O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Download 1.78 Mb.
bet4/25
Sana21.11.2020
Hajmi1.78 Mb.
#149560
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
aldegid va ketonlar mavzusini ahborot tehnalogiyasi yordamida oqitish metodikasi

Ketonlar


Molekulasida ikkita uglevodorod radikali bilan bog’langan karbonil guruhi

>C=O bo’ladigan organik birikmalar ketonlar deyiladi.

Ularni uglevodorodlarning ikkilamchi uglerod atomidagi ikkita vodorod atomi o’rnini kislorod atomi olgan hosilalar sifatida qarash mumkin. Ketonlarning umumiy formulasi : R-CO-R1, bunda R va R1- radikallar bir xil yoki turli xil bo’lishi mumkin.

Nomenkalturasi.


Ratsional nomenklaturaga, asosan, ketonlarning nomlari radikallar nomiga keton so’zi qo’shish bilan hosil qilinadi. Agar radikallar bir xil bo’lsa, radikal nomi oldiga di- old qo’shimchasi qo’shiladi. Radikallar har xil bo’lsa, dastlab kichik radikal nomi, so’ngra katta radikal nomi aytiladi.

Masalan: CH3-CO- CH3 CH3-CO-C2H5

Dimetil keton metil etil keton

Xalqaro nomenklaturaga ko’ra ketonlarning nomlari tegishli to’yingan uglevodorodlar nomiga –on qo’shimchasi qo’shish yo’li bilan hosil qilinadi va karbonil guruhning zanjirdagi holati ko’rsatiladi. Asosiy zanjirni raqamlash karbonil guruhiga yaqin turgan uglerod atomidan boshlanadi,

masalan: CH3-CO-CH3 CH3-CO-C2H5

propanon butanon-2


Gomologik qatori.


C3H6O; CH3-CO-CH3 Atseton, dimetil keton,propanon C4H8O; CH3-CH2-CO-CH3 Metil etil keton,butanon-2 C5H10O; CH3-(CH2)2-CO-CH3 Metilpropilketon, pentanon-2 C5H10O; C2H5-CO- C2H5 Dietilketon, pentanon-3 C6H12O; CH3-(CH2)3-CO-CH3 Metilbutilketon, geksanon-2 C6H12O; C3H7-CO-C2H5 Etilpropilketon, geksanon-3 C7H14O; C4H9-CO-C2H5 Etil butil keton, geptanon-3 C8H16O; C4H9-CO-C3H7 Propil butil keton, oktanon-4 C9H18O; C4H9-CO- C4H9 Dibutil keton, nonanon-5

Ketonlarning izomeriyasi uglevodorod radikalining tuzilishi va zanjirda karbonil gruppaning joylashgan o’rniga bog’liq. Masalan: C5H10 tarkibli ketonda 3 ta izomer bor:

pentanon-2, metilpropilketon




pentanon-3,dietil keton




Metilizopropil keton, 3-metilbutanon-2

Adegid va ketonlarning struktura formulalarini chiqarish qiyin emas, chunki har qaysi birlamchi spirtga aldegid va har qaysi ikkilamchi spirtga keton to’g’ri keladi.

To’yingan aldegid va ketonlarning umumiy formulasi bir xil bo’lgani uchun (CnH2nO ) ular o’zaro izomer birikmalardir. Masalan: C3H6O.



CH3 – CH2CHO - propanal , propanon

Download 1.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling