O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi «organik kimyо»


Download 1.67 Mb.
bet11/53
Sana09.03.2023
Hajmi1.67 Mb.
#1255357
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53
Bog'liq
25365 Органика

Nazorat savollari:
1.Quyidagi uglevodorodlarning tuzilish formulalarini yozing: butadien-1,2, butadien-1,3, izopren, diallil, tsis-pentadien-1,3, tsis-tsis-geksadien-2,4, trans-trans-geksadien-2,4.
2.Allil bromid va 3-brombuten-1 dan natriy metali ta’sirida qanday dien sintez tqilish mumkin.

  1. Dien uglevodorodga xlorning birikishidan 2,5-dixlorgeksen-3 hosil bo’ladi. Dastlabki dien formulasini yozing va nomlang.

  2. 2-metilbutadien-1,3 ning vodorod, brom, vodorod bromid bilan reaktsiyalarini yozing va hosil bo’lgan birikmalarni nomlang.

  3. Tabiiy kauchukni quruq shaydashdan molekulyar formulasi C5H8 bo’lgan uglevodorod olindi. Bu uglevodorodni 2-metil­butadien-1,3 ekanligini qanday isbotlash mumkin.

Adabiyot:

  1. O.Ya.Neyland Organicheskaya ximiya. M.: «Visshaya shkola». 1990. S. 130-143.

  2. A.N.Nesmeyanov, N.A.Nesmeyanov Nachala organicheskoy ximii. Kniga 1. M.: 1969. S. 286-302.

  3. Dj.Roberts, M.Kaserio Osnovi organicheskoy ximii. chast’ 1. M.: «Mir», 1978. S. 286-305.

  4. A.Terney Sovremennaya Organicheskaya ximiya. T. 1. M.: «Mir», 1991. S. 495-535.

  5. Q.N. Axmedov, X.Y. Yildoshev Organik kimyo usullari. I-qism. T.: «Universitet». 1998. 53-55 b.



Ma’ruza №7. Alkinlar, nomlanishi va olish usullari
Alkinlarning nomlanishi va izomerlanishi. Uch bog’ni hosil qilish usullari. sp-gibridlanish tushunchasi asosida uch bog’ni tushuntirish. Alkinlarning fizik xossalari
Molekulasida uch bog’ tutgan uglevodorodlar alkinlar yoki atsetilen uglevodorodlar deyiladi. Alkinlarning gomologik qatori atsetilendan boshlanadi. Umumiy formulasi CnH2n-2.
Atsetilen qatori birikmalarida izomerlanish butindan boshlanadi va uch bog’ning sholati bilan farq qiladi. C5H8 dan boshlab esa izomerlanish uglerod skeleti bilan bog’liq bo’ladi.
Sistematik nomenklaturada atsetilen uglevodorodlarini nomlash uchun tiyingan uglevodorodlaning -an qishimchasi -in ga almashtiriladi. Uzun zanjir tanlab olinadi va uch bog’ chetga yaqin tomondan nomerlanadi.
Ratsional nomenklaturada nomlash uchun atsetilen gomologlarini atsetilenning hosilasi deb qaraladi:

Alkin radikallarini nomlash uchun uning nomiga -il qo`shimchasi qishiladi:

Oddiy atsetilen birikmalar tabiatda erkin sholda uchramaydi. Ammo murakkab poliinlar isimliklarning gullarida uchraydi:

Atsetilen va uning gomologlari sintez qilib olinadi. Sanoatda atsetilen metan va etandan sintez qilinadi:

Metallarning karbidlaridan suv ta’sir ettirib olinadi:
CaC2 + H2O  Ca(OH)2 + CH  CH
Mg2C3 + 4H2O  CH3-C  CH + Mg(OH)2
Galogenalkanlarga KOH + spirt eritmasini ta’sir ettirib olish:
CH3-CHBr-CH2Br + 2KOH (spirt)  CH3-CCH + 2KBr + 2H2O
Atsetilenning gomologlari atsetilendan yoki alkilatsetilendan olinadi:
H - C  C-H + NaNH2  H - C  C-Na +NH3
H-C  C-Na + I-CH2CH3 H - C  C-CH2CH3 + NaI
Alkilatsetilenning galogenalkan bilan reaktsiyasi PdCl2 katalizatorligida olib borilsa, atsetilenning yangi gomologi hosil bo’ladi:

Iotsich kompleksi yordamida olish. Buning uchun atsetilenga Grin’yar reaktivi ta’sir qilinadi:
2CH3MgI + H - C  C-H  IMg - C  C - MgI + 2CH4
Sintez qilingan kompleksga galogenalkan qishib qizdiriladi:
IMg - C  C - MgI + 2C2H5I  C2H5 - C  C - C2H5 + 2MgI2
Etin, propin, butinlar gaz, C5H10 dan boshlab esa suyuq moddalar. Atsetilenning ionlanish energiyasi (IE) 11,4 eV etilenga (10,4 eV) nisbatan katta bo’lib, bu undagi elektron kuchlik bog’langanligini bildiradi. Atsetilen molekulasi qutblangan emas, ammo unga biror alkil gurush kiritilsa, u qutblanadi va dipol momentga ega bo’ladi:

Atsetilen birikmalarining d ва nD20 lari alkenlarga nisbatan yuqori. C2H2 suvda yaxshi eriydi (1,15:1), atsetonda 25:1 va DMFA 33,5:1. Bosim ostida 1shajm atsetonda 300 shajm C2H2 eriydi. C2H2 tutab yonadi. C2H2 kislorod oqimida yonganda alanganing issiqligi 31500 etadi. U qirqish ishlarida ishlatiladi. Atsetilen termodinamik qarorsiz modda u turtkidan portlaydi.

Download 1.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling