O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet7/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Olish usullari. 1.Tiyingan uglevodorodlardan degidrogenlash orqali olish:

2.Spirtlarni degidratlash usuli bilan olish:

Katalizator sifatida H2SO4, H3PO4 va Al2O3 ishlatish mumkin. Ikilamchi butil spirtidan Al2O3 yordamida buten-2 olinadi:

Reaktsiya Zaytsev A.M. qoidasi bo’yicha ketib, vodorod vodorodi kam uglerod atomidan ketadi.
3.Molekulasida bitta uglerod atomi tutgan birikmalardan alkanlar, alkenlar va aromatik birikmalarni olish mumkin. Buning uchun tseolit katalizatoridan foydalaniladi:

Uglerod(II)- oksidini temir, kobal’t, nikel katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlar va alkenlarning aralashmasi hosil bo’ladi:

Agar katalizator sifatida kobal’t olinsa alkenning unumi 80 % ga etadi.
4.Alkenlarni mono- yoki digalogenli birikmalardan ishqorning kontsentrlangan yoki spirtdagi eritmasi ta’sirida olish mumkin:
CH3CH2CH2CH2Br + NaOH  CH3CH2CH=CH2 + NaBr +H2O
Digalogenli birikmalardan rux metali yordamida qizdirish orqali alken olinadi: R-CHX-CHX-R + Zn  R-CH=CH-R + ZnX2
5.To’rtlamchi ammoniy asoslaridan qizdirib alken olinadi:
[(CH3CH2CH2)3N+-CH3]OH-CH3CH=CH2+H2O+CH3CH2CH2)2N-CH3
6.Dien va alkinlarni selektiv katalizatorlar ishtirokida vodorod bilan qaytarib alken olinadi:

7.Neftni kreking qilishda hosil bo’ladigan mashsulotlarni bosim ostida shaydab alkenlar olinadi.
8.Kimirni kokslash jarayonida hosil bo’ladigan gazlardan shaydab alkenlar olinadi.
Nazorat savollari:

  1. Quyidagi alkenlarni tuzilish formulalarini yozing: 3-me­til­­penten-1, 2,3,5-trimetilgeksen-2, simm-metiletiletilen, nosimm-dipropiletilen.

  2. C4H8, C5H10 va C6H12 larning izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va sistematik nomenklaturada nomlang.

  3. 3-brom-2,2-dimetilpentan va 3,4-dibrom-2,2-di­metilpentandan qanday reagentlar ta’sir ettirib alken olish mumkin.

  4. Galoidalkil va bir atomlik spirtlardan nosimmetrik- dimetiletilen, trimetiletilen va 3-metilgeksen-1 larni sintez qilish reaktsiya tenglamalarini yozing.

  5. CH3CH2(CH3)C=C(CH2CH3)(CH2CH2CH3) ning tsis- va trans- izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

Adabiyot:

  1. O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S. 102-106.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 260-265.

  3. Dj.Roberts, M.Kaserio osnovi organicheskoy ximii. chast’ 1. M.: «Mir», 1978. S. 171-194.

  4. A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. S. 294-300.

  5. R.Morrison, R.Boyd Organicheskaya ximiya. M.: «Mir». 1974. S.143-210.


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling