O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.85 Mb.
bet7/50
Sana08.01.2023
Hajmi1.85 Mb.
#1083784
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Bog'liq
O\'simliklar fiziologiyasi majmua-2022

Hujayraning membrana tuzimlari.
Membaranalar o’ta nozik strukturalar bo’lib, hujayraning ustki qismi va hujayraning organoidlarini o’rab olgan bo’ladi.
Membranalar:
1. Hujayralarni bir-biridan ajratib turadi.
2. Hujayrani tashqi muhitdan ajratadi.
3. Hujayraning ichki qismida bo’linma (kompartament)lar hosil qiladi.
Hujayra membranalarning tuzilishi va vazifalarni o’rganish biologiyaning dolzabr masalasi hisoblanadi. Hujayra membranalarning tuzilishi 2 xil model yordamida tushuntiriladi.
1. Oqsil-lipid biqatlami (Robertson modeli). Bu modelga ko’ra:
a) membranalar uchta qatlamdan iborat;
b) lipidlar ikkita oqsil qatlama orasida joylashgan bo’ladi.
v) membrana qatlam 5-10 mkm dan iborat
2. Suyuq-mazaikali model (Sanger va Nikol'son modeli). Bu modelga ko’ra lipid suyuqligida qalqib yurgan oqsil molekulalari, mozaykani hosil qiladi. Bu modelda ham oqsil lipid biqatlami elementlar membrana sifatida qaraladi. Farqi biologik membrana harakatchan struktura sifatida namoyon bo’ladi. Bu gepotezaga ko’ra biqatlamlar fosfolipidlardan iborat bo’lib, qisman boshqa lipidlar (galaktolipid, sterinlar, yog’ kislotalar) ham aralashgan bo’ladi.
Lipid biqatlamlarning orasida maxsus protein komplekslar uchraydi. Membranani hosil qilishda asosiy vazifani gidrofob bog’lar bajaradi (lipid-lipid, lipid-oqsil, oqsil-oqsil).
Plazmatik membrana (plazmalemma) - barcha hujayralar tashqi tomonidan membrana bilan o’ralgan bo’lib, bu plazmalemma deb ataladi. Plazmalemma yarim o’tkazgichlik xususiyatiga ega va plazmoliz xodisasi bilan bog’liq. Bu xodisa bundan 120 yil avval kashf etilgan bo’lib, plazmalemma suv molekularidan katta bo’lgan boshqa molekularni o’tkazmaydi, demak u to’siq yoki barer vazifasini bajaradi. Biroq bunday to’siq faqat membrana energiya bilan ta'minlangandagina vujudga keladi. O’lik hujayralarda plazmalemma orqali har qanday molekulalarni o’tishini kuzatish mumkin. Xuddi shuning uchun plazmoliz xodisasi faqat tirik hujayralarda kuzatiladi.
Bir hujayraning plazmalemmasi qo’shni a hujayraga plazmadesmalar orqali o’tgan bo’ladi. Bo’ o’z navbatida hujayralarni bir-birlari bilan uzviy bog’lanishini ta'minlaydi. Plazmatik membrana hujayraga moddalarni kirishi va chiqishini boshqarib turadi (diffuziya, passiv va faol ko’chirilish). Shu bilan birga plazmolemma hujayra bilan tashqi muhit o’rtasida energiya va axborotni almashinuvni ham ta'minlaydi.
Tonoplast - o’simlik hujayralariga xos bo’lgan vakuolalar hammembrana bilan o’ralgan bo’lib, u tonoplast deb ataladi. Tonoplast hosil bo’lishi asosan endoplazmatik to’r bilan bog’liqdir. Vakuolalarni o’rab turuvchi bu membranalar ko’p jixatdan plazmalemmalarga o’xshash va ular bir xil qalinlikka ega, , tonoplastni plazmalemmadan farqi u fosfovolfromat kislota yordamida bo’yalmaydi. Tonoplast tarkibida maxsus permeaza fermentlari mavjud bo’lib, ular vakuolada faol ko’chirish yo’li bilan moddalarni to’plash xususiyatga ega. Bulardan biri ATF bilan bog’liq bo’lgan NQ-damlagich (pompa)dir. U tsitoplazmadan vakuolaga vodorod ionlarini ko’chirilishini ta'minlaydi. Ma'lumki vakuolada vodorod ionlarining konsentratsiyasi tsitoplazmaga nisbatan birmuncha yuqori bo’lib, 3,5-5,5 atrofida, ayrim o’simliklarda 1,0 ga tengdir. Vaholangki bu ko’rsatgich tsitoplazmada 7,0 ga teng bo’ladi. Demak bu pompalar tsitoplazmada vodorod ionlarini konsentratsiyasini bir xil darajada ushlab turishga imkon yaratadi.
Yadro membranasi - Tsitoplazmatik kiritmalar ichida yadro eng katta organella hisoblanadi. U qo’sh qavatli ya'ni ichki va tashqimembrana bilan o’ralgan bo’lib, har bir elementar membrana qalinligi 8 mkm ga teng va ularni orasida 15 mm ga teng bo’shliq ham bor. Bu bo’shliq perinuklear bo’shliq deb ataladi. Yadro membranasida diametri 30-100 nm. ga teng bo’lgan teshiklar mavjud. Bu teshiklar atrofidagi tashqiva ichki membranalar bir-birlari bilan qo’shilib ketgan bo’ladi. Yadro membranasida bunday teshiklarning mavjudligi tsitoplazma bilan yadro o’rtasida moddalarni ko’chirilishiga imkon yaratadi. Yadroga DNK va RNK ning o’tmishdoshlari, gistonlar, ribosomal oqsillar o’tsa, yadrodan tsitoplazmaga m-RNK, t-RNK, ribosoma bo’lakchalari o’tadi. Yadro membranasidagi teshikchalar soni yuksak o’simliklar hujayrasida 3000 gacha borishi mumkin. Yadrs membranasi endoplazmatik to’r membranasi bilan bir butun uzliksiz tizimni tashkil qiladi. Shunday qilib yadro oldi bo’shliq endoplazmatik to’rning ichki bo’shlig’i bilan bog’langandir. Bu o’z| navbatida yadro membranalari endoplazmatik to’r membranalaridan hosil bo’lishini ko’rsatadi.
Endomembranalar konsepsiyasi. Bu konsepsiya XX-asrning 70-1 yillarda ishlab chiqilgan bo’lib, hujayraning ma'lum membranalari funksional jihatdan bir muncha rivojlangan, uzluksiz endomembranalar tizimiga birlashgan deb qaraladi. Bu tizim komponentlariga endoplazmatik to’r, yadro, Golji apparati hamda plazmalemma va tonoplastlar kiradi. Bu tizimga xloroplast va mitoxondriylarning tashqimembranalari ham qo’shiladi. Bu endomembrana konsetsiyasiga ko’ra hosil bo’layotgan harqanday yangi membrana asosan endoplazmatik to’r yoki yadro membranasidan hosil bo’ladi. Bu jarayon Golji apparati bilan ham bog’liq. Demak, membrana tizimlarini hosil bo’lishi hujayraning ichki tomonida boshlanib, Golji apparati orqalixujayraning tashkarisiga plazmalemma va tonoplstga qarab yo’nalgan bo’ladi. Bu konsepsiyaga asosan membrane qarakati davomida ularni differensiatsiyasi amalga oshiriladi.
hujayra membranalari turli-tuman vazifalarni bajaradi. Bular asosan hujayra membranalari tarkibidagi oqsillar bilan bog’liq bo’ladi:
a) fermentativ xususiyat.
b) harxil damlagichlar (pompalar).
s) transportlik yoki ko’chirish xususiyati.
d) ion kanallari.
e) regulyatorlik xususiyat va hokozo.
Membranalar orqali moddalarning ko’chirilishi 2 xil yo’l bilan amalga oshiriladi.
1. Passiv-faolsiz ko’chirilish (kimyoviy yoki elektrik gradiyent bo’yicha).
2. Faol ko’chirilish (elektrokimyoviy gradiyentga qarshi metabolic energiya hisobiga).



Download 1.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling