O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti


Download 296.5 Kb.
bet21/22
Sana26.01.2023
Hajmi296.5 Kb.
#1124737
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Badiiy matinning lisoniy tahlili

Qahramonlar nutqi. Badiiy asarda qahramon nutqi nihoyatda muhim ahamiyatga ega. Yozuvchi qahramonlar nutqini individuallashtirish orqali ularning ma’naviy dunyosini, ichki kechinmalarini, hissiyotlarini, fikrlash tarzini, dunyoqarashi va atrofidagi voqea-hodisalarga munosabatini aks ettiradi. Qahramonlar nutqi orqali uning qanday muhitda yoki qayerda yashayotganligi, qaysi shevaga mansubligi, qaysi toifaga mansubligi, kim bilan nima haqida suhbatlashayotgan- ligi, uning suhbatdoshlariga munosabati va boshqa ma’lumotlarga ega bо‘lamiz. Qahramonlar nutqi dialogik yoki monologik nutq kо‘rinishlarida bо‘ladi. Dialogik nutq deb ikki yoki undan ortiq qahramonning о‘zaro muloqotiga aytiladi. Dialogik nutqda qahramonlar tabiatini aniq ifodalash imkoniyati mavjud. Dialogik nutq tahlili obyekti alohida olingan gaplar tahlilidan emas, balki matn tahlilidan iborat bо‘ladi. «Dialogik matn ikki shaxsning mavzuiy va mantiqiy bir butunlikni tashkil etadigan, biri ikkinchisini tо‘ldirib, aniqlab, izohlab keladigan gaplar yig‘indisidan tashkil topgan bir butun nutqiy birlikdir».42 Dialogik nutq kо‘rinishida tinglovchiga axborotni tez, aniq, sodda va ta’sirchan yetkazish maqsad qilingan bо‘ladi. Shuning uchun suhbat jarayonida ellipsisdan, turli imo-ishoralardan keng foydalaniladi. Mutaxassislar fikricha, «aloqa-aralashuvda sо‘z, sо‘z birikmasi, gap, ayrim hollarda matnlar ham ellipsisga uchrashi yoki nolisoniy vositalar bilan almashtirilishi mumkin. Dialogik matnlar tahlili shuni kо‘rsatadiki, kommunikantlar aloqa-aralashuv jarayonida nolisoniy vositalardan lisoniy vositani izohlash, tо‘ldirish, ta’kidlash, aniqlik kiritish, kompensatsiya qilish (lisoniy birlik о‘rnida qо‘llash) maqsadlarida foydalanadilar».43Monologik nutq badiiy asar qahramonlarining о‘z-о‘ziga yoki о‘zgalarga qaratilgan nutqidir. Ham she’riy ham nasriy asarlarda ishlatiladi. Badiiy asarlardagi maktublar asosan monologik yozma nutq kо‘rinishida bо‘ladi (eslang: Kumushning Otabekka yozgan maktubi, yoki Otabekning Kumushga yozgan maktubi). She’riy matnlarda lirik qahramon kechinmalarini tugal tasvirlash uchun monologik nutqdan foydalaniladi. Ichki monologik nutq - «qahramonning о‘z-о‘zi bilan ichdan gapirishi, fikrlashi, fikr va tuyg‘ularining ichki ifodasidir. Ichki monologda qahramon о‘zining sirli, yashirin fikrlarigacha aytadi, shu boisdan ichki monolog orqali qahramon kitobxon oldida о‘z-о‘zini ochadi. Shuning uchun ham uning shaxsiyatida hech narsa sirli yoki tushunarsiz bо‘lib qolmaydi. Ichki monolog sо‘zlashuv nutqidan о‘zining ochiq va oshkoraligi bilan ajralib turadi».44
Arosat yalangligida Yigit yolg‘iz о‘zi. Yigit.
Umrim о‘tdi sarsonlikda, sargardonlikda,
Yaxshi-yomon zamonlarni kо‘rib keldim men.
Ba’zan ma’no topa oldim chin insonlikda,
Ba’zan esa uni yerga urib keldim men.
Mana, о‘sha tarozibon, u-ku farishta,
Insonlardan kо‘ra yuksak turajak-ku u.
U zotga ham qiyin ekan bundaqa ishda,
Kо‘zlarida allanechuk norizo tuyg‘u.
Qiyin axir ularga ham, qalblari bordir,
Qiyin axir ularga ham-bordir kо‘zlari.
Faqatgina farmon berar Ollohi Qodir,
Lekin qalbni anglamaydi qizlar singari.
Endi qayga borsam ekan bu dasht, sahroda,
Qayga borib padarimni kimdan sо‘rasam?
Bilolmasam, kim dо‘zaxda, kim arsh-a’loda… (A.Oripov)
Dialogik nutq ham monologik nutq ham uch kо‘rinishda bо‘lishi mumkin:
Download 296.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling