O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat


-bob. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning metodikasi va tamoyillari


Download 170 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi170 Kb.
#208761
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mirsoatov Mirg'iyoz

2-bob. Ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etishning metodikasi va tamoyillari.
    1. “Ma’naviyat soatlari”ni tashkil etish asosida o‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini shakllantirish.


O‘quvchi-yoshlarda vatanparvarlik hissini milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida shakllantirishda o‘qituvchilar va murabbiylar quyidagilarga qat’iy rioya qilsalar maqsadga muvofiqdir:

 xalq orasida keng tarqalgan va yoshlar fuqarolik madaniyatining shakllanishiga ta’sir etuvchi milliy va umuminsoniy qadriyatlarni ijobiy fazilat kasb etgan qadriyatlar mohiyatini atroflicha tushuntirish;



 tashkiliy-pedagogik tadbirlarning suhbat, munozara, savol-javob kechalari, konferensiya, ekskursiya kabi usullaridan keng foydalanib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risida puxta ma’lumotlar berish;

 o‘quv mashg‘ulotlari, tarbiyaviy tadbirlar jarayonida o‘rganilayotgan mavzular mazmuni bilan bog‘lab, o‘quvchilarning insoniy madaniyati, bilimlari saviyasini takomillashtirishga erishish. “Ma’naviyat” soatlarida va boshqa ma’naviy-ma’rifiy tarbiya tadbirlarida o‘quvchilarning milliy va umuminsoniy qadriyatlar to‘g‘risidagi tasavvurlarini, bilimlarini mustaqil, ijodiy tarzda bayon etishi ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish. O‘zbek xalqining turli asrlar mobaynida shakllanib, davr ruhidan yangi mazmun kasb etib millatning quvonchi, qo‘lga kiritilgan g‘alabasini, muvaffaqiyatini, iftixorini aks ettiruvchi milliy bayramlari mavjud. Ular shaklan milliy, mazmunan hududiy xususiyat kasb etib o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirish uchun muhim vosita bo‘lib xizmat qilishi tabiiy. “Chunki kishilar, ayniqsa bolalar baramda eng yaxshi kiyimlarini kiyadilar, lazzatli taomlar tayyorladilar, ularda ko‘tarinki kayfiyat hamroh bo‘ladi, eng yaxshi an’analarga rioya etishlarini, o‘zlarining qobiliyatlarini, ijodkorliklarini namoyish qiladilar. Demak, bayram – ijtimoiy, madani, ma’naviy yutuqlarini namoyish etuvchi, shu yutuqlar asosida tarbiyalovchi vositadir. Shu boisdan bayramlar o‘quvchi-yoshlar tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiluvchi o‘ziga xos sehrli kuchga egadir”. Mamlakatimizda milliy bayramlarimiz juda ko‘p. Bular madaniyat, san’at, mehnat, ma’rifat, oilaviy, diniy, ommaviy yo‘nalishga ega bo‘lgan bayramlardir. Ular ichida eng ta’sirchani, muqaddasi mustaqillik bayramidir. Ma’lumki, 1991 yil 1 sentabr O‘zbekiston xalqi, o‘zbekiston millatining hayoti uchun mo‘’tabar xun bo‘lib, uning tarixiga zarhal harflar bilan yoziladi. Bu kun O‘zbekiston mehnatkashlari uchun aziz bayram mustaqillik bayrami, Umumxalqbayrami bo‘lib qoldi. Xalqimizning azaliy orzusi, maqsad-muddaosi ushaldi. Shuning uchun bu bayram elimizda har 40 yili katta shodiyonalik, faxru-iftixor bilan nishonlanadi. Yurtimiz yangicha ko‘rinish, chiroy kasb etadi. Mustaqillik har mamlakat kishisi, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar qalbini tug‘yonga keltiruvchi, ularni yangi zafarlar sari chorlovchi bayram hisoblanadi. Zero, mustaqillik mamlakatda tinchlik va demokratiya, erkinlik va mustaqil fikrlash, farovonlik va tashabbuskorlik, vijdon va oriyatni tarkib toptirib, har bir yoshning kamolotga erishishining shart-sharoitlaridir. Qolaversa, bu yurt Sirojiddin Sayid “Vatan nadir” she’rida yozilganidek: Beshta beku beshta xon birlashmagan, Millat debon, Vatan debon sirlashmagan, Bir yer bo‘lib, bir qir bo‘lib yer talashgan, To‘zg‘ib yotgan, xonavayron yurt edi bu. ... Bir sultoni Xudo yurtga qarab bergay, Olam ahli so‘ng u yurtga taraf bergay, Abadiyat qadar unga sharaf bergay, Sharaf-shoni ro‘yi jahon yurt bo‘ldi bu!Mustaqillik – bu tarbiyashunos olim Safo Ochil yozganidek: “Mustaqillik – iymon, e’tiqod erkinligi. Mustaqillik – milliy qadriyat, ma’naviyat va madaniyat, ma’rifat va din-dinat ozodligi. Mustaqillik – davlatning milliy chegarasi, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jihatdan daxlsizligi. Mustaqillik – muayyan davlatning davlat boshqaruviga, uning ichki ishlariga hech kimning aralashmasligi. Mustaqillik – milliy tilning davlat mavqeiga ega bo‘lishi. Mustaqillik – milliy armiyaning barqarorligi, yagonaligi va uning boshqalarga bo‘ysunmasligi; Mustaqillik – davlat hududidagi barcha yer osti va yer usti boyliklari, shuningdek unga tegishli chegara osmonining daxlsizligi; Mustaqillik – tashqi mamlakatlar bilan har qanday aloqa va munosabatlar erkinligi; Mustaqillik – o‘z kuchiga ega bo‘lish va h.k.”. Darhaqiqat, O‘zbekiston mustaqilligining asosini shu diyorining o‘zi, uning xalqi, uning ma’naviy va madaniy merosining mazmunini tashkil etgan onatili, tarixi, urf-odatlari, an’analari, marosimlari tashkil etadi. Shuning uchun ham mustaqillik qadriyat hisoblanadi. Zero, mustaqillik davlatni davlat, millatni millat, elni el etadi. Uning mohiyat-mazmunini anglagan har bir fuqaro, shu jumladan, yoshlar uni asrab-avaylashga, qudratini yuksaltirishga, unga sodiq qolishga astoyidil o‘qiydi va mehnat qiladi, Vatanga muhabbat tuyg‘usini izhor etadi. 41 Shunday ekan bayram kunlarida oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilari, murabbiylari, guruh rahbarlari o‘quvchilarga mustaqillikning mazmunini teranroq anglashga ko‘maklashishi, O‘zbekistonning davlat ramzlari – bayrog‘i, tamg‘asi (gerbi), madhiyasi bilan faxrlanishga da’vat etishi, uning Konstitutsiyasi to‘g‘risida tushuncha berib, yoshlarni elim deb, xalqim deb yonib yashashga o‘rgatishi lozim. Shuni inobatga olib, tajriba ishlari olib borgan ob’ektlarda “Mustaqillik – buyuk qadriyat”, “Mustaqillik sodiqlik – elga sodiqlik”, “Mustaqillik – mening hayotimda”, “Mustaqillikni asrash har bir yoshning – fuqarolik burchi”, “Men nechun ardoqlamay mustaqillikni”, “Gulla, yashna mustaqil O‘zbekiston”, “Mustaqillik bo‘lsang mustaqil bo‘l! Davlat bo‘lsang, davlat bo‘l!” mavzularida munozaralar, suhbatlar, tarbiyadarslari, ma’naviyat soatlari, savol-javob davralari tashkil qilindi. Shuningdek mustaqillik yillarida mamlakat fani, madaniyati, texnikasi, qishloq xo‘jalig, maorifi, adabiyoti, san’ati erishgan yutuqlarini aks ettiruvchi foto lavha albomlari, bukletlar, diagrammalar tuzildi. “Mustaqillik – mening taqdirimda” badiiy kecha o‘tkazildi (uning ssenariysi5-chi ilovada ifodalangan). Kelajakda mustaqillikni mustahkamlash va takomillashtirish orqali mamlakatni buyuk davlatlar darajasiga ko‘tarish uchun yoshlarda quyidagilarni mujassamlashtirish maqsadga muvofiq: Mustaqillik – buyuk ne’mat, uni qadrlash, mustahkamlash va rivojlantirish mamlakat har bir fuqarosining insoniy burchi. Mustaqillik – o‘z taqdirini o‘zi qo‘lga olishi o‘zligini anglashi, o‘zining tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, an’analarini mo‘’tabar deb bilish. Mustaqillik – tinchlik, erkinlik, millatlararo totuvlik, diniy bag‘rikenglik. Mustaqillik – jamiyatni insonparvarlashtirish va insonni ijtimoiylashuv jarayoni. Mustaqillik – demokratiya, huquqiy-axloqiy barkamollik. Mustaqillik – milliy merosimizga hurmat, mehr-shafqat, ozod va tinch yashash huquqi. Mustaqillik – ilm-fan, madaniyat, ma’rifat, san’at va Vatan ravnaqi. Mustaqillik – tabiiy, ma’naviy boyliklar o‘zi egalik qilish, ularni asrab-avaylash va ko‘paytirish demak. Mustaqillik – bu o‘tmish allomalari, fan, madaniyat fidoyilari ta’limotiga hurmat, muhabbat, dinimizga e’tibor va ularga sadoqat. Mustaqillik – mamlakatda demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish uchun ongimiz va fikrimizni yanada yuksaltirish hamda jahonhamjamiyatida o‘z o‘rnimizni egallashdir. Vatanparvarlikni shakllantirishda o‘quv mashg‘ulotlari, ma’naviy–ma’rifiy tarbiya ishlari bilan birga, milliy va umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish muhim ijtimoiy-pedagogik ahamiyat kasb etadi. Zero, milliy va umuminsoniy qadriyatlar millatni, xalqni jumladan, 42 o‘quvchi-yoshlarning buyuk kelajak va ulug‘vor maqsadlarga yetaklash, taraqqiyot, Vatan ravnaqi uchun doimo ma’suliyat sezib yashash hamda yetuk shaxs bo‘lib tarbiyalanishlari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Darhaqiqat, o‘zbek xalqining madaniy va siyosiy hayotida asrlar davomida shakllanib, sayqallanib va takomillashib kelayotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar mazmunida xalqning noyob urf-odatlari, an’analari, intizomi, madaniyati, hayot qonunlari mujassamlashtirgan bo‘lib, ular kishilarning moddiy va ma’naviy hayotini mukammalashishiga, iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga zamin tayyorlab kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Shuning uchun ham ular oliy o‘quv yurti o‘quvchilarida fuqarolik madaniyatini shakllantirishda muhim mexanizm rolini o‘tashi tabiiy. Qadriyat atamasi ilmiy manbalarda qayd etilishicha, inson tomonidan amalga oshiriluvchi faoliyatining mazmunini ochib beruvchi falsafiy–sotsiologik va aksiologik tushuncha hisoblanib, voqelikdagi voqea va xodisalarning ijtimoiy-madaniy xususiyatini aks ettiradi. Chunonchi, «Mustaqillik: izohli ilmiy–ommabop lug‘atida qayd etilishicha, «Qadriyatlar–borliq va jamiyat, narsalar, voqealar, hodisalar, inson hayoti, moddiy va ma’naviy boyliklarning ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llaniladigan tushuncha». Albatta, ushbu tushuncha muayyan jamiyat, sinf yoki fuqarolar turmushi va madaniyatining jixatlarini ifodalab ular inson ma’naviy–kamoloti, yoki jamiyatning u yoki bu ehtiyojini qondirish, shaxsiy va ijtimoiy faoliyatini boyitishga xizmat qiladigan ne’matdir. Shuning uchun u inson va jamiyat rivojiga ijobiy hissa qo‘shadigan millat, elat hamda ijtimoiy guruhlarning manfaatlari, maqsadlariga xizmat qiladigan pedagogik omil hisoblanadi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlardan biri – bu milliy va umuminsoniy qadriyatlarning qayta tiklanishi, ularga yangicha mazmun berilishi bo‘ldi. Darhaqiqat Respublika prizedenti I.A Karimov mustaqil O‘zbekistonni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlari xususida gapirar ekan, bu negizlar: o umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; o xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; o insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; o vatanparvarlik”dan iborat bo‘lishi kerak deb ta’kidlar ekan, mazkur ma’naviy-axloqiy negizning kuch-qudrati umuminsoniy va milliy qadriyatlarning mushtarakligini uqtiradi. Chunki, qadriyatlar xoh u umuminsoniy bo‘lsin, xoh milliy jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllanib, rivojlanib o‘tmish uchun muhim jamiyat etib qolmasdan, balki bugungi kun, kelajakning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma’rifiy taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatuvchi hodisa hisoblanadi. Qadriyatlar jamiyat ijtimoiy va ma’naviy-iqtisodiy taraqqiyotning zaruriy mahsuli, 43 muayyan bir davr, sharoit va ehtiyojning ko‘zgusi sifatida milliyligi va umumbashariyligi bilan farqlanadi. Milliy qadriyatlar ma’lum bir millatning tarixini, madaniyatini, tilini, san’atini, adabiyotini, ruhiy va axloqiy-estetik fazilatarini qamrab oluvchi, uning o‘tmishi, hozirgi davi va kelajak taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etuvchi, millatni birlashtiruvchi axloqiy-ma’naviy, ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-madaniy munosabatlar majmuidir. Shu ma’noda milliy qadriyat millat va xalq uchun o‘tmish ajdodlari, hozirgi avlodlari tomonidan yaratilib, eng katta va kuchli moddiy hamda ma’naviy boylik sifatida e’zozlanadi, asrab-avaylanadi va yosh avlod tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Umuminsoniy qadriyatlar turli millat va elatlarning tarixi, turmush tarzi, madaniyatining bir-biriga o‘xshashlik, bir butunlik tomonlarini ifodalaydi. Uning asosini, dunyo xalklari o‘rtasidagi tenglik, xamjixatlik, adolat o‘zaro hamkorlik, xalqaro huquq normalariga asoslangan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, ma’rifiy-madaniy, xususiyatlar tashkil etadi. Insoniyat aql-idroki va tafakkurining buyuk samarasini tashkil etgan fan-texnika taraqqiyoti, madaniy-ma’rifiy yutuqlar, dunyo mamlakatlari va xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiysiyosiy hamkorlik umuminsoniy qadriyatlar mazmunini qamrab oladi. Umumbashariy qadriyatlar o‘quvchilarda dunyo xalqlarining hayoti, madaniyati, mehnat faoliyati, odati, marosimlari, urf-odatlari haqida ma’lumot berib, ularni insoniyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma’naviy, estetik, axloqiy, mehnat, falsafiy madaniyatiga yaqinlashtiradi. Buning natijasida o‘quvchilar mamlakatda yashaydigan turli millat, elat, xalqning ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, mehnat faoliyati, turmush tarzi, yashash sharoiti bilan bog‘liq holda, shu millat, elat, xalqning turli urf-odatini, axloq normalarini, odobini, o‘tmishi va kelajagini bilib oladilar. Shuni alohida ta’kidlash joizki, o‘quvchilarda fuqarolik madaniyatini shakllantirishda milliy va umuminsoniy qadriyatga sadoqat, madaniy merosimiz, tariximiz, ona tilimiz, ruhiyatimizga hurmatni tarkib toptirishga xizmat qiladi va yoshlarni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning tashabbuskor shaxsiga aylantiradi. Demak, bo‘lajak mutaxassislarni maktabdanoq o‘qish jarayonida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni o‘rganishga va ular asosida tadbirlar tashkil qilib o‘tkazishga jalb qilish, ajdodlarimiz va butun jahon xalqlarning hayot tarzi mehnat faoliyati, turmush odobi, ijtimoiy– tarixiy taraqqiyotini mukammalroq o‘rganishga ko‘maklashadi. Va ular o‘quvchilarning xulq madaniyati, iymon–e’tiqodi, ijodiy, mustaqil tafakkuri, mehnat ko‘nikmalari kabi fuqarolik madaniyatining sifatlarini shakllantirishga yordam beradi. Bu esa fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidan dadil odimlayotgan mamlakatimiz uchun ham, tadbirkor, ishbilarmon, fidoyi, Vatanni, xalqi uchun yonib yashaydigan fuqarolarni voyaga yetkazish uchun muhim pedagogik 44 voqea bo‘lib xizmat qiladi.


    1. Download 170 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling