O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


- §.  Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi  va


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46

90- §.  Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi  va

uning temperaturaga, yoritilganlikka  bog‘liqligi

Mazmuni: xususiy o‘tkazuvchanlik; n- va   p- ti p  o‘tkazuvchan-

liklar; aralashmali o‘tkazuvchanlik; donor aralashma; akseptor ara-

lashma; yarim o‘tkazgichlar o‘tkazuvchanligining temperaturaga va

yoritilganlikka bog‘liqligi.

Xususiy o‘tkazuvchanlik. Yuqorida qayd etilganidek, yarim o‘tka-

zuvchilarning elektr o‘tkazuvchanligi metallarning elektr o‘tkazuv-

chanligidan yomon, dielektriklarnikidan esa yaxshiroqdir. Òabiatda yarim

o‘tkazgich elementlar va yarim o‘tkazgich kimyoviy birikmalar mav-

juddir. Shuning uchun ham ularni xususiy va aralashmali yarim o‘tkaz-

gichlarga ajratishadi. Kimyoviy toza yarim o‘tkazgichlarga xususiy yarim

o‘tkazgichlar, o‘tkazuvchanligiga esa xususiy o‘tkazuvchanlik deyila-

di.Ularga germaniy —Ge, selen —Se  va ba’zi kimyoviy birikmalar

kiradi.

0 K da boshqa tashqi sabablar bo‘lmaganda xususiy yarim o‘tkaz-



gichlar o‘zlarini dielektriklardek tutishadi.

143- rasm.

Man qilingan zona

Valent zonasi

O‘tkazish  zonasi



n-tip  o‘tkazuvchanlik.  Òemperatura

ortishi bilan valent zonasining yuqori sathi-

dagi elektronlar o‘tkazish zonasining quyi

sathlariga sakrab o‘tadi (143- rasm). Kris-

tallga elektr maydoni qo‘yilganda esa ular

maydonga qarshi harakatga kelib elektr toki

hosil qildi. Xususiy yarim o‘tkazgichlarning

elektron  bilan  bog‘liq  o‘tkazuvchanligi

elektron o‘tkazuvchanlik yoki (yunoncha

negateve — manfiy so‘ziga asosan) n- tip

o‘tkazuvchanlik deyiladi.

p-tip  o‘tkazuvchanlik.  Elektronlar

sakrab o‘tkazish zonasiga o‘tib ketgandan

www.ziyouz.com kutubxonasi


296

so‘ng, valent zonada bo‘sh o‘rinlari qolib, ularga teshiklar deyiladi.

Òashqi elektr maydoni ta’sirida elektronning bo‘sh o‘rni — teshikni

qo‘shni sathdagi boshqa elektron egallashi mumkin. Bunda teshik ham

ko‘chgan elektronning o‘rniga o‘tadi. Bu jarayon davom etsa go‘yoki

teshik elektronlar harakati yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda ko‘chib

yurgandek bo‘ladi. Ya’ni go‘yoki zaryadi elektron zaryadiga teng,

ishorasi musbat bo‘lgan zaryadning ko‘chishi ro‘y beradi. Xususiy

yarim o‘tkazgichlarning kvazizarralar — teshiklar harakati bilan bog‘liq

o‘tkazuvchanligi teshikli o‘tkazuvchanlik yoki (yunoncha positive —

musbat so‘ziga  asosan)  p-tip  o‘tkazuvchanlik deyiladi.

Kimyoviy toza yarim o‘tkazgichlarda o‘tkazish zonasiga o‘tgan elek-

tronlar soni valent zonasida hosil bo‘lgan teshiklar soniga teng bo‘ladi

va ularning har ikkalasi ham elektr toki hosil qilishda ishtirok etadi.

Shu bilan birga elektronlarning harakatchanligi teshiklarnikiga nisbatan

katta bo‘lganligi uchun teshikli tok umumiy tokning yarmiga teng

bo‘lolmaydi. Shunday bo‘lsa-da, yarim o‘tkazgichlarning solishtirma

o‘tkazuvchanligi elektronli va teshikli o‘tkazuvchanliklarning yig‘in-

disidan iborat bo‘ladi. Zaryad tashuvchilar, ya’ni elektronlar va teshiklar

xususiy  zaryad  tashuvchilar  bo‘lganligi  uchun  ham  ular  vujudga

keltiradigan o‘tkazuvchanlikka xususiy o‘tkazuvchanlik deyiladi.

Aralashmali o‘tkazuvchanlik. Yuqorida ta’kidlanganidek, yarim

o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi elektronlarning va teshiklarning

konsentratsiyasi va ularning harakatchanligiga bog‘liq. Shuning uchun

ham turli usullar bilan yarim o‘tkazgichlardagi zaryad tashuvchilar

sonini ko‘paytirishga harakat qilinadi. Bunday usullardan biri aralash-

malar kiritishdir. Yarim o‘tkazgichlarning ko‘pchiligiga aralashmalar

kiritilib, ularning elektr o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi. Aralashmalar

ikki xil: donor va akseptor bo‘lishi mumkin.



Donor aralashma. Agar to‘rt valentli germaniyning kristall panja-

rasiga beshta valent elektronli mishyak, surma va shunga o‘xshash

moddalarning atomlari aralashma  sifatida kiritilsa, yarim o‘tkazgich-

dagi  elektronlarning  konsentratsiyasi  keskin  ortadi.  Bunga  sabab

aralashma atom elektronlarining to‘rttasi germaniy atomi bilan kimyoviy

bog‘lanish hosil qilishda qatnashib, beshinchisining bo‘sh qolishidir.

Natijada uning o‘z atomi bilan bog‘lanishi juda kuchsiz bo‘lib, uni

osongina tark etishi va «erkin» elektronga aylanishi mumkin (144- rasm).

Shunday qilib, bu holda aralashma atomlar o‘z elektronlarini beradi,

ya’ni elektronlar donori bo‘ladi va shuning uchun ham donor ara-

lashma deyiladi. Donor aralashmada elektr o‘kazuvchanlik erkin

elektronlar harakatining natijasi bo‘lganligi sababli unga elektronli

yoki n -ti p   o‘tkazuvchanlik  deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



297

Akseptor aralashma. Agar germaniyning kristall panjarasiga uchta

valent elektronli indiy, galliy va shunga o‘xshash moddalarning atomlari

aralashma sifatida kiritilsa, yarim o‘tkazgich o‘tkazuvchanligining

xarakteri o‘zgaradi. Bunga sabab germaniyning atomi bilan juft elektron

bog‘lanish hosil qilish uchun indiy atomida bitta elektron yetishmaydi.

Boshqacha  aytganda, bu  ikki  atom  orasida to‘ldirilmagan  valent

bog‘lanish, ya’ni teshik vujudga keladi va shuning uchun ham ara-

lashmaga akseptor aralashma deyiladi (145- rasm). Kristalldagi teshiklar

soni aralashma atomlar soniga teng bo‘ladi. Akseptor aralashmada elektr

o‘tkazuvchanlik teshiklar harakatining natijasi bo‘lganligi sababli unga

teshikli yoki p-tip  o‘tkazuvchanlik deyiladi.

Yarim o‘tkazgichlar o‘tkazuvchanligining temperaturaga bog‘liq-

ligi. Bizga ma’lumki, temperatura ortishi bilan metallarning elektr

o‘tkazuvchanligi yomonlashadi va bunga sabab molekulalar bilan

ko‘proq to‘qnashishi natijasida elektronlar harakatchanligining yomon-

lashishidir.

Garchi yarim o‘tkazgichlarda ham temperatura ortishi bilan xuddi

metallardagidek sabablarga ko‘ra, elektronlarning va teshiklarning hara-

katchanligi yomonlashsa-da, u muhim rol o‘ynolmaydi. Chunki yarim

o‘tkazgichlar qizishi bilan valent elektronlarning kinetik energiyasi

ortadi va ular man qilingan zonadan o‘ta olish xususiyatiga ega bo‘lib

qolishadi. Natijada erkin elektronlarning soni ortib, yarim o‘tkaz-

gichning elektr o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi.

Shu bilan birga past temperaturalarda metallar va yarim o‘tkaz-

gichlar orasidagi farq ortadi, chunki yarim o‘tkazgichlarning o‘tka-

zuvchanligi yomonlashadi. Demak, past temperaturalarda yarim o‘tkaz-

gichlar dielektriklarga o‘xshab ketib, ular orasidagi farq kamayadi.

Yarim o‘tkazgichlar o‘tkazuvchanligining yoritilganlikka bog‘liq-

ligi. Yarim o‘tkazgichlar yoritilganda elektr o‘tkazuvchanligi yaxshi-

lanadi. Bunga sabab yorug‘lik ta’sirida qo‘shimcha zaryad tashuvchi-

larning paydo bo‘lishidir. Ular quyidagi jarayonlar natijasida vujudga

kelishi mumkin:



144- rasm.

145- rasm.

Mishyak


atomi

Elektron


Germaniy  atomi

Valent bog‘lanish

Germaniy  atomi

Teshik


Indiy

atomi


www.ziyouz.com kutubxonasi

298

1) yetarli darajada katta energiyaga ega bo‘lgan yorug‘lik valent

zonadagi elektronni o‘tkazish zonasiga o‘tkazib qo‘yadi. Natijada er-

kin elektronlar va teshiklar soni ortadi, ya’ni yarim o‘tkazgichning

xususiy o‘tkazuvchanligi yaxshilanadi;

2) yorug‘lik donor aralashmaga tushib, undagi elektronni o‘tka-

zish zonasiga o‘tkazadi va erkin elektronlar soni ortadi;

3) yorug‘lik valent zonadagi elektronni akseptor aralashmaga

chiqaradi va valent zonada qo‘shimcha teshiklar paydo bo‘ladi.

Sinov savollari

1. Xususiy yarim o‘tkazgichlar deb qanday yarim o‘tkazgichlarga ayti-

ladi? Misollar keltiring. 2. Xususiy o‘tkazuvchanlik deb qanday o‘tkazuv-

chanlikka aytiladi? 3. 0 K da xususiy yarim o‘tkazgichlar o‘zlarini qanday

tutadilar? 4.  n-tip  o‘tkazuvchanlik  deb qanday o‘tkazuvchanlikka  aytiladi?

5.  n-tip  o‘tkazuvchanlik  qanday vujudga  keladi? 6.  p-tip  o‘tkazuvchanlik

deb qanday o‘tkazuvchanlikka  aytiladi? 7.  p-tip  o‘tkazuvchanlik qanday

vujudga  keladi?  8. Xususiy o‘tkazuvchanlik deb qanday o‘tkazuvchanlikka

aytiladi? 9. Aralashmalar yarim o‘tkazgichga nima maqsadda kiritiladi?

10. Aralashmalar necha xil bo‘lishi mumkin? 11. Donor aralashma deb

qanday aralashmaga aytiladi?  12. Donor aralashma qanday o‘tkazuv-

chanlikni vujudga keltiradi? 13. Akseptor aralashma deb qanday aralash-

maga aytiladi? 14. Akseptor aralashma  qanday o‘tkazuvchanlikni vujudga

keltiradi? 15. Òemperatura ortishi bilan yarim o‘tkazgichning o‘tkazuvchanligi

qanday o‘zgaradi? 16. Òemperatura ortishi bilan yarim o‘tkazgich  o‘tka-

zuvchanligining yaxshilanish mexanizmini tushuntirib bering. 17. Òem-

peratura pasayishi bilan o‘tkazuvchanlikning yomonlashuvini tushuntiring.

18. Yarim o‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanligi yorug‘lik ta’sirida o‘zgara-

dimi? 19. Yorug‘lik xususiy yarim o‘tkazgichlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

20. Yorug‘lik aralashmali yarim o‘tkazgichlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi?



91- §. Yarim o‘tkazgichli asboblar

M a z m u n i :  diod va triod; yarim o‘tkazgichli asboblarning

ahamiyati.

Diod. Ikkita yarim o‘tkazgich kontaktining bir tomonlama o‘tka-

zish xususiyatiga ega ekanligi ularni o‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash uchun

ishlatilishiga imkon beradi. Bitta  p-n- o‘tish mavjud bo‘lgan yarim

o‘tkazgichli asbob yarim o‘tkazgichli diod deyiladi.  Diodning ish prinsi-

pini tushunish uchun p-n- kontaktni o‘rganaylik (146- a rasm).  p- va  n-

tip   o‘tkazuvchanlikli  yarim  o‘tkazgichlar   bir-birlariga  tegdirilsa,

www.ziyouz.com kutubxonasi


299

elektronlari  ko‘p  bo‘lgan  n-  sohadan  p-  sohaga  elektronlarning,

teshiklar  ko‘p  bo‘lgan  p-sohadan  n-sohaga  teshiklarning  o‘tishi

(diffuziyasi) ro‘y beradi. Natijada ular o‘rtasida kontakt potensiallar

farqi vujudga keladi. Elektronlar va teshiklar yarim o‘tkazgichlar

chegarasida diffuziya yana davom etishiga to‘sqinlik qiluvchi yopuvchi

potensialni vujudga keltiradi. Endi qurilgan sistemaga tashqi maydon

qo‘yamiz, ya’ni 146- rasmda ko‘rsatilgandek tok manbayini ulaymiz.

Òashqi maydonning kuchlanganligi yopuvchi qatlam  maydonining

yo‘nalishi bilan mos kelsin. Natijada elektronlar maydonga qarshi,

teshiklar esa maydon bo‘ylab harakat qilib chegara sirtdan uzoq-

lashishadi.  Yopuvchi  qatlam  kengayib,  uning  kengligi  qo‘yilgan

potensiallar farqiga bog‘liq bo‘ladi. Yopuvchi qatlamda elektronlar va

teshiklar soni kam bo‘lgani uchun u o‘zini dielektrikdek tutadi va

natijada p-n o‘tish orqali tok o‘tmaydi.

Òashqi maydonning yopuvchi qatlamni kengaytiradigan yo‘nali-

shiga yopuvchi yoki teskari yo‘nalish deyiladi.

Endi tokning yo‘nalishini  146-d rasmdagidek qilib o‘zgartiramiz.

Elektronlarning va teshiklarning harakat yo‘nalishi o‘zgaradi. p-n- o‘tish

joyida ular rekombinatsiyalanadi, ya’ni bir-birlarini neytrallashadi va

natijada yopuvchi qatlam yupqalashib uning qarshiligi kamayadi.

Demak,  bu  yo‘nalishda,  ya’ni  p-  yarim  o‘tkazgichdan  n-  yarim

o‘tkazgich tomonga tok o‘tadi. Shuning uchun ham bu yo‘nalishga

o‘tkazuvchi yoki to‘g‘ri yo‘nalish deyiladi. Shunday qilib, p-n o‘tish

bir tomonlama o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lib, bunday yarim o‘tkaz-

gichli diod to‘g‘rilagichlar sifatida ishlatiladi va uning  shartli belgisi

146- rasmda ko‘rsatilgan. Yarim o‘tkazgichli diodlar lampali diod-

larga nisbatan  qulay, ishonchli va hajmi kichkina bo‘lganligi uchun

ularni radiotexnikadan to‘la siqib chiqardi. Yarim o‘tkazgichli diodlar

nafaqat to‘g‘rilagich va balki detektor (qayd etgich) sifatida ham

ishlatilishi mumkin.

146- rasm.

O‘tish


sohasi

Yopuvch


i

qatlam


     tashqi    maydon

E

E

a)

e)

b)

d)

     tashqi    maydon

www.ziyouz.com kutubxonasi


300

Òranzistor. Òriod. Yarim o‘tkazgichli triod — tranzistorni yasash

uchun aralashmali yarim o‘tkazgich materialining uchta tarkibiy qismi

(shuning uchun ham triod deyiladi) bo‘lishi kerak: ikkita n- va bitta

p- ti p  yoki teskarisi. 147- a rasmda  p-n-p ti p  tranzistor  ko‘rsatil-

gan. Òranzistor zanjirga ulanganda ikkita batareyadan foydalaniladi.

Ulardan birining musbat qutbi tranzistorning emitteri (e) deyiluvchi

p-qismiga, manfiy qutbi esa baza (b) deyiluvchi o‘rtadagi n- qismiga

ulanadi. Ikkinchi batareyaning musbati bazaga, manfiy qutbi esa

kollektor  (k)  deyiluvchi  ikkinchi  p-  qismga  ulanadi.  Shunday

ulanishda  emitterdagi  teshiklar  bazaga  ketib,  ularning  keyingi,

bazadan kollektorga tomon harakati ikkinchi batareya ta’sirida amalga

oshadi. Birinchi batareyaning kuchlanishi ortishi bilan baza orqali

kollektorga yetuvchi, emitterdagi teshiklar soni ham ortadi. Demak,

lampali  triodda  to‘r  va  katod  orasidagi  kuchlanish  anod  tokini

boshqargani  kabi,  tranzistorda  ham  baza  va  emitter  orasidagi

kuchlanish  kollektor  tokini  boshqaradi.  147-  b  rasmda  yarim

o‘tkazgichli triodning shartli belgisi ko‘rsatilgan. Yarim o‘tkazgichli

triodlar kuchaytirgichlar va generatorlar sifatida ishlatiladi.



Yarim o‘tkazgichli asboblarning ahamiyati. Yarim o‘tkazgichli as-

boblar vujudga kelishi radiotexnikada inqilobiy burilish yasadi. Ular-

ning soddaligi va kichikligi, mikromodullar sifatida uzluksiz ravishda

bosib chiqarish usuli bilan tayyorlash imkonini yaratdi. Mikromodullar

yupqa varaqlardek bo‘lib, ularda diodlar, triodlar, qarshiliklar va

radiosxemaning boshqa elementlari zarb qilinadi. Mikromodullarning

turli  kombinatsiyalarini  tuzib,  oldindan  belgilangan  parametrli

radioqurilmalarni yasash mumkin. Hozirgi paytda yarim o‘tkazgichli

diodlar, triodlar, rezistorlar ishlatilmaydigan asboblarning o‘zi mavjud

emas.  Yarim  o‘tkazgichli  termistor  (termorezistor)  yordamida

temperaturani o‘lchovchi detektor, elementar zarralarni qayd etuvchi,

fotorezistor — yorug‘lik energiyasini qayd etuvchi va ko‘plab boshqa

asboblarni misol qilib keltirish mumkin. Kosmik kemalarning barchasi

quyosh energiyasini elektr energiyasiga aylantirib beruvchi yarim



147- rasm.

Kollektor

toki

Baza


toki

a)

b)

www.ziyouz.com kutubxonasi



301

o‘tkazgichli quyosh batareyalari bilan jihozlangan bo‘lsa, tibbiyot

insonning nozik organlariga kirib, uning faoliyatidan ma’lumot beruvchi

datchiklar (qayd etuvchilar) bilan jihozlangandir. Garchi, ushbu da-

lillarning o‘zi ham yarim o‘tkazgichli asboblarning foydalanish sohasi

kengligini ko‘rsatib tursa-da, hali ularning ishlatilish istiqbollari juda

keng. Bu sohadagi izlanishlar  tugamagan bo‘lib, insoniyat yarim

o‘tkazgichlar fizikasidan  ko‘plab yangiliklarni kutmoqda.



Sinov savollari

1. Yarim o‘tkazgichli diod deb qanday asbobga aytiladi? 2. Yarim o‘tkaz-

gichli diodning ish prinsipi.  3. Yopuvchi yo‘nalish deb tashqi maydonning

qanday yo‘nalishiga aytiladi? 4. Qachon yopuvchi qatlam kengayadi? 5. Qachon

yopuvchi qatlam  yupqalashadi? 6. Yarim o‘tkazgichli diod tokni har ikkala

yo‘nalish bo‘yicha ham o‘tkazadimi? 7. Yarim o‘tkazgichli diodlarning lam-

pali diodlardan afzalliklari nimada? 8. Òriod qanday tuzilgan? 9. Yarim

o‘tkazgichli triodda kollektor toki nimani boshqaradi? 10. Òriodlar qayerda

ishlatiladi? 11. Yarim o‘tkazgichli asboblarning afzalliklari nimada? 12. Yarim

o‘tkazgichlar detektor sifatida qayerlarda ishlatiladi? 13. Yarim o‘tkazgichlarning

quyosh batareyasi sifatida va tibbiyotda ishlatilishi. 14. Yarim o‘tkazgichli as-

boblarning ishlatilishiga misollar keltiring.



Masala yechish namunalari

1 -  m a s a l a :  Aluminiy simdagi tok zichligi 1 A/mm

2

. Aluminiy



jism birligidagi erkin elektronlarning soni  atomlarning soniga teng

deb faraz qilib, elektronlar batartib harakatining o‘rtacha tezligi  <v>

aniqlansin.

Berilgan:

= 1 A/mm

2

= 10



6

 A/m


2

;

n

e

n



A

.

—————



<v> = ?

.

j



e n

×

< > =



v

Bu  yerda  = 1,6 · 10

–19

  C — elektronning  zaryadi,  n



e

n



A

elektronlarning konsentratsiyasi:



.

A

e

A

m

N

N

A

V

M

n

n

n

r

×

=



=

=

=



Unda <v> uchun ifoda quyidagi ko‘rinishini oladi:

Yechish. Tok zichligi va elektronlar batartib

harakatining  o‘rtacha  tezligi  orasida

quyidagi munosabat mavjud:

· >.

Bundan  <v> ni topib olamiz:

www.ziyouz.com kutubxonasi


302

.

A



j M

N

e

×

×r×



< > =

v

Bu  yerda:  N

A

= 6,02 · 10



23

  mol


–1

  —  Avogadro  soni; 



m

M

V

r

=



molyar hajm; = 27 · 10

-3

kg/mol — aluminiyning molyar massasi;



r = 2,7 · 10

3

 kg/m



3

 — zichligi. Kattaliklarning qiymatlaridan foyda-

lanib topamiz.

< >=

=

=



×

×

×



×

×

×



×

-

-



-

v

10 27 10


6 02 10

2 7 10 1 6 10

6

3

23



3

19

4



10

0 1


,

,

,



,

m

s



m

s

mm / s



.

J a v o b : <v> = 0,1 mm/s.



2 -  m a s a l a . Agar azotning ionlashuv potensiali 14,5 V ga teng

bo‘lsa, azot atomini ionlashtirish uchun elektron qanday eng kichik

tezlikka ega bo‘lishi kerak?

Berilgan:

u

i

= Dj = 14,5V;

N

2

.



———————————

v

min


= ?

yoki


2

min


2

.

e



i

m

e

eu

= ×Dj=


v

Ushbu ifodadan  v

min 

ni topib olamiz:



min

2

.



i

e

e u

m

v

× ×


=

Bu yerda: = 1,6 · 10

–19

 C — elektronning zaryadi; m



e

= 9,1 · 10

–31

kg — massasi. Kattaliklarning son qiymatlari yordamida topamiz:



19

6

min



31

2 1, 6 10

14, 5

9,1 10


m

m

2,3 10



s

s

v

-

-

×



×

×

×



=

=

×



.

J a v o b : v

min

=2,3 · 10



6

 m/s.


Mustaqil yechish uchun masalalar

1.  Ko‘ndalang kesimining yuzi 1mm

2

 bo‘lgan mis o‘tkazgichdan



10 A tok oqmoqda. Har bir atomiga ikkitadan zaryad tashuvchi

elektron to‘g‘ri keladi deb hisoblab, misdagi elektronlar ba-

tartib harakatining o‘rtacha tezligi  <v> aniqlansin.

(<v> = 3,7 mm/s).



Yechish. Elektron azot atomini ionlashtirish

uchun uning kinetik energiyasining eng kichik

qiymati chiqish ishiga teng bo‘lishi kerak:

Å

ê.min


A

www.ziyouz.com kutubxonasi



303

2.  Uzunligi 2 m, ko‘ndalang kesimining yuzi 0,4 mm

2

 bo‘lgan mis



o‘tkazgichdan tok o‘tgan har bir sekundda 0,35 J issiqlik miqdori

ajraladi. Bu o‘tkazgichning ko‘ndalang kesim yuzidan bir sekund-

da nechta elektron o‘tadi? (= 1,27 · 10

19

)



3.  Agar buyumga 1,8 g nikel qatlami o‘tirgan bo‘lsa, nikellash qancha

vaqt davom etadi? Òok kuchi 2 A. (= 50 min)

4.  Òelevizor kineskopida anoddagi tezlashtiruvchi kuchlanish 16 kV

ga teng. Anoddan ekrangacha bo‘lgan masofa 30 sm. Elektronlar

bu masofani qancha vaqtda o‘tadi? (= 4 ns)

Òest savollari

1. Metallarda elektr toki qanday elektr zaryadlarning tartibli

harakati tufayli hosil bo‘ladi?

A.  Manfiy va musbat ionlar.

B. Erkin elektronlar.

C. Elektron va musbat ionlar.

D. Musbat va manfiy ionlar hamda erkin elektronlar.

E. Javoblar orasida to‘g‘risi yo‘q.

2. Gazlarda elektr toki qanday elektr zaryadlarning tartibli harakati

tufayli hosil bo‘ladi?

A.  Faqat elektronlar.

B. Musbat va manfiy ionlar.

C. Manfiy ionlar va elektronlar.

D. Faqat musbat ionlar.

E. Òo‘g‘ri javob A va D.

3. Suyuqliklarda elektr toki qanday elektr zaryadlarning tartibli

harakati tufayli hosil bo‘ladi?

A.  Musbat va manfiy ionlar.

B. Manfiy ionlar va elektronlar.

C. Atomlar.

D. Molekulalar.

E. To‘g‘ri javob yo‘q.


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling