O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46

Òo‘lqinning tarqalish tezligi. Maksvell nazariyasiga asosan elektro-

magnit  to‘lqinlarning  tarqalish  tezligi  chekli  kattalikdir.  U

elektromagnit to‘lqin tarqalayotgan muhitning elektr va magnit xos-

salari bilan aniqlanadi:

0 0

1

,



e m em

=

v

                                   

(119.1)


Bu yerda e

0

 va m



0

 elektr va magnit doimiylari; e  va m muhitning

dielektrik va magnit singdiruvchanliklari.

Agar elektromagnit to‘lqinlar vakuumda tarqalayotgan bo‘lsa,

unda e = 1, m = 1 bo‘ladi. Elektromagnit to‘lqinlarning  vakuumda

tarqalish tezligini hisoblaymiz:

8

12

7



0 0

1

8, 85 10



m 4 10

1

m



3 10

.

F



N

s

m



m

-

-



×

×

×



=

=

= ×



p

e m

v

Demak, elektromagnit to‘lqinlarning vakuumda tarqalish tezligi

yorug‘likning vakuumda tarqalish tezligi 

= ×

3 10


8

m

s



ga teng.

Òo‘lqin uzunligi. Elektromagnit to‘lqinning bir tebranish davriga

teng vaqt davomidagi ko‘chish masofasi  to‘lqin uzunligi deyiladi.

Agar — elektromagnit to‘lqinlarning bir jinsli muhitda tarqalish

tezligi, Ò — uning davri, — chastotasi, l — to‘lqin uzunligi bo‘lsa,

unda l = vT yoki l = v/v

0

. Vakuum uchun esa l



0

cT yoki

l

0

=



c

v

                                            

(119.2)

bo‘ladi.


Òo‘lqinning tarqalish tezligi muhitni xarakterlovchi kattaliklar e

va m larga bog‘liq bo‘lganligi uchun ham, bir muhitdan ikkinchisiga

o‘tganda v va l  o‘zgaradi, to‘lqin chastotasi esa o‘zgarmay qoladi.

Agar to‘lqin vakuumdan dielektrik e  va magnit m kirituvchanlikli

muhitga o‘tsa, uning to‘lqin uzunligi kamayadi:

l

l



em

=

0



,

bu yerda l

0

— vakuumdagi to‘lqin uzunligi.



Elektromagnit to‘lqinlarning xossalari. Elektromagnit to‘lqinlar

ko‘ndalang to‘lqinlar ekanligini ta’kidlab o‘tdik. Ular vakuumda,

yorug‘likning vakuumdagi tezligiga teng 

8

m



3 10

s

ñ = ×

 tezlik bilan

harakatlanadi. Elektromagnit to‘lqinlarning tezligi, to‘lqin uzunligi

www.ziyouz.com kutubxonasi


385

muhitning xususiyatlariga bog‘liq. Elektromagnit to‘lqinning chasto-

tasi esa barcha muhitlar uchun bir xil kattalikdir. Shuningdek, yorug‘lik

to‘lqinlari  kabi  to‘siqdan  qaytadi,  muhitlar  chegarasida  sinadi,

interferensiyaga kirishadi va hokazolar.

Boshqacha aytganda, elektromagnit to‘lqinlarning barcha xossa-

lari yorug‘likning xossalariga o‘xshab ketadi. Demak, bundan shunday

xulosaga kelish mumkin: yorug‘lik nuri elektromagnit to‘lqinlardan



iboratdir. Keyingi tajribalar shuni ko‘rsatdiki, faqat yorug‘lik nuri

emas, balki infraqizil, ultrabinafsha,  rentgen va  gamma nurlari ham

elektromagnit tabiatga egadir.

Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi. Demak, elektromagnit to‘lqinlar

juda keng diapazonda bo‘lib, bir-biridan hosil qilinish usullari, qayd

qilinish usullari, chastotalari va ba’zi xossalari bilan farq qiladi. Òurli

elektromagnit to‘lqinlarning chegaralari ancha shartli bo‘lib, ular

vakuumda bir xil tezlik bilan tarqaladi.

14- jadval

Elektromagnit to‘lqinlarning ba’zi turlari

Nurlanish

To‘lqin uzunligi,

m

To‘lqin chastotasi,



Hz

Nurlanish manbayi

 Radioto‘lqinlar

10

3



 — 10

–4

3 × 10



5

 — 3 × 10

12

  Tebranish



  konturi,

  Gers vibratori,

  Massali nur

  tarqatuvchi,

  Lampali

  generator

Yorug‘lik to‘lqinlari

 Infraqizil

 nurlanish

5 × 10


–4

 

— 8 × 10



–7

6 × 10


11

 

— 3,75 × 10



14

  Lampalar,

  lazerlar

 Oq yorug‘lik

8 × 10

–7

 



— 4 × 10

–7

3,75 × 10



14

 

— 7,5 × 10



14

 Ultrabinafsha

 nurlanish

4 × 10


–7

 

— 10



–9

7,5 × 10


14

  

— 3 × 10



17

 Rentgen nurlari

2 × 10

–9

 



— 6 × 10

–12


1,5 × 10

17

  



— 5 × 10

19

  Rentgen trubkasi



  g -nurlar

<6 × 10

–12


>5 × 10

19

  Radioaktiv



  parchalanish,

  Yadro jarayonlari,

  Kosmik

  jarayonlar



Elektromagnit to‘lqinlar shkalasi

Radioto‘lqinlar,   optik  diapazon,  rentgen  nurlari, g- nurlanish.

10

5

10



12

10

14



10

17

10



19

Chastota(Hz)



·

·

·

·

·

25  Fizika,  I  qism

www.ziyouz.com kutubxonasi


386

Sinov savollari

1. Magnit maydon induksiyasi elektr maydon kuchlanganligining o‘zga-

rishiga bog‘liqmi? 2. Elektr maydon kuchlanganligi-chi? 3. Elektromagnit

to‘lqinlar qanday vujudga keladi? 4. Elektromagnit to‘lqinlar deb qanday

to‘lqinlarga aytiladi? 5. Elektromagnit to‘lqinlarda E va B vektorlar qanday

joylashgan? 6. Elektromagnit to‘lqinlarning E va B vektorlarining fazalari

mos keladimi? 7. Maksvell nazariyasiga asosan elektromagnit to‘lqinlarning

tezligi qanday aniqlanadi? 8. Elektromagnit to‘lqinlarning vakuumda tarqalish

tezligi qancha? 9. Òo‘lqin uzunligi deb nimaga aytiladi? 10. Òo‘lqin uzunligi

qanday aniqlanadi? 11. Òo‘lqinning tarqalish tezligi muhitga bog‘liqmi?

Òo‘lqin uzunligi. 12. Vakuumdagi va muhitdagi to‘lqin uzunliklari qanday

bog‘langan? 13. Òo‘lqin chastotasi muhitga bog‘liqmi? 14. Elektromagnit

to‘lqinlarning qanday xossalarini bilasiz? 15. Elektromagnit to‘lqinlarning

qanday xossalari yorug‘lik to‘lqini xossalariga o‘xshaydi? 16. Yorug‘lik elek-

tromagnit to‘lqinlar emasmi? 17. Yana qanday nurlar elektromagnit tabiatga

ega? 18. Elektromagnit to‘lqinlar nimalari bilan farq qiladi? 19. Barcha

to‘lqinlarning tarqalish tezliklari bir xilmi? 20. Elektromagnit to‘lqinlar-

ning to‘lqin uzunligi, chastotasi va nurlanish manbayini tahlil qiling.



120- §.  Gers vibratori. Ochiq tebranish konturi

M a z m u n i :  tebranish konturi; ochiq teb-

ranish konturi.

Òebranish konturi. Umuman olganda, o‘zga-

ruvchan  elektr  toki  oqayotgan  istalgan  tebra-

nish  konturi  yoki  o‘tkazgich  elektromagnit

to‘lqinlar manbayi bo‘lib xizmat qilishi mumkin,

chunki elektromagnit to‘lqinlarni uyg‘otish uchun

elektromagnit maydonni vujudga keltirish kifoya.

Lekin nurlanish sezilarli bo‘lishi uchun esa elek-

tromagnit  maydon  hosil  qilinadigan  hajmni

orttirish taqozo qilinadi. Shuning uchun ham 179-

rasmda ko‘rsatilganga o‘xshash yopiq tebranish

konturlari elektromagnit to‘lqinlarni hosil qilish uchun yaroqsizdir. Chunki

bunday konturda elektr maydon kondensator qoplamlari orasida, magnit

maydon esa  induktiv g‘altak ichida mujassamlashgan bo‘ladi.

Ochiq tebranish konturi. Demak, elektromagnit maydonning fa-

zoda tarqalishiga imkon yaratish uchun maydon hosil bo‘ladigan fa-

zoni orttirishimiz kerak. Bunga qanday erishish mumkin. Buning yagona

yo‘li — kondensator qoplamalari orasidagi masofani orttirishdir. Nemis



Genrix Gers

(1857 — 1894)

www.ziyouz.com kutubxonasi



387

fizigi G . G e r s  aynan shunday yo‘l tutdi. U g‘altakdagi o‘ramlar

sonini va kondensator plastinkalari yuzasini kamaytirdi va kondensator

qoplamlarini bir-biridan uzoqlashtirib (193- a,b rasmlar), uchqun

hosil qiluvchi bo‘shliq bilan ajratilgan ikkita tayoqchadan iborat sis-

tema holiga keltirdi. Natijada yopiq tebranish konturidan ochiq tebra-

nish konturini (Gers vibratorini) hosil qildi (193- d rasm). Ochiq

tebranish konturida elektromagnit maydon konturni o‘rab turgan

bo‘shliqda mujassamlashgan bo‘ladi va shuning uchun ham elektro-

magnit nurlanishning intensivligi keskin ortadi. Bunday sistemada

tebranish, kondensator qoplamalariga ulangan EYK manbayi hisobidan

quvvatlab turiladi.  Uchqunli bo‘shliq esa kondensator qoplamalari

orasidagi  potensiallar  farqini  dastlab  zaryadlangan  potensiallar

farqigacha orttirish uchun ishlatiladi.



v

T

=

1



 va 

T

L C

=

×



2p

bo‘lganligidan L va C ning kamayishi bi-

lan tebranish chastotasi ortadi. Bu vibratorda endi o‘zgaruvchi elektr

maydon kondensator ichida mujassamlashgan bo‘lmay, balki vibra-

torni tashqi tomondan o‘rab turadi. Natijada  elektromagnit nurlanish-

ning intensivligi keskin ortadi. Gers 1- ochiq vibrator tarqatadigan

elektromagnit to‘lqinlarni shu to‘lqinlar chastotasiga moslangan 2-

vibrator (rezonator) yordamida qayd etdi (194- rasm).

Elektromagnit to‘lqinlar 2- vibratorga yetganda unda elektromag-

nit tebranishlar vujudga keladi va uchqunli oraliqda uchqun chaqnashi

ro‘y beradi. Elektromagnit to‘lqinlarning qayd qilinishi va chaqnash

ro‘y berishi elektromagnit to‘lqinlar energiya tashishini ko‘rsatadi.

Gers vibrator va rezonatordan foydalanib, elektromagnit to‘lqinlar

boshqa to‘lqinlarga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham ega ekanligini

ko‘rsatdi.

Gers vibratori yordamida 0,6 m dan 10 m gacha to‘lqin uzunlikli

yassi to‘lqinlar hosil qilindi va elektromagnit to‘lqinlar ko‘ndalang

to‘lqinlar ekanligi ko‘rsatildi. Gers turg‘un elektromagnit  to‘lqinlarni

hosil qildi va ular yordamida elektromagnit to‘lqinlarning tezligini

aniqlab, uning yorug‘lik tezligi bilan mos kelishini ko‘rsatdi.



193- rasm.

194- rasm.

a)

b)

d)

www.ziyouz.com kutubxonasi



388

Sinov savollari

1. Elektromagnit to‘lqinlar manbayi qanday bo‘ladi? 2. Elektromagnit

to‘lqinlarni tarqatish uchun nimani vujudga keltirish kerak? 3. Nima uchun

yopiq tebranish konturi elektromagnit to‘lqinlar hosil qilish uchun yaroqsiz

hisoblanadi? 4. Elektromagnit maydon fazoda tarqalishi uchun qanday

sharoit bo‘lishi kerak? 5. Ochiq tebranish konturi, ya’ni Gers vibratorini

hosil  qilish  uchun  nima  qilish  kerak?  6.  Ochiq  tebranish  konturida

elektromagnit maydon qayerda mujassamlashgan bo‘ladi? 7. Ochiq tebranish

konturining  ish  prinsi pi?  8.   Elektromagnit  to‘lqinlar   qanday  qabul

qilinadi? 9. Elektromagnit to‘lqinlar energiya tashiydimi? Buni qanday

bilish mumkin? 10. Gers vibratorida qanday to‘lqinlar hosil qilindi? 11.

Gers o‘z tajribalarida nimalarni aniqladi? 12. Elektromagnit to‘lqinlarning

tarqalish tezliklari yorug‘lik tezligiga tengmi?

121- §. Radioning kashf etilishi. Radioaloqa

          haqida tushuncha

M a z m u n i :  birinchi radiopriyomnik; ke-

yingi izlanishlar; radioaloqa haqida tushuncha;

radiotelefon aloqa.



Birinchi radiopriyomnik. Uzoq masofalarga

signal  uzatishda  elektromagnit  to‘lqinlardan

foydalanish g‘oyasi A . S. P o p o v  (1859 — 1906)

tomonidan 1889- yilda birinchi bo‘lib aytilgan.

Uning o‘zi 1895- yilda birinchi radiopriyomnigi-

ni yasadi va namoyish qildi.

Popov o‘z radiopriyomnigida elektromagnit

to‘lqinlarni sezuvchi detal sifatida kogerrerdan

foydalandi. Kogerrer, qayd etuvchi apparat elektr

qo‘ng‘iroqni energiya bilan ta’minlovchi manbani boshqarish uchun

ishlatilgan.  Birinchi  radiopriyomnikning  sxemasi  195-  rasmda

ko‘rsatilgan. M antenna orqali qabul qilingan elektromagnit tebranishlar



AB kogerrerga keladi. Bu asbob ikkita elektrodli shisha naychadan iborat.

Naycha   ichiga metall  qirindi solingan bo‘lib,  uning ish  prinsi pi

elektr zaryadlarining metall kukuniga ko‘rsatadigan ta’siriga asoslan-

gan. Kukunning  qarshiligi juda katta bo‘lib, odatdagi sharoitda undan

tok o‘tmaydi, chunki metall qirindilar bir-birlariga yopishib turmay-

di. Lekin kogerrerga elektromagnit to‘lqinlar kelganda, qirindilar

go‘yoki  bir-birlarining  orqalaridan  «ulashib»  qoladi  va  qarshilik

kamayib, ular orqali tok o‘tadi.

«Kogerrer» so‘zining o‘zi lotincha «kogirinsio» so‘zidan olingan

bo‘lib, «ulashish» degan  ma’noni anglatadi.  (Popovning tajribalari-



À. S. Popov

(1859 — 1906)

www.ziyouz.com kutubxonasi



389

da qarshilik 100 000  W dan 1000 —

500  W  gacha  (ya’ni  100 — 200

marta) kamaygan. Kogerrer silkitil-

sa, uning qarshiligi yana tiklanadi va

undan yana tok o‘tmaydi. Demak,

elektromagnit to‘lqinlar kogerrer-

ning  qarshiligini  o‘zgartirib,  uni

elektr  tokini  o‘tkazadigan  qiladi.

Natijada  yakorni  tortuvchi  rele

chulg‘amidan  tok  oqib,  kontakt  C

yopiladi.  Yakor rele kontaktini yopib,

tokning  qo‘ng‘iroq  chulg‘amidan

oqishiga imkon beradi. Qo‘ng‘iroq o‘z

yakorchasini  tortadi  va  bolg‘acha

urilib, tovush eshitiladi. Shu paytning o‘zida qo‘ng‘iroq kontakti D

zanjirni uzadi va qo‘ng‘iroq orqali tok oqishi to‘xtaydi. Qo‘ng‘iroq

yakori kogerrerga urilib, uning qarshiligini oshiradi va dastlabki hola-

tiga qaytadi. Priyomnik elektromagnit to‘lqinlarni yana qabul qilishga

tayyor bo‘ladi. 1895- yil 7- mayda A.Popov o‘z ixtirosini namoyish

qildi va shu kun radioning tug‘ilgan kuni bo‘lib qoldi.

Keyingi  izlanishlar. Radiopriyomnikning sezgirligini oshirish uchun

A.S. Popov kogerrerdan chiqqan simlardan birini yerga, ikkinchisini

esa baland ko‘tarilgan o‘tkazgich bo‘lagiga uladi. Shunday qilib, dunyoda

birinchi qabul qilish antennasi yaratildi. Kogerrerning bitta simini yerga

ulash esa Yerning o‘tkazuvchi sirtini ochiq tebranish konturining bir

qismiga aylantirib, qabul qilish masofasini oshirdi.

Birinchi radioaloqa atigi 250 m masofada o‘rnatilgan edi. Popov

o‘z kashfiyotini takomillashtirib, tez orada bu masofani 600 m ga

yetkazdi. 1899- yilda esa aloqa o‘rnatilgan masofa 20 km gacha uzaytirildi.

1901- yilda esa radioaloqa masofasi 150 km ga yetkazildi. Hozirgi zamon

radiopriyomniklarining ish prinsipi ham Popov  radiopriyomnigidan

farq qilmaydi. Zamonaviy radiopriyomniklar ham kuchsiz elektromagnit

tebranishlarni antennalari orqali qabul qilishadi. Bu signallar zanjirlarni

ta’minlovchi energiya manbalarini boshqaradi, xolos. Hozirgi paytda

bunday boshqaruv elektron lampalar va tranzistorlar yordamida amalga

oshiriladi.



Radioaloqa  haqida tushuncha. Radioaloqaning ish prinsipi qu-

yidagicha. Uzatuvchi antennada yuzaga keltirilgan yuqori chastotali

o‘zgaruvchan tok atrofidagi fazoda o‘zgaruvchan elektromagnit maydon

vujudga keltiriladi. Bu maydon esa elektromagnit to‘lqin tarzida tarqaladi.

Òo‘lqin qabul qiluvchi antennaga yetganidan so‘ng, unda uzatuvchi

stansiya chastotasiga teng chastotali o‘zgaruvchan tok hosil qilinadi.



195- rasm.

Qo‘ng‘iroq

www.ziyouz.com kutubxonasi


390

1913- yilda so‘nmas elektromagnit tebranishlar generatorining

kashf qilinishi radioaloqaning rivojlanishiga katta turtki bo‘ldi. Bu

generator yuqori sifatli radioaloqa — nutq va musiqani elektromag-

nit to‘lqinlar yordamida uzatish imkoniyatini yaratdi.

Radiotelefon aloqa. Radiotelefon aloqa ham shunga o‘xshash prin-

si pda  ishlaydi.  Òovush   to‘lqinlarining  bosimi  natijasida  mikrofon

membranasi tebranma harakatga keladi va tovush tebranishlari shaklidagi

elektr tebranishlari vujudga keladi. Ammo bu to‘lqinlarni uzoq masofaga

uzatishning iloji yo‘q. Chunki tovush chastotasidagi tebranishlar juda

kuchsiz  tebranishlar  bo‘lib,  bunday  chastotadagi  elektromagnit

tebranishlar tarqalmaydi. Shuning uchun ham ular tarqatishdan ol-

din modulatsiyalanadi.



Sinov savollari

1. A. S. Popovning g‘oyasi nimadan iborat bo‘lgan? 2. U o‘zining birin-

chi radiopriyomnigini qachon yasagan va namoyish qilgan? 3. A.S. Popov

elektromagnit to‘lqinlarni sezuvchi asbob sifatida nimadan foydalangan?

4. Kogerrerdan nima maqsadda foydalanilgan? 5. Birinchi radiopriyomnik-

ning ish prinsipini tushuntirib bering. 6. Kogerrer  qanday tuzilishga ega?

7. Kogerrerga elektromagnit to‘lqinlar kelganda qanday jarayon ro‘y beradi?

8. Kogerrer so‘zi qanday ma’noni anglatadi? 9. Popov  tajribalarida uning

qarshiligi qancha kamaygan? 10.  Radiopriyomnikning sezgirligini oshirish

uchun Popov qanday ish tutgan? 11. Birinchi radioaloqa qancha masofada

o‘rnatilgan? 12. Keyingilari-chi? 13. Hozirgi radiopriyomniklar Popov

radiopriyomnigiga nimasi bilan o‘xshaydi, nima farqlari bor? 14. Radio-

aloqaning ish prinsipi? 15. Radiotelefon aloqa  nima?

122- §. Modulatsiya va detektorlash

M a z m u n i :  radioto‘lqinlarni uzatish; modulatsiya; modulatsiya

jarayonining amalga oshirilishi; radiopriyomnik; detektorlash; zamo-

naviy radiouzatkich va radiopriyomnik; eng oddiy radiopriyomnik.



Radioto‘lqinlarni  uzatish.  Zamonaviy  radiouzatkichning  asosini

vakuumli lampa yoki tranzistorda terilgan so‘nmas tebranishlar genera-

tori tashkil qiladi. Generator «eltuvchi» deyiluvchi yuqori chastotali

tebranishlarni hosil qiladi (196- rasm). Agar uzatkich shunday ko‘rinishdagi

so‘nmas sinusoidal to‘lqinlarni uzatsa, unda qabul qiluvchi antenna ham

hech qanday informatsiyaga ega bo‘lmagan garmonik tebranishlarni qayd

qiladi. Biror ma’lumotni, masalan, nutq yoki musiqani uzatish uchun

esa yuqori chastotali tebranishlarning xarakterini, aytaylik, amplitudasini

o‘zgartirish kerak. Bu jarayon modulatsiya deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



391

199- rasm.

Modulatsiya.  Modulatsiyasiz  birorta

ham: telegraf, telefon, televizion  aloqani

amalga oshirib bo‘lmaydi. Masalan, telegraf

modulatsiyasi kalit  yordamida nurlanishni

kesishga, ya’ni qisqa (nuqta) va uzun (tire)

200- rasm.

(Morze alifbosi asosida) ma’lumotlarni uzatishga asoslangan (197-

rasm). Shuningdek, biror tovush chastotasidagi tebranishlar (198-

rasm) berilgan bo‘lsin. Bu tebranishlarga modulatsiyalanuvchi tebra-



nishlar deyiladi. «Eltuvchi» tebranishlar tovush chastotasidagi teb-

ranishlar  yordamida  o‘zgartiriladi,  ya’ni  tovush  tebranishlari

modulatsiyalanadi. Modulatsiyalangan tebranishlarning ko‘rinishi 199-

rasmda ko‘rsatilgan. Modulatsiyalash ham ikki xil bo‘ladi. Masalan,

biz yuqorida ko‘rganimizdek, yuqori chastotali tebranishlar ampli-

tudasini tovush chastotasidagi tebranishlar bilan o‘zgartirish mumkin.

Bunday modulatsiya amplituda modulatsiyasi deyiladi. Shuningdek,  «el-

tuvchi» tebranishlar chastotasini moslab o‘zgartirish usulidan ham

foydalaniladi. Bu usul chastota modulatsiyasi deyiladi.

Modulatsiya jarayonining amalga oshirilishi. Doimiy tebranish-

lar generatori zanjiriga tovush tebranishlarini uzatish uchun mikro-

fon ulanadi (200- rasm). Òushayotgan tovush to‘lqinlarining ta’sirida

mikrofonning  qarshiligi  va  natijada  transformatorning  birinchi

chulg‘amidagi tok ham o‘zgaradi. Bu esa transformatorning ikkinchi

196- rasm.

197- rasm.

198- rasm.

Nuqta


kalit

ulangan


Tire

kalit


ajratilgan

kalit


ulangan

www.ziyouz.com kutubxonasi



392

chulg‘amida o‘zgaruvchan EYK ning vujudga kelishiga va demak,

lampaning to‘riga tovush chastotasidagi o‘zgaruvchan kuchlanish

berilishiga  olib  keladi.  Shu  lampa  tomonidan  konturda  vujudga

keltirilayotgan yuqori chastotali tebranishlar chastotasi to‘rdagi past

chastotali kuchlanishga moslashib o‘zgaradi. Natijada antenna tarqa-

tayotgan radioto‘lqinlarning intensivligi ham o‘zgaradi.

Òovush bo‘lmaganda mikrofon zanjiridan o‘zgarmas tok oqadi

(201- rasm). Òovush tebranishlarining paydo bo‘lishi bilan mikrofon

zanjiridagi  tok  o‘zgaradi.  Shunda  yuqori  chastotali  tebranishlar



201- rasm.

Tovush


yo‘q

Tovush


bor

M

ik



ro

fo

n



za

n

jir



id

agi


 t

ok

U



za

tu

vc



h

i

za



n

jir


id

agi


 t

ok

202- rasm.



a)

b)

d)

e)

www.ziyouz.com kutubxonasi



393

amplitudasi tovush tebranishlari qonuniyatlariga muvofiq  o‘zgaradi,

ya’ni amplitudaning modulatsiyasi ro‘y beradi.

Radiopriyomnik. Radiopriyomnik, asosan, quyidagi elementlar-

dan tashkil topgan bo‘ladi: antenna, tebranish konturi,  kuchaytir-

gich, detektor (qayd qilgich), radiokarnay. Radiopriyomnikning an-

tennasiga bir paytning o‘zida ko‘plab stansiyalardan tarqatilayotgan

modullashtirilgan  signallar keladi. Ularning orasidan aynan bizni

qiziqtirayotgan ma’lumotni ajratib olish uchun tebranish konturi-

dan foydalaniladi. Konturda o‘zgaruvchan sig‘imli kondensator kiri-

tilgan bo‘lib, uning sig‘imini o‘zgartirish bilan konturning xususiy

chastotasini  o‘zgartirish  mumkin.  Priyomnik  konturini  qabul

qilinadigan elektromagnit tebranishlar bilan rezonansga moslashti-

rish shu tariqa amalga oshiriladi. Natijada, tebranish konturida yuqori

chastotali modullashtirilgan kuchsiz tok paydo bo‘ladi (202- a rasm).

Bu tok oldin kuchaytirgichga, keyin esa detektorga keladi. Detektor-

langan tok radiokarnayga uzatiladi va mikrofonga tushgan tovush

to‘lqinlari tarqatiladi, ya’ni mikrofonga aytilgan tovush eshitiladi.


Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling