O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat


Tarbiyaviy tadbirlar asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga va buyuk vatandoshlarga hurmat ruhida tarbiyalash


Download 170 Kb.
bet7/8
Sana05.01.2022
Hajmi170 Kb.
#208761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirsoatov Mirg'iyoz

Tarbiyaviy tadbirlar asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga va buyuk vatandoshlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

Tarixdan ma’lumki, Spitamen, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik, Mahmud Torobiy kabi milliy qahramonlarimiz mavjud bo‘lib, ular ona yurt ozodligi, xalq tinchligi, farovon hayot uchun jonlaridan kelgan insonlardirlar. Shuning uchun ular milliy qahramonga aylanib, millatimizning faxriga aylanganlar. Bugungi kunda o‘quvchi-yoshlarni ularning hayot solnomasidan xabardor qilish, ajdodlarimizga munosib voris bo‘lib, mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishga hormay-tolmay xizmat qilishga undashda tarixiy qadriyatlardan, ayniqsa buyuk sarkarda, milliy qahramonlar jasorati haqida ma’lumot berish muhim tarbiyaviy vosita bo‘lib hisoblandi. Ayniqsa bunday tarixiy qadriyatlardan Buxoro yaqinidagi qishloqda tug‘ilgan, oddiy hunarmand oilasida tarbiya ko‘rgan, yovga nafrat o‘ti, vatanga muhabbat tuyg‘usi bilan yongan, ozodlikni muqaddas burch va majburiyat deb bilgan, o‘zbek xalqi qahramonligini o‘zida to‘liq mujassamlashtirgan, ona yurtini arosatda ko‘rib «Uzoq uxladik, uyg‘onmak kerak, alhol, Tangrim kechirmagay!» deb Chingizxon qo‘shiniga qarshi qo‘zg‘olon ko‘targan va shahid bo‘lgan Mahmud Torobiyning jasorati alohida hurmatga loyiq. U o‘zbek xalqining milliy qahramoni, Buxoroning faxridir. Binobarin, Mahmud Torobiy shaxsida o‘zbek xalqining bahodirligi, kuch-qudrati, iymone’tiqodi mujassamlashgan bo‘lib, u suvda cho‘kmas, olovda yonmas ma’naviy–ruhiy kuchga egaligi bilan tavsiflanadi. Sotqin, vatanfurush, mal’un va nafs hamda boylik bandasi Olovxon Yusuf bilan uchrashganida, unga qahru g‘azab bilan dahshat solib og‘ir yarador bo‘lganidan chalqancha yotgan holda qilich yalang‘ochlab turgan dushmaniga shunday xitob qiladi: «-Ur, inim, ura qol, bas, mahtal qilma! ...Bu jonim omonat, omonat jonni shunday kunda topshirmasam, qachon topshiraman?! Esimni taniganimdan beri orzu qildim Olloh diydoriga yetishmakni, shul saodatni sening qilichingdin buyurgan ekan! Ur, ura qol, mahtal qilma!...» Mahmud Torobiyning oddiy kosiblikdan buyuk sarkarda darajasiga ko‘tarilishi, Vatanga yov bostirib kelganda, ota kasbi elakchilikni tashlab qo‘liga qilich olib jangga chorlanishi, zo‘r kuch-quvvat, yengilmas iroda bilan yovga qarshi shiddatli hujumlarga o‘tishi – bu ona-Vatanini jonu-dilidan sevishi, xalqini mutelik va xoru-zorlikda ko‘rishdan orlanishi, hurriyatga intilishi bu el-yurtga sadoqat ramzi edi. Uning bu mardligini, matonatini, erk, ozodlik yo‘lidagi jon fido qilganligini tarix unutgan emas. Shuning uchun ham uning jasorati o‘quvchilar uchun muhim tarbiya manbai bo‘lib xizmat qila oldi. Tarixiy qadriyatlar tizimida bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning hayot solnomasi va jangovor faoliyat yo‘li ham o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish ta’sirchan vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. Tarixdan ma’lumki, Amir Temur yurtni turli bosqinchilardan tozalab, parokanda yurtni birlashtirib, markazlashgan yagona davlat barpo eta olgan, ilm-ma’rifatga homiylik qilib, madaniyat, ma’rifatni rivojlantirish orqali taraqqiyotni tezlashtira olgan buyuk shaxs, yengilmas sarkarda hisoblanadi. Shuning uchun ham uning hayot yo‘li, jasorati, ilmiy-ma’rifiy faoliyati bugungi o‘quvchilar-yoshlar uchun hayot maktabi, ilm-ma’rifat, adolat, jasorat manbai va fuqarolik tarbiyasi vositasi bo‘lib xizmat qila oladi. Amir Temur o‘z faoliyatida adolatga suyanib yashadi va uni o‘z mamlakatida o‘rnatdi hamda targ‘ib qildi. Uning shiori ham «Rusti-rosti» («Kuch adolatda») degan iboradan tarkib topganligi sababli, uning adolat qilichi bir umr sinmay, doimo unga zafar keltirdi. Amir Temur qoldirgan tarixiy meros «Temur tuzuklari» jahon madaniyati xazinasidan joy olgan asar bo‘lib, u tarixiy taraqqiyotni turli davrlarida davlatni boshqarish ishlarida dasturamal bo‘ldi va shunday bo‘lib qolmoqda. «Temur tuzuklari» sohibqironning 63 yillik (1342-1405) ijtimoiy-siyosiy, madaniyma’rifiy faoliyati aks ettiruvchi asar hisoblanib, unda 27 mamlakatdan iborat markazlashgan davlatni tuzganligi, uni 1)kengash; 2)mashvaratu-maslahat; 3)qat’iy qaror-tadbirkorlik va hushyorlik; 4)ehtiyotkorlik bilan boshqarganligi hamda uning jamiyat kishilariga bo‘lgan munosabati izohlangan. Ilm-fan, madaniyat, ta’lim-tarbiyaning davlat ravnaqi, saltanat rivoji uchun muhim ma’naviy ozuqa ekanligini chuqur his etgan. Amir Temur olim va fozillarga katta e’tibor bilan qaragan, vatan ozodligi, el-yurt farovonligi yo‘lida madaniyatni, fanni asosiy vosita deb bilgan va uni bu haqda u o‘zining «Temur tuzuklari» da shunday yozadi: «Har bir shaharda madrasalar xonaqolar qurishni, yo‘lovchi musofirlar uchun yo‘l ustiga ko‘priklar qurishni buyurdim. Musulmonlarga diniy masalalardan ta’lim berib, shariat aqidalari va islom dini ilmlari, tafsir, hadis, fiqhdan dars bersinlar deb, har bir shaharga olimlar va muddarislar tayin qildim». Amir Temurning siyosiy-ijtimoiy va madaniy faoliyati haqida Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma», Ibn Arabshohning «Ajoyib al-maqdur», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla’-ul-Sa’dayn», Foshx Havofiyning «Majmal-i Fosixiy» kabi asarlarida qimmatli ma’lumotlar bayon etilganki, ular buyuk sarkardaning davlatni boshqarish va ahli fuqaroga munosabatda adolat, insof, diyonat, el-yurtga hurmat, g‘amxo‘rlik nuqtai nazardan yondashilganligi haqida so‘z yuritilgan. Umuminsoniy qadriyatlar milliy qadriya bilan uyg‘unlashsa, o‘quvchida ma’naviy kamolot, fuqarolik madaniyati shakllanishi tezlashishini tadqiqotimiz natijasi ko‘rsatdi. Masalan, 46 butun jahonni mavq etgan Amir Temur ham umuminsoniy qadriyatlarni, ya’ni o‘zga xalqlar, millatlar qadriyatlarini, urf-odatlarini yaxshi bilgan va ularga hurmat bilan yondashgan. Shuning uchun ham boshqa ellar, xalqlarning hurmatini qozona olgan. Markaziy Osiyo xalqlarining umuminsoniy va O‘rta Osiy xalqlari milliy ma’rifiy qadriyatlari asosini tashkil etgan “Tunyukuk bitigi”, “Kul tigin bitigi”, “Bilga xoqon bitigi”, “O‘rxun Enasoy bitiklari”, “Manas”, “Alpomish” dostonlari, “To‘maris”, “Shiroq” afsonalarida vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik kabi umuminsoniy va milliy fazilatlar o‘z ifodasini topganki, ular mustaqillik sharoitida yashab, faoliyat ko‘rsatayotgan har bir o‘quvchiyoshning faxri, g‘ururi va fuqarolik madaniyatining asosini tashkil etadi. Shuning uchun ular o‘quvchining insoniy fikrini uyg‘otadi, ularni millatning o‘tmishi, buguni va kelajagi uchun ma’suliyatli, burchli ekanligini ko‘rsatadi, ya’ni fuqaroligini tarkib toptiradi. Milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyatidan kelib chiqib, dastavval tadqiqotimiz jarayonida o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishni ta’minlaydigan milliy va umuminsoniy qadriyatlar tasnifi ishlab chiqildi. Binobarin jadvalda keltirilgan «Ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar», «Tarixiy qadriyatlar», «Axloqiy qadriyatlar», «Umuminsoniy qadriyatlar», «Milliy marosimlar», «Milliy bayramlar» mazmunini muayyan millat, xalq uning ajdodlariga xos bo‘lgan g‘oyat qadrli ma’naviy–ma’rifiy va moddiy boyliklar tashkil etadi. Shuning uchun ham ular katta tarbiyaviy imkoniyatlarga ega.

Demak, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda ulardan foydalanish mazkur qadriyatlarning mazmun-mohiyati o‘quvchilar bilan birga o‘rganish birinchidan qadriyatga bo‘lgan o‘quvchining hurmat va sadoqatini tarbiyalasa, ikkinchidan, o‘quvchining qadriyat mazmunini boyitishga intilishini kuchaytiradi. Masalan, salomlashish, kattalarga hurmat, kichiklarga e’zozda bo‘lish, o‘zaro yordam, muomala odobi kabi qadriyatlar o‘zbek xalqining asrlar davomida asrab kelinayotgan va avloddan-avlodga o‘tib, boyib, sayqal topib, rivojlanib borayotgan qadriyat hisoblanib, u o‘tmish ajdodlarimizning ma’naviy–axloqiy, badiiy–estetik odatlaridan darak berib, talab-yoshlarning insoniy burch, ma’suliyat, majburiyatini, mustaqillik tafakkuri bilan boyitishga ko‘maklashadi. Shunday ekan o‘quvchilarga ushbu qadriyatlarning ahamiyatini falsafiy-pedagogik talqin qilish, ma’naviy-ma’rifiy mazmunini yoritish yoshlarni ezgu niyatlar sari yetaklashga imkoniyat yaratish muqarrar. Shuning uchun ham qadriyatlarni asrab avaylash, ularga hurmat bilan qarash va sodiq qolishga o‘quvchilarni o‘rgatish oliy ta’lim professor–o‘qituvchilarining kasbiy– ma’rifiy burchi hisoblanadi. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ta’kidlaganidek, «Fuqarolar O‘zbekiston xalqining tarixiy ma’naviy va madaniy merosini avaylab asrashga majburdirlar». Bu tadbirlar oliy o‘quv yurtlarida har hafta o‘tkaziladigan “Ma’naviyat soatlari” va “Ma’naviyat kunlari”ning tarbiya darslarida olib borildi. Ma’lumki, buyuk insonlar va mashhur kishilarning ta’limoti, turmush tarzi muhim qadriyat hisoblanadi. Shu ma’noda ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlar tizimidagi mashhur shoirufuzalolar, buyuk siymolarning hayot va ijod yo‘li, qomusiy olimlar, diniy ilm namoyondalarining ta’limoti, o‘tmish va hozirgi kundagi donish uylari yoshlarimizga inson va uning aqliy tafakkurning qudrati haqida ma’lumot berib, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyati to‘g‘risidagi tushunchalarni boyitishga shakllantirishga ko‘maklashishi bilan birga millatning, xalqning urfodatlarii, milliy-mintaqaviy jihatlari, inson qudrati, uning qadr-qimmati haqida bilim beradi va insonni e’zozlash, uning qadr-qimmati, shaxsini hurmat qilishni o‘rgatadi. Natijada o‘quvchilarda, buyuk insonlarga hurmat, ular ta’limotiga e’tiqod, ota-onaga sadoqat, qo‘ni-qo‘shni, mahalla-kuyga hurmat kabi fazilatlar tarkib topa boradi. O‘z turmushini yaxshilash, bilimini oshirish, mehnat ko‘nikmalarini takomillashtirish, sog‘ligini avaylash, jismoniy va aqliy kuchlarini yuksaltirishni tarbiyalaydi. Zero, halollik, iymon, vijdon, adolat, mehr–shavqat, insonni ulug‘lash va e’zozlash kabi sharqona fazilatlar fuqarolik madaniyatini shakllantirishning asosi bo‘lib xizmat qiladi. O‘quvchi-o‘quvchilarda tarixiy qadriyatlar muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Modomiki inson va uning hayoti, ijod yo‘li oliy qadriyat hisoblanar ekan, uning mehnati, hattiharakati, odob–axloqi, aql-zakovati, ma’naviy-axloqiy salohiyati bilan yaratilgan tarixiy merosni o‘rganish, uning asosida yoshlarning shaxsiy fazilatlarini tarkib toptirish muqaddas burch hisoblanadi.

Ma’lumki, ota-bobolarimiz azal-azaldan inson tarbiyasi masalalariga jiddiy e’tibor berib kelishgan va bu an’ana avloddan-avlodga ko‘chib, takomillashib, yangicha usullar evaziga boyib borgan. Zotan, inson ma’naviyati tarbiyaga bog‘liq. Tarbiyasiz ma’naviyat poydevorsiz binoga o‘xshab omonatlik kasb etadiki, bu holni sharhlab, izohlab o‘tirishning hojati yo‘q. Shu boisdanda, ta’lim-tarbiya jarayoniga barcha davlatda kuchli extiyoj sezilgan. Ma’naviy islohot ma’naviyatimiz manbalari va sarchashmalari bo‘lgan madaniy merosimizni istiqlol mafkuramizning asosiy manbalaridan biri sifatida qarash bilan birgalikda bu merosni har tomonlama xolisona o‘rganishni, uning hozirgi davrimiz uchun nihoyatda ahamiyatli ekanligini nazarda tutadi. Shu bilan birgalikda ma’naviy soha milliy qadriyatlarimizni tiklash, ularni to‘plash, o‘rganish, xalqqa yetkazib berishni ma’naviy siyosatimizning poydevoriga aylantirish kabi jihatlarni ham qamrab oladi. O‘zbekistonda bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirishning xos va mos xususiyati shundan iboratki, bu munosabatlar ijtimoiy-ma’naviy yo‘naltirilgan, milliy mazmunga ega. Ana shu munosabatlarni shakllantiradigan va unda faoliyat ko‘rsatadigan kadrlarning ma’naviy dunyosi - «Men»i yuksak ideallar, milliy qadriyatlar asosida qaror topishi zarur. Boshqacha qilib aytganda, bozor iqtisodiyoti munosabatlarini shakllantirish, xuquqiy demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qaror toptirish maqsad o‘zida milliy va umuminsoniy ijobiy fazilatlarni mujassam qilgan, yuksak madaniyatli insonlarni voyaga yetkazmay turib erishib bo‘lmaydi. Ilm-fan jadal taraqqiy etayotganligi tufayli turli fan sohalarida erishilgan yutuqlar tez yangilanib bormoqda. Bilim o‘sish omilidir, uni vaqt talabi darajasida texnika o‘sishidan bir necha barobar tez yangilab borish kerak. Shu tufayli oliy va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi sohasida ishlayotgan kadrlar malakasini oshirish ham katta e’tiborga molikdir. Ayniqsa, madaniy–ma’rifiy, ijtimoiy fanlarning mohiyati, mafkuraviy jihatdan yangilanib zamonaviylashganligi va ko‘pgina masalalarning eskirganligi bu soha o‘qituvchilarining malaka oshirishini yanada dolzarb masalaga aylantiradi



XULOSA

Mavzu yuzasidan yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib quyidagi umumiy xulosalarga kelindi:

1. Jamiyat ma’naviyati - ijtimoiy tarbiya mahsulidir. Shu sababli ma’naviy tarbiyaning ilmiy asoslarini ishlab chiqish jamiyat ma’naviy yangilanishining strategik yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Chunki xalqimizning milliy o‘ziga xosligi, ma’naviyatini saqlab qolish, tiklash va takomillashtirishni uning ma’naviy tarbiya an’analariga tayanmay amalga oshirish mushkul.

2. Ma’naviy va ma’rifiy ishlar yuzasidan o‘tkaziladigan tadbirlarning muayyan majmui xalqimizning tarixi, urf­odatlari, rasm­rusmlari asosida tayyorlanib, o‘quvchi­yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat uyg‘otish ruhida o‘tkazilishi muhimdir. Shuni ham aytish kerakki bunda milliy o‘ziga xoslikka haddan tashqari e’tiborni qaratish, boshqa millatlarning an’analari, urf­odatlarini ozgina bo‘lsa­da kamsitish, behurmat qilish kabilarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Milliy qadriyatlar bo‘yicha tayyorlanadigan tadbirlar umuminsoniy qadriyatlar bag‘rida, u bilan ichki, uzviy aloqadorlik tarzida o‘tkazilishi lozim.

3. Ma’naviyat va ma’rifat jamiyat oldida turgan muammolar mohiyatini o‘zida ifoda ettiradi hamda uni hal qilish uchun fuqarolarning davlat manfaatlarini birlashtiradi. Ma’naviyati va ma’rifati zamonaviy rivojlangan mamlakatlarda xalqning vatanparvarlik va millatparvarlik tuyg‘ulari kuchli bo‘ladi. Bunday holat o‘z navbatida davlat va xalqning birligini mustahkamlashda turli xil millatlar va ijtimoiy qatlamlarning bir-birlari bilan umummanfaatlar yo‘lida jipslashishlarida qudratli omil sifatida xizmat qiladi;

4. Yosh avlodni sportning barcha turlariga jalb kilish, ularda jischmoniy madaniyatni takomillashtirish – ma’naviy-ma’rifiy ishlar tizimining tarkibiy kismidir. Bu esa mazkur yunalishda olib boriluvchi ishlarni muayyan tartibga solish va uning sub’ekti masalasini kun tartibiga kuydi. Natijada o‘quvchilar uylarining jismoniy tarbiya tashkilotchisi to‘g‘risida Nizomi ishlab chikildi.

5. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bolalarni ijodkorlikka da’vat etuvchi tarbiyaviy maskandir. Pedagogik tajribalar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi sharoitda maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni olib boruvchi bolalar uylari, yoshlar saroylari, yosh texniklar saroylari, yosh texniklar uylari maktab tarbiyasining uzkiy davomchisi bo‘lib qolishi kerak. O‘zbekiston Respublikasining «Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar konsepsiyasi», bu ishlarni rejalashtirish va amalga oshirishda asos bo‘ladi.

6. Maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar unda qatnashuvchilarning ma’naviy va jismoniy rivojlanishi hamda yosh xususiyatlariga ko‘ra belgilanadi. Bu jarayonda ular ta’lim olayotgan maktabning sharoiti ham ta’sir etadi. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay ishlashni taqozo etadi. Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni 51 ko‘ngildagiday olib borishda o‘sib kelayotgan yosh avlodni yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalashda oila va mahalla hamkorlikda ish olib borishi lozim. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, tahlil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarosi bo‘lishlari lozim.




Download 170 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling