O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat


Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari


Download 170 Kb.
bet4/8
Sana05.01.2022
Hajmi170 Kb.
#208761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirsoatov Mirg'iyoz

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari.


Ma’lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berib kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib borgan. Zotan, inson ma’naviyati tarbiyaga bog‘liq. Tarbiyasiz ma’naviyat poydevorsiz binoga o‘xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shu boisdanda, ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. Ma’naviy barkamol, komil inson tarbiyasi hozirgi kunning eng muhim, dolzarb masalalaridan biridir. Yurtboshimiz Islom Karimov "Men Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir",- degan fikrini ko‘p mushohada qilaman. Buyuk ma’rifatparvarning bu so‘zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo‘lgan bulsa, hozirgi kunda xam biz uchun shunchalik, balki undan ham kura muhim va dolzarbdir", - deya tarbiya jarayoniga yuksak baho berishi fikrimiz dalilidir. Zero, bu masalani hal etishda maktab, litsey, kasb-hunar kollejlarida amalga oshiriladigan tarbiyaviy ishlarning roli beqiyosdir. Ma’naviy islohot ma’naviyatimiz manbalari va sarchashmalari bo‘lgan madaniy merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu merosni har tomonlama xolisona o‘rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini nazarda tutadi. Shu bilan birgalikda ma’naviy soha milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni to‘plash, o‘rganish, xalqqa yetkazib berishni ma’naviy siyosatimizning poydevoriga aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi. Barcha zamon va makonlarda ma’naviyati kuchli millat bir jonu bir tan bo‘lib, muammolarni tez va soz yechgan, peshqadam bo‘lgan. Ijtimoiy-siyosiy hayot yangi bosqichga kirganida bu jarayonlarni o‘rganuvchi ilmiy yo‘nalishlar ham, o‘zgarib, yangilanadi. Hozirgi vaziyat barcha ijtimoiy sohalarda bo‘lgani kabi yosh avlodlar tarbiyasida ham ilmiy va milliy tamoyillar uyg‘unligini taqozo qilmoqda. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun ma’naviyat, tarbiya masalalarini o‘rganuvchi, o‘zgartiruvchi yangi yondashuvlar zarur. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qator asarlarida, jumladan «Fan taraqqiyotga xizmat qilsin!» nomli ma’ruzasi mazmunida ko‘zda tutilgan dasturiy tamoyil shuni taqozo qilmoqda. Jahonning milliy mustaqillikni qo‘lga kiritgan mamlakatlari o‘z taraqqiyot yo‘llarini belgilab olib, har biri o‘z xalqining milliy qiyofasi va o‘zligi xususida chuqur o‘ylab, milliylikni, 6 milliy ma’naviyatni tiklashni bosh vazifalaridan biri deb islohatga kirishganlar. Bizning davlatimiz ham xalqimizning o‘tmish taraqqiyoti va ma’naviyatini hisobga olib, shularga mos tarzda yo‘l tanladi. Ayniqsa respublika rahbariyatining jamiyat ma’naviyatini yuksaltirish borasidagi sa’yi-harakatlari yoshlar tarbiyasini xalqimiz ruhiyatiga mos bo‘lishini taminlashga yo‘naltirilmoqda. Chunki bu - davlatimizning milliy ma’naviyatini tiklash, jamiyatni ma’naviy yangilash, o‘quvchi-yoshlarning milliy mafkuraviy ongliligini oshirish vazifalarini amalga oshirishga qaratigan siyosatning amaliy-pedagogik vositasi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning xos va mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilgan, milliy mazmunga ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarning ma’naviy dunyosi - «Men»i yuksak ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi zarur. Buning uchun ta’lim-tarbiya tizimi milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan sug‘orilgan bo‘lishi lozim. Boshqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, xuquqiy demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsad o‘zida milliy va umuminsoniy ijobiy fazilatlarni mujassam qilgan, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga yetkazmay turib erishib bo‘lmaydi. Buni har bir yosh avlod nazarda tutishi, shundan kelib chiqib o‘z Vatani, xalqi odidagi yuksak ma’suliyat hissini barqaror qilishi tadqiqotimizda dolzarb masala sifatida kun tartibiga qo‘yilmoqda. Milliy va umuminsoniy tamoyillar uyg‘unligiga asoslangan taraqqiyotimiz talabiga ko‘ra hozir pedagogik aloqalar, tajribalarni qiyosiy o‘rganish har qachongidan ham rivojlantirilishi kerak. Chunki kelajak ko‘p jihatdan jahon pedagogikasi yutuqlarini o‘rganib, milliy tarbiya maqsadlarida foydalanishimizga bog‘liq bo‘ladi. Buyuk kelajakni yaratish zarurati respublika fuqarolarining umummilliy ijtimoiy xamkorligini yaratishning pedagogik muammolarini o‘rganishni ham taqozo etadi. Bu milliy taraqqiyotimiz tadrijini pedagogik o‘rganish uchun hayotiy ahamiyatga ega. Chunki mamlakatimizning hozirgi va bundan keyingi taraqqiyoti xalqimizda, ayniksa yoshlarimizda milliy mustaqillikni mustahkamlashga qodir, har qanday buzg‘unchi g‘oyani fikr bilan yenga oluvchi e’tiqodning shakllanganligiga bog‘liq. Bu esa g‘ururli, vatanparvar, davlatlararo, millatlararo do‘stlikni mustahkamlashga xizmat qilishga qodir, so‘zi bilan ishi bir, milliy istiqlol goyasini chuqur o‘zlashtirgan kishilar, yoshlarga bog‘liq. Bunday fazilat sohiblarini tarbiyalashga maxsus pedagogik masala sifatida o‘rganilishi va tajriba-tadqiqot ishlarida sinab ko‘rib, joriy qilinishi davlat va jamiyat qurilishi nuqtai-nazaridan katta ahamiyatga molik. O‘zbekiston XX1 asrda kirib borarkan, o‘zining jahon hamjamiyatida munosib o‘rinni egallashi uchun ma’naviy poydevorga ega bo‘lmog‘i lozim. Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyat 7 ma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul. Mamlakatimizdagi ma’naviy tiklanishning hozirgi bosqichida fuqaroni, xususan o‘quvchi-yoshlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalashning ahamiyati tobora oshmoqda. Shu bois, o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimini tubdan yangilash, isloh qilish - O‘zbekistonning buyuk kelajagini ta’minlashning bosh shartlaridan biri deb e’tirof qilmoq kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, keyingi yillarda ayrim yoshlarda millatga, Vatanga foyda keltirishni o‘ylash, mustaqillikni mustahkamlashda foydali inson bo‘lib yetishish hissi maxsus, ilmiy asosda shakllantirilmaganligi tufayli shaxsiy manfaatni o‘ylash, yengil yo‘llar bilan to‘kis xayotga intilish hissi namoyon bo‘lmoqda. Shu bilan birga ayrim o‘quvchilar orasida ma’naviy cheklanganlik, dunyoqarashning torligi tufayli yot goyalarga aldanish, milliy odob me’yorlariga rioya qilmaslik, so‘z va ish orasidagi tafovut, milliy g‘ururning sustligi kabi noxush ko‘rinishlar uchrab turadiki, ularni ilmiy asosda o‘rganib, bartaraf qilish lozim. Ma’naviyat – insonning insoniylik mohiyati, shaxsdagi ijobiy fazilatlar majmui, insonning zohiriy va botiniy qiyofasi. U inson hayotining tub mohiyatini belgilaydigan aqliy, ruhiy, axloqiy va jismoniy qarashlar, ko‘nikmalar, odatlar tizimidir. Ma’naviyat – har bir insonning milliy va umuminsoniy komillik darajasi, unga yetaklovchi, undovchi imkoniyat. U inson shaxsini insoniylik bilan boyituvchi, kamol toptiruvchi, ko‘rkamlashtiruvchi beqiyos hayotiy omil. Ma’naviyat – yaxshilik va ezgulikka moyil, yomonlik va yovuzlikdan tiyilish, nafosat va haqiqatga, halollik va rostgo‘ylikka intilish, o‘zi mansub jamiyatning axloqiy, huquqiy, ma’rifiy-madaniy mezonlariga amal qilish hissidir. U insonning umrguzaronlik mohiyati, faoliyatining tabiatini belgilab bergan va faoliyatida gavdalangan ijobiy, go‘zal fazilatlar majmui. Ma’naviyatda inson qalbi, shuuri, aql-zakovati, tabiati, bilimi, madaniyati aks etadi. Ma’rifat esa insonning o‘zini o‘zi anglash, o‘zini o‘zi kamol toptirish, imkoniyatlarini harakatga keltirish yo‘lida bilim, tarbiya, madaniyat boyliklaridan bahramand bo‘lishini kafolatlovchi omildir. Ma’rifat – mohiyatan aql-idrok, tafakkurning mayog‘i, mijozning murabbiysi, qalbda munavvarlikni, insoniy ulug‘vorlikni qaror toptiruvchi umriy vosita, iymon-e’tiqod, xarakter, lafzning me’mori, vujudning jon tomiri. U – bilish, tanish, ilm va madaniyatning kamol topish mazmuni, usul va vositalaridir. Ma’naviyat va ma’rifat va inson tushunchalari bir butun holdagina muayyan mazmunga ega bshladi. Ma’naviyat yo‘q joyda ma’lum maqsadga qaratilgan insoniy faoliyat ham bo‘lmaydi, insonlar jamoasining birligi – jamiyat ham bo‘lmaydi. Prezidentimiz Islom Karimov, 8 “Ma’naviyat insonga havodek, suvdek zarur”, deb ta’kidlagan fikr zamirida ana shunday falsafiy mazmun yashirin. Ma’naviyatning ahamiyatini ana shu nuqtai nazardan baholamoq kerak. Ma’naviyat – xalqning, millatning, davlatning kuch qudrati, buyuk kelajak sari yuksaltiruvchi mustahkam poydevoridir. Ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilangani bejiz emas. Respublikamizda o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar taqdiri pirovard natijada ma’naviyma’rifiy ishlarni qay darajada yuksak saviyada tashkil qila bilish muhim hayotiy muammo. Chunki ma’naviy –ma’rifiy ishlarning asosiy vazifasi yuksak axloqiy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirgan komil insonni tarbiyalashdan iborat. Bugungi kunda bilimdon, yetuk malakali, yuksak aql-zakovat va istiqbol dunyoqarashiga ega tadbirkor kishilargina jamiyatimizning jahon sivilizatsiyasi sari taraqqiyotini tezlashtira oladi, O‘zbekistonning dunyodagi rivojlangan mamlakatlar safidan munosib o‘rin egallashini ta’minlay oladi. O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlashning va yangi jamiyatni qurishimizning eng asosi bo‘lgan ma’naviyat va ma’rifatni yuksaltirish hamda uni izchillik bilan hozirgi zamon talablari, milliy ruhiyatimizning ildizlariga suyangan holda yanada rivojlantirish bugungi kunning dolzarb va g‘oyat muhim vazifasidir. Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotidagi bir butunlikni, odamlar ruhiyatidagi ko‘tarinkilik va kelajakka ishonchni, aql-zakovat yuksagligini, o‘z faoliyatida tinchlikni, millatlararo hamjihatlikni barqaror rivojlantirish yo‘lini aniq belgilashdagi o‘z fuqarolarning orzu-umidlarini, manfaatlarini ifoda eta bilish, uni buyuk kelajak sari harakatga yo‘naltirish va unga rahbarlik qilish salohiyati hisrblanadi. Ma’naviyat va ma’rifatning yangi jamiyatni qurishdagi qudratli kuch va bebaho manba ekanligi quyidagi masalalarda o‘z ifodasini topadi:

1. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyatda mavjud bo‘ladigan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, ma’rifiy sohalarni, ularni o‘zaro bog‘lab, uyg‘unlashtirib, davlatning bir butun mustaqil sub’ekt sifatidagi maqomini ta’minlab turadi;

2. Jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy –siyosiy, madaniy huquqiy va ma’rifiy sohalarini rivojlantirishdan ko‘zlagan asosiy maqsadi insonni kamol toptirish, ehtiyojlarini qondirish, uni barkamollik darajasiga ko‘tarishdan iboratdir. Ma’naviyat va ma’rifatni yuksak zamonaviy talablar darajasida tashkil qilgandagina muayyan vazifalarni insonga xizmat qildirish mumkin bo‘ladi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat me’mori, mezon va yetakchi omil rolini o‘ynaydi.

3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o‘zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat o‘z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi;

4. Ma’naviyat va ma’rifat milliy ong va milliy tuyg‘u, milliy g‘oyalarni shakllantiruvchi omildir. Bular o‘z navbatida har bir millatning o‘z-o‘zini anglashiga, manfaatlar yagonaligini tushunishiga, kishilarda milliy g‘urur, qadr-qimmatning mustahkam dunyoqarashga aylanishiga yordam beradi;

5. Ma’naviyat va ma’rifat bor joyda ehtiyojlar va zaruriyatlar ham yuzaga keladi. O‘z navbatida ehtiyojlar va zaruriyatlar shaxs, millat va davlatni kechagidan bugun, bugundan ertaga yana ham yaxshiroq hayot kechirishga, barkamol bo‘lishiga yetaklaydi, shaxs, millat va davlatning tarqqiyoti sari harakat qilishga da’vat etadi. Bu jarayonda ma’naviyat va ma’rifat shaxs, millat va davlat taraqqiyotini harakatga keltiruvchi bosh omil hisoblanadi;

6. Ma’naviyat va ma’rifat aql-zakovat, salohiyat yuksakligining muhim mezoni va manbai hisoblanadi. Bu orqali inson millat mahsulini millat va mamlakatning yuksak moddiy va ma’naviy boyliklari darajasiga ko‘taradi;

7. Ma’naviyat va ma’rifat davlat ichki hayotida tinchlik, barqarorlikni vujudga keltiradi, har qanday munozarali masalalarni aql va vazminlik bilan hal qilishda xalq ruxiyatini shakllantiradi;

8. Ma’naviyat va ma’rifat kishilarni sub’ektiv, qarindosh-urug‘chilik, mahalliychilik manfaatlari ehtiroslarga berilishidan saqlaydi, shaxsiy va mahalliy manfaatlarni millat hamda Vatan manfaatlariga uyg‘unlashtirish muhitini vujudga keltiradi, millatning umubashariy qadriyatlar sari intilishini kuchaytiradi;

9. Ma’naviyat va ma’rifat mamlakatda adolatni qaror toptirish, insonlarni qonunlarning ijodkori va itoatkori darajasiga ko‘taradi. Qonunlar davlat, millat va shaxsning har qanday harakatining aniq me’yori darajasiga aylangan mamlakatda demokratik ruhdagi adolatli qadriyatlar shakllanishi mumkin bo‘ladi;

10. Ma’naviyat va ma’rifat davlatning ichki hayotidagi muammolarni hal qilishning muhim omili bo‘lishi bilan birga, u davlatning xalqaro hayotdagi obro‘ –e’tiborini oshiradi, uning katta imkoniyatlarga ega ekanligini va barqaror taraqqiy etayotganligini tasdiqlaydi. Bu o‘z navbatida davlatning xalqaro hayotda harakat qilish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.

Ma’naviyat – shaxsning ruhiy hayot tajribasi, ruhiy olamini, dunyoqarashini, aqliy salohiyatini o‘zida mujassamlashtiradi. U shaxsning va millatning o‘zligini anglashi, milliy g‘urur, milliy iftihor, vatanparvarlik, davlatga hurmat, jamoa an’analariga xayrixohlik, diyonat, mehr-shavqat, poklik, halollik, vijdoniylik, rostgo‘ylik, adolatparvarlik, kamtarinlik kabilarni o‘z ichiga oladi. Ma’naviyat yo‘li – bosqichma-bosqich o‘tiladigan yo‘l. Inson aqlini tanigandan boshlab, tafakkur, ahloq va ma’rifatda kamolotga intiladi. Jamiyat ma’naviyati, uning rivoji ham uzoq davom etgan tarixiy taraqqiyotning natijasi hisoblanadi. Jamiyat asta-sekin rivojlanib borgan sari inson ma’naviyati ham tarkibiy jihatdan mukammallashib borgan. Ma’naviyatning eng qadimgi asoslarini axloqiy, diniy va badiiy qarashlar tashkil qiladi. Davlatning yuzaga kelishi bilan ma’naviyat ning siyosiy, falsafiy va ilmiy shakllari yuzaga kelgan. Shunday qilib, ma’naviyatning tarkibiy tizimini quyidagilar tashkil qiladi: – axloqiy qarashlar va axloqiy ta’lim; – diniy qarashlar va diniy ta’lim; – badiiy qarashlar va badiiy ta’lim; – falsafiy qarashlar va falsafiy ta’lim; – siyosiy qarashlar va siyosiy ta’lim; – huquqiy qarashlar va huquqiy ta’lim; – ilmiy qarashlar va fan; jami tabiiy va gumanitar fanlar ham shu guruhga kiradi. Oila – ma’naviyatning ilk va daxlsiz beshigi. Insonning ma’naviy komillik maqomlariga ko‘tarilishida oilaviy muhit bilan birga jamoatchilik, ta’lim tizimi, milliy mafkura va davlat faoliyati muhim o‘rin egallaydi. Ularning real harakatlari quyidagi yo‘nalish va shakllarda namoyon bo‘ladi.




    1. Download 170 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling