O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o. Murtazayev, F. Axrorov


-jadval Umumiy yer maydoni va qishloq xo’jaligi yerlarining yerdan foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishi(2004 va 2013 yillar taqqoslama tahlili)


Download 1.77 Mb.
bet40/157
Sana25.02.2023
Hajmi1.77 Mb.
#1228551
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o (1)

2-jadval
Umumiy yer maydoni va qishloq xo’jaligi yerlarining yerdan foydalanuvchilar bo’yicha taqsimlanishi(2004 va 2013 yillar taqqoslama tahlili) (1 yanvarga; ming ga.)*



Yillar

Jami yer

Qishloq xo’jalik korxonalari va xo’jaliklarning yerlari

Shu jumladan:

Fermer xo’jaliklari
ning yerlari

Dehqon xo’jaliklari
ning yerlari




Umumiy yer maydoni

1.

2004

44410,3

22570,4

2354,0

607,5

2.

2013

44410,3

20481,1

5886,6

616,1




Qishloq xo’jaligining barcha yerlari

1.

2004

25681,3

17391,0

2146,7

493,3

2.

2013

25251,5

15600,9

5222,5

499,8




Haydaladigan yerlar

1.

2004

4042,7

4021,2

1623,1

418,8

2.

2013

4062,5

4043,4

3546,0

420,1




Bog’lar va uzumzorlar

1.

2004

337,0

323,4

46,6

74,5

2.

2013

358,3

344,6

281,8

79,7




Pichanzor va yaylovlar

1.

2004

21217,1

12963,2

455,2

-

2.

2013

20750,3

11134,5

1361,2

-

* O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi. Yillik statistik to’plammateriallari.Toshkent 2013 yil
Keyingi o’n yilliklar davomida qishloq xo’jaligining barcha yerlarida haydaladigan yerlarning, bog’lar va uzumzorlarning hamda pichanzor va yaylovlar egallagan maydonlarning salmog’i o’sib borish tendensiyasiga ega.


2. Mulk munosabatlari sistemasida yer resurslari. Yer mulkini ro’yobga chiqarishning iqtisodiy mexanizmi

Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi mulk munosabatlari sistemasida yer resurslari alohida o’rinni egallaydi. Yerga mulk munosabatining mohiyati quyidagilarda namoyon bo’ladi.


Birinchidan, yerga mulkchilik, uning biror bir kishiga yoki guruhga tegishliligini bildiradi.
Ikkinchidan, bozor xo’jaligi sharoitida yerga bo’lgan mulkchilik undan foydalanuvchilar va egalik qiluvchilar iqtisodiy manfaatining manbai bo’lib qoladi, ya’ni pirovard natijada unga sarflanadigan yuqori unumli mehnatga manfaat uyg’otadi.
Uchinchidan, yerga bo’lgan mulkchilik o’z navbatida, faqat undan samarali foydalanishni emas, balki yer uchastkalarining holati uchun javobgarligini ham keltirib chiqaradi.
Yer mulkini ro’yobga chiqarishda yer munosabatlarini bilish muhimdir.
Demak,Yer munosabatlario’z ichiga yerga bo’lgan mulkchilik, shuningdek, yerni ishlatish davrida va uni ijarga olish, taqsimlash va undan foydalanganlik uchun to’lovlarni amalga oshirish jarayonida paydo bo’ladigan munosabatlarni oladi.
Yer oboroti yer uchastkasi mulkdorlari, egalik qiluvchilari va foydalanuvchilari o’rtasida yerni turli maqsadlarda qayta taqsimlash tizimini bildiradi. Bu tizim, yer bilan bog’liq – ijara, oldi-sotdi, meros qoldirish, sovg’a qilish, garovga berish va boshqalar kabi turli operasiyalarni o’z ichiga oladi.
Ya’ni, qishloq xo’jaligini rivojlantirishning hozirgi etapida yer resurslarini xalq boyligi sifatida ro’yobga chiqarishning shakllari quyidagilar:
1.Yerga xususiy mulk;
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish;
3.Yerdan doimiy yoki vaqtincha foydalanish;
4.Yerni ijaraga berish.
1.Yerga xususiy mulk yer uchastkalaridan to’liq foydalanish huquqini, ya’ni uni sotish va meros qoldirish huquqini beradi.
2.Yerga umrbod merosli egalik qilish mamlakat fuqarolariga dehqon xo’jaligini yuritish, bog’dorchilik, chorvachilik va boshqa maqsadlarda foydalanish uchun beriladi. Yerdan doimiy foydalanish huquqi davlat xo’jaliklariga, jamoa xo’jaliklariga, kooperativ korxonalarga, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yurgizish uchun beriladi.
3.Yer uchastkalaridan doimiy (ko’rsatilmagan muddatda) yoki vaqtincha (qisqa muddatli - 3 yilgacha, uzoq muddatli-10 yilgacha va undan yuqori) foydalanish masalasi tuman hokimiyati tomonidan hisobga olinadi. Bundan tashqari, yerdan doimiy yoki vaqtincha foydalanish uchun sanoat, transport va boshqa noqishloq xo’jaligi davlat, kooperativ, jamoat korxonalariga, muassasa va tashkilotlarga, mamlakat mudofaasi uchun, diniy tashkilotlarga, turli qo’shma korxonalar va tashkilotlarga beriladi.
4.Yerni ijaraga berish.
Ijara munosabatlari O’zbekiston respublikasining “Ijara to’g’risida” gi qonunining 1-moddasiga asosan quyidagicha ta’riflanadi: “Ijara shartnoma asosida yerga, boshqa tabiiy resurslarga, shuningdek xo’jalik faoliyatini va o’zga faoliyatni mustaqil ravishda amalga oshirish uchun ijarachiga zarur bo’lgan mol-mulkka haq evaziga muddatli egalik qilish va undan foydalanishdan iboratdir”. Shuningdek, qishloq xo’jaligida ijara munosabatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003-yil 5-noyabrdagi «Qishloq xo’jaligida ijara munosabatlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» gi 486-sonli qarori asosida tartibga solinib turiladi.
Respublikada yer davlat mulki hisoblanib, uning oldi-sotdisi, ya’ni yer bozori shakllanmagan. Shuningdek, yerni sovg’a qilish, garovga berish operasiyalari ham unchalik rivojlanmagan. Faqat 2004 yil 26 avgustda qabul qilingan “Fermer xo’jaligi to’g’risida” gi qonunning yangi tahririga asosan uni ishlab chiqarish vositasi sifatida keyingi foydalanuvchilarga meros qoldirish mumkinligi belgilab qo’yilgan.
Demak, yer oborotining normal amal qilishiga to’sqinlik qiluvchi bir qancha sabablar bo’lib, ular quyidagilardir:
-yer munosbatlarini boshqarishning, tartibga solishning hozirgi konsepsiyasidagi qarama-qarshiliklar;
-mamlakat miqyosida ham, alohida hududlarda ham yer oborotini rivojlantirish uchun samarali huquqiy asosning yo’qligi;
-yer bozori infratuzilmasining kuchsiz rivojlanganligi, qaysiki, mamlakatning ko’pgina hududlarida unga bo’lgan extiyojga mos kelmaydi;
-yerga mulkchilik huquqini ro’yobga chiqarishda paydo bo’ladigan, eng avvalo, natura shaklida yer uchastkasini ajratish bilan bog’liq bo’lgan, bitimlarni huquqiy, tashkiliy va texnik rasmiylashtirish tartiblarining qiyinligi kabi; ayniqsa yer egalari hissalarining mulk huquqini ro’yobga chiqarishga tegishli ko’p sonli to’siqlar.
O’zbekiston Respublikasida yerga egalik qilish va yerdan foydalanish pullik hisoblanadi. Yer uchun to’lovlarni kiritishdan asosiy maqsad yerdan oqilona foydalanishni rag’batlantirish, yerlarni o’zlashtirish va muhofaza qilish, tuproq unumdorligini oshirish, turli sifatli yerlarda xo’jalik yuritishning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini tenglashtirish hisoblanadi.
Yer uchun to’lovlar uch xil shaklda mavjud: yer solig’i, ijara haqi, yerning me’yoriy qiymati
O’zbekistonda amalga oshirilgan moliya-kredit islohoti natijasida fermer xo’jaliklarini soliqqa tortish tizimini takomillashtirish quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi: 1991-1994 yillarda - yer uchun soliq, 1995-1998 yillarda – yer solig’i; 1999 yildan – qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilarining byudjetga to’lovlarini ixchamlashtirish maqsadida - yagona yer solig’i shaklida amalga oshirilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 10 oktyabrdagi farmoni va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 26 dekabrdagi 539-sonli qaroriga muvofiq 9 xil soliq birlashtirilib, yagona yer solig’i joriy qilindi. Ya’ni, aniqroq qilib aytilganda, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer solig’i quyidagi soliq va yig’imlar o’rniga joriy etildi:

  • Daromad (foyda) solig’i;

  • Qo’shilgan qiymat solig’i;

  • Ekologiya solig’i;

  • Suv resurslaridan foydalanganlik to’g’risida soliq;

  • Yer solig’i;

  • Yer ostidan foydalanganlik uchun soliq;

  • Mol-mulk solig’i;

  • Ijtimoiy infrastrukturani rivojlantirish solig’i;

  • Boshqa maxalliy soliq va yig’imlar.

Yagona yer solig’ini to’lovchilariga O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining362-moddasiga muvofiq:

  • qishloq xo’jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar (shu jumladan fermer xo’jaliklari, qishloq xo’jaligi kooperativlari, agrofirmalar);

  • qishloq xo’jaligi yo’nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarining tajriba-eksperimental xo’jaliklari va ta’lim muassasalarining o’quv-tajriba xo’jaliklari kiradi.

Ushbu yuridik shaxslar boshqa xo’jalik faoliyati bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar, yagona yer solig’i to’lovchilari hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi tovar mahsuloti ishlab chiqaruvchi kichik korxonalar o’z ixtiyoriga ko’ra byudjetga kichik korxonalar uchun belgilangan yagona soliqni yoki yagona yer solig’ini to’laydi.
Qishloq xo’jaligini yuritish uchun egalik qilish, foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer maydoni yagona yer solig’iga tortish obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligi yer maydonlari, ularning sifati va joylashgan joyi bo’yicha yer balansi, yer xaritalari, tekshiruv materiallari va boshqa yer kadastri hujjatlari bo’yicha qabul qilinadi.
Yagona yer solig’i to’lashga o’tmagan xo’jaliklar uchun soliqqa tortishning amaldagi tartibi saqlanib qoladi, ya’ni ular oldingidek barcha turdagi soliqlarni to’laydi.
Yagona yer solig’ining baza stavkalari va baza stavkalariga tuzatish koeffisiyentlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Yagona yer solig’ining tuzatish koeffisiyentlari lalmikor (sug’orilmaydigan) yerlar, pichanzorlar va yaylovlar va boshqa yerlar uchun alohida belgilanadi.
Yagona yer solig’i to’lashdan ozod etilgan yuridik shaxslar:
1.Yangidan tashkil etilgan qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilar, shu jumladan fermer xo’jaliklari davlat ro’yxatidan o’tgandan boshlab ikki yil davomida;
2.Daromad (foyda) solig’i va yer solig’i to’lashdan ozod etilgan boshqa qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari.
Quyidagi yer uchastkalari yagona yer solig’idan ozod qilinadi:
-Qishloq aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari;
-Ihota daraxtlari ekilgan maydonlar;
-Sport inshootlari maydonlari;
-Yangi o’zlashtirilayotgan yerlar, ishlar boshlangandan e’tiboran loyihada nazarda tutilgan muddatga, lekin 5 yildan ko’p emas;
-Yangi tashkil etilayotgan bog’lar va tokzorlar meva beradigan muddatgacha;
-Yangi ekilgan tut maydonlari 3 yil muddatga;
-Amaldagi qonunlarga muvofiq soliq solinmaydigan yerlar.
Yagona yer solig’ini to’lovchilarga quyidagi talablar qo’yilgan:
-yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va o’zi yetishtirgan mazkur mahsulotni qayta ishlash yoxud yer uchastkalaridan foydalangan holda faqat qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish asosiy faoliyat turi bo’lgan yuridik shaxslar;
-qishloq xo’jaligini yuritish uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o’zlariga belgilangan tartibda berilgan yer uchastkalariga ega bo’lgan yuridik shaxslar;
-o’zi yetishtirgan va qayta ishlangan mahsulot jami realizasiya qilingan mahsulot ulushida kamida 50 foizni tashkil qilgan yuridik shaxslar.
Yagona yer solig’ini to’lash tartibini qo’llash uchun fermer xo’jaligi har yili joriy soliq davrining 1 fevraligaqadar soliq bo’yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga o’tgan soliq davrida qishloq xo’jaligi mahsulotini yetishtirish va qayta ishlashning umumiy hajmida qishloq xo’jaligi mahsulotining o’zi yetishtirgan va qayta ishlagan ulushi ko’rsatilgan ma’lumotnomani taqdim etadi.
Shundan keyin “Yergeodezkadastr” hududiy bo’limi tomonidan yerning me’yoriy qiymati aniqlanib, bir vaqtning o’zida soliq organlariga va fermer xo’jaliklariga taqdim etiladi. Yagona yer solig’i fermer xo’jaliklari tomonidan soliq organlari orqali undirilib davlat byudjetiga tushadi.
Yagona yer solig’i stavkasi har yili qabul qilinadigan makroiqtisodiy ko’rsatkichlar va Davlat byudjeti parametrlari to’g’risida qabul qilinadigan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorida belgilab beriladi. Fermer xo’jaliklarini qo’llab quvvatlash maqsadida ilgari, ya’ni 1999 yildan 3 foiz miqdorida keyinchalik esa 2011 – yildan yagona yer solig’ining stavkasi yerning normativ qiymatga nisbatan 6 foiz miqdorida belgilanib hozirgacha o’zgarmasdan kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 369-moddasiga asosan, yagona yer solig’i to’g’risidagi hisob-kitobi yer uchastkasi joylashgan hududdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 mayiga qadar fermer xo’jaliklari tomonidan topshiriladi. Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig’i yer uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to’lanadi. Yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig’ini to’lash yer uchastkasi olib qo’yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to’xtatiladi (kamaytiriladi).
Soliq kodeksining yuqoridagi moddasida yagona yer solig’i kalendar yilida uch muddatda bo’lib, ya’ni, hisobot yilining 1 iyuligacha - yillik soliq summasining 20 foizi miqdorida; 1 sentyabrigacha - 30 foizi miqdorida; va 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi to’lanishi belgilab qo’yilgan.
Fermer xo’jaliklarining davlat bilan bo’ladigan iqtisodiy munosabatlarini takomillashtirish va ularning holatini yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 2 oktyabrdagi «Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ayrim toifadagi yuridik shaxslarga mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i bo’yicha imtiyozlar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi 281-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 22 oktyabrdagi «O’zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-4478-sonli Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonga asosan: fermerlar kengashlariga fermer xo’jaliklari manfaatlarini ko’zlab da’vo arizalarini sudga davlat boji to’lamasdan shikoyat qilish; paxta terimi ishlarga jalb qilingan ishchilarni jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i to’lashdan ozod qilish;tomchilatib sug’orish tizimini joriy qilgan yuridik shaxslarning tomchilatib sug’orishdan foydalanilayotgan yer uchastkalariga yagona yer solig’i to’lashdan besh yil muddatga ozod qilinishi belgilab qo’yildi.
Yerning me’yoriy bahosini aniqlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish to’g’risida” gi 2014 yil 18 avgust 235-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan “Qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to’g’risidagi Nizom” ga asosan o’rnatiladi.(mavzuning bundan keyingi matnlarida uchraydigan ilovalar va formulalar yuqorida qayd etilgan Nizomdan olingan. )
Bungacha bo’lgan davrda, ya’ni yuqoridagi qaror chiqqunga qadar bu tartib, O’zbekiston Hukumati tomonidan ya’ni, O’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarni sifatiy, iqtisodiy va qiymat bahosini aniqlashning muvaqqat uslubi” ga asosan o’rnatilar edi. Bu uslub O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 19 maydagi 120-sonli “1998-2000 yillardagi davrda qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan edi. Qishloq xo’jaligiga mo’ljallangan yerlarning me’yoriy baholari, banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xo’jaliklariga me’yordan ortiqcha yer ajratib berishda, yer solig’i stavkalari miqdorini aniqlash, auksion orqali yer uchastkalarini sotish va qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa hollarda shu yerning dastlabki bahosini belgilash uchun qo’llanilar edi.
Yangi Nizomda uslubiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham bir qancha o’zgartirishlar kiritilgan bo’lib, uni biz quyida ko’rib chiqamiz.
Nizomda ko’rsatilishicha, har bir qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisining qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati yagona yer solig’ini hisoblab chiqish uchun va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlarda aniqlanadi. Shuningdek ushbu Nizomning amal qilishi dehqon xo’jaliklari, bog’dorchilik-uzumchilik va polizchilik shirkatlarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashga joriy etilmasligi ko’rsatilgan.Shuningdek, Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalanish tavsiya qilingan: ya’ni, tuproq bonitirovkasi, qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifati, ozuqa birligi, qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymati, sug’oriladigan mintaqa, asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari, qishloq xo’jaligi mahsulotlarining asosiy turlari, kapitallashuv foizi, qishloq xo’jaligi ekin maydonlari, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchisi, o’rtacha bonitet bali va normativ qiymatni aniqlash davrikabi.
Shuningdek, Nizomda, qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatiga (keyingi o’rinlarda normativ qiymat deb ataladi) yer bilan bevosita bog’liq bo’lgan obyektlar (sug’orish va kollektor-drenaj tarmog’i, yo’llar) qiymati kiritilmasligi, normativ qiymatni aniqlash normativ ko’rsatkichlarni, yer kadastri va statistik hisobga olish ma’lumotlarini hisobga olgan holda foydani kapitallashtirish asosidagi daromadli yondashuvdan foydalanib bajarilishi va normativ qiymatni aniqlash natijalari davlat yer kadastriga kiritilishi alohida ta’kidlab o’tilgan.
Normativ qiymatni aniqlash obyekti bo’lib esa, qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xo’jaligi ekin maydonlari hisoblanadi.
Normativ qiymat miqdorini aniqlash ushbu Nizom bilan tartibga solinadigan ishlarning predmeti hisoblanadi.
Normativ qiymatni aniqlash davri har yili o’tkaziladi. Normativ qiymatni aniqlash davrlari oralig’ida normativ qiymatni aniqlash bo’yicha hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib boriladi.
Normativ qiymatni aniqlash O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasining O’zbek davlat yer tuzish ilmiy-loyihalash instituti «O’zdaverloyiha» tomonidan amalga oshiriladi.
Normativ qiymat ishlab chiqarish resursi sifatida qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining sifatini hisobga olgan holda aniqlanadi.
1 ga qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlashda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi:
tuproqning sifatini va tabiiy yem-xashak ekin maydonlari (pichanzorlar va yaylovlar)ni baholash ko’rsatkichlari;
asosiy qishloq xo’jaligi ekinlari va ko’p yillik daraxtlar tuzilmasi;
qishloq xo’jaligi ekinlari, ko’p yillik daraxtlar va yem-xashakbop ekin maydonlarining normativ hosildorligi;
qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining normativ unumdorligi;
qishloq xo’jaligi ekinlarining asosiy turlari bo’yicha qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining hisoblab chiqilgan foyda olishi;
dehqon bozorlarida sotiladigan qishloq xo’jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o’rtacha yillik narxlari hamda paxta xom ashyosi va boshoqli don ekinlarining o’rtacha xarid narxlari;
foydaning kapitallashuvi foizi.
Normativ qiymatni aniqlashda qishloq xo’jaligi ekin maydonlarining individual renta hosil qiluvchi omillari — qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishining intensivligi, tuproqning sifati, ekin maydonlari tuzilmasi va sug’orish uchun suv chiqarish usuli hisobga olinadi.
Asosiy qishloq xo’jaligi ekinlarining normativ hosildorligi tuproqlar o’rtacha bonitet bali bilan qishloq xo’jaligi ekinlari, bog’lar va tokzorlarning tuproq bonitetining bir bonitet baliga mos normativ hosildorlikning yig’indisi sifatida ushbu 3-jadvalga muvofiq hisoblab chiqiladi:

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   157




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling