O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Organik kimyo nazariy tushunchalarini rivojlanishi


Download 1.67 Mb.
bet2/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Organik kimyo nazariy tushunchalarini rivojlanishi
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi va reaktsiyaga kirishish qobiliyati, molekuladagi atomlarning bog’lanishi to’g’risidagi ta’limot, molekuladagi atomlarning izaro ta’siri va kimyoviy reaktsiyaga kirishishi organik kimyoning nazariy asoslaridir.
Radikallar nazariyasi: organik kimyoning Birinchi tuzilish nazariyasi radikallar nazariyasidir. I. Bertselius noorganik birikmalarning kimyoviy bog’larini elektrokimyoviy nazariyasini yaratgan. Bu nazariyaga asosan hamma birikmalar qarama-qarshi ionlardan tashkil topgan va ular izaro elektrostatik tortilib turadi. Organik birikmalarda ionlarning o’rnida radikallar bo’lib, bu radikallar reaktsiyalarda bir moddadan ikkinchisiga o’zgarmasdan o’tadi. M-n: C6H5-COOH, C6H5-CHO, C6H5-COCl. Ammo keyinchalik radikallar nazariyasi inqirozga uchradi, ya’ni organik birikmalarning vodorodi o’rniga xlor va boshqa gurushlarni almashtirish mumkinligi aniqlandi. M-n: CH3H  CH3Cl
Tiplar nazariyasi: organik birikmalar tiplar bo’yicha sinflashtiriladi. M-n: CH3COOH, ClCH2COOH bir tipga kiradi. Keyinchalik ammiak tipi topildi:

Unitar nazariya. Tiplar nazariyasi unitar nazariya bilan tushuntirildi. Hamma organik birikmalar ma’lum tip birikmalar vodorod atomlarini radikallarga almashinishidan hosil bo’ladi. Asosiy tiplar quyidagilar:

Bu nazariyalar izomeriya hodisasini tushuntira olmaydi.
Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi
Rus olimi A.M.Butlerov 1861 yilda tuzilish nazariyasini yaratdi. Nazariyaning ikki xil ta’rifi mavjud: A.M.Butlerov ta’rifi va uning hozirgi zamon ta’rifi.
A.M.Butlerov ta’rifi: «murakkab moddalarning kimyoviy tabiati uning tarkibiga kiruvchi elementar zarrachaning tabiatiga, ularning miqdoriga va kimyoviy tuzilishiga bog’liq».
Hozirgi zamon ta’rifi: «organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalari uning tarkibiga shamda kimyoviy, elektron va fazoviy tuzilishiga bog’liq». Bu ta’rif birikmalarning hamma xossalarini shisobga oladi.
A.M.Butlerovning tuzilish nazariyasi gomologiya, izomeriya, organik birikmalarning sinflanishini, fazoviy tuzilishini, reaktsiya qobiliyatini, kimyoviy tuzilishini tushuntirish uchun ilmiy asos bo’ladi.
Nazorat savollari:

  1. Organik kimyo faniga ta’rif bering.

  2. Organik birikmalarning tabiiy manba’lari shaqida ma’lumot bering.

  3. Organik birikmalarni noorganik birikmalardan farqini ayting.

  4. Organik birikmalarning tuzilish nazariyasi ta’rifi.

Adabiyot:

  1. O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Vishshaya shkola». 1990. S.9-25.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 11-27.




Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling