Dasturning maqsadi
|
Tuproq unumdorligini oshirishning nazariy asoslarini o‘rganadi;
Begona o‘tlar va ularning xususiyatlari, hisobga olish usullari, qarshi kurash choralarini o‘rganadi;
Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifatini o‘rganadi;
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari va yetishtirish texnologiyasini o‘rganadi;
O‘g‘it qo‘llash, almashlab ekish va dehqonchilik tizimini o‘rganadi.
|
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
O‘simliklarning hayot omillari va asosiy qonunlarini o‘rganadi;
Tuproq unumdorligini oshirishning nazariy asoslarini o‘rganadi;
Begona o‘tlar va ularning xususiyatlari, hisobga olish usullari, qarshi kurash choralarini o‘rganadi;
Yerga ishlov berish, haydash usullari va sifatini o‘rganadi;
Qishloq xo‘jalik ekinlarini ekish usullari va yetishtirish texnologiyasini o‘rganadi;
O‘g‘it qo‘llash, almashlab ekish va dehqonchilik tizimini o‘rganadi;
Yerlarning sho‘rlanishi va botqoqlanishining oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini o‘rganadi;
Tuproqlar eroziyasi, sel oqimi, ularni oldini olish va qarshi kurash tadbirlarini o‘rganadi
|
Bilim
|
o‘simliklarning hayot omillari va ularni boshqarish usullarini;
tuproq va uning unumdorligini;
begona o‘tlar va ularga qarshi kurash choralarini;
dehqonchilik tizimi va almashlab ekishning ekinlar hosildorligiga ta’sirini;
yerga dastlabki ishlov berish va ekishga tayyorlashni;
o‘g‘itlarning turlari va ularning qo‘llanilishini;
meliorativ tadbirlar va tuproq erroziyasiga qarshi kurash choralarini;
urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari tahlili va uni ekishga tayyorlash hamda ekish me’yori va muddatlarini;
|
Ko‘nikma
|
o‘simliklarning hayot omillari va ularni boshqarish usullarini qo‘llash;
tuproq va uning unumdorligini oshirish tadbirlarini tatbiq etish;
begona o‘tlar va ularga qarshi kurash choralarini amaliyotda qo‘llash;
dehqonchilik tizimi va almashlab ekishning ekinlar hosildorligiga ijobiy ta’sirini taxlil qilish;
yerga dastlabki ishlov berish va ekishga tayyorlash;
o‘g‘itlarning turlari va ularning qo‘llanilishi me’yorlari hamda muddatlarini aniqlash;
meliorativ tadbirlar va tuproq erroziyasiga qarshi kurash choralarini tuzish;
urug‘likning sifat ko‘rsatkichlari taxlili va uni ekishga tayyorlash hamda ekish me’yori va muddatlarini nazorat qilish;
|
|