O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet5/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Fizik xossalari. CH4, C2H6, C3H8, C4H10 gaz moddalar. C5H12 dan to C15H32 gacha suyuq, C16H34 dan boshlab qattiq moddalar. Ular suvda erimaydi. Uglerod atomlari bir chiziqda yotmaydi. n-Alkanlar izoalkanlardan mochevina va tiomochevina yordamida ajratiladi.
Kimyoviy xossalari. Alkanlarda uglerod atomlari sp3 gibridlanish sholatida bo’ladi. Uglerodning 4 ta sp3 gibridlangan orbitallari to’rtta vodorodning 1s orbitali bilan qoplanadi va -sigma bog’larni hosil qiladi. Gibridlangan orbitallarning uchlari to’g’ri tetraedrning uchlariga yinalgan bo’ladi va ular orasidagi burchak 109o28’ ga teng. C-C bogining uzunligi 0,154 nm va C-H bog’I 0109 nmga teng. Metan molekulasi tetraedr ko’rinishida bo’lib, uning uchlarida vodorod atomlari joylashgan va burchak 109o28’ ga teng:

n-Alkanlarning molekulasida uglerod atomlari kip bo’lsa, ularning tuzilishi siniq Chiziq ko’rinishida bo’ladi va uglerod atomlari tekislikda quyidagicha yotadi:

Alkanlarni parafinlar sham deyiladi. Ular kislotalar, ishqorlar va oksidlovchilar ta’siriga chidamli, ammo nur, sharorat ta’sirida reaktsiyaga kirishadi.
Galogenlash. Alkanlar ftor bilan shiddatli, xlor bilan nur ta’sirida reaktsiyaga kirishadi. Bromlash qizdirish bilan nur ta’sirida boradi. Metanni xlorlash nur yoki qizdirish bilan boradi:

Reaktsiya radikal mexanizmida boradi (SR):

Reaktsiya natijasida hosil bo’ladigan metil radikali deyarli tekis tuzilishga ega bo’lib, reaktsiyaga juda tez kirishadi. Metil radikali uglerod atomi sp2 -gibridlanish sholatida bo’lib, juftlashmagan elektron r orbitali - bog’ tekisligining ustida va ostida joylashgan:

Metil radikali - bog’lari
Tarmoqlangan zanjir tutgan radikallar barqaror bo’ladi. Ulardagi juftlashmagan elektron boshqa atom va gurushlarning + I va fazoviy ta’sirida delokollashadi.

Radikallarning barqarorligi quyidagi qatorda ortib boradi: CH3  CH2CH3 CH(CH3)2 C(CH3)3
Sul’foxlorlash: Alkanlar SO2 va Sl2 bilan UB-nur ta’sirida reaktsiyaga kirishadi. R-H + SO2 + Cl2  RSO2Cl + HCl
Ayniqsa, molekulyar massasi katta bo’lgan alkanlarni sul’foxlorlash amaliy ashamiyatga ega: C8H18 + SO2 + Cl2  C8H17SO2Cl + HCl Hosil bo’lgan alkan sul’foxloridlar terini oshlashda va alkilsul’fonatlar-yuvish vositalari olishda ishlatiladi.
Sul’fooksidlash: Alkanlar SO2 va O2 bilan UB-nur ta’sirida reaktsiyaga kirishib alkansul’fonlarni hosil qiladi:
2R-H + 2SO2 + O2  2RSO2OH
Nitrolash. Alkanlar suyultirilgan nitrat kislota yoki azot oksidlari bilan qizdirilsa nitrobirikmalarni beradi:
R-H + HNO3  R-NO2 + H2O
Metanga suyultirilgan nitrat kislota ta’sir ettirilganda deyarli faqat nitrometan hosil bo’ladi:
CH4 + HNO3  CH3NO2 + H2O
Ammo, etan, propan, butan va boshqalar nitrolansa nitrobirikmalarning aralashmasi hosil bo’ladi:
CH3CH2CH3 + HNO3  CH3NO2 (9 %) + CH3CH2NO2 (26 %) +
+ CH3CH2 CH2NO2 (32 %) + CH3CHNO2CH3 (32 %)
Nitrobirikmalar aminobirikmalarni sintez qilishda ishlatiladi.
Oksidlash. Alkanlar kislorodda yonib CO2 va suvni beradi.
M-n: CH4 + 2O2  CO2 + 2H2O
Alkanlarni kislorod bilan katalizatorlar ishtirokida oksidlab turli organik birikmalar olish mumkin:

Butan shavo kislorodi bilan vannadiy oksidi, vol’fram metali ishtirokida yuqori sharoratda oksidlansa oziq-ovqat mashsulotlari uchun ishlatiladigan sirka kislota hosil bo’ladi:

Agar oksidlash shavo kislorodi bilan Mn(OCOR)2 ishtirokida olib borilsa karbon kislotalarning aralashmasi hosil bo’ladi:

Ishlatilishi: Alkanlar arzon yoqilg’i va kimyo sanoatida kip tonnalab ishlab chiqariladigan mashsulotlar uchun xom ashyodir. Neftni qayta ishlab, motor va reaktiv yoqilg’i olinadi. Alkanlardan alkenlar-etilen, propilen, butenlar sintez qilinadi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling