar yoki moylar
b) mumlar.
2. Murrakkab lipidlar
a) fosfolipidlar.
b) glikolipidlar.
v) sfingolipidlar.



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling