O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»
Download 1.67 Mb.
|
25365 Органика
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’ruza №10. Galoidbirikmalarning kimyoviy xossalari
Nazorat savollari:
Organik moddalar tarkibidagi galogenni qanday aniqlash mumkin. C4H9J, C4H8Cl2, C2H4BrCl, C3H4Br2, C3H5Br3, C2H2Cl4, galogeli birikmalarning izomerlari tuzilish formulalarini yozing. 2,3-dixlorbutandan 2,2-dixlorbutan sintez qilish reaktsiya tenglamasini yozing. Atsetilendan vinil xlorid, trixloretilen, tetraxloretan sintez qilish reaktsiya tenglamalarini yozing. C5H11OH spirtning izomerlarini yozing va RBr3 bilan amil bromidlar sintez qiling. Optik faol butil spirtidan qanday reagent ta’sir ettirib, optik faol butil xlorid olish mumkin. Izobutilenga HBr ning benzoil peroksidi ishtirokidagi reaktsiyadan qanday butil bromid hosil bo’ladi. Reaktsiya borishini izoshlang. Adabiyot: O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S. 219-228, 236-240, 245-248. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 75-80. Dj.Roberts, M.Kaserio organicheskoy ximii. Chast’ 1. M.: «Mir», 1978. S. 315-370. A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. S. 356-383. Z. Gauptman, Yu. Grefe, X. Remane Organicheskaya ximiya. M.: «Ximiya». 1979. S.283-302. R.Morrison, R.Boyd Organicheskaya ximiya. M.: «Mir». 1974. S.442-446. Q.N. Axmedov, X.Y. Yildoshev Organik kimyo usullari. I-qism. T.: «Universitet». 1998. 14-22 b. Ma’ruza №10. Galoidbirikmalarning kimyoviy xossalari Galoidbirikmalarning kimyoviy xossalari. Uglerod-galogen bog’i qutblanishini galogen atomining tabiatiga bog’liqligi. Nukleofil va nukleofillik. Nukleofil almashinish reaktsiyalari. CN1, CN2, CNi mexanizmlar va ularning fazoviy kimyosi. Reaktsiya mashsulotlari nisbatining nukleofil va asoCHing tabiatiga, kontsentratsiyasiga, substratning tuzilishiga, erituvchining tabiatiga bog’liqligi. Ambident ionlar. Tiyinmagan galoidbirikmalar. Olish usullari, kimyoviy xossalari, ishlatilishi Galoidbirikmalarning uglerod-galogen bog’i qutblangan bo’lganligi uchun turli reaktsiyalarga oson kirishadi. Bu reaktsiyalar nukleofil mexanizmda boradi. Nukleofil almashinish reaktsiyasida nukleofil reagent-Nu: izining taqsimlanmagan elektron jufti bilan substrat (R+-X-) molekulasining elektron buluti ziCHligi nisbatan kamaygan reaktsiya markaziga shujum qilib, -bog’ni geterolitik uzadi va uglerod bilan bog’langan X: ni elektron jufti bilan siqib chiqaradi: Nukleofilning shujumi bilan boradigan reaktsiyalarga nukleofil almashinish reaktsiyalari deyiladi. Nukleofil reagentlar deb, taqsimlanmagan elektron juftini yoki qutbli bog’ning ikkita bog’lovchi elektronini reaktsiyalarda oson berib, elektrofil bilan bog’ hosil qiladigan elektronodonor xossaga ega bo’lgan zarrachalarga aytiladi. Bularga taqsimlanmagan elektron jufti tutgan anionlar, ion juftlari va kuchli ionlanishga miol bo’lgan qutbli neytral molekula kiradi. Atomlari taqsimlanmagan elektron juftlari tutgan yoki nisbatan Qo’shimcha ionlanish energiyasiga ega bo’lgan neytral birikmalar sham nukleofil birikmalarga kiradi. Nukleofil almashinish reaktsiyasining ikki xil mexanizmi bor: 1. Monomolekulyar nukleofil almashinish reaktsiyalari, belgisi CN1; 2. Bimolekulyar nukleofil almashinish reaktsiyalari, belgisi CN2; 1 soni monomolekulyar, 2 soni esa bimolekulyar reaktsiya ekanligini bildiradi. uchlamchi radikal tutgan galogenalkanlarning reaktsiyasi CN1 mexanizmda ikki bosqichda boradi: Ikkinchi bosqichda karbokation nukleofil reagent bilan reaktsiyaga kirishadi: Reaktsiyaning tezligi R3CX ning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi. q k [ R3CX ] Birlamchi galogenalkanlarning nukleofil almashinish reaktsiyasi CN2 mexanizmda boradi. Bunga metil yodidning reaktsiyasi misol bo’ladi: Reaktsiyaning tezligi metil yodid va ishqorning kontsentratsiyasiga to’g’ri proportsionaldir: q k [ CH3I ] [ OH-] Galoidbirikmalarning reaktsiyaga kirishish qobiliyati xlorli birikmalardan bromli birikmalarga va iodli birikmalarga itgan sari ortib boradi. Galoidbirikmalarni reaktsiyaga kirishish qobiliyatiga qarab uch turga bilinadi: Normal reatsiyaga kirishadigan galoid birikmalar: CH3I, CH3CH2Br, (CH3)2CHCl, (CH3)3CBr; Reaktsiyaga kirishish qobiliyati yuqori bo’lgan galoid birikmalar: CH2qCH-CH2Sl, CH3CH2CH-CH2Cl, C6H5CH2Cl, (C6H5)2CHBr, (C6H5)3CBr; Reaktsiyaga kirishish qobiliyati yomon bo’lgan galoidbirikmalar: CH2CHCl, CH2CHBr, C6H5Cl, C6H5Br. Galoidbirikmalarni reaktsiyaga kirishishdagi farqini sezish uchun bir xil sharoitda ularni gidroliz reaktsiyasi olib boriladi. Birinchi tur galoidbirikmalari reaktsiyaga normal kirishadi. Ikkinchi tur birikmalari esa juda oson va uchinchi tur galoidbirikmalar yomon reaktsiyaga kirishadi. Galogenalkanlardan nitrobirikmalar yoki efir olish mumkin. Agar galogenalkan AgNO2 bilan reaktsiyaga kiritilsa asosan efir hosil bo’ladi: RCH2I + Ag+ [ O-HqO ]- RCH2OHqO CN1 Reaktsiya CN1 mexanizmda boradi. Kumush ioni galoidbirikmadan galoidni tortib oladi va karbokation hosil bo’ladi. Nitrat anion elektron zichligi yuqori bo’lgan kislorod atomi bilan karbkationga shujum qiladi: Nitrit anion ambident ion bo’lib, u ikki xil reaktsiyaga kirishadi: Bu reaktsiya uchun NaNO2, va DMFA ishlatilsa nitrobirikma hosil bo’ladi: Reaktsiya CN2 mexanizmda boradi va nukleofil faolligi yuqori bo’lgan azot atomining taqsimlanmagan elektron juftining shujumi bilan boshlanadi: DMFA natriy ionini sol’vatlaydi. Galoidalkillarni tsianid kislota bilan reaktsiyasi sham ikki xil yinalishda boradi. Birlamchi galoid alkilning AgCN bilan reaktsiyasi izonitrilni beradi va reaktsiya CN1 mexanizmda boradi: Reaktsiyaga reagent sifatida Na+[CN]- olinsa, reaktsiya CN2 mexanizmda boradi va nitril birikma hosil bo’ladi: Umuman, karbokationlarning barqarorligi va ularning reaktsiyaga kirishish qobiliyati quyidagicha o’zgaradi: Metilgalogeniddan uchlamchi galogenid birikmalarga va ulardan benzilgalogenidlarga itgan sari monomolekulyar reaktsiyalarning tezligi quyidagicha ortib boradi: CH3X CH3CH2X (CH3)3SX CH2CHCH2X C6H5CH2X (C6H5)2CHX (C6H5)3CX. Umuman, galogenalkanlardan spirtlar, karbon kislotalar va hakozo organik birikmalarning barcha sinflarini olish mumkin. Download 1.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling