O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat


Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari


Download 170 Kb.
bet2/8
Sana05.01.2022
Hajmi170 Kb.
#208761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirsoatov Mirg'iyoz

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar, uning mazmuni, mohiyati va yo‘nalishlari.

  • Xotirlash – ehtirom va e’zoz eshigi.


    2-bob. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning metodikasi va tamoyillari.
      1. Ma’naviyat va ma’rifat tadbirlarini tashkil etish asosida o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish.


      2. Tarbiyaviy tadbirlar asosida o‘quvchilarni milliy qadriyatlarga va buyuk vatandoshlarga hurmat ruhida tarbiyalash.

    Xulosa.


    K I R I SH

    Mavzuning dolzarbligi. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish – ma’rifat va madaniyat borasida olib borilayotgan islohotlarni mustahkamlashda asosiy omillaridan biri sanaladi. Ma’naviyatsiz, ma’rifatsiz jamiyat rivojlana olmaydi. Insoniyatning, millatning ma’naviy ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladigan ilmiy bilimlar, falsafiy, ahloqiy, huquqiy, estetik, badiiy g‘oya va ideallar yig‘indisi, xalq ma’naviy merosi, qo‘shiqlari, maqollari, xikmatli so‘zlari, termalari, laparlari, matallari, she’riyati millatning ma’naviy qadriyatlaridir. O‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalari ma’naviyma’rifiy ishlar tizimi ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchi shaxsining axlo qiy-ruhiy mohiyatini shakllantiradi. Ma’nan, axloqan, ruhan barkamol inson o‘z Vatani, xalqi oldidagi burch va mas’uliyatini teran anglab yetadi, xalqi uchun, uning moddiy va ma’naviy madaniyati kelajagi uchun qayg‘uradi. I.Karimov tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyada mamlakatimiz va xalqimiz taraqqiyotini ta’minlashning asosiy omili sifatida milliy-ma’naviy tiklanish ustuvor o‘rinni egalladi. Bu albatta, bejiz emas. Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti, millat kamoloti va shaxs barkamolligini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi, chunki ma’naviyat rviojlangandagina jamiyatda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy barqarorlik vujudga keladi hamda mamlakat va millat taraqqiy etadi. Bu o‘z navbatida shaxsnng barkamol rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan zamin bo‘lib xizmat qiladi. Buni chuqur his qilgan va o‘z qalbidan o‘tkazgan Prezidentimiz I.Karimov mamlakatimiz o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin ona zaminimizda demokratik jamiyatni qurishning nazariy konsepsiyasini ishlab chiqar ekan, iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurishni milliy-ma’naviy tiklanish bilan uyg‘un holatda bo‘lishi kerakligini ham ilmiy asoslab berdi. u o‘zining hajmi jihatdan kichik bo‘lsa, ham, ammo, mamlakatimizda yangi jamiyat qurishning ilmiy-nazariy asoslarini aks ettirilishi jihatdan mukammal, fundamental dastur bo‘lgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida mustaqillikdan keyin O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy sohasidagi strategik vazifalarni ham belgilab berdi. Umuman bu asar O‘zbekistonda yangi jamiyat qurishning ilmga asoslangan dasturi hisoblanadi. Chunki unda iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy hayotni qayta qurish sohasida ilgai surilgan barcha g‘oyalar o‘tgan davrda o‘zining ifodasini topdi va jamiyatimiz tubdan yangi bosqichga ko‘tarildi. Darhaqiqat, demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurilayotgan bugungi kunda O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori hisoblangan barkamol avlodda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik, adolatparvarlik kabi ma’naviy-ahloqiy negizlarni shakllantirish muhim o‘rin tutadi. Shu jihatdan ham o‘rta maxsus kasb-hunar ta’lim muassasalarida ma’naviy- 4 ma’rifiy tarbiya tizimi o‘zining dolzarbligi bilan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” doirasida ham alohida ahamiyat kasb etdi. Chunki, unda o‘quvchi-yoshlarda milliy o‘zlikni anglashni yuksak darajaga ko‘tarish, fidoyilik, vatanparvarlikni shakllantirish, o‘z vatani bilan faxrlanish, xal qimizning milliy madaniy merosiga hurmat bilan qarashni shakillantirishga qaratilgan tarbiya tizimi kadrlar tayyorlash va ularni qayta tayyorlashda muhim omil ekanligiga ulkan e’tibor qaratildi.


    Download 170 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling