O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet4/53
Sana31.01.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1145054
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Nazorat savollari:

  1. Quyidagi uglevodorodlarni qaysi biri alkanlar: C5H12, C7H14, C8H18, C10H22, C22H44, C8H6

  2. 8, 10, 13 uglerod atomi tutgan alkanlarni formulalarini yozing.

  3. Butan, pentan, geksan izomerlarining tuzilish formulalarini yozing va nomlang.

  4. Geptan izomerlarini yozing va nomlang. Birlamchi, ikilamchi, uchlamchi va to’rtlamchi uglerod atomlarini belgilang.

  5. Tarkibi C8H18 bo’lgan alkanni uzun zanjirida 6 ta uglerod atomi tutgan izomerlarini tuzilish formulalarini yozing va IYuPAK bo’yicha nomlang.

Adabiyot:

  1. O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S. 83-89.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 60-75.

  3. Dj.Roberts, M.Kaserio Osnovi organiccheskoy ximii. CHast’ 1. M.: «Mir», 1978. S. 79-91.

  4. A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. S. 89-93.

Ma’ruza № 3. Alkanlarni olish usullari va xossalari
Alkanlarni tabiiy manba’lari va olish usullari. Alkanlarni fizikaviy xossalari. Alkanlarni elektron va fazoviy tuzilishi, kimyoviy xossalari. Bog’ni gomolitik uzilishi, erkin radikallar va ularning tuzilishi. Alkanlardagi zanjirli erkin radikal almashinish reaktsiyasining mexanizmi shaqida umumiy tushunCHalar: galogenlash, sul’foxlorlash, sul’fooksidlash, nitrolash, oksidlash reaktsiyalari
Alkanlar asosan tabiiy manba’lardan va sintez usuli bilan olinadi.
1.Alkanlarning asosiy manba’’i neft’ va tabiiy gazdir. Tabiiy gaz 95-98 % metan, 2-5% etan, propan, butandan iborat bo’ladi. Neftni qayta ishlab alkanlarni aralashmasi olinadi.
2.Tosh yoki qing’ir kimirni vodorod bilan molibden, vol’fram va nikel’ metallarining oksidlari va sul’fidlari ishtirokida 450-470oS, 300 atm bosimda gidrogenlanadi. Buning natijasida alkanlar va tsikloalkanlar hosil bo’ladi.
3.Fisher-Tropsh usuli. Uglerod(II)- yoki (IV)-oksidi kobal’t va temir katalizatorlari ishtirokida qaytarilsa alkanlarning aralashmasi hosil bo’ladi:

4.Karbidlardan olish. Ayrim karbidlarga suv ta’sir ettirib metan olinadi: Al4C3 + 12H2O  3CH4 + 4Al(OH)3
5.Vyurts (1855 y.) reaktsiyasi bo’yicha galogenalkanlardan olish: 2CH3CH2CH2CH2Br + 2Na  C8H18 + 2NaBr. Bu usul bilan juft uglerod atomi tutgan alkanlarni olish yaxshi unum bilan boradi. Toq sonli uglerod atomi tutgan alkanlarni shar xil galogenalkanlardan olinganligi sababli alkanlarning aralashmasi hosil bo’ladi:
CH3CH2CH2Br + CH3CH2Br + 2Na  C5H12 + C6H14 + C4H10 + 2NaBr
Bunday reaktsiyani litiy metali va mis tuzlari ishtirokida efir eritmasida olib borilsa yuqori unum bilan alkan hosil bo’ladi (Kori-Xaus reaktsiyasi):
CH3X + 2Li  CH3Li + LiX 2CH3Li + CuI  (CH3)2LiCu + LiI
(CH3)2LiCu + C5H11I  C6H14 + CuI + LiI
Galogenalkanlarning reaktsiyaga kirishish qobiliyati va reaktsiya unumi quyidagi qatorda o’zgaradi: RX (100%)  R2CHX (50%)  R3X (30%)
6.Kislota tuzlaridan olish RCOONa + NaOH  RH + NaCO3.
7.Organik birikmalarni qaytarib olish:


Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling