O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet6/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Hujayra membranasi (plazmolemma)
O’simlik hujayralarining o’ziga xos xususiyatlari.
O’simlik hujayralari boshqa eukariot hujayralardan bir qator o’ziga hos xususiyatlari bilan farqlanadi. Bular quyidagilardan iborat:
1. Fotosintez jarayoni bilan bogliq bo’lgan plastidalar sistemasi mavjud (xloroplast, xromoplast, leykoplast va boshqalar).
2. Hujayra atrofini o’rab turuvchi polisaxaridli qobig’i yoki devor mavjud.
3. O’simliklarda turgor holatni saqlashda muhim ahamiyatga ega bo’lgan vakuola sistemasi mavjud.
4. Hujayrani o’rab olgan membranalarda juda tor bo’lgan teshikchalar plazmodesmalar mavjud. Har bir organizmning hujayrasi ma'lum vazifani bajarishga moslashgan bo’ladi. Biroq hujayralar qanchalik xilma-xil bo’lmasin, o’larning tuzilishda umo’miylik mavjuddir. Shu nuqtai-nazardan hujayra 3 ta katta qismga bo’linadi:
1. Sitoplazma.
2. Yadro.
3. Hujayra membranasi (plazmolemma).
Sitoplazma - hujayraning tarkibiy qismi bo’lib, turli-tuman organoidlarni va kiritmalarni ushlab turuvchi, muhit yoki asosdan iborat. Tsitoplazma oqsil va nuklein kislotalarning makromolekulalaridan tashkil topgan kolloid eritma bo’lib, qaytar ravishda gel va zol holatlariga o’tish xususiyatiga ega. Tsitoplazma bir hator vazifalarni bajaradi. Bularga o’sish va rivojlanish, hujayra qo’zg’alishini masofaga uzatish va boshqalar kiradi. Hujayrada kechadigan bir qator biokimyoviy jarayonlar to’g’ridan-to’g’ri tsitoplazma bilan bogliq. Masalan nafas olish jarayonining muhim bosqichi hisoblangan glikoliz tsitoplazmada kechadi. Tsitoplazma buferlik xususiyatiga ham ega bo’lib, xujayra muhitining o’zgarishiga yo’l qo’ymaydi. Tsitoplazma hamma vaqt harakatda bo’ladi va bu jarayon tsikloz deb ataladi.
Hujayra yadrosi - muhim va asosiy organoidlardan biri. Uning shakli ko’pincha hujayra shakliga bog’liq bo’lib, sferik, yumaloq yoki boshqa shakllarda uchraydi. Yadro hujayraning markaziy qismidan o’rin oladi. O’simlik hujayralarida vakuola ko’pincha hujayra markazini egallab olganligi uchun yadro chetga hujayra qobig’iga yaqin joydan o’rin oladi. Yadrosini yo’qotgan hujayralarda bo’linish jarayon to’xtaydi va ular yashay olmaydilar. Yadroning o’zi ham hujayrasiz yashash qobiliyatiga ega emas.
Ko’pchilik hujayralar bir yadrolik bo’ladi. Ba'zan ikki va undan ortiq yadroga ega bo’lgan xujayralarni ham uchratish mumkin. Yadro qo’sh membranadan tashkil topgan qobiq bilan o’ralgan bo’ladi. Yadro qobiqning tashqi membranasi ko’pincha endoplazmatik to’r membranalari bilan qo’shilib ketadi. Yadro qobiqning tashqi, tsitoplazmaga qaragan tomonida ribosomalar to’plamini uchratish mumkin. Bu esa yadro qobig’i bilan endoplazmatik tur o’rtasida o’zaro bogliqlik mavjudligidan darak beradi.
Yadro va tsitoplazma o’rtasida faol modda almashinuv jarayon bo’lishiga qaramay, yadroni aralashib ketishidan saqlaydi. Buni biz yadro muhiti o’ziga xos pH qiymatiga ega ekanligidan ko’rishimiz mumkin.
Hujayra qobig’i - o’simlik hujayralarining boshqa organizm hujayralaridan tubdan farqi, ulardagi maxsus qobiqning mavjudligidir. Bu qobiq hujayraning kattalashishini cheklaydi va o’simlik hujayrasiga xos bo’lgan qattiqlikni ta'minlaydi. Hujayra qobig’ini yaqingacha faolsiz, tashqi to’siq deb qaralgan. Hozirgi vaqtda bu qobiq oddiy to’siq bo’lib qolmay, balki hujayrada bir qator vazifalarni bajarishi aniqlangan. Ular hujayraga moddalarni yutilishi, ko’chirilishi va ajralishini amalga oshirishda birmuncha ahamiyatli ekanligi ko’rsatildi.
Hujayra qobiqni tashkil qilishda bir qator kimyoviy moddalar ishtirok etadi. Bulardan eng muhimi tsellyulozadir. Undan tashqari qobiq tarkibida gemmitsellyuloza va pektin moddalar ham ko’p uchraydi. Qobiq tarkibida uchraydigan muhim moddalardan biri Lignindir. U qobiq qattiqligini mustahkamlaydi va ko’pincha tayanch yoki mexanik funksiyani bajaruvchi to’qimalarda uchraydi.
Hujayra qobig’ida oz miqdorida bo’lsada, oqsil moddalari, shular qatorida fermentativ faollikka ega bo’lgan oqsillar ham uchraydi. qobiq ikki qismdan ya'ni birlamchi va ikkilamchi xujayra qobig’idan iborat. Bu qobiqlar orqali ko’pgina teshikchalar o’tgan bo’lib, ular qo’shni hujayra protoplastlarini birlashtirib turadi. Bu teshikchalar plazmadesmalar deb ataladi. qo’shni hujayralarning protoplastlari bir biri bilan boglanib bir butun tizimni ya'ni simplastni hosil qiladi. Keyingi ma'ruzalarda simplast ahamiyati ochib beriladi.
Hujayra qobig’ini hosil qilishda endoplazmatik tur va Golji apparatlari faol ishtirok etadi.

Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling