O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti
Download 296.5 Kb.
|
Badiiy matinning lisoniy tahlili
II bob. Badiiy matn
Badiiy matn badiiy asar mazmunini ifodalagan, funksional jihatdan tugallangan, tilning tasvir imkoniyatlari asosida shakllangan, о‘zida turli uslub kо‘rinishlarini muallif ixtiyoriga kо‘ra erkin jamlay oladigan, kishilarga estetik zavq berish xususiyatiga ega bо‘lgan g‘oyat murakkab butunlik hisoblanadi. Badiiy matnda boshqa uslub matnlarida bо‘lganidek qat’iy mantiq, soddalik, tushunarlilik, normativlik kabi qonuniyatlarga tо‘la-tо‘kis amal qilinavermaydi. Unda badiiy tasvir vositalaridan unumli foydalaniladi. Ta’sirchanlik birinchi planga kо‘tariladi. Ohangdor, jozibador sо‘zlar kо‘p qо‘llaniladi. Tasvirlanayotgan voqelikda uyg‘un bir musiqa, ichki bir garmoniya sezilib turadi. Insonni ruhan tо‘lqinlantirish, yig‘latish, kuldirish, xayolot olamiga yetaklash, о‘yga chо‘mdirish, estetik tafakkurini shakllantirish, voqea-hodisalarga teran, boshqacha nazar bilan boqishga о‘rgatish kabi kо‘plab imkoniyatlarni о‘zida mujassam qilgan. Badiiy matn, ma’lumki, badiiy uslub talablari, qoliplari asosida shakllantiriladi, shuning uchun unda poetik, romantik, tantanavor ifoda shakllaridan keng foydalaniladi. Sо‘zlarning tanlanishi, gap tuzilishi, leksik – semantik, ritmik – intonatsion birliklarning qо‘llanishi ham mazkur uslub talablaridan kelib chiqadi. Badiiy matnning lisoniy xususiyatlaridan eng muhimi ham shundaki, unda emotsional bо‘yoqdor sо‘zlarga, sheva sо‘zlariga, tarixiy va arxaik sо‘zlarga, jargon va argolarga, kо‘chma ma’noli sо‘zlarga, ma’nodosh, shakldosh, о‘xshash talaffuzli va zid ma’noli sо‘zlarga, shuningdek ibora, maqol-matal va aforizm kabi birliklarga keng о‘rin beriladi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, har qanday matn о‘ziga xos sistemadir. Buni о‘zaro bir-birini taqazo qiladigan halqalar majmuiga о‘xshatish mumkin: tovush(harf)lar → sо‘zlar → iboralar → gaplar → abzats → bо‘lim, qism, boblar. Matn tarkibidagi bu uzvlarning о‘zaro munosabati gapdagi sо‘zlarning bir-biri bilan bо‘lgan munosabatiga о‘xshaydi. Lekin matnning tarkiblanishi gapdagi tarkiblanishdan tubdan farq qiladi. Gapning sintaktik qolipi turg‘unlashgan, asrlar davomida shakllangan, hamma uchun qulay foydalaniladigan va deyarli о‘zgarmas bо‘ladi. Sо‘zlovchi yoki muallif о‘z niyatiga kо‘ra mazkur qoliplardan ixtiyoriy ravishda foydalanaveradi. Matndagi holat bundan boshqacharoq. Matnda sо‘zlar orasidagi munosabatdan kо‘ra gaplar о‘rtasidagi aloqadorlik muhim hisoblanadi. Agar gaplararo ham mazmunan ham shaklan aloqadorlik mavjud bо‘lmasa, matn butunligi haqida ham gapirish mumkin emas. Badiiy matndagi kompozitsion butunlik tushunchasi makon va zamon muvofiqligi, ifoda va qolip uyg‘unligi, hamda motivatsion yaxlitlik tushunchalari bilan uzviy bog‘liq. Badiiy matnni lisoniy tahlil qilish jarayonida bunday bog‘liqliklarga alohida e’tibor qaratish lozim. Download 296.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling