O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov
Download 4 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XV BOB. MAGNIT MAYDON
- 92- §. Magnit maydon. Òokli kontur
- Òokli o‘tkazgichlar, ya’ni harakatdagi elektr zaryadlari orasi- dagi o‘zaro ta’sirga magnit ta’sirlari deyiladi. Òokli o‘tkazgichlar
- Magnit zaryadi mavjudmi
- 150- rasm. 151- rasm.
- Konturning magnit momenti.
- 93- §. Magnit maydonning induksiya vektori. Magnit maydon kuchlanganligi
- Magnit induksiya birligi.
- Magnit induksiya chiziqlari.
- Magnit induksiya chiziqlari deb istalgan nuqtasiga o‘tkazilgan urinma shu nuqtaning
- 154- rasm. 153- rasm.
- Magnit induksiya chiziqlari doimo yopiq chiziq xarakteriga ega va tokli o‘tkazgichni qamrab oladi.
- Agar o‘ng parma uchining ilgarilanma harakati tokning harakati bilan mos kelsa, parma
- Muhitning magnit singdiruvchanligi.
- Magnit maydonning kuchlanganligi.
- Magnit maydon induksiyasi va mikrotoklar.
4. Yarim o‘tkazgichlarda elektr toki qanday elektr zaryadlarning tartibli harakati tufayli hosil bo‘ladi? A. Faqat manfiy ionlar. B. Faqat erkin elektronlar. C. Erkin elektronlar va teshiklar. D. Manfiy ionlar va elektronlar. E. Faqat teshiklar. www.ziyouz.com kutubxonasi 304 Asosiy xulosalar Metallarda zaryad tashuvchilar elektronlardir. Chiqish ishi deb, elektronni metalldan ajratib, vakuumga chiqarish uchun bajarish kerak bo‘lgan ishga aytiladi: A = e · Dj. Dj — ionlashtiruvchi potensial deyiladi. 1 eV — elektronning 1V potensial farqini o‘tishda oladigan energiyasi: 1eV = 1,6 · 10 —19
J. Elektronlarning metalldan chiqish hodisasi emissiya hodisasi deyiladi.
so‘rib olingan balondir. U to‘g‘rilagich sifatida ishlatiladi. Diodga qo‘shimcha to‘r kiritilsa, triod hosil bo‘ladi. Òriod kuchay- tirgich sifatida ishlatiladi. Gazlardan elektr tokining o‘tishi gaz razryadi deyiladi.
konsentratsiyasiga taxminan teng bo‘lgan, kuchli ionlashgan gazga aytiladi. Erituvchida eriganda ionlarga ajraladigan moddalar elektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarda zaryad tashuvchi zarralar ionlar bo‘ladi. Elektrolitlardagi ionlarning tashqi maydon ta’siridagi batartib harakati elektrolitlarda elektr toki deyiladi. Elektrolitdan tok o‘tganda uning tarkibiga kiruvchi moddalarning elektrodlarda ajralib chiqishiga elektroliz hodisasi deyiladi.
ning m massasi elektrolitdan o‘tgan zaryad miqdoriga proporsional: m = kQ = k · J · t. Kimyoviy reaksiya energiyasini elektr energiyaga aylantirib bera- digan qurilmalarga galvanik elementlar deyiladi. www.ziyouz.com kutubxonasi 305 XV BOB. MAGNIT MAYDON Daniyalik fizik X.Ersted (1777— 1851) elektr zaryadi atrofida elektr maydon mavjud bo‘lganidek, elektr toki atrofida ham o‘ziga xos kuch maydoni mavjudligini aniqladi. U elektr toki maydoni- ning magnit strelkasiga ta’sirini o‘rgangani uchun ham (1819- y) bu maydonni magnit maydon deb atadi. Magnit maydoni faqat elektr toki atrofida (ya’ni elektr zaryadlarining harakati natijasida) vujudga keladi va harakatdagi elektr zaryadiga yoki o‘zgarmas magnetikka ta’sir ko‘rsatadi. Magnit maydon materiyaning maxsus shakli bo‘lib, u orqali harakatdagi zaryadlangan zarralarning yoki magnit mo- mentiga ega bo‘lgan jismlarning o‘zaro ta’siri amalga oshiriladi.
M a z m u n i : magnit maydon; magnit zaryadi mavjudmi; tokli kontur; konturning magnit momenti.
maqsadida magnit strelkasini tokli o‘tkazgich yoniga keltiramiz. O‘tkaz- gichdan tok o‘tmaganda strelka shimol va janubni ko‘rsatib, ma’lum yo‘nalishda joylashib turadi (148- a rasm). Agar o‘tkazgichdan tok o‘tkazilsa, strelka vaziyatining o‘zgarishi kuzatiladi (148- b rasm). Bunga sabab tokli o‘tkazgich atrofida vujudga kelgan kuch maydonigina bo‘lishi mumkin. Agar o‘tkazgichdan o‘tayotgan tokning yo‘nalishini o‘zgartirsak, magnit strelkasining joylashuvi ham teskarisiga o‘zgaradi (148- d rasm). Bu esa tokli o‘tkazgich atrofidagi maydon ta’sirining teskarisiga o‘zgarishining natijasidir. 148- rasm. Tok
Tok a) b) d) 20 Fizika, I qism www.ziyouz.com kutubxonasi
306 Shuningdek, ikkita parallel o‘tkazgich orqali tok o‘tkazib ko‘ra- miz. Agar I 1 va I 2 toklar bir xil yo‘nalishda oqsa, o‘tkazgichlar o‘zaro tortishishganini, qarama-qarshi yo‘nalishda oqqanda esa ita- rishganini ko‘ramiz (149- rasm ). Bizga ma’lumki, harakatsiz elektr zaryadlari orasidagi o‘zaro ta’sir elektr maydoni vositasida amalga oshiriladi. Unda tokli o‘tkazgichlar orasidagi ta’sir qanday amalga oshadi, degan savol tug‘iladi. Fransuz fizigi A. Amperning xulosasiga ko‘ra, elektr toklari bir- birlari bilan kulon xarakteriga ega bo‘lmagan kuchlar bilan ta’sirlashadi.
Harakatsiz zaryadlar magnit maydon hosil qilmaydi. Faqat hara- katdagi zaryadlar (elektr toki) va magnetiklargina magnit maydon hosil qiladi. Shuning uchun ham magnit maydon faqat ular bilangina o‘zaro ta’sirlashishi mumkin.
o‘rganish ularning ikkita: shimoliy N (inglizcha—North) va janubiy S(inglizcha—South) qutblarga ega ekanligini ko‘rsatdi. Bir xil ismli qutblar bir-birini itarishadi, turli xil ismlilari esa tortishishadi. Elektr zaryadnikiga o‘xshash bunday xususiyatlarning mavjudligi tabiatda magnit zaryadi mavjudmikan, degan muammoni o‘rtaga qo‘ydi. Agar shunday bo‘lsa, xuddi manfiy yoki musbat elektr zaryadlarini ajratib olish, ya’ni jismlarni manfiy yoki musbat zaryadlash mumkin bo‘lganidek, magnetiklarning ham shimoliy yoki janubiy qutblarini
www.ziyouz.com kutubxonasi 307 ajratib olish mumkin bo‘lishi kerak edi. Lekin magnetiklar qanchalik maydalanmasin, baribir ikki xil qutbga ega bo‘lib qolaverdi. Demak, magnetikning qutblarini ajratish mumkin emas, tabiatda alohida magnit zaryadlari ham bo‘lishi mumkin emas. Magnetiklarning mavjudligini tushuntirish uchun esa Amper quyidagi gi potezani olg‘a surdi. Unga ko‘ra, moddalarning moleku- lalari va atomlari ichida elementar elektr toklari aylanadi va elemen- tar magnit maydon hosil qiladi. Agar bu elementar toklar bir-birlariga nisbatan betartib joylashishgan bo‘lsa, ularning maydonlari bir- birlarini o‘zaro kompensatsiyalaydi va jism hech qanday magnit xususiyatlariga ega bo‘lmaydi. Magnetiklarda esa elementar toklar va demak, ularning magnit maydoni ham tashqi ta’sir natijasida ma’lum yo‘nalish bo‘ylab joylashib qolgan bo‘ladi (150- rasm) va jism magnit xossalarini namoyon qiladi. Demak, istalgan jismning magnit xos- salari uning ichida elementar toklar mavjudligining natijasidir. Shunday qilib, har qanday magnit ta’siri toklarning o‘zaro ta’siridir.
ahamiyati haqida so‘z yuritgan edik. Masalan, elektr maydonni o‘rganishda nuqtaviy zaryad, ya’ni o‘z maydoni bilan o‘rganilayotgan maydonni o‘zgartira olmaydigan zaryad tushunchasidan foydalan- ganmiz. Magnit maydonni o‘rganishda esa tokli yopiq kontur (tokli kontur) tushunchasidan foydalaniladi. Òokli konturning o‘lchamlari magnit maydon hosil qilgan tokkacha bo‘lgan masofalarga nisbatan juda kichik va uning maydoni o‘rganilayotgan maydonni o‘zgartira olmaydi deb hisoblaymiz. Konturning fazodagi yo‘nalishi esa uning normali bilan aniqlanadi (151- rasm). Normalning musbat yo‘nalishi o‘ng parma qoidasi bilan aniqla- nadi, ya’ni normal r
ning yo‘nalishi parmaning ilgarilanma harakati 150- rasm. 151- rasm. www.ziyouz.com kutubxonasi 308 nash konturiga) yo‘naltiruvchi ta’sir ko‘rsatar ekan. Agar konturdagi tokning yo‘nalishi o‘zgartirilsa, konturning joylashishi 180° ga o‘zgaradi. Bu magnit maydonning ma’lum yo‘nalishga ega ekanligining natijasidir. Berilgan nuqtada magnit maydonning yo‘nalishi sifatida tokli kon- turning musbat normali bilan mos keluvchi yo‘nalish qabul qilinadi (152- rasm). Shuningdek, u shu nuqtada joylashgan magnit strelkasi- ning shimoliy qutbiga ta’sir etadigan kuchning yo‘nalishi bilan mos keladi.
Konturning magnit momenti. Yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, mag- nit maydoniga kiritilgan tokli konturga magnit maydoni tomonidan aylantiruvchi kuch momenti r Ì ta’sir qiladi. Òajribalarning ko‘rsa- tishicha, magnit maydonning berilgan nuqtasi uchun tokli konturga ta’sir etuvchi kuchlar momenti M
konturning magnit momenti m P ur ning magnit maydonni miqdoran xarakterlovchi kattalik, magnit induksiya vektori r
ga vektorial ko‘paytmasiga teng: .
m M P B é ù = × ë û r r r
(92.1) Òokli konturning magnit xossalarini xarakterlovchi va uning tashqi maydonda o‘zini qanday tutishini belgilovchi kattalikka konturning magnit momenti deyiladi va u konturdan oqayotgan tok I ning kontur yuzasi S ga ko‘paytmasiga teng, ya’ni P
= I · S. Konturning magnit momenti vektor kattalik bo‘lib, uning yo‘na- lishi kontur sirtining musbat normali bilan mos keladi (151- rasm): .
= × ×
r r
(92.2) Sinov savollari 1. Magnit maydon qayerda vujudga keladi? 2. Magnit maydon nimalarga ta’sir ko‘rsatadi? 3. Magnit maydon vujudga kelishini kim aniqlagan? 4. Magnit maydoni materiyami? 5. Òokli o‘tkazgich yonidagi magnit strelkasiga ta’sir ko‘rsatadimi? 6. Agar o‘tkazgichdagi tokning yo‘nalishi o‘zgartirilsa- chi? 7. Ikkita parallel o‘tkazgichlardan tok oqqanda ular qanday ta’sirlashishadi. Bu toklarning yo‘nalishiga bog‘liqmi? 8. Òokli o‘tkazgichlar orasidagi
bilan mos kelsa, konturdagi tok- ning yo‘nalishi parma dastasining harakat yo‘nalishi bilan mos kelishi kerak. Òajribaning ko‘rsatishicha, magnit maydon tokli konturga (si- www.ziyouz.com kutubxonasi 309 o‘zaro ta’sir qanday amalga oshadi? 9. Magnit ta’sirlari deb qanday ta’sirga aytiladi? Magnit kuchlari deb-chi? 10. Qanday maydonga magnit maydon deyiladi? 11. Harakatsiz zaryad atrofida magnit maydoni hosil bo‘ladimi? 12. Magnit maydon harakatsiz zaryadga ta’sir etadimi? 13. Magnit maydoni nima uchun harakatsiz zaryadga ta’sir qilmaydi? 14. O‘zgarmas magnetiklarning qanday qutblari mavjud va ular qanday ta’sirlashishadi? 15. Òabiatda magnit zaryadlari mavjudmi? 16. Magnetiklar haqida Amper g‘oyasi. 17. Bu g‘oyaga muvofiq jismlarning magnit xossalari nimaning natijasi? 18. Òokli kontur deb qanday konturga aytiladi? Uning yo‘nalishi qanday aniqlanadi? 19. Magnit maydonga kiritilgan tokli konturga nima ta’sir qiladi? 20. Magnit maydonga kiritilgan tokli konturga ta’sir etuvchi kuchlar momenti nimaga teng? 21. Konturning magnit momenti qanday aniqlanadi? 22. Konturning magnit momenti nimani ko‘rsatadi? 23. Kontur magnit momentining yo‘nalishi qanday aniqlanadi?
M a z m u n i : magnit induksiya; magnit induksiyasining birligi; magnit induksiyasi chiziqlari; magnit maydonining kuchlanganligi; muhitning magnit singdiruvchanligi; magnit maydon induksiyasi va mikrotoklar.
momentli tokli konturlarni joylashtirib ko‘raylik. Ma’lum bo‘lishicha ularga ta’sir etadigan aylantiruvchi momentlar ham turlicha bo‘ladi. Lekin ularning nisbati max m M P B =
(93.1) o‘zgarmas kattalik bo‘lib qolaveradi. Demak, bu kattalik maydon- ning shu nuqtasini xarakterlovchi kattalik bo‘lib, unga magnit in- duksiyasi deyiladi. Magnit induksiya vektor kattalik bo‘lib, (93.1) uning modulini aniqlaydi. Magnit maydonni to‘la tavsiflash uchun esa har bir nuqtasi uchun magnit induksiyaning kattaligi va yo‘nalishini aniqlash kerak. Magnit induksiya vektorining yo‘nalishi tashqi magnit maydonning yo‘nalishi bilan mos keladi. Umumiy holda (93.1) ga asosan aylantiruvchi momenti M ning tokli konturning joylashuviga bog‘liqligi quyidagicha: M = B · P
· sina, (93.2) www.ziyouz.com kutubxonasi 310 Magnit induksiya birligi. Magnit induksiyaning CI dagi birli- gi — tesla (Ò) bo‘lib, N.Òesla sharafiga shunday nomlangan. [ ] [ ] [ ]
B 1 1T. M P 1N m 1A 1m N A m 2 = = = = × × × 1 Ò shunday magnit maydonning induksiyasiki, unda 1 A tok oqayotgan 1m 2 yuzali konturga 1N · m aylantiruvchi moment ta’sir qiladi. Magnit induksiya chiziqlari. Elektr maydon elektr kuch chiziq- lari vositasida grafik ravishda tasvirlanishi mumkin bo‘lganidek, mag- nit maydoni ham magnit induksiya chiziqlari (magnit kuch chiziqla- ri) yordamida grafik ravishda tasvirlanishi mumkin. Magnit induksiya chiziqlari deb istalgan nuqtasiga o‘tkazilgan urinma shu nuqtaning r
vektori bilan mos keladigan chiziqqa aytiladi. Magnit induksiya chiziqlarini temir kukunlari yordamida ko‘rina- digan qilish mumkin. Misol uchun to‘g‘ri tok o‘tkazilgan shisha plas- tinka ustiga temir kukuni tashlanib, sekin chertilsa, kukunlar kuch chiziqlari bo‘ylab joylashib qoladi (154- a rasm). Òajribadan ko‘rinib turibdiki, tokli to‘g‘ri o‘tkazgich atrofidagi magnit induksiya chiziqlari tekislikda yotuvchi, tokka perpendikular konsentrik aylanalardan iborat bo‘lar ekan. Aylanalarning markazi o‘tkazgichning o‘qi bilan mos keladi. Xuddi shuningdek, temir kukuni yordamida istalgan shakldagi tokli o‘tkazgich magnit induksiya chiziqlarining tasvirini hosil qilish mumkin (154- b,d rasmlar).
bu yerda m P a - r va r B vektorlar orasidagi burchak (153- rasm). M o‘zining maksimal qiymatiga a p = 2 da sin
p 2 1 = æ èç ö ø÷ erishadi. Kontur muvozanat holatida esa (M=0) a = 0 bo‘lganda, ya’ni m P r va r B vektorlari bir to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yo‘nalganda bo‘ladi. Tok
Tok Tok
a) b) d) www.ziyouz.com kutubxonasi 311 Hosil bo‘lgan manzaralardan quyidagicha xulosa chiqarish mumkin.
doniga uyurmali maydon deyiladi. Magnit maydon induksiya vektori chiziqlarining yo‘nalishi o‘tkazgichdagi tokning yo‘nalishiga bog‘liq bo‘lib, o‘ng parma qoidasiga muvofiq aniqlanadi: Agar o‘ng parma uchining ilgarilanma harakati tokning harakati bilan mos kelsa, parma dastasining aylanma harakat yo‘nalishi magnit induksiya chiziqlarining yo‘nalishi bilan mos keladi. Agar magnit induksiya vektorlari barcha nuqtalarda bir xil bo‘lsa ( r
= const), magnit maydonga bir jinsli maydon deyiladi. Bir jinsli maydonga uzunligi diametridan ko‘p marta katta bo‘lgan g‘altak, solenoidning ichidagi maydon misol bo‘ladi (154- d rasm). Magnit induksiya chiziqlarining zichligi magnit induksiyasi r
ning qiymatini ifodalashi mumkin. Masalan, magnit induksiya chiziqlariga perpendikular bo‘lgan birlik yuza orqali o‘tkaziladigan chiziqlarning soni magnit maydonning shu sohadagi magnit induksiya- siga teng yoki proporsional bo‘lishi mumkin.
damida turli moddalarda magnit maydonlari hosil qilinib, tokli kontur yordamida o‘rganilsa, berilgan nuqtadagi magnit induksiyasi moddaning turiga, ya’ni muhitning xossalariga bog‘liqligiga ishonch hosil qilish mumkin. r
va r
0 lar mos ravishda berilgan bir jinsli izotrop muhit va vakuumdagi magnit induksiyalar bo‘lsin. Ularning nisbati bilan aniqlanadigan 0 ,
B m=
(93.3) — kattalik muhitdagi magnit induksiya vakuumdagiga nisbatan necha marta katta (yoki kichik) ekanligini ko‘rsatadi va unga muhitning magnit singdiruvchanligi deyiladi. U birliksiz kattalik bo‘lib, moddaning turiga va haroratga bog‘liq. Vakuum uchun m = 1.
r
0 induksiya bilan emas, magnit maydon kuchlanganligi r Í bilan
xarakterlashga kelishilgan. Bu ikkita kattaliklar bir-birlari bilan quyida- gicha bog‘langan: 0 0
H m = r r yoki =m r r 0 0
H , (93.4)
bu yerda 7 0 H 4 10
m - m = p× — magnit doimiysi. www.ziyouz.com kutubxonasi 312 (93.3) va (93.4) larni umumlashtirib yozish mumkin = mm r
0 .
H (93.5)
Agar berilgan nuqta uchun maydon kuchlanganligi va muhitning magnit singdiruvchanligi ma’lum bo‘lsa, unda (93.5 ) ifoda yordami- da shu nuqtadagi maydon induksiyasini aniqlash mumkin. Magnit maydon kuchlanganligining CI dagi birligi -1 À
. [ ]
[ ] [ ]
0 H m B 1T A m 1 H 1 ; m = = = 1 À m — shunday maydonning kuchlanganligiki, uning vakuumdagi magnit induksiyasi 4p · 10 –7 Ò ga teng. Magnit maydon induksiyasi va mikrotoklar. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, Amper gi potezasiga muvofiq istalgan jismda elek- tronlarning atomlar va molekulalardagi harakati natijasida vujudga keladigan mikrotoklar mavjuddir. Bu mikrotoklar o‘zlarining magnit maydonlarini hosil qiladilar va tashqi maydon, ya’ni makrotok ta’sirida o‘z yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin. Natijada ular jismda qo‘shimcha magnit maydon hosil qiladilar. Magnit induksiya vektori r
makrotok va mikrotoklar hosil qiladigan natijaviy magnit maydonni xarakterlovchi kattalikdir. Òabiiyki, turli muhitlar uchun mikrotoklarning maydonlari turlicha bo‘lganligi sa- babli
r B ning qiymati ham turli muhitlar uchun turlicha bo‘ladi. Makrotoklarning o‘zlari hosil qiladigan magnit maydon esa kuchlanganlik vektori r
bilan tavsiflanadi. r
va
r Í orasida (93.5) bog‘lanish mavjudligini ko‘rdik. Magnit singdiruvchanlik m — makrotoklarning magnit maydoni r
, muhitning mikrotoklari may- doni hisobiga necha marta o‘zgarishini ko‘rsatadi.
1. Magnit induksiyasi deb nimaga aytiladi? 2. Magnit induksiyasi vektorining yo‘nalishi qanday bo‘ladi? 3. Konturning magnit momenti va magnit induksiya vektorining yo‘nalishlari mos kelsa, kontur qanday holatda bo‘ladi? 4. Magnit induksiyasining SI dagi birligi va u qanday induksiya? 5. Magnit induksiya chiziqlari deb qanday chiziqlarga aytiladi? 6. Magnit in- duksiya chiziqlarini qanday kuzatish mumkin? 7. Òokli to‘g‘ri o‘tkazgich atrofidagi induksiya chiziqlari qanday bo‘ladi? 8. Magnit induksiya chiziqlari qanday xarakterga ega? 9. Nima uchun magnit maydonga uyurmali maydon deyiladi? 10. Magnit maydon induksiya vektori chiziqlarining yo‘nalishi qanday aniqlanadi? 11. Bir jinsli magnit maydon deb qanday maydonga www.ziyouz.com kutubxonasi 313 aytiladi? 12. Induksiya chiziqlari yordamida induksiya vektorining qiymatini aniqlash mumkinmi? 13. Magnit maydon muhitga bog‘liqmi? 14. Muhitning magnit singdiruvchanligi deb qanday kattalikka aytiladi? 15. Magnit singdiruvchanlikning SI dagi birligi va vakuumdagi qiymati qanday? 16. Magnit maydon kuchlanganligi tushunchasi nima uchun kiritilgan? 17. U qanday aniqlanadi? 18. Magnit doimiysining qiymati? 19. Maydonning biror nuqtasining induksiyasini qanday topish mumkin? 20. Magnit maydon kuchlanganligining SI dagi birligi va u qanday kuchlanganlik? 21. Magnit maydon induksiya vektori B nimaga teng? 22. Magnit maydon kuchlanganli- gi H nimaga teng? 23. Magnit singdiruvchanlik m qanday fizik ma’noga ega?
Download 4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling