O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi a. G. G‘aniyev, A. K. Avliyoqulov


Download 4 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/46
Sana08.03.2017
Hajmi4 Mb.
#1920
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46

Detektorlash. Detektorlash deb, yuqori chastotali eltuvchi teb-

ranishlardan tovush tebranishlarini ajratib olish jarayoniga aytiladi.

Detektorda yuqori chastotali eltuvchi va tovush tebranishlarining

ajratilishi, ya’ni detektorlash ro‘y beradi. Detektor vazifasini bir tomonlama

o‘tkazish xususiyatiga ega bo‘lgan ikki elektrodli elektron lampa  yoki

yarim o‘tkazgichli diod bajarishi mumkin. Dioddan o‘tgan yuqori chastotali

modullashgan tok uzilib-uzilib oqadi (202- b rasm). Past chastotali signalni

parallel ulangan kondensator va qarshilikdan iborat filtr ajratib beradi.

Past (tovush) chastotali tok uchun kondensatorning qarshiligi juda katta

bo‘ladi va shuning uchun u qarshilik orqali oqadi (202- d rasm). Yuqori

chastotali tok esa kondensator orqali oqadi (202- e rasm).

Zamonaviy radiouzatgich va radiopriyomnik. Zamonaviy radio-

uzatgich va radiopriyomnikning ish sxemasi 203- rasmda keltirilgan.

So‘nmas tebranishlar generatori yuqori chastotali tebranishlarni

hosil qiladi. Ayni paytda tovush tebranishlari mikrofon yordamida

elektr tebranishlariga aylanadi. Har ikkala tebranish ham modulatorga

uzatiladi. Modulatorda amplituda yoki chastotaning modulatsiyasi

amalga oshadi. Gapni va musiqani uzatish uchun modulatsiya tovush

chastotalari (10 ¸ 13) · 10

3

Hz da amalga oshiriladi. Modulatsiyalangan



tebranishlar kuchaytirilib, elektromagnit to‘lqinlarni efirga tarqatuvchi

ochiq tebranish konturi bo‘lgan antennaga uzatiladi.

Qabul qiluvchining antennasiga yetib kelgan elektromagnit to‘lqin-

lar tebranish konturida elektromagnit tebranishlarni vujudga keltiradi.

So‘ngra bu tebranishlar kuchaytiriladi va detektorlanadi. Ajratilgan

past chastotali tebranishlar yana kuchaytirilib, radiokarnayga uzatiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


394

Eng oddiy radiopriyomnik. Eng oddiy radiopriyomnikning sxe-

masi  204- rasmda ko‘rsatilgan. U antenna, tebranish konturi, detek-

tor, kondensator va telefondan  tuzilgan zanjirdan iborat.

Sinov savollari

1. Radiouzatgichning asosini nima tashkil qiladi? 2. So‘nmas tebra-

nishlar generatori nima vazifani bajaradi? 3. «Eltuvchi» tebranishlar deb

qanday tebranishlarga aytiladi? 4. Modulatsiya deb nimaga  aytiladi?

5. Modulatsiyasiz radiolokator o‘rnatish mumkinmi? 6. Modulatsiya-

lanuvchi tebranishlar deb qanday tebranishlarga aytiladi? 7. Òovush tebra-

nishlari qanday qilib modulatsiyalanadi? 8. Modulatsiyaning turlari.               9.

Modulatsiyalash  jarayoni.  10.  Amplitudaviy  modulatsiya  jarayoni?

11. Radiopriyomnikda tebranish konturi nimaga kerak? 12. Konturdagi

o‘zgaruvchan sig‘imli kondensatorning vazifasi nimadan iborat? 13. Konturda

qabul qilingan tebranishlar mikrofongacha qanday jarayonlardan o‘tadi?

14. Detektorlash deb nimaga aytiladi? 15. Diod qanday vazifani bajaradi?



204- rasm.

203- rasm.

Uzatuvchi

Antenna

So‘nmas


tebranishlar

generatori

Modulator

Mikrofon


Kuchaytirgich

Tebranish

konturi

Kuchay-


tirgich

Detektor


Padio-

karnay


Kuchay-

tirgich


www.ziyouz.com kutubxonasi

395

16. Òovush tebranishlarini nima ajratib beradi? 17. Ajratish jarayonini

tushuntiring. 18. Zamonaviy radiopriyomnikda tovush qaysi chastotalarda

modulatsiyalanadi? 19. Radioto‘lqinlarni tarqatish va qabul qilish jarayo-

nini tushuntiring. 20. Eng oddiy radiopriyomnikning ish prinsipini tu-

shuntiring.



     123

- §. Òeleko‘rsatuvlarning fizik asoslari.

             Òoshkent — televideniye vatani

M a z m u n i :  teleko‘rsatuvlarning fizik asoslari; teleko‘rsatuvlar-

ni yo‘ldosh orqali uzatish va qabul qilish; Òoshkent — televideniye

vatani.


Òeleko‘rsatuvlarning fizik asoslari. Òeleko‘rsatuvlarni amalga

oshirish  prinsi pi  radioeshittirishlar   sxemasidan  uncha  katta  farq

qilmaydi. Farqi shundan iboratki, uzatuvchi qurilmada yuqori chastota-

li  tebranishlar  faqat  tovush  signallari

bilan emas, balki tasvir signallari  bilan

ham modullashtiriladi. Narsalarning tas-

virlarini  elektr  signallariga  aylantirish

ikonoskop deb ataluvchi elektron nurli

trubka yordamida amalga oshiriladi.

Ikonoskopdan olinadigan elektr teb-

ranishlar  radiouzatuvchiga uzatiladi va

ular tarqatilayotgan to‘lqinlarni, tovush

uzatganda mikrofon zanjiridagi o‘zgaruv-

chan tok radioto‘lqinlarni qanday modul-

lashtirgan bo‘lsa, xuddi shunday usulda

modullashtiradi.

Qabul qiluvchida olingan signallarni

ko‘rinuvchi tasvirga aylantirish vakuumli

elektron-nurli trubka — kineskop yorda-

mida amalga oshiriladi. Elektron dasta uzat-

gichda qanday harakat qilgan bo‘lsa, ki-

neskopdagi elektron dasta ham ekranda

xuddi shunday harakatni takrorlaydi. Òele-

ko‘rsatuvlar  signallarini  uzatish  ultra-

qisqa  to‘lqinlar  diapazonida  amalga

oshiriladi.  Bu  signallarni  qabul  qilish

to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish chegarasida amal-

ga oshiriladi. Masalan, balandligi 540 m

«Ostankino»  teleminorasi  130  km  ga

teleko‘rsatuvlarning  ishonchli  qabulini

ta’minlay oladi. 1985- yilda qurib bitirilgan,

205- rasm.

www.ziyouz.com kutubxonasi



396

balandligi 375 m bo‘lgan Òoshkent teleminorasi esa teleko‘rsatuvlarni

100 km ga ta’minlaydi (205- rasm).

Òeleko‘rsatuvlarni yo‘ldosh orqali uzatish va qabul qilish. Òele-

ko‘rsatuvlarni uzoq masofalarga uzatish uchun maxsus qurilmalar

(retranslyator) dan foydalaniladi. Aloqa yo‘ldoshlaridan foydalanish

esa teleko‘rsatuvlarni Yer sharining istalgan nuqtasiga uzatishga va qabul

qilishga imkon beradi. Signallar yo‘ldoshga uzatiladi, yo‘ldosh esa

ularni  belgilangan  maydondagi  antennalarga  yo‘llaydi.  Bunday

yo‘ldoshlar, odatda, geostatsionar orbitalarda faoliyat ko‘rsatadi. Ma-

salan, hozir Rossiyaning shu orbitada faoliyat ko‘rsatayotgan o‘ndan

ortiq yo‘ldoshlari mavjud. Bu yo‘ldoshlarda 70 ta uzatkich (translya-

tor) bo‘lib, ularning 50 tasi teleko‘rsatuvlarni uzatishga ajratilgan.

Shuni ta’kidlash lozimki, yo‘ldoshni kosmosning biror nuqtasida

joylashtirish uchun elektr aloqaning xalqaro uyushmasidan ruxsatnoma

olinadi.

Òoshkent — televideniye vatani. Òoshkent — televideniye vatani

ekanligini hamma ham bilmasa kerak. Zamonaviy televizorlarning bi-

rinchi namunasi aynan vatanimizda ixtiro qilingan. 1928- yilda toshkentlik

ixtirochilar B . G r a b o v s k i y  va I . B e l y a n s k i y l a r  elektron nur

yordamida  harakat  qilayotgan  tasvirni  bir  joydan  ikkinchi  joyga

uzatadigan va qabul qiladigan apparat — «radiotelefon»ni yaratdilar.

1928- yil 4- avgustda bu sodda «televizor» jamoatchilikka ishlab turgan

holda namoyish qilindi. Afsuski, bu ixtiroga o‘z paytida tegishli e’ti-

bor berilmadi. O‘zbekistonda televizion ko‘rsatuvlar rasman 1956-

yil 5- noyabrda boshlandi. Hozir eng zamonaviy texnik vositalar bilan

jihozlangan O‘zbekiston televideniyesi besh dasturda ishlaydi.

Sinov savollari

1

.  Òeleko‘rsatuvlarni  amalga  oshirish   prinsi pi  radio  eshittirishlar



sxemasiga o‘xshaydimi? 2. Ularning farqi nimada? 3. Òasvirlar qanday

qilib  elektr  signallariga  aylantiriladi?  4.  Ikonoskopdan  olingan  elektr

tebranishlari qayerga uzatiladi? 5. Qabul qilingan signallarni qanday qurilma

ko‘rinuvchi tasvirga aylantirib beradi? 6. Òeleko‘rsatuvlar qanday to‘lqinlar

diapazonida amalga oshiriladi? 7. Ostankino teleminorasining balandligi

qancha va qancha masofaga teleko‘rsatuvlarning ishonchli qabulini ta’min-

lay oladi? 8. Òoshkent teleminorasi-chi? 9. Òoshkent teleminorasining

balandligi qancha va qachon ishga tushirilgan? 10. Òeleko‘rsatuvlar uzoq

masofalarga qanday uzatiladi? 11. Òeleko‘rsatuvlarni uzatishda sun’iy

yo‘ldoshlardan  ham  foydalanish  mumkinmi?  12.  Òeleko‘rsatuvlarni

yo‘ldosh  orqali uzatish qanday amalga oshiriladi? 13. Bunday yo‘ldoshlar

www.ziyouz.com kutubxonasi



397

qayerga joylashtiriladi? 14. Zamonaviy televizorlarning birinchi namunasi

qayerda ixtiro qilingan? 15. Ixtirochilar kimlar bo‘lgan? 16. «Sodda

televizor»  qachon  namoyish  qilingan.  17.  O‘zbekistonda  televizion

ko‘rsatuvlar  rasman  qachon  boshlangan?  18.  Hozir  O‘zbekiston

televideniyesining nechta dasturi ishlaydi?



        124- §. Elektromagnit to‘lqinlarning

         foydalanilishi

M a z m u n i :  radiolokatsiya; radioastronomiya.



Radiolokatsiya. Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyi-

ni aniqlash, ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli radiolokatsiya

deyiladi. Radiolokatsiya o‘rganilayotgan narsadan qaytgan ultraqisqa

to‘lqinlarni qayd etishga asoslangan. Radiolokator (radar) umumiy

antennaga ega bo‘lgan radioperedatchik va radiopriyomniklardan iborat

bo‘lib, qabuldan uzatishga o‘tkazuvchi moslama bilan ta’minlangan.

Antenna, radionur — qat’iy yo‘naltirilgan nurlanish hosil qiladi. Nurlanish

10

–6 



s davom etadigan qisqa impulslar ko‘rinishida amalga oshiriladi.

Nurlanish  impulsi  chiqarilgandan  so‘ng  antenna  avtomatik  ravishda

o‘rganilayotgan narsadan qaytgan elektromagnit to‘lqinlarni qabul qilish

rejimiga o‘tadi. Radiosignal jo‘natilgan va qaytgan vaqtlar qayd etilib,

narsagacha bo‘lgan masofa yoki uning harakat tezligi aniqlanadi.

 Radiolokatsiya va shu usulda ishlovchi asboblar ham harbiy, ham

tinch maqsadlarda keng qo‘llaniladi. Ular yordamida havo va dengiz

kemalari harakatini boshqarish vazifalari va boshqa sayyoralargacha

bo‘lgan masofalarni aniqlash, meteorit va boshqa fazoviy jismlarning

harakatini kuzatish kabi ishlar amalga oshiriladi.



Radioastronomiya. Astronomiyaning osmon jismlarining chiqara-

digan xususiy radionurlariga asosan o‘rganadigan bo‘limi — radioast-

ronomiya  deyiladi.  Radioastronomik  kuzatishlar  radioteleskoplar

yordamida amalga oshiriladi. Radioteleskop antenna va kuchaytirgichli

sezgir radiopriyomnikdan iborat. Yer sirtidagi kuzatish, nurlanish to‘lqin

uzunligining o‘nlab metridan toki millimetrgacha oralig‘ida olib boriladi.

Òo‘lqin uzunligi yanada kattaroq bo‘lgan nurlar kosmosda kuzatiladi.

 Radioteleskopning eng ko‘p tarqalgan turi parabola shaklidagi

(diametri 100 metrgacha) oynasimon antennali teleskopdir. Anten-

naga tushadigan nurlarning parallel dastasi fokusda joylashgan antenna

nurlanuvchisiga tushadi. Bunday teleskop to‘lqin uzunliklari santimetr

va hattoki millimetrgacha bo‘lgan radionurlanishlarni ham qayd qila

oladi.  Eng  katta  radioteleskoplardan  biri  Kavkazda  joylashgan

www.ziyouz.com kutubxonasi



398

RAÒAN — 600 teleskopidir. U 900 ta 7,4 ½ 2m li qaytargichlardan

iborat bo‘lib, 588 m diametrli halqa sifatida joylashtirilgan.

Radioastronomiyada  galaktika,  yulduzlararo  galaktik  muhit,

yulduzlar, quyosh, sayyoralar, oy va  boshqalar nurlanish manbalari

bo‘lib xizmat qiladi.

1963- yilda radioastronomlar yangi yulduzsimon obyektlar — kva-

zarlarni (lotincha «yulduzsimon radiomanba») ochishdi. Fanga ma’lum

 bo‘lgan pulsarlardan biri qisqichbaqasimon tumanligida qayd etilgan.

Zamonaviy izlanishlar  fazoviy nurlanish manbalarini (neytron

yulduzlar, kvazarlar va hokazo) emas, balki ularning spektrlarini

ham o‘rganishga imkon berdi. Ko‘plab kimyoviy elementlarning, orga-

nik va noorganik molekulalarning spektrlari o‘rganildi va ular asosida

yulduzlar va sayyoralar sistemasining vujudga kelish jarayonlari tahlil

qilindi. Bunday tekshirishlar hamon davom etmoqda.

 Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan

yana ko‘plab fanlar va fan bo‘limlari vujudga keldi.Ular jumlasiga:

radiospektroskopiya, radiogolografiya, radiografiya, radiometriya,

radioelektronika va boshqalar kiradi.

Sinov savollari

1

. Radiolokatsiya deb nimaga  aytiladi? 2. Radiolokatsiyaning ish prin-



sipi qanday? 3.  Radiolokatorning tuzilishi. 4.  Radiolokatorning ish prinsipi.

5. Radiolokatsiyaning qo‘llanilishi. Unga uchta misol keltiring. 6. Radioast-

ronomiya astronomiyaning qanday bo‘limi? 7. Radioastronomik kuzatish-

lar qanday amalga oshiriladi? 8. Radioteleskopning tuzilishi. 9. Parabola

shaklidagi  oynasimon  antennali  teleskopning  tuzilishi.  10.  Bunday

teleskopning ish prinsipi. 11.  Bunday teleskop  qanday to‘lqinlarni qabul

qiladi? 12.  RAÒAN radioteleskopi to‘g‘risida nimalarni bilasiz? 13. Radio-

teleskoplar yordamida qanday kashfiyotlar qilingan? 14. Elektromagnit

to‘lqinlar yordamida molekulalarning spektrlarini ham o‘rganish mum-

kinmi? 15. Elektromagnit to‘lqinlarning qo‘llanilishi bilan bog‘liq bo‘lgan

qanday fanlar va fan bo‘limlarini bilasiz?

125- §. Zamonaviy aloqa vositalari. O‘zbekistonda

          aloqa tizimi

M a z m u n i :  zamonaviy aloqa vositasi; O‘zbekistonda telefon

aloqasi; uyali aloqa vositasi; elektron pochta va internet sistemasi.

Zamonaviy aloqa vositasi. XX asrgacha  aloqa majmuasi, asosan,

feld’egerlik aloqasi va maxsus aloqadan iborat bo‘lgan. Lekin o‘tgan

www.ziyouz.com kutubxonasi


399

asr aloqa tarmog‘ining keskin o‘zgarib ketishiga olib keldi. Ularning

ichida keng tarqalgani telefon aloqasidir. Òelefon kommutatorining

yaratilishi XX asrning eng buyuk ixtirolaridan biri deb bekorga tan

olinmagan. Bugungi kunda esa uyali aloqa vositasi, elektron pochta va

internet aloqa tizimi turmush tarzining ajralmas qismiga aylanib

bormoqda.  Bu tizimlarning ish prinsi pi ham dastlabki radiotelefon

aloqadan keskin farq qilmaydi, faqat ular fan va texnikaning so‘nggi

yutuqlari, zamonaviy kompyuterlar va kosmik yo‘ldoshlar vositasida

amalga oshiriladi.



O‘zbekistonda telefon aloqasi. O‘zbekistonda dastlabki 200 ra-

qamli telefon stansiyasi Òoshkentda 1904- yilda ishga tushirilgan. Hozir

Respublikamizning  barcha shaharlari va tuman  markazlari raqamli

telekommunikatsiya tarmoqlari bilan qamrab olingan. 2008-yil 1-yanvar

holatiga ko‘ra ikki mingdan ziyod ATS  faoliyat ko‘rsatmoqda, ularning

umumiy sig‘imi 2,08 millionni tashkil qiladi. Raqamli aloqaning ulushi

esa 86,1 foizni tashkil qiladi. 1992- yilda Yaponiyaning  «NEK» firmasi

yetkazib bergan asbob-uskunalardan abonentlarning jahon telefon

tarmog‘iga chiqishini hamda ikki tomonlama xalqaro teleko‘rsatuvlarni

ta’minlaydigan 150 kanalli raqamli kosmik telefon stansiyasi qurildi

va foydalanishga topshirildi. Keyinchalik yana bir 30 kanalli xalqaro

kosmik telefon stansiyasi ishga tushirildi.



Uyali aloqa vositasi. 1991- yilda O‘zbekiston va AQSH ning «Inter-

neyshnl  —  kommunikeyshn  grupp»  firmasi  bilan  tashkil  etilgan

«UZDUNROBIÒA» qo‘shma korxonasi 1995- yilgacha Òoshkent, Samar-

qand, Urganch, Qarshi, Andijon, Buxoro shaharlarida xalqaro va shahar,

shaharlararo telefon stansiyalari bilan bog‘lanish imkoniyatiga ega bo‘lgan

uyali telefon aloqasi stansiyalarini ishga tushirdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda «MTS- O‘zbekiston » (Uzdunrobita),

«Unitel»,  «Coskom»,  «Perfektum  Mobile»  va  «O‘zbektelekom»

aksiyadorlik kompaniyasining  «O‘zbektelekom mobayl» filiali kabi

beshta  mobel  aloqa  operatorlari  faoliyat  yuritishmoqda.  Hozir

mamlakatimizda bunday aloqadan foydalanayotganlarning soni o‘n

ikki millionni tashkil qilmoqda.



Elektron pochta va internet sistemasi. Kompyuter texnologiyasi

sohasidagi yutuqlarni aloqa sohasidagi yutuqlar bilan bog‘lash yangi

elektron pochta va internet aloqa sistemalarining vujudga kelishiga olib

keldi. Hozirgi paytda juda ko‘p ma’lumotlar va hujjatlar kompyuter-

lar orqali modemlar vositasida uzatiladi yoki qabul qilinadi. Internet

esa  o‘z  navbatida  ham  butun  jahon  ma’lumot  tarqatish,  ham

odamlarning kompyuterlar yordamida muloqot va aloqa vositasiga

aylanib qoldi.

www.ziyouz.com kutubxonasi


400

2008- yilning oxirida 

O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulanishni

ta’minlovchi xalqaro kanallarning o‘tkazish qobiliyati 511 Mbit/s ni tashkil

qildi. 

Ayniqsa, o‘quv yurtlarining, jumladan, akademik litseylar va



kasb-hunar kollejlarining ham Internet sistemasiga ulanayotganligi

quvonarli holdir.



Sinov savollari

1. XX asrgacha aloqa vositasi nimalardan iborat bo‘lgan? 2. XX asr-

ning buyuk ixtirolaridan biri nima? 3. Zamonaviy aloqa vositalarining

ish prinsipi dastlabki radiotelefon aloqadan farq qiladimi? 4.   O‘zbekistonda

dastlabki telefon stansiyasi qachon va qayerda qurilgan? Uning hajmi

qancha bo‘lgan? 5. Hozir O‘zbekistonda umumiy foydalaniladigan telefon

nomerlar  soni  qancha?  6.  Shaharlararo  aloqada  nechta  kanal  bor?

7. Hozir O‘zbekistonda xalqaro telefon so‘zlashuvlarining necha foizi

sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshiriladi? 8. O‘zbekistonda uyali aloqa

vositasi qachon ish boshlagan? 9. Hozir nechta korxona uyali aloqa xizmatini

ko‘rsatadi? 10. Elektron pochta va internet sistemasining ish  prinsi pi.

11.  Internet  tarmog‘ining  qulayliklari.  12.  Butun  dunyoda  Internet

tarmog‘idan qancha odam foydalanadi? O‘zbekistonda-chi?

Masalalar yechish namunalari

1 -  m a s a l a . Radiopriyomnikda ikkita qisqa to‘lqinli diapazon bor:

41 — 75 m va 24,8 — 33,3 m. Òegishli chastotaviy diapazonni hisoblang.



Berilgan:

l

1



 ® 41 — 75m;

l



® 24,8 — 33,3m.

v

1

= ?,  v



2

= ?


bu yerda = 3 · 10

8

 m/s — elektromagnit to‘lqinlarning (yorug‘lik-



ning) vakuumdagi tezligi. Berilganlar yordamida topamiz:

8

8



1

1

8



8

2

2



3 10

3 10


41

75

3 10



24, 8

Hz

7,3MHz,



Hz

4MHz,


3 10

Hz 12,1MHz,

Hz

9MHz,


33,3

v

v

v

v

×

×



×

=

=



=

=

×



=

=

=



=

J a v o b :  v

1

= 4 MHz ¸ 7,3 MHz;



       v

2

= 9 MHz ¸ 12,1 MHz.



Yechish. Elektromagnit to‘lqinlarning chas-

totasi va to‘lqin uzunligi quyidagicha bog‘langan



v

ñ

=

l

,

www.ziyouz.com kutubxonasi



401

2 -  m a s a l a . Agar obyektdan qaytgan radiosignal radar anten-

nasiga 200 ms dan keyin qaytib kelsa, obyekt radardan qancha maso-

fada joylashgan bo‘ladi?

Berilgan:

= 200 ms = 2 · 10

–4

s;



= 3 · 10

8

 m/s.



=?

Kattaliklarning son qiymatlari yordamida topamiz.

8

4

4



3 10 2 10

m

2



m

3 10


30 km,

l

-

×



× ×

=

= ×



=

J a v o b :  =30 km.



Mustaqil yechish uchun masalalar

1.  Agar priyomnikning tebranish konturidagi kondensatorning si-

g‘imi 50 dan 500 pF gacha o‘zgarib, g‘altakning induktivli-

gi 2 mkH bo‘lib, o‘zgarmay qolsa, bunday priyomnik qanday

diapazondagi to‘lqin uzunliklarida ishlay oladi? (60 ¸ 190 m.)

2.  Biror muhitda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi 250

km/s ni tashkil qiladi. Agar bu to‘lqinlarning vakuumdagi chastotasi

1  MHz  ni  tashkil  qilsa,  ularning  muhitdagi  to‘lqin  uzunligi

aniqlansin. (l = 250 m.)

3.  Radiolokatordan 30 km uzoqlikdagi nishonni qidirishda radiolo-

kator 1 s da chiqarayotgan impulslarning maksimal soni qancha

bo‘lishi kerak? (= 5000.)



Òest savollari

1. Elektromagnit to‘lqinlarning fazoda tarqalish tezligi cheklimi

va u qanday tezlik bilan tarqaladi?

A. Chekli, 300 000 km/s.

B. Cheksiz.

C. Chekli, 30 000 km/soat.

D. Chekli 300 000 000 m/s.

E. Òo‘g‘ri javob A va D.



Yechish. Demak, elektromagnit to‘lqinlar

obyektgacha  borib-kelishga,  ungacha

bo‘lgan masofadan ikki marta ko‘p yo‘lni

bosib  o‘tadi  (bir  marta  borishga + bir

marta qaytishga). Shunday qilib,

2

2



l

ñ t

l

ñ t

= ×


=

×

,



.

26  Fizika,  I  qism

www.ziyouz.com kutubxonasi


402

2. Òebranish konturi deb nimaga aytiladi?

A. Òranzistorli yopiq zanjirdan iborat sistemaga.

B. G‘altak va kondensatordan iborat yopiq zanjirga.

C. Avtotebranishli yopiq sistemaga.

D. Dedektorli yopiq sistemaga.

E. Òo‘g‘ri javob yo‘q.

3. Past chastotali tovush tebranishlarini yuqori chastotali teb-

ranishlar  bilan o‘zgartirish usuli radioaloqa prinsi pida  nima  deb

ataladi?


A. Modulatsiyalash.

B. Detektorlash.

C. Uzatish.

D. Qabul qilish.

E. Amplituda modulatsiyasi.

4. Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyini aniqlash,

ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli nima deyiladi?

A. Radioastronomiya.

B. Radiolokasiya.

C. Radioteleskop.

D. Radiopriyomnik.

E. Modulatsiyalash.



Asosiy xulosalar

Elektromagnit maydonining fazoda tarqalishiga elektromagnit

to‘lqinlar deyiladi.

Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq

va yagona elektromagnit maydonni tashkil qiladi.

Elektromagnit maydon energiyasi:

W

e

W



m

,

 w = w



e

+ w


m

2



2

0

0



2

2

.



E

H

e e


m m

w=

+



Elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi: 

8

m



s

3 10


= ×

 ga


teng. Chastotasi 

0

c



v

l

=



 bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar tarqatadigan

qurilmaga tebranish konturi deyiladi.

Ochiq tebranish konturini nemis fizigi G.Gers kashf etgan.

„Eltuvchi“  tebranishlarning  tovush  tebranishlari  yordamida

o‘zgartirilishi modulatsiya deyiladi.

Yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlari-

ni ajratib olish jarayoni detektorlash deyiladi.

Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyini aniqlash,

ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli radiolokatsiya deyiladi.

Astronomiyaning osmon jismlari chiqaradigan xususiy radionur-

lariga asosan o‘rganadigan bo‘lim radioastronomiya deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



400

2008- yilning oxirida 

O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulanishni

ta’minlovchi xalqaro kanallarning o‘tkazish qobiliyati 511 Mbit/s ni tashkil

qildi. 

Ayniqsa,  o‘quv  yurtlarining, jumladan, akademik litseylar va



kasb-hunar kollejlarining ham Internet sistemasiga ulanayotganligi

quvonarli holdir.

Sinov savollari

1. XX asrgacha aloqa vositasi nimalardan iborat bo‘lgan? 2. XX asr-

ning buyuk ixtirolaridan biri nima? 3. Zamonaviy aloqa vositalarining

ish prinsipi dastlabki radiotelefon aloqadan farq qiladimi? 4.   O‘zbekistonda

dastlabki telefon stansiyasi qachon va qayerda qurilgan? Uning hajmi

qancha bo‘lgan? 5. Hozir O‘zbekistonda umumiy foydalaniladigan telefon

nomerlar  soni  qancha?  6.  Shaharlararo  aloqada  nechta  kanal  bor?

7. Hozir O‘zbekistonda xalqaro telefon so‘zlashuvlarining necha foizi

sun’iy yo‘ldoshlar orqali amalga oshiriladi? 8. O‘zbekistonda uyali aloqa

vositasi qachon ish boshlagan? 9. Hozir nechta korxona uyali aloqa xizmatini

ko‘rsatadi? 10. Elektron pochta va internet sistemasining ish prinsi pi.

11.  Internet  tarmog‘ining  qulayliklari.  12.  Butun  dunyoda  Internet

tarmog‘idan qancha odam foydalanadi? O‘zbekistonda-chi?

Masalalar yechish namunalari

1 -  m a s a l a . Radiopriyomnikda ikkita qisqa to‘lqinli diapazon bor:

41 — 75 m va 24,8 — 33,3 m. Òegishli chastotaviy diapazonni hisoblang.

Berilgan:

λ

1



 → 41 — 75m;

λ



→ 24,8 — 33,3m.

v

1



= ?,  v

2

= ?



bu yerda c = 3 · 10

8

 m/s — elektromagnit to‘lqinlarning (yorug‘lik-



ning) vakuumdagi tezligi. Berilganlar yordamida topamiz:

8

8



1

1

8



8

2

2



3 10

3 10


41

75

3 10



24, 8

Hz 7,3MHz,

Hz 4MHz,

3 10


Hz 12,1MHz,

Hz 9MHz,


33,3

v

v



v

v



=



=

=

=



=

=



=

=

J a v o b :  v



1

= 4 MHz ÷ 7,3 MHz;

       v

2

= 9 MHz ÷ 12,1 MHz.



Yechish. Elektromagnit to‘lqinlarning chas-

totasi va to‘lqin uzunligi quyidagicha bog‘langan

v

ñ

=



λ

,

www.ziyouz.com kutubxonasi



401

2 -  m a s a l a . Agar obyektdan qaytgan radiosignal radar anten-

nasiga 200 µs dan keyin qaytib kelsa, obyekt radardan qancha maso-

fada joylashgan bo‘ladi?

Berilgan:

t = 200 µs = 2 · 10

–4

s;

s = 3 · 10



8

 m/s.


l =?

Kattaliklarning son qiymatlari yordamida topamiz.

8

4

4



3 10 2 10

m

2



m

3 10


30 km,

l



⋅ ⋅


=

= ⋅


=

J a v o b :  l =30 km.

Mustaqil yechish uchun masalalar

1.  Agar priyomnikning tebranish konturidagi kondensatorning si-

g‘imi 50 dan 500 pF gacha o‘zgarib, g‘altakning induktivli-

gi 2 mkH bo‘lib, o‘zgarmay qolsa, bunday priyomnik qanday

diapazondagi to‘lqin uzunliklarida ishlay oladi? (60 ÷ 190 m.)

2.  Biror muhitda elektromagnit to‘lqinlarning tarqalish tezligi 250

km/s ni tashkil qiladi. Agar bu to‘lqinlarning vakuumdagi chastotasi

1  MHz  ni  tashkil  qilsa,  ularning  muhitdagi  to‘lqin  uzunligi

aniqlansin. (λ = 250 m.)

3.  Radiolokatordan 30 km uzoqlikdagi nishonni qidirishda radiolo-

kator 1 s da chiqarayotgan impulslarning maksimal soni qancha

bo‘lishi kerak? (N = 5000.)

Òest savollari

1. Elektromagnit to‘lqinlarning fazoda tarqalish tezligi cheklimi

va u qanday tezlik bilan tarqaladi?

A. Chekli, 300 000 km/s.

B. Cheksiz.

C. Chekli, 30 000 km/soat.

D. Chekli 300 000 000 m/s.

E. Òo‘g‘ri javob A va D.

Yechish. Demak, elektromagnit to‘lqinlar

obyektgacha  borib-kelishga,  ungacha

bo‘lgan masofadan ikki marta ko‘p yo‘lni

bosib  o‘tadi  (bir  marta  borishga + bir

marta qaytishga). Shunday qilib,

2

2



l ñ t

l

ñ t



= ⋅

=



,

.

26  Fizika,  I  qism



www.ziyouz.com kutubxonasi

402

2. Òebranish konturi deb nimaga aytiladi?

A. Òranzistorli yopiq zanjirdan iborat sistemaga.

B. G‘altak va kondensatordan iborat yopiq zanjirga.

C. Avtotebranishli yopiq sistemaga.

D. Dedektorli yopiq sistemaga.

E. Òo‘g‘ri javob yo‘q.

3. Past chastotali tovush tebranishlarini yuqori chastotali teb-

ranishlar  bilan  o‘zgartirish usuli radioaloqa prinsipida  nima  deb

ataladi?


A. Modulatsiyalash.

B. Detektorlash.

C. Uzatish.

D. Qabul qilish.

E. Amplituda modulatsiyasi.

4. Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyini aniqlash,

ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli nima deyiladi?

A. Radioastronomiya.

B. Radiolokasiya.

C. Radioteleskop.

D. Radiopriyomnik.

E. Modulatsiyalash.

Asosiy  xulosalar

Elektromagnit maydonining fazoda tarqalishiga elektromagnit

to‘lqinlar  deyiladi.

Elektr va magnit maydonlar bir-birlari bilan chambarchas bog‘liq

va yagona elektromagnit maydonni tashkil qiladi.

Elektromagnit maydon energiyasi:

W = W

e

+ W



m

,

  ω = ω



e

+ ω


m

2



2

0

0



2

2

.



E

H

ε ε



µ µ

ω=

+



Elektromagnit  to‘lqinlarning  tarqalish  tezligi: 

8

m



s

3 10


c= ⋅

  ga


teng. Chastotasi 

0

c



v

λ

=



 bo‘lgan elektromagnit to‘lqinlar tarqatadigan

qurilmaga tebranish konturi deyiladi.

Ochiq tebranish konturini nemis fizigi G.Gers kashf etgan.

„Eltuvchi“  tebranishlarning  tovush  tebranishlari  yordamida

o‘zgartirilishi modulatsiya deyiladi.

Yuqori chastotali eltuvchi tebranishlardan tovush tebranishlari-

ni ajratib olish jarayoni detektorlash deyiladi.

Radioto‘lqinlar yordamida narsalarning turgan joyini aniqlash,

ulargacha bo‘lgan masofani o‘lchash usuli radiolokatsiya deyiladi.

Astronomiyaning osmon jismlari chiqaradigan xususiy radionur-

lariga asosan o‘rganadigan bo‘lim radioastronomiya deyiladi.

www.ziyouz.com kutubxonasi



403

Download 4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling