O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Nominativ (atov) va infinitiv gaplar
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari.
7. Nominativ (atov) va infinitiv gaplar ham matnni shakllantiruvchi sintaktik birliklar hisoblanadi. Atov gaplar bosh kelishikdagi ot orqali ifodalangan grammatik asos yordamida ifodalangan narsa-buyumning mavjudligini anglatadi. Atov gaplar matnda yolg‘iz qо‘llanmaydi, ulardan keyin atov gap mazmunini ochuvchi, tavsiflovchi boshqa gap yoki gaplar keltiriladi. Natijada matn hosil bо‘ladi. Masalan: Bugun bayram. Kо‘chalar gavjum. SHо‘x-shо‘x kuylar yangraydi. Guras-guras odamlar о‘tadi. О‘yin-kulgi, shodon shovqin bahor osmonini titratadi(О‘.Hoshimov).
Infinitiv gaplar grammatik asosi harakat nomi bilan ifodalanadigan, yakka sо‘z yoki sо‘z birikmasidan iborat bо‘lgan gaplardir: Sevmoq! Bu toshga qarab ham gulni kо‘rmoqdir. Yoki, Kutish! Soniyalar daqiqalarga, daqiqalar soatlarga aylanadigan bekat. 8. Murojaat birliklari va ularning matnni shakllantirish imkoniyatlari. Murojaat birliklari kundalik hayotimizda, nutq faoliyatida – nutq jarayonida keng qо‘llaniladigan, о‘zaro aloqa aralashuvga faol xizmat qiladigan, sо‘zlovchining tinglovchiga bо‘lgan munosabatini ifodalaydigan, о‘zida turli modal ma’nolarni tashiydigan о‘tkir, ta’sirchan vositadir. Murojaat birliklaridan nutqda tinglovchi e’tiborini tortish, xitob qilish, undash kabi maqsadlarda foydalaniladi. Bunday birliklarda sо‘zlovchi va tinglovchi о‘rtasidagi yaqinlik, hurmat, ishonch; masofa (subordinatsiya), hurmatsizlik, ishonchsizlik kabi kommunikativ munosabatlar ham ifodalangan bо‘ladi. «Shunga kо‘ra doimiylik belgisiga ega bо‘lgan murojaat birliklari nutqda appelyativ (xitob va murojaat orqali muloqotni boshlash), konnotativ (subyektiv munosabat – salbiy va ijobiy munosabatlarni ifodalash), emotiv (hissiy munosabat) funksiyalarni bajaradi.»37 Misollar: - Malikam,- debdi jahl otiga minib. – Sizga ruhsat! Saltanat xazinasidan о‘zingiz uchun eng qimmatli narsani oling-da yurtingizga jо‘nang! (О‘.Hoshimov) Hoy, ovsar! Bosar-tusaringni bilmay qolding-ku! (S.Ahmad). Oyisha, Oyisha, Oyisha ona, Nechun kо‘zlaringdan oqar marjon yosh. (A.Oripov) Keltirilgan birinchi misoldagi «malikam» murojaat birligi appelyativ-xitob, murojaat qilish orqali о‘zaro muloqotni boshlash vazifasini bajarmoqda. Ikkinchi gap tarkibidagi «ovsar» murojaat birligi kamsitish, haqorat kabi shaxsiy munosabatni ifodalash orqali konnotativ vazifani bajargan. Uchinchi gapda sо‘zlovchining emotsional munosabati takror qо‘llanuvchi «Oyisha ona» murojaat birligi orqali yana-da aniq ifodalangan. Murojaat birliklarining badiiy matndagi qо‘llanilishini о‘rganishda kim, kimga, nimaga, qanday holatda, qanday nutqiy vaziyatda murojaat qilinayotganligiga e’tiborni qaratish kerak bо‘ladi. Murojaat qilinayotgan ba’zan narsa-buyum bо‘lishi ham mumkin. Masalan: Ayo, sarv! Yuksaklarga intilmoqni bizga ham о‘rgat! Ay, g‘uncha! О‘zlikni namoyon etmoqni о‘rgat! (J.Rumiy) Tahlilda buning sababi aniqlanishi talab qilinadi. Yozuvchi yoki shoirning murojaat qilishdan maqsadi va badiiy niyati nimadan iborat ekanligi, murojaat birliklaridagi denotativ va konnotativ ma’nolar haqida mulohaza yuritiladi. Adabiyotshunoslikda mazkur usul ritorik murojaat atamasi ostida о‘rganiladi. Ritorik murojaatda ritorik sо‘roqda bо‘lgani kabi javob talab qilinmaydi, balki, «obyektga e’tiborni kuchaytiradi va kitobxonda biror munosabatni uyg‘otadi». 38 Asosan, «shoirning poetik nutqda о‘zi xohlagan intonatsiyani – tantanavorlik, kо‘tarinkilik, g‘azabkorlik, kesatish kabilarni ifodalashda»39 keng foydalaniladi. Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling