O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi o`rta maxsus kasb-hunar ta`limi markazi
Download 0.88 Mb. Pdf ko'rish
|
29 30 Laboratoriya ishi № 12 Mavzu: Magnit maydonda cho'lg'amni aylantirib o'zgaruvchan tok hosil qilish. Ishning maqsadi: magnit maydonda cho'lg'amni aylantirib, o'zgaruvchan tok hosil qilishni o'rganish . I. Kerakli asbob-uskunalar: 1.
O'zgaruvchan tok milliampermetri. 2.
3-qutbli motor. 3.
Ulash simlari. II. Ishni bajarish tartibi: 1. 3 qutbli motorning tuzilishini o'rganib chiqamiz. 2. Berilgan sxema bo'yicha elektr zanjirini yig'amiz. 3. Elektr zanjirini yig'ishda motorning musbat qutbini milliampermetrning musbat qutbiga, manfiy qutbini milliampermetrning manfiy qutbiga ulanadi. 4. Motorning ruchkasini tezligini orttirib aylantiramiz va milliampermetr shkalasini qaysi tomonga og'ganiga e'tibor beramiz. 5. Torning ruchkasini avvalgiga teskari tomonga aylantiramiz. Milliampermetr strelkasini og'ishini kuzatamiz. 6. Ishni bir necha marta takrorlaymiz. Har gal simli ramkaning tezligini o'zgartirib boramiz va ampermetr ko'rsatishini belgilaymiz. Tegishli xulosa chiqaramiz. Elektr zanjir sxemasi. III. Nazorat savollari: 1.3 qutbli motorning ishlash prinsipi qanday hodisaga asoslangan? 2. Motorning asosiy qismlarini nomini yozing. 3. Tok kuchining ortishi va kamayishi simli ramkaning tezligiga bog'liqligi qanday qonunga asoslangan? HULOSA_ N S M G 31 Laboratoriya № 13 Mavzu: Oddiy radiopriyomnikning tuzilishi Ishning maqsadi: 1.
O’quvchilarni oddiy radiopriyomnikning tuzilishi va uning ayrim qismlarining vazifasi bilan tanishtirish. 2.
konstruktsiyalashga va radio sportiga qiziqtirish, turli musobaqalarda ishtirok etishga undash. I. Asbob-uskunalar 1.
Akkumulyatorlar batayeyasi 2.
Qismlarga ajratiladigan detallari bo’lgan elektromagnit 3.
Kalit 4.
Demonstratsion detektorli radiopriyomnik 5.
Past chastotali kuchlantiruvchi radiokarnay 6.
To’g’rilagich VUP-2 7.
Ostsillograf 8. Ulovchi simlar 1-topshiriq. Elektromagnit telegrafi modelini yig’ish va sinab ko’rish
1. Temir plastinka ustiga gaykali boltlar yordamida ikkita g’altakni o’rnating. Rasmda ko’rsatilganidek, g’altaklardan biri o’zagining gaykasi ostiga yakorli plastinkani siqib qo’ying. 2. G’altaklarni parallel ulang va ularni ramdagidek, tok manbaiga ulang 3. Zanjirni ulab va uzib, elektromagnitning harakatini kuzating. 2-topshiriq. Elektr qo’ng’irog’i modellarini yig’ish va sinab ko’rish
1. Temir plastinka ustiga gaykali boltlar yordamida ikkita g’altakni o’rnating. O’zaklarning gaykalari ostiga bir yakorli, ikkinchisi kontakt prujinali ikkita plastinkani rasmdagidek, siqib qo’ying (yakor plastinka iloji borichi 32 elektromagnit qutublariga yaqinroq joylashgan bo’lishi va tok bo’lmaganda kontakt prujinaga mustahkam teshib turishi kerak). 2. Ramdagidan foydalanib, zanjirni yig’ing. G’altaklarni o’zaro parallel ulang 3. Zanjirni tutashtiring va yakor tebranishini kuzating.
IV. Ishni bajarish tartibi 1. Detektorli priyomnik radiostantsiyadan qabul qilingan signalni xonada eshitilishi uchun past chastotani kuchaytirgichga qabul qilgichning chiqishi ulanadi. Ishni oddiy detektorli radioqabulqilgichni yig’ishdan boshlanadi. Ma`lumki, antenna va yerga ulanishni hisobga olmasa, uch elementdan: tebranish konturi, detektor va karnaydan tuzilgan. Qabul qilgichni tayyor qismlardan yig’ib bo’lingandan keyin ancha murakkab bo’lgan bevosita kuchaytiruvchi qabul qilgichni yig’iladi. 2. Rasmdagi radioqabulqilgichning tebranish konturi induktiv g’altak (L1)o’zgaruvchan sig’imli kondensator (C2), ularga ulangan antenna (W1) va yerga ulashdan tashkil topgan. (C1) kondensator esa tebraninsh konturining sozlanishiga antenna sig’imi kattaligining ta`sirini susaytirish uchun xizmat qiladi. 3. Radiostantsiya signaliga sozlangan aloqa-g’altak (L2) va tarmoqlovchi (bo’luvchi) kondensator (C3) orqali (radioto’lqinlar o’tib radiochastotani kuchaytiruvchi (V. T 1) tranzistor bazasiga yetib keladi. 4. (R3) nagruzka rezistor bilan kuchaytirilgan signal (S4) (ajratuvchi) tarmoqlovchi kondensator orqali diod (VD1) ga kiradi, u detektorlaydi. Shunda ajralgan tovush chastotasi tebranishi (BFI) telefon vositasida tovush tebranishiga aylanadi. (R1) va (R2) rezistorlar tranzistorning ishlash rejimini o’rnatish uchun zarur. (C5) kondensator tovush chastotasidagi signalni radiochastotali begona chastotalardan «tozalaydi». 5. Priyomnik kuchlanishi 4,5—9 V bo’lgan istalgan doimiy tok manbaida ishlaydi. Sxemadagi ba`zi radiodetallarni o’quvchilarning o’zlari yasashlariga to’g’ri ke- ladi. 6. Avvalo, tebranish konturidagi induktiv g’altakni turar joydan qabul qilish mumkin bo’ladigan radiostantsiya diapazoniga mo’ljallab tayyorlanadi. 7. G’altakning induktivligini orttirish o’zagi 50— 60 mm li 400 NN yoki 600 NN markali tsilindrsimon ferritdan yasalgan bo’lishi kerak. 8. O’rta to’lqin diapazoni uchun tebranish konturi g’altagi tamg’asi PE yoki PEV, diametri 0,12—0,15 mm izolyatsiyalangan mis o’tkazgichdan 70—75 o’ram bo’lishi kerak. Ferrit sterjenga kiygizilgan karton karkasga ustma-ust o’ralgan bo’ladi. Aloqa g’altagi (L2) ga esa yuqorida aytilgan simdan 5—6 o’ramgina (kontur g’altagi ustiga) o’raladi. 9. Uzun radioto’lqinlarni qabul qilish uchun tebranish konturi g’altagi 250—270 o’ramli bo’lib, har qaysisida teng sondagi o’ramdan iborat 4—5 bo’linma bo’- lishi kerak. Uning bog’lanish g’altagi (L2) esa shunday simdan 10—12 o’ramga ega bo’ladi. Qolgan boshqa detallar tayyor xolda mavjud (sxema bo’yicha). Priyomnikni yiqqandan keyin tebranish konturi, detektor va telefonlarning
33 ishlashlariga ishonish uchun priyomnikni detektorli priyomnik kabi sinab ko’rish kerak. Shuning uchun (VDI) diodni avval (S4) kondensatordan ajratib, keyin diodni (LI, C2) tebranish konturni montaj sim bo’lagi bilan bevosita birlashtirish kerak. Keyin tashqi antennani va yerni ulab telefonii quloqqa jips o’rnatib o’zgaruvchan sig’imli
(С2) kondensator vositasida tebranish konturini qandaydir bir radiostantsiyaga sozlanadi. Priyomnik agar turli yig’ilgan bo’lsa, sekin gapirishi kerak. Chunki u shu paytda faqat antenna ushlay oladigan elektromagnit energiyasi hisobiga ishlaydi. Shundan keyin vaqtincha foydalanilgan birlashtiruvchi montaj simini olib qo’yib diodni kondensator (S4) bilan birlashtirish kerak. Tok manbaini ulab tebranish konturining sozlanganligini o’zgartirmasdan, (RI) rezistorni sekin-asta qarshiligini kamaytirib natijada telefonda tovushning qattiq, chiqishiga va tiniqligiga erishiladi. 10. Detektorli qabulqilgichga tebranish radiochastotasini kuchaytiruvchi kaskad qo’shilgandan so’ng tovush yanada balandroq eshitiladi. 11. Detektor kaskadiga sxemada shtrixli chiziq bilan belgilangan ikkinchi diod ham ulansa, u holda kuchlanishning ortishi bilan tovush chastotasi signalining balandligi detektorga ikki marta ortiqcha nagruzka bo’ladi. Shuning uchun telefondan qattiq, tovush eshitiladi.
1. Siz yig’gan asbobni telegraf apparati sifatida ishlatish uchun uni qanday mukammallashtirish lozim? 2. Tebranishlar chastotasi qanday o’zgartiriladi? 3. Radiotelefon aloqa qanday amalga oshiriladi? 4. Modulyatsiya nima? 5. Detektorlash deb qanday jarayonga aytiladi?
34 HULOSA_ 35 Laboratoriya ishi № 14 Mavzu: Shishaning sindirish ko’rsatkichini mikroskop yordamida aniqlash Ishning maqsadi: 1. Mikroskopning tuzilishini va uni ishlatishni o’rganish. 2. Shisha plastinkaning sindirish ko’rsatkichini aniqlashni o’rganish.
1.
2.
Soat turidagi, yuqori aniqlikdagi, indikator asbobi. 3.
Indikator ko’ndiriladigan po’latdan yasalgan moslama. 4.
Bir tomoni chizilgan yupqa shisha plastinka. 5.
Sirti tekis, toza va tirnalmagan har xil qalinlikdagi shisha plastinkalar. 6.
Stol lampasi. II. Qurilmaning tuzilishi va ishlashi Qurilma MU rusumli mikroskop (okulyari 7X va 15X, ob`ektivi 8X va 40X), indikator asbobi, yorug’lik manbai, shisha plastinkalar va boshqa yordamchi aslahalardan tashkil topgan. Ishni bajarish uchun mikroskop o’quvchi stoliga joylashtiriladi. So’ngra unga qo’lda po’lat plastinkadan yasalgan moslama o’rnatiladi. Moslamaga, o’z navbatida indikator qo’ndiriladi. Keyin mikroskop tubusiga moslama kiygiziladi. Moslamaning uzunligi 40 mm bo’lib, u tubus uzunligidan ancha kichik. Bu esa predmet (namuna) stolchasining har tomonga harakatlanishiga xalaqit bermaydi. Elastikligi yuqori bo’lgan va mikroskop tubusiga kiygiziladigan moslamaning ichki sirtiga mato yelimlab yopishtirilgan bo’lganligidan tubusni tirnamaydi. Mikroskop stolchasi ustiga biror belgi (tirnalgan chiziq yoki nuqta) chizilgan shisha plastinkasi o’rnatilib belgining aniq ko’rinishi hosil qilinadi. So’ngra ikkinchi plastinka tirnalgan plastinka ustiga qo’yiladi va belgining mikroskopda aniq tasviri hosil qilinadi. Download 0.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling